Authors

  • Sohiba Sattorova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.36599

Abstract

Ushbu maqolada ingliz tili fanisifatinioshirish uchun ingliz tilidagi to’rtta ko’nikmani mukammal shakllantirish yo’l-yo’riqlari tushuntiriladi. Ularning barchasi alohida-alohida qilib ko’rsatilib, har bittasi izohlanadi. Shu bilan birga bu ko’nikmalarni rivojlantirish va integratsiyalash uchun yangi metodlar taklif etiladi. Til o’rganuvchilar uchun bu ko’nikmalarni ahamiyati xususida maqolada so’z boradi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

51

O'QUVCHILARNING INGLIZ TILIDAGI KOMPETENTLIGINI OSHIRISHDA

METODLARNING AHAMIYATI

Sattorova Sohiba Abdusamadovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti 1-bosqich talabasi.

sohibasattorova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13329195

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ingliz tili fani sifatini oshirish uchun ingliz tilidagi to’rtta

ko’nikmani mukammal shakllantirish yo’l-yo’riqlari tushuntiriladi. Ularning barchasi alohida-
alohida qilib ko’rsatilib, har bittasi izohlanadi. Shu bilan birga bu ko’nikmalarni rivojlantirish
va integratsiyalash uchun yangi metodlar taklif etiladi. Til o’rganuvchilar uchun bu ko’nikmalarni
ahamiyati xususida maqolada so’z boradi.

Kalit so’zlar:

gapirish, tinglash, yozish, o’qish, integratsiya, rivojlanish, amaliy

mashg’ulotlar, guruh bo’lib ishlash.

THE IMPORTANCE OF METHODS IN IMPROVING STUDENTS' ENGLISH

COMPETENCE

Abstract.

This article explains the guidelines for perfecting the four skills in English to

improve your English language skills. All of them are shown separately and each of them is
explained. At the same time, new methods for developing and integrating these skills are offered.

The importance of these skills for language learners is discussed in the article.

Key words:

speaking, listening, writing, reading, integration, development, practical

training, group work.

ЗНАЧЕНИЕ МЕТОДОВ В ПОВЫШЕНИИ АНГЛИЙСКОЙ

КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ

Аннотация.

В этой статье объясняются рекомендации по идеальному

формированию четырех навыков английского языка для улучшения качества английского
языка. Все они показаны отдельно и каждый из них поясняется. В то же время
предлагаются новые методы развития и интеграции этих навыков. В статье
обсуждается важность этих навыков для изучающих язык.

Ключевые слова:

говорение, аудирование, письмо, чтение, интеграция, развитие,

практические занятия, групповая работа.

Hozirda mamlakatimizning yorug’ kelajagini belgilaydigan, uning kuch-qudratini

ta’minlaydigan sohalar juda ko’p. Oliy ta’lim tizimi, shubhasiz, ular orasida alohida
ahamiyatga ega. Chunki, millatimizning, xalqimizning ertangi kuni bugun oliy ta’lim olayotgan
yosh mutaxassislar taqdiri bilan chambarchas bog’liqdir. Mamlakatimiz mustaqilligining
dastlabki yillaridanoq ta’lim tizimini jahon andozalariga mos sharoitlarda bilim olishini,
jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo’lib kamolga yetishini ta’minlash, qobiliyat
hamda iqtidorini yuzaga chiqarish, qalbida yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg’ularini
shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan beqiyos sa’y-harakatlar zamirida ham ana shu
ezgu maqsad mujassamdir.

Bugungi kunda tilni o’rganish hayotimizning barcha sohalaridagi har qanday

yoshdagi taʼlim oluvchining va insonlarning muloqoti va shaxsiyatini rivojlantirishga
yordam beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

52

Tarjimonlik, til o’rganish kabi sohalarda xorijiy tillarni bilish insonning istiqbolini

oshirishi mumkin.

Ingliz tiliga va uni yaxshi oʼzlashtirgan mutaxassislarga talab katta boʼlgan

zamonaviy dunyoda

uni har tomonlama oʼrganish barcha koʼnikmalarni puxta

shakllantirishni taqozo etadi. Ingliz tilini til tashuvchilari darajasida yoki unga yaqin darajada
oʼzlashtirish uchun oʼqituvchilar maktablarda, taʼlim jarayonida barcha til koʼnikmalarini
oʼzlashtirishga qaratilgan mashq, topshiriq va darslarni tashkil qilishi va til oʼrganish
jarayonida anʼanaviy oʼqituvchi emas, balki fasilitator (koʼmak beruvchi) rolini bajarishi
kerak boʼladi. Ushbu til koʼnikmalari quyidagilar:

1. Tinglab tushunish (listening);
2. Gapirish (speaking);
3. Oʼqish (reading);
4. Yozish (writing).

Til oʼrganishda koʼzlangan maqsadga erishish uchun ushbu koʼnikmalarning har

birining oʼrni katta. Shunday ekan, ularni oʼzlashtirish va rivojlantirish bugungi kunning
zaruriy vazifalaridan biri boʼlib qoladi. Tinglab tushunish va oʼqish passiv (qabul qiluvchi)
koʼnikmalar hisoblanadi, chunki ular yordamida til materiali ijod qilinmaydi, aksincha, ular
oʼzgalar tomonidan ijod qilingan materialni qabul qilib olishga yordam beradi. Gapirish
bilan yozish esa aktiv (ijod qiluvchi) koʼnikmalar hisoblanadi chunki, bunda oʼquvchilar
oʼz fikrlarini ogʼzaki yoki yozma gaplar shaklida til materiali yordamida ifodalaydilar.

Shunday qilib,

aktiv va passiv koʼnikmalar bir paytning oʼzida namoyon

boʼlmaydi. Gaprishdan oldin tinglash, yozishdan oldin oʼqish talab qilinadi (yoki aksincha).

Tinglab tushunish (listening) – bu o’rganuvchi tomonidan eshitish ko’nikmasining

yaxshi o’zlashtirilishi hisoblanadi. Tinglab tushunish ko’nikmasi orqali o’quvchilar
o’zlarining eng yaxshi taraflarini shakllantiradi. Tinglab tushunish eshitish qobiliyatini
yuksaltiradi. Ingliz tili darslarida quyidagi usullar orqali eshitish ko’nikmasini yaxshilash
mumkin:

1. Guruh o’yinlari; (Guruh bo’lib eshit, Mock)
2. Audio o’yinlar; (Li-li)
3. Video o’yinlar; (Cinema class)
4. O’z-o’ziga gapirish. (I and you)
Tinglab tushunishni oʼzlashtirish til oʼrganuvchilarning real hayotiy vaziyatlarda

muloqotga kirishib oʼrganishi darajasiga koʼtarildi. Bugungi axborot vositalari yuksak taraqqiy
etgan davrda bizning Vatanimizda ham ingliz tilida tinglab tushunish koʼnikmalarini
shakllantirish va mahoratlarini rivojlantirishda ausentik materiallardan keng foydalanish
maqsadga muvofiq boʼlar edi. Tinglab tushunishni oʼrgatishga qaratilgan topshiriqlarning
afzalliklari quyidagilardan iborat:

-muvaffaqiyatli tinglab tushunish til (vaziyat)ni toʼla tushunishni taʼminlaydi;
-ravon va bexato gapirishga xizmat qiladi;
-oʼquvchilarning nutq vaziyatiga toʼgʼri baxo berishiga yordam beradi;
-oʼquvchilarning suhbatdoshi bildirayotgan fikrlariga

munosib javob berish

koʼnikmalarini shakllantiradi;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

53

-mazmunni toʼla anglab yetishga yordam beradi;
-yangi materialda berilayotgan yangi tushuncha va mazmunni oʼzlashtirishda foydali;
-mavjud bilim va koʼnikmalarni mustahkamlashga yordam beradi;
-suhbatdoshining ishonch va hurmatiga erishishga yordam beradi.
Gapirish (speaking) – ushbu ko’nikma bevosita muloqot orqali shakllanuvchi

ko’nikma bo’lib, bu ko’nikma suhbat qurish orqali amalga oshadi. Asosan, bu ko’nikma
grammatikani tushungan holda amalga oshiriladi. So’zlovchilar audiolarni qo’yib, tinglashni
kuchaytirishlari mumkin. Bu usul orqali ularning lug’at tizimi rivojlanadi.

Bu voqealarning ko’pchiligi real hayotiy vaziyatlardir. Ular shulardan foydalanadilar.
Zamonaviy o’qituvchilar til muammosini hal qilishi uchun, o’quvchilarning

nutqiy malakalarini oshirishi uchun quyidagi o’yin va yo’llarni qo’llaydilar:

1. Ko’rsatish va aytish – ushbu faoliyatda talabalardan darsga o’ziga yoqqan bir nechta

obyektni olib kelishlari aytiladi. Va ular mana shu olib kelgan obyektlarini ko’rsatishi va
ularga gapirish orqali ta’rif berishlari lozim. Bu o’yin juda qiziqarli.

Chunki talabalar o’zlariga yoqqan ko’pgina narsalarni olib keladi. Bu ularni ko’proq

gapirishlariga imkoniyat yaratib beradi.

Ular ko’proq ta’riflar ekan, o’zlaridan

g’ururlanib boraveradi. Bu o’yinda talaba olib kelgan obyektdan tashqari o’qituvchi ham
obyekt olib keladi. Talabaga taqdim etadi. Talabalar gapirishi uchun o’qituvchi turli rasmlar
ham olib kelishi mumkin. Rasmlar orqali talabalar turli g’oyalarni ilgari suradilar.

2. Pecha-kucha – agar talabalarning noutbuklari bo’lsa va taqdimot dasturlari bilan

yaxshi tanishgan bo’lsalar Power Point orqali pecha-kucha o’yinini tashkil qilishlari
mumkin. Proyektlardan foydalangan holda rasmlarni ekranga tushiradilar va gapiradilar.

Pecha-kucha taqdimot o’yini qiziqishni uyg’otadi. O’quvchiga 20 soniyada 20

ta slaydni ko’rish imkoniyati beriladi. (Vaqt dastur tomonidan boshqariladi.) Keyin
esa rasmlar avtomatik ravishta o‘zgaradi. Talaba ularni ta’riflab, joy-joyiga qo’yishi lozim
bo’ladi. Bu o’yin juftlik va sheriklikda qilinishi mumkin.

3. Bingo – ko’pchilik bu o’yinni tinglash faoliyati deb o’ylaydi, vaholanki u bunday

emas. Bu o’yin gapirish faoliyati xususida. Bu o’yin tez muddatda nutqiy faoliyatga
aylanadi. Bu o’yin 25 tagacha so’z, ibora va bingo kartalari to’plamini o’z ichga oladi.

Ingliz tilida yozish koʼnikmalarini rivojlantirishning quyidagi afzalliklari bor:
- ingliz tilidagi soʼzlarni toʼgʼri yozilishini oʼrganish;
- grammatik qurilmalarni tizimli ravishda oʼrganish;
- turli vaziyatlarga mos soʼzlarni tanlab ishlata bilish;

- til oʼrganuvchilarning mustaqil ishlashini taʼminlash;
- oʼquvchilarning xat va esselar yoza olishi;
-oʼquvchilarning xulosalar bera olishi;

-oʼquvchilarning hikoyalar yoza olishi;
- oʼquvchilarning lugʼat bilan samarali ishlay olishi;
- oʼquvchilarning tayyor matnga kerakli oʼzgartirishlar kirita olishi.
O’qish (reading) – bu talaba uchun eng qiziqarli bo’lgan ko’nikmalardan biridir.
Bu ko’nikmani o’rgangan talaba bemalol ingliz tilidagi badiiy asarni ham o’qib, ham

tushuna oladi. Savodxonlikning cho’qqisi talaba uchun mana shu ko’nikma turida bilinadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

54

O’qish mana shu o’yinlar orqali rivojlanadi:

1. Kim savodxon, kim zukko;
2. Rolli o’yin;
3. So’z o’rnini top;
4. Zanjir.

Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, ingliz tili o’rganuvchisi mana shu

yuqoridagi to’rtta ko’nikmani o’zlashtirsagina ko’zlagan maqsadiga erisha oladi. O’zi uchun
ham foydali saboqni olgan bo’ladi.


REFERENCES

1.

Мадиева Г.А. Гавхар Абдулазимовна, and Назира Наримановна Дусбаева.“Some
modern methods of teaching English.” Молодой ученый 7

2.

Мадиева Г. А., & Дусбаева, Н. Н. (2016). Some modern methods of teaching

3.

English. Молодой ученый, (7-2), 102

4.

Greeenalls. and M. Swan. 1986. Effective Reading. Cambridge. Cambridge University
Press.

5.

Baker. T.2008.Applying reading research to the development of an integrated lesson
plan.

References

Мадиева Г.А. Гавхар Абдулазимовна, and Назира Наримановна Дусбаева.“Some modern methods of teaching English.” Молодой ученый 7

Мадиева Г. А., & Дусбаева, Н. Н. (2016). Some modern methods of teaching

English. Молодой ученый, (7-2), 102

Greeenalls. and M. Swan. 1986. Effective Reading. Cambridge. Cambridge University Press.

Baker. T.2008.Applying reading research to the development of an integrated lesson plan.