ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
43
FAZO TAQVIMI
Maftuna Bozorova
Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13319168
Annotatsiya.
Ushbu maqolada koinot paydo bo'lgan vaqtdan to hozirgi kungacha bo'lgan
davr haqida qisqacha ma'lumot keltirib o'tilgan.
Kalit so'zlar:
Katta portlash, Somon yo'li gallaktikasi, Quyosh sistemasi, Yerda ilk hayot.
SPACE CALENDAR
Abstract.
This article provides a brief overview of the period from the beginning of the
universe to the present.
Key words:
Big Bang, Milky Way Galaxy, Solar System, Early Life on Earth.
КОСМИЧЕСКИЙ КАЛЕНДАРЬ
Аннотация.
В данной статье представлен краткий обзор периода от зарождения
Вселенной до настоящего времени.
Ключевые слова:
Большой взрыв, Галактика Млечный Путь, Солнечная система, ранняя
жизнь на Земле.
Koinotning paydo bo'lishiga atomdan ham kichikroq zarraning portlashi sabab bo'lgan.
Aynan mana shu zarraning portlashi fanda katta portlash nomini olgan. Koinot paydo
bo'lgan vaqtdan to hozirgi kungacha bo'lgan vaqtni tasavvur qilish juda ham murakkab masala.
Sababi, Koinot bundan 13.8 mlrd yil avval paydo bo'lgan, 1 asrga yaqin umr ko'radigan
inson bu vaqt oralig'ini tasavvur qilishi ancha qiyin kechadi. Keling bu vaqt oralig'ini to'liq anglab
yetish uchun Katta portlashdan to hozirgi kungacha bo'lgan vaqtni yer taqvimiga joylashtiramiz.
Taqvimga joylashtiriladigan asosiy hodisalar:
Katta portlash (13.8mlrd yil oldin),
Ilk gaz quyqalari hosil bo'ldi (13.6 mlrd yil oldin),
Kichik galaktikalar paydo bo'ldi (13. 5mlrd yilga yaqin)
Somon yo'li gallaktikasi paydo bo'ldi (11mlrd yil oldin)
Quyoshning portlashi (4.5mlrd yil oldin)
Yerdagi ilk hayot belgilari (3.5mlrd yil oldin)
Yerda organizmlar paydo bo'ldi (taxminan 2mlrd yil oldin)
Yerda jonivorlar quruqlikka chiqa boshladi (taxminan 500mln yil ilgari)
1-gul unib chiqdi (200mln yil ilgari)
Asteroid quladi (taxminan 100mln yilga yaqin vaqt ilgari)
Odam paydo bo'ldi (taxminan 3mln yil ilgari)
Fazo taqvimini 2024 - yil taqvimi bo'yicha tuzamiz. Bunda 1 yilni 13.8 mlrd yil deb
olishimizga to'g'ri keladi. Demak, 1 kun-37.7mln yil.
1-yanvar "katta portlash" sodir bo'lgan kun deb olamiz. Katta portlashdan so'ng olam o'ta
issiq va zich holatda bo'lib, keskin kengayishni boshlagan. Taxminan 200mln yilga yaqin vaqt
ichida koinot tinch holatda va zulmatda bo'lgan.
Ammo keyinchalik tortishish kuchlari gaz quyqalarini birlashtirib ularni qizdirgan. Shunda
ilk gaz quyqalari yona boshlagan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
44
1 kun - 37.7mln yil
x kun - 200mln yil. x≈5kun
Demak, 200 mln yil taxminan 5 kunni tashkil etsa, yil boshidan 5 kun o'tib,
5-yanvarda ilk gaz quyqalari paydo bo'lgan.
110mln yilga yaqin vaqt ichida kichik yulduzlar hosil bo'la boshlagan. Aynan mana shu
yulduzlarning birlashishidan, kichik galaktikalar paydo bo'la boshladi.
Taqvim bo'yicha hisoblasak,
1 kun - 37.7mln
x kun - 110 mln yil x≈3 kun. 5-yanvardan 3kun o'tib,
8-yanvarda kichik galaktikalar paydo bo'ldi.
Kichik galaktikalar birlashib katta galaktikalarni hosil qildi va bizning qadrdon Somon yo'li
gallaktikamiz ham kichik galaktikalarning birlashishidan hosil bo'lgan. Gallaktikamiz 11mlrd yil
ilgari paydo bo'lgan. Hali u vaqtlarda quyosh sistemasi mavjud emas edi.
Taqvim bo'yicha hisoblasak:
(13.8-11) mlrd yil = 2.8mlrd yil.
Ya’ni koinot paydo bo'lganidan 2.8mlrd yil o'tib Somon yo'li gallaktikasi paydo bo'lgan.
Bu taqvimda qaysi kunga to'g'ri kelishini topish uchun:
2.8mlrd yil ÷ 37.7mln yil=74kun
1-yanvardan boshlab hisoblaganda 74kun o'tib:
15-mart kuni Somon yo'li gallaktikasi paydo bo'ldi.
Somon yo'li gallaktikasida 100mlrdga yaqin yulduzlar mavjud bo'lgan. Ammo ularning
orasida hali quyosh va uning sistemasi vujudga kelmagan edi. Quyosh yulduzlarning kulidan
tarkib topadi. Yulduzlar bahaybat gaz va chang bulutlaridan yomg'ir tomchilari kabi paydo bo'ladi.
Ular juda yuqori darajada qiziy boshlaydi va natijada atomining yadrolari birlashib ketadi.
Bundan bizda mavjud bo'lgan kislorod, uglerod, kalsiy va temirni yuzaga keltiradi. Bu
bilan aytish mumkinki biz barchamiz yulduz moddalaridan tashkil topganmiz. Quyosh va quyosh
sistemasi keladigan bo'lsak, u bizdan taxminan 4.5mlrd yil ilgari paydo bo'lgan. Yer sayyoramiz
ham Quyosh atrofidagi gazlardan tarkib topgan.
Doimiy to'qnashuvlar natijasida paydo bo'lgan fazoviy bo'laklar yig'ilishidan Yer shari
yaralgan. Fazoviy bo'laklarning to'qnashib va birlashishi natijasida Oy yuzaga kelgan.
(13.8-4.5) mlrd yil = 9.3mlrd yil.
Taqvim bo'yicha hisoblasak:
9.3 mlrd yil ÷ 37.7 mln yil≈247 kun
15-martdan boshlab hisoblaganda 173 kun o'tib:
3-sentabr kuni Quyosh portlaydi va shu bilan bir qatorda quyosh sistemasi vujudga keladi
U vaqtlarda Oy Yer sayyorasiga hozirgi vaqtga nisbatan 10 marta yaqinroq joylashgan va
Yer bilan Oy orasidagi tortishish kuchi esa hozirgidan ancha kuchliroq bo'lgan. Yer sayyorasi soviy
boshlashi bilan dengizlar paydo bo'la boshlagan. Millionlab yillar davomida suvning ko'tarilishi
va pasayishi sababli Oy Yer sayyorasidan uzoqlashib borgan. Aynan mana shu davrda Yer
sayyorasida hayot boshlangan.
Ya’ni bundan taxminan 3.5mlrd yil oldin.
(13.8 - 3.5) mlrd yil = 10.3mlrd yil
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
45
Taqvim bo'yicha esa:
10.3mlrd yil ÷37.7 mln yil ≈273 kun
Katta portlashdan 273kun o'tib:
29-sentabrda Yer sayyorasida ilk hayot belgilari paydo bo'ldi.
Yerda ilk organizmlarning paydo bo'lishi. Organizmlar ilk bora suvda paydo bo'lishgan.
Bundan taxminan 2mlrd yil oldin biokimyoviy usullar natijasida tadrijiy rivojlanish
boshlangan. Organizmlar oziqlanib harakatlanib, tashqi ta’sirlarga javob bera boshlagan.
(13.8-2) mlrd yil=11.8mlrd yil
Taqvim bo'yicha:
11.8mlrd yil ÷37.7 mln yil ≈313 kun.
8-noyabr kuni yerda ilk organizmlar paydo bo'ldi.
Yerda hayot suvdan quruqlikka chiqdi. Turli xil jonivorlar va o'simliklar paydo bo'ldi.
Quruqlikka chiqqan ilk jonivorlardan biri "tiktaalik" edi. Bu holat taxminan 500mln yil
ilgari sodir bo'ldi.
(13.8-0.5) mlrd yil=13.3mlrd yil.
Taqvim bo'yicha:
13.3mlrd yil ÷37.7 mln yil ≈353kun
18-dekabr kuni Yer sayyorasida jonivorlar quruqlikka chiqa boshlashdi.
Yer sayyorasidagi barcha tirik jonzotlar - qushlar, dinozavrlar, o'simliklar, hashorotlarning
barchasi dekabr oyining oxirgi haftasida tadrijiy rivojlanishni boshdan kechirishdi. Yer
sayyorasida 1-gul ham aynan shu vaqtlar oralig'ida ochildi. Bundan taxminan 200mln yil ilgari.
(13.8-0.2) mlrd yil=13.6mlrd yil.
Taqvim bo'yicha:
13.6mlrd yil÷37.7 mln yil ≈ 361 kun
26-dekabr kuni Yer sayyorasida 1-gul ochildi.
100mln yildan ortiqroq vaqt davomida Yer sayyorasida dinozavrlar yashab kelishgan.
Ammo Asteroidning qulashi Yer ko'rinishini butkul o'zgartirib yubordi. Asteroidning
qulashi natijasida yer yuzidagi barcha tirik jon halok bo'lgan. Bu davrni dinozavrlarning qirilishi
desak ham xato bo'lmaydi. Bu hodisa bizdan taxminan 100mln yil ilgari sodir bo'lgan.
(13.8-0.1) mlrd yil =13.7mlrd yil.
Taqvim bo'yicha:
13.7mlrd yil÷37.7mln yil ≈ 364kun.
29-dekabr Asteroid qulagan.
Yer sayyorasida odamning paydo bo'lishi, tadrijiy rivojlanishi, urushlar, tarixdan biz bilgan
barcha voqea va hodisalar Fazo yili bo'yicha atiga 1kunni tashkil qiladi. Odamzod bizdan taxminan
3mln yil ilgari paydo bo'lgan.
(13.8-0.003) mlrd yil=13.797mlrd yil.
Taqvim bo'yicha:
13.797mlrd yil÷37.7mln yil ≈ 366kun
31-dekabr kuni odam paydo bo'la boshlagan.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
46
Bulardan Zinjantrop odamni misol qilib oladigan bo'lsak, bu odam turi 1.5mln yil ilgari
paydo bo'lgan. Agar hisob kitoblar olib borsak, taqvim bo'yicha bu odam turi 31-dekabr sanasiga
o'tadigan vaqtda 11daqiqayu 46soniya ichida paydo bo'lgan.
Qiziqarlisi shundaki biz hanuzgacha 31-dekabr sanasida yashayabmiz. Bunga sabab
1kunimiz taxminan 38mln yilga teng. Insoniyat biz yashab turgan davrdan boshlab atiga 3mln yil
oldin paydo bo'lgan. Odamlarning paydo bo'lishi, tadrijiy rivojlanishi, tarixda insoniyat bilan
bog‘liq biz bilgan hodisalarning barchasi bizdan 3mln yil ilgari sodir bo'lgan.
Demak, biz 31-dekabr sanasining oxirgi soniyalarida yashab turibmiz.
Neil degrasse Tyson "Cosmos: Possible Wordls" adabiyotidan foydalanilgan.
