ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
297
AMALIY TARJIMA ELEMENTLARINING ZAMONAVIY
KLASSIFIKATSIYASI
Solijonov Jo’raali Kamoljonovich
TerDU Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13133299
Annotatsiya.
Mazkur maqola zamonaviy tarjimashunoslikning uzoq yillardan buyon
dolzarb masalasiga aylanib qolgan muammosiga yechim sifatida original amaliy tasniflarni
tavsiya qiladi. Tarjimashunoslikni fan sifatida nazariy hamda amaliy qismlarga ajratsak, tarjima
nazariyasi ustida ko’plab izlanishlar olib borilgan. Biroq tarjima amaliyoti haligacha alohida
klassifikatsiyalanmagan.
Kalit so’zlar:
tarjima amaliyoti, tarjima tasnifi, tarjima elementlari, usullar,
transformatsiya, taxrir bosqichlari.
MODERN CLASSIFICATION OF ELEMENTS OF PRACTICAL
TRANSLATION
Abstract.
This article recommends original practical classifications as a solution to a
problem that has become an urgent problem of modern translation studies for many years. If we
divide translation studies as a science into theoretical and practical parts, many studies have been
conducted on the theory of translation. However, the practice of translation is not yet classified
separately.
Key words:
translation practice, translation classification, translation elements, methods,
transformation, stages of editing.
СОВРЕМЕННАЯ КЛАССИФИКАЦИЯ ЭЛЕМЕНТОВ ПРАКТИЧЕСКОГО
ПЕРЕВОДА
Аннотация.
В данной статье предлагаются оригинальные практические
классификации как решение проблемы, которая на многие годы стала актуальной
проблемой современного переводоведения. Если разделить переводоведение как науку на
теоретическую и практическую части, то по теории перевода проведено немало
исследований. Однако практика перевода пока не классифицируется отдельно.
Ключевые слова:
переводческая практика, классификация перевода, элементы
перевода, методы, трансформация, этапы редактирования.
KIRISH
Tarjimashunoslik O’zbekistonda fan sifatida 1980-yillarda eng yuqori cho’qqisiga erishdi.
Bunda olimlardan G’aybulla Salomov va Zohidjon Sodiqov va boshqalar “Tarjima
tashvishlari”, “Tarjimashunoslikning ko’p tilli izohli lug’ati” va “Tarjima nazariyasi va amaliyoti”
kabi sohaga muhim to’plam, qo’llanma va maqolalarni yaratishgan.
Xalqaro olimlardan Avstraliyalik olim Antony Pim lingvomadaniy matnlar tarjimasi ustida,
Misrlik olima Mona Baker tarjima etikasi, tarjimashunoslikda ideologik matnlar roli, korpus
lingvistikasiga oid tarjimalar, hindistonlik izlanuvchi Gayatri Chakravotri esa zamonaviy tarjima
amaliyoti yuzasidan fundamental ilmiy ishlarni yaratganlar.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
298
Biroq bularning hech birida ma’lum matnni amalda tarjima qilish, tahlil qilish va taxrirlash
bosqichlari klassifikatsiyalanmagan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Mazkur maqolani yaratishda tarjima metodi, chog’ishtirma lingvistik, tasnif hamda tahliliy
metodlardan foydalanildi.
Shuningdek, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti olimi Ergash Ochilovning “Badiiy
tarjima masalalari” qo’llanmasi, Buxoro davlat universiteti izlanuvchisi Sadirova Sitoraning
“Stilistik va pragmatic jihatdan tarjimani tahlil qilish” ilmiy maqolasi, S. Babayeva va B.
Muradullayevalarning “Tarjimada qo'llaniladigan an'anaviy hamda innovatsion usullar” nomli
maqolalari tahlil qilindi.
NATIJALAR
Izlanishimiz natijasida istalgan tarjimon uchun strategiyalar to’plamini tuzishda, istalgan
matnni tarjima qilishda, tayyor tarjimalarni baholash va tahlil qilishda, nashrdan oldingi
taxrirlashda qo’l keladigan konkret uslubiy xarita sifatida jadval yaratdik.
Unga ko’ra, fanda “Tarjima elementlari” nomli yangi tushunchani joriy etish tavsiya etildi
hamda har bir elementga ta’rif berildi.
MUHOKAMA
“Tarjima elementlari” – amaliy tarjima yoxud tarjimashunoslik amaliyotini xususiyroq
doirada tushunib olish uchun tarjimon ish jarayonida qo’llaydigan vositadir.
Bu tushuncha mavjud bo’lmagan hozirgacha bo’lgan davrda tarjima usullarini, tarjima
transformatsiyalarini hamda taxrir bosqichlarini aniq sanash, ma’lum guruhlarga kiritish va
bosqichlarni aniqlashning amalda imkoni yo’q.
Chunki tilshunoslik bo’limlari aniq bo’limlar asosida tasniflangani tufayli, uni o’rganish,
o’qitish, u asosida tahlillar qilish, izlanishlar olib borish olimlarga qiyinchilik tug’dirmaydi. Ammo
tarjimashunoslik amaliyoti fani esa aniq bo’limlarga shu vaqtgacha klassifikatsiyalanmagan.
Buni amalga oshirishda esa yuqoridagi tushunchani yanada aniqlashtirish – muhim.
Tarjima elementlari sifatida aynan uchta sinfni tanlab oldik – tarjima usullari,
transformatsion hodisalar hamda taxrir bosqichlari.
Bular bir vaqtda ham alohida bo’lim, ham tarjimani amalaga oshirishning ketma-ket
bosqichlari hamdir. Tarjima elementlarini klassifikatsiyalashda quyidagi asosiy talablarni asos
qilib oldik:
1.
Tarjima strategiyasini
tuzib olish;
2. Tarjimani
cheksiz tahlil qilish
;
3. Tarjimani
chegrali taxrir
qilish.
Fanda tarjima strategiyasiga “Tarjimon matnni o’girishdan oldin uni qaysi usullar asosida
bir tildan boshqa tilga o’tkazish rejasini tuzib olish jarayoni” sifatida ta’rif beriladi.
Shunda o’z-o’zidan ma’lum bo’ladiki, “Tarjima strategiyasi” – bu tarjima usullari to’plami
bo’lib, usullar soni cheklangan bo’lishi tabiiy va majburiydir, masalan, adaptatsiya yoki
transliteratsiya.
Agar bunga rioya qilinmasa, tarjimon o’zi istalgancha metod yaratib olib, original matn
semantik-strukturaviy xususiyatlarini batamom o’zgartirib yuborishi mumkin.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
299
Ilk bosqichda matnni tahlil qilgan holda, masalan, ommabop yoki ilmiy matn, usullar
tanlab olingandan so’ng tarjima jarayoni boshlanadi.
Tarjimon istalgan usulni so’z va gaplarga qo’llar ekan, til birliklari avtomatik tarzda
shaklan o’zgara boshlaydi – bu transformatsiya hodisasidir. Transformatsiyalarni qanday amalga
oshishini, sonini va natijasini nazorat qilish amalda imkonsizdir.
Chunki ma’lum tildagi matn o’sha tilning xususiyat va bo’limlaridan kelib chiqqan holda
yaratilgan bo’lsa, u boshqa tilga o’tganida, tarjima tilida original tildagi bo’limlar mavjud
bo’lmasligi mumkin. Ingliz tilidagi oddiygina artikllar bunga misol bo’la oladi.
Shunda so’zma-so’z tarjima usulidan foydalanib, o’girilgan oddiy so’zda leksik
transformatsiya hodisasi o’z-o’zidan sodir bo’ladi, ya’ni artikl (so’z) tushib qolishi ehtimoli yuqori
va buni tarjimon istasa ham to’liq nazorat qila olmaydi.
Transformatsiyalarning yana bir xususiyati – tilda qancha bo’limlar bo’lsa, shuncha turli
transformatsion hodisalar sodir bo’lishi mumkin. Shu ikki omil transformatsiyalarni usullardan
farqlaydi hamda cheksiz ekaniga dalil bo’la oladi.
Xullas, transformatsiya – bu usul emas, balki, hodisadir. Bu mazkur klassifikatsiyani ishlab
chiqishda yuqoridagi ikkinchi talab natijasi hisoblanadi.
“Taxrir bosqichlari” – amalda nashriyot uylarida tayyor matn chop etilgunicha o’rtacha 10
bosqichdan o’tadi va elektron yoki qog’oz kitob shakliga keltiriladi, biz esa tayyor tarjimani taxrir
qilishning o’zini 7 bosqichga bo’lgan holda, taxrir bosqichlarini –
“amaliy tarjimaning uchinchi
elementi”
sifatida tasnifladik.
Bular,
leksikologik taxrir, morfologik taxrir, sintaktik taxrir, orfografik taxrir, stilistik
taxrir, punktuatsion taxrir, semantik taxrir.
Taxrir bosqichlari soni mantiqiy ketma-ketlik asosida ishlab chiqilganining sababi,
tarjimon ham, tayyor tarjimani tahlil qiluvchi ham, tarjimani chop etuvchi ham bitta – universal
xaritaga ega bo’lishi lozim.
Shuningdek, tarjimani taxrir qilish bosqichlarini cheklashning yana bir sababi – cheksiz
taxrir asosida chop etilayotgan materialning semantik-strukturaviy holati butkul o’zgarib ketishini
oldini olishdir.
XULOSA
Mazkur klassifikatsiya original bo’lib, tilshunos, tarjimon, tarjima yo’nalishi izlanuvchilari
va talabalari, tahlil qiluvchi, taxrirchi – muharrirlarga birdek qo’l keladi, ular orasida ko’prik bo’lib
xizmat qilinadi.
Bu elementlar klassifikatsiyasi asosida Termiz davlat universiteti Tarjima nazariyasi va
amaliyoti (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 3-4-bosqich talabalariga “Yozma tarjima” va “Badiiy
tarjima” fanlarini o’qitishda qo’llandi hamda O’zbekiston milliy universiteti, Alisher Navoiy
nomidagi O’zbek tili va adabiyoti universiteti, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti,
Samarqand davlat chet tillari instituti olimlariga, jumladan, tarjima sohasida professor Rahima
Shirinova, Ziyoda Teshaboyevalarga taqdim qilindi hamda ma’qullandi.
Quyida izlanish natijasidagi qisqa jadval keltirilgan:
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
300
REFERENCES
1.
Pym, A. (1992). Translation and text transfer (p. 52). Frankfurt: Peter Lang.
2.
Spivak, G. C. (2021). The politics of translation. In The translation studies reader (pp. 320-
338). Routledge.
3.
Sitora, S. (2023). STILISTIK VA PRAGMATIK JIHATDAN TARJIMANI TALIL
QILISH. " ENGLAND" MODERN PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY: PROBLEMS
AND SOLUTION, 10(1).
4.
Babayeva, S. R., & Muradullayevna, B. D. (2023). TARJIMADA QO'LLANILADIGAN
AN'ANAVIY HAMDA INNOVATSION USULLAR. Новости образования:
исследование в XXI веке, 1(6), 81-87.
5.
Teshaboyeva, Z. Q. (2022). А Cognitive Study of “Вaburname”’S Translations and
Principle of Compiling a Textual Dictionary. Journal of Pharmaceutical Negative Results,
1994-2006.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
301
6.
Arustamyan, Y., Shirinova, R., & Baratova, K. (2022). Cognitive Context in a Work of Art.
International Journal of Early Childhood Special Education, 14(1).
7.
Kamoljnovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING FANTASTIK ASARLARIDAGI
ANTROPONIMLARNING LINGVO-PERSPEKTIV MUAMMOLARI. Central Asian
Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 334-343.
8.
Ochilov, E., & Khodjayeva, N. (2022). Tarjima nazariyasi. O‘quv qo‘llanma,
Sharqshunoslik Universiteti Toshkent-2020.
