ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
259
IJTIMOIY DAVLAT BARPO ETISHDA XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI
Egamova Maqsadoy Karimovna
Abduvoyitova Gulbahor Xayrulloyevna
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Koreys tili filologiyasi talabalari.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13132941
Annotatsiya.
Hozirgi globallashuv davrida ijtimoiy davlat barpo etishda xorijiy
mamlakatlar tajribasini o’rganish juda zarur bo’lib, xorijiy bilimlar asoslarini o’zlashtirish,
zamonaviy ta’limdagi mavjud tushunchalar to’g’risida nazariy g’oyalarni, dunyoning turli
mamlakatlari va mintaqalaridagi rivojlanish jarayonini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Asosiy maqsadimiz: xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasidagi tajribalarini o`rganib,
tahlil qilib, ushbu yo`nalishdagi asosiy muammolarini anglash, mustaqil fikrlash va tarixiy
davlatlararo ko’nikmalarni shakllantirish.
Kalit so`zlar:
Ijtimoiy, globallashuv, tashqi siyosat, ta’lim, xorijiy tajriba, salohiyat,
davlat, xavfsizlik, iqtisodiyot, investitsiya, turizm, madaniyat, mintaqaviy va xalqaro.
THE EXPERIENCE OF FOREIGN COUNTRIES IN ESTABLISHING THE WELFARE
STATE
Abstract.
In the current era of globalization, it is very necessary to study the experience of
foreign countries in the establishment of a social state, to master the basics of foreign knowledge,
to analyze theoretical ideas about the existing concepts in modern education, and to analyze the
development process in different countries and regions of the world. Our main goal is to study and
analyze the experiences of foreign countries in the field of education, to understand their main
problems in this direction, to form independent thinking and historical interstate skills.
Keywords:
Social, globalization, foreign policy, education, foreign experience, authority,
state, security, economy, investment, tourism, culture, regional and international
ОПЫТ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН В СОЗДАНИИ ГОСУДАРСТВА
БЛАГОСОСТОЯНИЯ
Аннотация.
В современную эпоху глобализации весьма необходимо изучить опыт
зарубежных стран в становлении социального государства, овладеть основами
зарубежных знаний, проанализировать теоретические представления о существующих
концепциях в современном образовании, а также проанализировать процесс развития в
разных странах и регионах мира. Наша главная цель – изучить и проанализировать опыт
зарубежных стран в сфере образования, понять их основные проблемы в этом направлении,
сформировать самостоятельное мышление и исторические межгосударственные навыки.
Ключевые слова:
Социальное, глобализация, внешняя политика, образование,
зарубежный опыт, власть, государство, безопасность, экономика, инвестиции, туризм,
культура, региональная и международная.
Hozirgi zamonda rivojlangan mamlakatlarda global miqyosda shiddatli oʻzgarishlar yuz
berib, xalqaro maydonda kuchlarning yangi nisbati shakllanib bormoqda. Shu bilan birga, xalqaro
maydonda yangi tahlikalar paydo boʻlishiga olib keldi, bu esa dunyo davlatlarini yuzaga
kelayotgan muammolarga munosib yechim topish, siyosiy va iqtisodiy strategiyalarni yangilashga
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
260
majbur qilmoqda. Dunyodagi jarayonlar mamlakatimiz rahbari tomonidan Oʻzbekistonning tashqi
siyosiy kuchini belgilash va amalga oshirishda chuqur tahlil qilinmoqda. Xalqaro maydondagi
vaziyat va yuzaga kelayotgan har qanday tahlikadan qatʼiy nazar, davlatimiz mustaqilligi va
suvereniteti, xavfsizligi va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda barcha fuqarolarimiz
farovonligi ishonchli tarzda taʼminlanib keladi.
Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 20-iyunda konstitutsiyaviy komissiya
a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Konstitutsiyamizda “O‘zbekiston — ijtimoiy davlat”
degan tamoyilni mustahkamlash g‘oyasini ilgari surdi. O‘z navbatida, davlatimiz rahbarining Oliy
Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida bu g‘oya yanada mustahkam, ijtimoiy davlatni
barpo etishning ustuvor yo‘nalishlari davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berildi.
Ijtimoiy davlat – bu har bir fuqaroning munosib turmush sifati va darajasiga erishish,
ijtimoiy tafovutlarni yumshatish va muhtojlarga yordam berish uchun ijtimoiy adolat tamoyillariga
muvofiq moddiy boyliklarni adolatli taqsimlashga qaratilgan davlat modeli hisoblanib, mazkur
model hozirgi vaqtda Buyuk Britaniya, Fransiya, Shvetsiya, Italiya, Belgiya, Daniya, Finlandiya,
Germaniya, Portugaliya, Ispaniya, Avstriya, Gretsiya, Yaponiya, Niderlandiya, Shveysariya,
AQSh kabi davlatlarda keng qo‘llanib kelinmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi
O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” nomli kitobida “O‘zbekiston — ijtimoiy davlat” tamoyilining
ayni ustuvor yo‘nalishlari batafsil ifoda etilgan. Xususan olib borilayotgan islohotlar jarayonida
mamlakatimiz aholisi uchun munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma, malakali tibbiy
xizmat, sifatli ta’lim, ijtimoiy himoya va sog‘lom ekologik muhit yaratish, iqtisodiyotni
mustahkamlash, ijtimoiy, huquqiy, ekologik va boshqa sohalarni rivojlantirish istiqbollari o`z
ahamiyatini kasb etib bormoqda.
Shu ma’noda, mamlakatimizda 2023-yil 30-aprelda o‘tkazilgan referendumda ishtirok
etgan fuqarolarning 90,21 foizi inson qadrini ulug‘lashga xizmat qiladigan yangi tahrirdagi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yoqlab ovoz bergani tahsinga sazovor. Chunki
davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “inson qadri – mamlakatning har bir fuqarosi uchun tinch va
xavfsiz hayotni, fundamental huquq va erkinliklar, malakali tibbiy xizmat, sifatli ta’lim, kuchli va
manzilli ijtimoiy himoya hamda sog‘lom ekologik muhit ta’minlanishini, munosib turmush
sharoiti va zamonaviy infratuzilmaning bosqichma-bosqich yaratilishini anglatadi”. Endilikda
Asosiy qonunimizda davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlariga taalluqli normalar 3 barobar
ko‘paydi. Eng muhimi, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda birinchi marta “O‘zbekiston –
boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va
dunyoviy davlat” (1-modda)
1
, degan norma belgilandi. Oʻzbekiston uchun dunyoning Rossiya,
AQSH va Xitoy kabi yetakchi davlatlari, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi rivojlangan
mamlakatlar, xususan, Koreya Respublikasi va Yaponiya, Yevropa mamlakatlari va Yevropa
Ittifoqi, arab-musulmon hamda turkiy tilli davlatlar bilan oʻzaro manfaatli, samarali va koʻp qirrali
hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekistonning dunyodagi boshqa
yetakchi mamlakatlar bilan munosabatlari ham jadal va oʻzaro manfaatdorlik asosida
rivojlanmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Prezidentining 2018-yil may oyida Vashingtonga rasmiy
tashrifi Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan oʻzaro munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi.
1
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O`zbekiston, 2011
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
261
Mazkur uchrashuvda davlat rahbarlari “Strategik sheriklikning yangi davri boshlanishi
toʻgʻrisida”gi qoʻshma bayonotni qabul qildilar va oʻz saʼy-harakatlarini hamkorlikning oʻzaro
manfaatli sohalarini rivojlantirishga kelishib olindi. Shuningdek, Oʻzbekistonda amalga
oshirilayotgan islohotlar ijobiy baholandi va qoʻllab-quvvatlandi. Bu Oʻzbekistonning reytingi va
xalqaro imijiga ijobiy taʼsir koʻrsatib kelmoqda. O‘zbekiston Prezidenti ta’biri bilan aytganda,
“Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar,
odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambag‘allikni qisqartirish,
demakdir”.
Ya’ni:
-ijtimoiy davlat muhtojlarga uy-joy, yashash uchun zarur bo‘lgan iste’mol tovarlarining
eng kam miqdori belgilab qo‘yilishini nazarda tutadi;
-ijtimoiy davlat shaxs va uning oilasi munosib hayot kechirishi uchun yetadigan ish haqi,
bandlikni ta’minlash, xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, kambag‘allikni qisqartirishni talab qiladi;
-ishsizlikdan himoyalanish, kafolatlangan sifatli ta’lim, malakali tibbiy yordam, barcha
uchun teng imkoniyatlar, oilalar, bolalar, ayollar, qariyalar, nogironligi bor shaxslarni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash ham ijtimoiy davlatning asosiy vazifasidir;
-yashash uchun zarur resurslar – ichimlik suvi, tabiiy gaz, elektr energiyasi, transport va
boshqa qulayliklar bilan ta’minlanish, majburiy mehnatga taqiq qo‘yish ham ijtimoiy davlatda
muhim ahamiyat kasb etadi;
- ijtimoiy davlatda hech kim e’tibordan chetda qolmaydi, o‘z muammolari bilan yolg‘iz
tashlab qo‘yilmaydi. Shuningdek xorijiy mamlakatlarning konstitutsiyaviy islohotlarida
“birdamlik” tamoyilini hayotga keng tatbiq etish, huquqiy, ijtimoiy davlat qurish, adolatli ijtimoiy
siyosatni amalga oshirish, inson kapitalini rivojlantirish orqali jamiyat va davlatning barqaror
rivojlanishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda
2
.
Tashqi siyosat qanday asosiy vazifalarga yechim topish kerakligini ham ko`rib chiqish
lozim. Ulardan eng muhimi davlat va jamiyatning muvaffaqiyatli ichki rivojlanishi, islohotlarni
amalga oshirish, aholi turmush farovonligining oshishini taʼminlash, hayot sifatini koʻtarish uchun
qulay tashqi sharoitni yaratish hisoblanadi.
Ikkinchi vazifa — Oʻzbekiston atrofida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini
shakllantirish. Aynan mamlakatimiz joylashgan mintaqadagi xavfsizlik barqaror rivojlanishning
eng asosiy shartidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo
davlatlari — bizning bevosita qoʻshnilarimiz bilan doʻstona, yaqin qoʻshnichilik va oʻzaro
manfaatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni asosiy ustuvor tashqi siyosiy yoʻnalish
sifatida belgilab berdi. Oʻzbekiston rahbari tashabbusi asosida soʻnggi uch yilda mintaqaning
barcha mamlakatlari bilan oliy darajadagi tashriflar almashinuvi amalga oshirildi. Mintaqa
davlatlari yetakchilari oʻrtasidagi siyosiy muloqot oʻzaro ishonchga asoslangan muntazamlik va
doimiylik kasb etdi. Bunday muloqotlar davomida Markaziy Osiyo davlatlarini qiziqtiradigan
xavfsizlik, iqtisodiyot, investitsiya, turizm, madaniyat, sogʻliqni saqlash va ekologiya sohalarida
2
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz – T.: O`zbekiston,
2016
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
262
mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muhim qoʻshma qarorlar qabul qilinmoqda. Bugungi
kunda har qaysi xalq davlat va jamiyatning taraqqiyot darajasi, avvalambor uning inson kapitaliga,
inson rivojida berayotgan e’tibori bu yo’ldagi say harakatlari bilan o’lchanadi. Bugungi kunda
ta`lim mazmuniga bo’lgan e’tibor rivojlangan mamlakatlardagi shart –sharoitlarga yetib
bormoqda. Ta’limchalik hech bir yo`nalish mamlakatni tez rivojlantira olmaydi, shu boisdan
mamlakatimizda ham ta’limga alohida e’tibor qaratilmoqda, zero “ta’limga e’tibor – kelajakka
e’tibor”. Shu bilan bir qatorda mamlakatimiz boshqa sohalarda bo’lgani kabi ta’lim tizimida ham
rivojlangan davlatlar tajribalaridan unumli foydalanmoqda.
Xususan, Ilg’or mamlakatlar ichida Yaponiya ta’limi o’ziga xos yo’nalishi yetakchi o’rinni
egallaydi. Jumladan, Yaponiya ta’lim tizimining tarkibi quyidagicha: maktabgacha ta’lim,
boshlang’ich maktab, kichik o’rta maktab, yuqori o’rta maktab, oiliy ta’lim tizimlariga kiruvchi
oliy o’quv yurtlari. Boshlang’ich maktabda o’qituvchilar bolalarni tanqidga, ya’ni o’z xulqining
yomon jihatlarini, maktabdagi kamchiliklarni tanqid qilishga o’rgatishadi. Bundan ko’rinib
turibdiki, o’qituvchi faqat ta’lim berish bilan cheklanib qolmay, bolaning har tomonlama
rivojlanishiga tasir etadi. Yaponiya rivojlangan davlatlar ichida o’qituvchining maoshi davlat
rahbarlari orasida ham yuqori bo’lgan yagona davlat hisoblanadi.
Amerika maktablaridagi o’ziga xos usullaridan biri har bir o’quvchining, “Hisobot kartasi”
yuritilishidir. Unda o’quvchi 10 xil xatti -harakati bo’yicha baholanadi. Ota-onalar ushbu karta
bilan tanishib borar ekan, farzandlariga oqsayotgan tomonlarini aniqlab, uni tuzatishga harakat
qilishadi.
Amerika pedagoglari haftasiga bir marta 1-3-sinf o’quvchilari uchun “Sevimli o’yinchoq”
metodini qo’llashadi. Bu metodda bolalar o’yinchog`ini tariflaydi. Mazkur metodni qo’llashdan
maqsad bolani uyatchanlikdan xalos bo`lishga, sinfdoshlari orasida erkin gapirishga o’rgatishdir.
Amerikada ta’limni haddan ziyod demokratlashuvi talabalar bilimining puxtaligini
tekshirish va nazorat qilishda qiyinchiliklar tug’diradi. Shu sababli boy moddiy baza va tajribaga
ega bo’lgan davlatda butunlay savodsiz bo’lgan bolalar ham topiladi. AQSH da ta’lim tizimining
maqbul tomonlarining ijobiy qo’llanishi muhim ahamiyat kasb etadi
3
.
Germaniya jahon ma’rifat va madaniyat o’choqlaridan biri. Ushbu davlatda har bir fuqaro
o’z shaxsini erkin rivojlantirish, o’z iqtidori moyilligi va qobiliyatiga qarab maktab, o’qish joyi va
kasb tanlash huquqiga ega. Maktab ta’lim tizimi boshlang’ich va o’rta ta’lim muassalaridan iborat.
Barcha davlat maktablarida o’qish bepul. Germaniyada maktab ta’limi quyidagi maktab
tiplariga bo`linadi: boshlangi’ch maktab; yo’nalish maktablari; asosiy maktab; real maktab;
gimnaziya; umumiy maktab; maxsus maktab. Boshlang’ich maktab ta’lim tizimining poydevori
hisoblanadi.
Boshlang’ich maktabdan so’ng o’quvchilar yo’nalish maktabga o’tishadi. Asosiy yoki
to’liq xalq maktabi boshlang’ich maktabni bitirib, real maktab yoki gimnaziyaga bormagan barcha
o’quvchilar uchun majburiydir. Asosiy maktab o’qituvchilari o’zlarini o`qituvchi emas, ijtimoiy
pedagog, deb his qiladi.
3
Ikromov A.B., Maxmudov S.Y., Anorqulova G.M. Germaniya: Ta’lim, ilmfan (metodik qo`llanma). Kasb mahorati
jurnali -2004-yil. 2 son
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
263
Lekin asosiy maktabdagi o’quvchilar yomon o’zlashtirishiga qaramasdan kasbiy ta’lim
olishiga majbur bo’lishadi. Real maktablar ikkinchi bosqichga qarashli bo’lib, odatda 5-10-
sinflarni o’z ichiga oladi. Real maktab yuqori darajali kengaytirilgan umumiy ta’lim beradi va
o’quvchilarni mustaqil fikrlash, mas’uliyat hissi, insonlarga rahbarlik qilish ko’nikmalariga yuqori
talab qo’yadigan kasb egalari bo’lishi uchun kasbiy ta’lim kurslariga tayyorlaydi. Germaniya
ta’limi o’ziga xos yo’nalishga juda murakkab tizimga ega. Germaniya davlatida taraqqiy etgan
davlatlar orasidan o’rin olishda o’zini oqlab kelayotgan ta’lim tizimi mavjud
4
.
Fransiyada ta’lim sifati ta’lim, sport va tadqiqotlar bo’yicha bosh inspeksiya tomonidan
nazorat qilinadi. Ushbu bosh inspeksiya 4 ta vazirlik uchun faoliyat ko’rsatadi. Bosh inspeksiya 4
ta vazifani bajaradi: 1. Qo’llab-quvvatlash - ta’lim, fan, sport, madaniyat boshqaruv idoralarini
oliy ta’lim rektoratlarini. 2. Ekspertiza qilish - vazirliklar, idoralar, shartnomalar, rahbarlar
faoliyati, xizmatlar, tuzilmalar va boshqalar. 3. Baholash - tashkilotlar, muassasalar, tuzilmalar,
ijtimoiy siyosiy ahvol, kadrlar. 4. Nazorat qilish - tashkilotlar, muassasalar, xizmatlar va kadrlar.
Bosh inspeksiyada to’planadigan tajribalarning xilma –xilligi, bolalar bog’chasidan
doktoranturaga qadar davlat siyosatini muvofiqlashtirish imkonini beradi.Bu esa ta’lim, fan va
yoshlarni rivojlantirishga, o’quvchilarni sport, jamiyat hayoti va jamoat o’qishiga jalb etishga
ta’sir qiladi
5
.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarida
ta’lim-tarbiya ishlarining yo‘lga qo‘yilishi, maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlarni
o‘rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda,
ta’lim tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o‘z dolzarbligini yuqotib borayotgan
faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo‘lish, uni munosib tarzda yangilashda qo‘shimcha
boy manbalarga ham ega bo‘lamiz. Zotan, hozirgi zamon ta’limida davlat va jamiyat talabi va
manfaatlari aks etib turishi kerak. Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyusiya
sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh
avlodni kasb-hunarga yo’naltirish hamda o‘rta ta’limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy
etish, ta’lim-tarbiya berishda eng ilg‘or pedagogik vositalarni qo‘llash, ta’limda tashabbuskorlik
va ijodkorlikka keng yo‘l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini
o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng ko‘lamdagi islohotlarni o‘z boshidan
kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun bu katta ahamiyatga ega. Bu bizning ta’lim tizimimizda,
chet elda o‘quv tarbiya ishlarining qo‘yilishiga etibor va qiziqishning tez sur’atlar bilan o‘sib
borayotganligidan dalolatdir.
REFERENCES
1.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O`zbekiston, 2011
2.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz – T.: O`zbekiston, 2016
4
G.Anorqulkova, A. Karimov.Xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimining o’ziga xos yo’nalishi uslub va tahlili. Xalq
ta’limi ilmiy metodik jurnali. 2017-yil. 3-son
5
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasi – T.: O`zbekiston, 2022
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
264
3.
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasi – T.: O`zbekiston, 2022
4.
Ikromov A.B., Maxmudov S.Y., Anorqulova G.M. Germaniya: Ta’lim, ilmfan (metodik
qo`llanma). Kasb mahorati jurnali -2004-yil. 2 son
5.
G.Anorqulkova, A. Karimov.Xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimining o’ziga xos yo’nalishi
uslub va tahlili. Xalq ta’limi ilmiy metodik jurnali. 2017-yil. 3-son
6.
Yo’ldoshev J.F. Xorijda ta’lim (metodik qo’llanma) - Toshkent: 1995- yil.
