Authors

  • Shoxidaxon Jumayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.36044

Abstract

Ushbu maqolada yurtimizda yagona hisoblangan a-kapella ansambli jamoasi va uning ijodi, qayta ishlangan va ijro uchun moslashtirilgan xalq qo’shiqlari, mualliflik asarlari va ustozlarning durdona asarlari ijrosi, ularning murakkabliklari xaqida so’z yuritiladi.

background image


62

O’ZBEKISTONDA A-KAPELLA JANRI

Jumayeva Shoxidaxon Shavkatovna

Toshkent shahar Chilonzor tumani

15-son bolalar musiqa va san’at maktabi xor fani o’qituvchisi.

91 136-55-27

zaminvokal@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.12810426

Аnnotatsiya.

Ushbu maqolada yurtimizda yagona hisoblangan a-kapella ansambli

jamoasi va uning ijodi, qayta ishlangan va ijro uchun moslashtirilgan xalq qo’shiqlari, mualliflik

asarlari va ustozlarning durdona asarlari ijrosi, ularning murakkabliklari xaqida so’z yuritiladi.

Kalit so’zlar:

Jo’rsiz ijro, ansambl kuylash tushunchasi, vokal- texnik kuylash

imkoniyatlari, talaffuz qoidalari, so’zlarning ahamiyati, usullar va ulardan foydalanish, bitboks

tushunchasi, garmonik va melodik hamoxanglik, xalq qo’shiqlari ijrosi, mualliflik ijodi.

A CAPPELLA GENRE IN UZBEKISTAN

Abstract.

This article describes a unique acappella ensemble in our country and its

foundation and creation, arranged for the performance of folk songs, original works and

masterpieces of masters, as well as their subtleties...

Key words:

Unaccompanied performance, the concept of ensemble singing, the

possibilities of vocal-technical singing, pronunciation rules, the meaning of words, rhythms and

their usage, the concept of beatboxing, harmonic and melodic consonance, performances of folk

songs and original creativity.

ЖАНР А КАПЕЛЛА В УЗБЕКИСТАНЕ.

Аннотация.

В данной статье описывается об уникальном в нашей стране ансамбле

а капелла и его создании, переложенные и обработанные для исполнения народных песен,

авторские произведении и шедевры мастеров, а также об их тонкостях.

Ключевые слова:

Исполнение безсопровождение, понятие ансамблевого пения,

возможности вокально-технического пения, правила произношения, значение слов, ритмы

и их использование, понятие битбокса, гармоническая и мелодическая созвучия, исполнение

народной песни, авторское творчество.

Zamin a-kapella ansambli guruhining tashkil topganiga o’n uch yil bo’libdiki, jamoa shu

kungacha tinimsiz ijodiy izlanishda. O’zbekistonda yagona hisoblangan mazkur jamoada oltita

ijrochi faoliyat yuritib kelmoqda. Guruhni tashkil topishiga nima turtki bo’lgan degan savolga


background image


63

guruh raxbari Sh.Jumaev shunday javob beradi- «Ovoz eng mukammal va betakror cholg’u sozi,

inson ovozi imkoniyatlari orqali moʼjizalar yaratish mumkin».

“SH.Jumayev rahbarligidagi erkak ijrochilardan iborat «Zamin» a - kapella’si ijodi

e’tiborga loyiq. O‘zbek xalq qo‘shiqlarini zamonaviy jaz ritmlarida ijro etayotgan ushbu

ansambl o‘zbek etno-jazini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. Guruhning konsert dasturlari

bilan chiqishlari ijrochilarda muayyan sahna tajribasini, yuksak ijro va mahoratga erishish istagini

shakllantirdi. “

1

Etno-jaz – ingliz. ethno, exotic jazz – jahon jazi nomi bilan mashhur bo‘lib, 1950-

60-yillarda yaratilgan jaz va jahon musiqasining kichik janri bo‘lib, an’anaviy jaz va sharqona

musiqiy elementlarning uyg‘unligi bilan keng ajralib turadi.

Insonning ichki kechinmalari, his-xayajoni, g’am-g’ussasiyu xursandchiligi aks etgan shoir

sheʼri musiqa bilan xamohang tarzda ijrochi tomonidan uning shirali ovozida mohirona yangrashi

albatta xar bir tinglovchi qalbini junbushga keltirmay qolmaydi. Аna shunday ijroni bir emas bir

nechta ovozlar jo’rligida yangrashi insonga yanada zavq-shavq bag’ishlaydi va uning xayratini

oshiradi. Bajarilayotgan ish qanchalik murakkab bo’lsa uning mahsuli shunchalar mukammal

bo’ladi. Turli xil ovoz tembrlariga ega bo’lgan kuylovchilarning guruh bo’lib, ahillikda uzoq

muddatli ijod qilishlari ham tahsinga loyiq. «Bizni ruhlantirib kelayotgan narsa - bu muhlislarning

fikrlari» - deydi guruhning yana bir aʼzosi. Аlbatta xar bir sanʼatkor ilhom bag’ishlovchi hissiyot

uni qadrlovchi va qo’llab-quvvatlovchi, unga ilhom bag’ishlovchi muhlislarining borligi.

Guruh tarkibi tenor, bariton, bas va bitbokserdan iborat bo’lib, xar bir ovoz partiyasi o’ziga

xosligi va muhimligi bilan bir-biridan ajralib turadi.

Аsar ijrosida ovozlar alohida melodik qatorlarga ega holda, garmonik tuzilmalarni

gavdalantiradi. Guruh repertuarlarini kuzatar ekanmiz, undagi aranjirovkalar takrorlanmas

ohanglar tuzilmasidan iboratligiga guvoh bo’lamiz. Tanlangan asarlarni aranjirovka qilish va

ularni qayta ishlab ijroga moslashtirish uchun guruh raxbari Sh.Jumaeva mas’ul. Uning yillar

davomida olgan bilim va malakalari yangi ishlanmalarni yaratishda muhim manba xisoblanadi.

Jamoa tashkil qilingan paytdagi ilk asar namunasi bilan oxirgi qilingan ishlarni solishtirib

ham bunga guvoh bo’lishimiz mumkin. Kuzatishlar, tinglash, fikr va malaka almashishlar orqali

yanada takomillashgan asarlarning tele ekranlar, radio, internet tarmoqlari va turli kanallar orqali

eshittirilishi ijobiy fikr mulohazalarga sabab bo’lmoqda. Yangicha qarash, anʼanaviy

yondoshishga o’zgartirish kiritishdan cho’chimasdan, tanqidlarga uchrashdan xayiqmasdan o’z

1

SEDIX T.T. "O‘ZBEKISTON JAZI: GENEZISI, TADRIJIYOTI, O‘ZIGA XOSLIGI" T-2023 B.16


background image


64

yo’nalishida ijod qilib kelayotgan “Zamin a-kapella” guruhi xozirgi kunda o’z mavqei va

xurmatiga ega.

Bugungi kungacha a-kapella jamoasi tarkibi bir necha marta yangilangan bo’lishiga

qaramasdan ularning ijro mahoratlari hammani lol qoldirishda davom etib kelmoqda.

Qayta ishlangan xar bir asarni nazariy jihatdan olib qaralganda aytishimiz mumkinki, u

aniq bir qoida va tuzilmalarga bo’ysunmagan. Аsarning kuychanligi, xarakteri va ijro yo’liga qarab

unga mos ravishda akkordlar va usullar tanlanadi. Bunda asosiy kuylanuvchi mavzu ohanggi

muhim rol o’ynaydi. Gomofon-garmonik, garmonik ovoz osti va imitasiyali ko’p ovozlikda

intonasiya sofligi alohida o’rin tutsa, matnning to’g’ri talaffuz qilinishi, bo’g’inlarning vokal

kuylashga xos ko’chishlari musiqiy iboraning ifodaviyligini oshirishga yordam beradi. Jamoa

repertuaridagi asarlarlarning aksariyati gomofon-garmonik ko’rinishdagi akkordli ovozlardan

iborat bo’lib, musiqiy xissalardagi so’zlar va bo’g’inlar bir xil o’lchamdagi nota va bo’g’inlarga

ajratilgan. Ishlash jarayonida ko’p eʼtibor talab qilinadigan jihat ham asosan toza kuylanishi zarur

bo’lgan notalar xamohangligida. Popurri sifatida turli asarlardan tuzilgan yahlit ijroda tonallik,

ritm va tempning o’zgarishi eʼtibor va xushyorlikni talab etadi. Аsarga xar bir ijrochining

individual yondoshishini hisobga olgan xolda terma asarlarni ularning xarakteri va imkoniyatidan

kelib chiqib taqsimlanadi. Jamoa tarkibi akademik hamda estrada xonandalaridan iboratligi ko’p

imoniyatlar eshigini ochadi.

Ovoz orqali usullarga taqlid korinishdagi ijro vokal texnik jixatdan bir qancha murakkablik

tug’diradi. Nafas, talaffuz, sof intonatsiya va ko’p ovozlikda kuylash va eshitish ko’nikmalariga

ega ravishda asar badiiyligini yo’kotmagan holda mukammal darajada ko’rsatib bera olish uchun

guruh albatta professional ijrochilarga ega bo’lmog’i darkor. Аnsambl xosil qilishdagi turli

murakkabliklar va muammoli jihatlar mashg’ulot jarayonlarida oz yechimi topib kelmoqda.

Nazariy bilimlarga tayangan xolda tuzilgan akkordlarning oxangdoshligi ijroda o’z

aniqligiga ega buladi.

Ijroda nafaqat ohanglar, balki usullar ham katta ahamiyatga ega. Аsarlarga ritm tanlashda

Sh.Jumaev djaz yo’nalishiga xos bo’lgan ijro usullarini qo’llagan holda, o’zbek xalq va milliy

estrada qo’shiqlarini o’zgacha talqinda yangrashiga sababchi bo’lmokda. Jo’rsiz ansambl

ko’rinishdagi ashulachilar guruhiga BEATBOKS

2

yo’nalishini kiritishning o’zi ijodda keskin

burilish xosil qilgan. Zamonaviy beatboksga o'xshash ijro texnikasi XIX-asrdan boshlab

2

Beatboxing - bu og'iz, lablar, til, tomoq, ovoz va ba'zan qo'llar yordamida kompozitsiya yaratish usullarini o'z

ichiga olgan musiqa janri


background image


65

Amerikaning ko'plab musiqiy janrlarida, masalan, ilk Amerika folklori, diniy qo'shiqlar, blyuz,

regtaym, vodvil, hokum (hazilli blyuz) kabilarda namoyish etilgan. Bunga Apalachi Ifing texnikasi

va Sonni Boy Uilyamson II tomonidan "Bye bye bird" blyuz kompozitsiyasi misol bo'la oladi.

Beatboks Afrika anʼanaviy musiqasidan kelib chiqqan, bu yerda ijrochilar oʻz tanalarini

zarbli cholgʻu asboblari (qarsak urish, tepish) sifatida ishlatadilar va baland ovozda nafas olish va

chiqarish orqali lablari bilan tovush chiqaradilar, bu zamonaviy bitboksingda qoʻllaniladigan

usullardan biri. Bitbokser, yaʼni usular ijrochisi jamoaning muhim aʼzolaridan biri hisoblanadi. U

turli murakkablikdagi usullarni asarga mos ravishda qo’llay oladi. Аsarning tempi va xarakteridan

kelib chiqib usul tanlash Bitbokserning fantaziyasiga bog’lik bo’lib, u erkin badixago’ylik

(improvizatsiya)dan keng foydalanish imkonini beradi. Bitbokser - jamoaning yuragi desam

mubolag’a bo’lmaydi. Аsar tempini va ritmini bir me’yorda ushlash, asarni boyitish yaʼni unga

bezak berish va taʼsirchanligini oshirishda bitboksning o’rni beqiyos.

Bizning mintaqamizda bitbokserlar tayyorlaydigan mahsus o’quv maskanlari yoki ustoz

shogird anʼanalari ko’rinishida bilim olish urfga kirmagan bo’lsada, texnika asri yoshlari internet

tarmoqlari orqali bu yo’nalishga oid qo’llanma va amaliy bilimlarni mustaqil ravishda o’rganib

kelmoqdalar.

Og’izda usul berish bilan bir qatorda ovoz orqali cholg’u sozlarini tasvirlab berish uchun

maxsus tayyorgarlik zarur bo’lmaydi. Bunda faqat asarni qayta ishlash paytida bo’g’inlarning

to’g’ri tanlanishi asosiy jihat xisoblanadi. Portlovchi va kuylanuvchi bo’g’inlar tuzilmasini

qo’llashda Sh.Jumaev yevropa zamonaviy musiqa janrlariga tayangan holda o’z ritmik

bog’inlarini yaratdi. Yuqori pardalarda yoki juda past registrda kuylashda ovozlarning yangrashida

to’g’ri tanlangan bo’g’inlar juda katta ahamiyatga ega. Ochiq va yopiq bo’g’inlardan

foydalanishda asarning tempi va ritmiga katta eʼtibor beriladi. Shu o’rinda taʼkidlab

o’tmoqchimanki, guruh aʼzolari ijro paytida torli, damli, zarbli musiqa asboblari tovushini ovoz

orqali aynan musiqa asbobi tovushiqa taqlid ko’rinishida aynan o’sha pardalarda ijro etib bera

olish imkoniyatiga ham ega.

Xar qanday kuy-qo’shiqni faqat ovozda, yaʼni ovoz imkoniyatlaridan to’liq foydalangan

holda maromiga yetkazib, professional darajada ijro etish orqali o’z muxlislariga ega bo’lgan

«Zamin a-kapella» guruhi repertuaridan nafaqat o’zbek milliy, xalq, estrada kuy-qo’shiqlari, balki

jahon estradasining mashxur asarlari va xalq qo’shiqlari o’rin egallagan. Xar bir millatning o’z ijro

uslubi - yo’nalishini o’zlashtirishni o’zi murakkab jarayon hisoblansa, uni tinglovchiga yetkazib

bera olish yana bir o’ziga xos murakkablikka ega hisoblanadi. Guruh a’zolari nafaqat vokal ijro


background image


66

texnikasi ko’nikmasini, balki turli millat va elatlar tili, ijro yo’li, ularning o’ziga hos nolasi kabi

bilimlarini o’zlashtirishga jiddiy yondoshadilar.

Аsarlarni tanlashda va ularni ovozlarga bo’lishda, hamda asar mohiyatidan kelib chiqib

unga xos bo’lgan garmonik va melodik xamohanglikni qo’llashda chuqur bilim va malaka talab

qilinadi. Bunda nafaqat nazariy va amaliy bilimlar jamlanmasi, balki yuqori ijroviy ko’nikma talab

etiladi. Guruh raxbari Sh.Jumaev ana shunday ko’p qirrali ijodkor va ijrochi va shu bilan birga

noyob isteʼdod egasi - mutlaq musiqiy eshitish qobiliyatiga ega inson hisoblanadi.

Sh.Jumaev tomonidan qayta ishlangan asarlarda noanʼanaviy ohangdoshlik va noodatiy

ijro uslublarini uchratishimiz mumkin. Bu ayniqsa qayta ishlangan va moslashtirilgan o’zbek xalq

qo’shiqlarida yaqqol namoyon bo’ladi. Undagi takrorlanmas garmonik ko’p ovozlik ijrosi

tinglovchining ko’z oldida bir vaqtning o’zida ham tarixni ham zamonaviylikni gavdalantiradi.

Xar bir ovoz o’z diapazoni doirasida garmonik, ritmik, melodik ansambllarni o’zida jam

etib, noyob san’at asarini kashf etadi.

Ko’plab musiqa janrlari kabi a-kapella yo’nalishining mamlakatimizda rivojlanishi, yangi

shakldagi ijrolarning yaratilishi va ommaga targ’ib qilinishi, professional jamoalarning borligi va

ularning faoliyati bizning ulkan yutug’imizdir. O’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda,

ularning musiqa sanʼatiga bo’lgan qiziqishlari va isteʼdodini yuzaga chiqarishda olib borilayotgan

islohotlarni yokqagan holda shuni aytishim mumkinki, qaysi soha qaysi yo’nalish bo’lmasin

yangilik kilishdan va ijoddan xech qachon to’xtamaslik lozim.

Inson ovozi naqadar ko’p imkoniyatlarga ega ekanligini “Zamin a-kapella” guruhi

ijrosidagi asarlarni tinglab guvoh bo’lishimiz mumkin.

REFERENCES

1.

R.Islamova “ Vokalniy ansambl” T-2008

2.

V.P.Malishava “Vokalniy ansambl v klasse estradnogo peniya” Arxangelsk-2022

Internet veb saytlari:

3.

http://www.youtube.com

4.

http://www.google.com

5.

https://konservatoriya.uz

References

R.Islamova “ Vokalniy ansambl” T-2008

V.P.Malishava “Vokalniy ansambl v klasse estradnogo peniya” Arxangelsk-2022

Internet veb saytlari: