ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
55
BODA SHO‘XIDIN AGAR NOLON BO‘LUBMEN AYB EMAS …
G‘afurov Nodirjon Sayfutdin o‘g‘li
O‘zMU stajyor-o‘qituvchi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13329217
Annotatsiya.
Bu tezisda mumtoz adabiyotda may xususiyatlari haqidagi fikrlar, unga
bo‘lgan munosabat Navoiygacha bo‘lgan asarlar va Navoiy g‘azali va fardidagi ta’riflar asosida
beriladi.
Kalit so‘zlar:
harif, taryok, chog‘ir, soqiy, ichguvchi, may, mezbon, mehmon, bodano‘sh.
БОДА ШОХИДИН ЭТО НЕ Я ВИНА, ЕСЛИ Я БЫЛ НОЛОНОМ...
Аннотация.
В данной диссертации изложены представления о свойствах мая в
классической литературе, отношении к нему на основе сочинений до Навои и определений
в газели и фарди Навои.
Ключевые слова:
хариф, тарёк, чогир, соки, пьющий, май, хозяин, гость, боданош.
BODA SHOKHIDIN IT'S NOT MY FAULT IF I WAS NOLON...
Abstract.
This dissertation outlines ideas about the properties of May in classical
literature, attitudes towards it based on writings before Navoi and definitions in the ghazal and
fardi of Navoi.
Key words:
kharif, tarek, choghir, juices, drinker, may, host, guest, bodanosh.
KIRISH.
Navoiy ijodiga faqat mutasavvuf shoir asarlaridek qarash o‘quvchini bir qadar qiynab
qo‘yadi, ayniqsa u diniy-tasavvufiy bilimlardan yiroq bo‘lsa. Muallif o‘z asarlarida xalq orasidan
shunday misollar keltiriladiki, bunday misollarni o‘z ma’nosida qabul qilish ham o‘qirmanning
sezimlariga bevosita ta’sir qilib, avom zavqini beradi. Navoiyning asarlarini o‘qiganda uning,
avvalo, shoirligini, ma’lum lavozimlarda ishlaganini va saroy ahlidan ekanini ham unutmaslik
lozim.
Uning hayoti saroyga sadoqatli G‘iyosiddin (Kichkina Bahodir) nomi bilan bog‘langani,
barchamizga ma’lum. Navoiy o‘z siyosiy faoliyatini 1469-yildan boshlagan deb qarasak, u o‘sha
vaqtda 28 yosh bo‘lgan. Bu esa uning ayni yigitlik chog‘i(shabob ayyomi)ga to‘g‘ri keladi.
Navoiy yashagan davr va hududni inobatga olsak, u yerda turli xalqlar va millatlar
yashagani tarixdan ayon bo‘ladi. Bu xalqlarning turmush tarzi va urf-odatlaridan Navoiy, albatta,
xabardor bo‘lmasligi mumkin emas. Shuni aytish kerakki, bu xalqlarda – u turkiy xalq bo‘ladimi,
forsiy yoki arabiy xalq bo‘ladimi, ular islom diniga e’tiqod qilsa-da, may ichish odatini to‘liq
yo‘qotmagan edi.
Shunday ekan, mayxo‘rlik holatlari uchramagan desak, xato bo‘ladi. Bunday bazmlar saroy
ahli orasida ham oddiy xalq orasida ham bo‘lgan. May qadim-qadimdan insonni erkinlik sari olib
boruvchi vosita sifatida tasvirlangan, uning sifatlari, ta’riflari she’r-u g‘azallar bo‘lgan, uning
asosida butun boshli janr – soqiynoma yuzaga kelgan, u ishtirok etgan asarlar mavzu jihatdan
rindona mavzuga oid. Bu haqida quyidagi ma’lumotlarni keltirsak.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
56
“Qobusnoma”
1
asarida Kaykovus o‘g‘liga nasihat qilar ekan, farzandiga ichmaslikni
uqtiradi. “Ey farzand, agar sharob ichmasang ikki jahon foydasini topg‘ungdir … Lekin sen yosh
yigitdursen, hariflar(ulfatlar) senga sharob ichirmay qo‘ymas, men buni aniq bilurman” – deydi.
Ammo baribir, otasi taqiqlasa-da uning ichishini bilishini ta’kidlaydi va maslahatlar beradi.
Ayni shu davrga oid manbalardan yana biri tabobat ilmi egasi Ibn Sino o‘zining
ruboiylarida mayga “ozi taryok, ko‘pi zahri mor” degan ta’rif beradi. Ruboiy:
May
2
mastga dushman-u hushyorga yordir,
Ozi taryok, ko‘pi bir zahri mordir.
Ko‘p bo‘lsa zarari oz emas uning,
Oz bo‘lsa unda ko‘p manfaat bordir.
Xalq orasida mayga bo‘lgan munosabat dori(taryok) ichishga bo‘lgan ehtiyojdek
bo‘lmog‘i kerak. Ko‘p ichish ziyon, ammo uni ozi ko‘p foyda keltiradi – demoqda ibn Sino.
Xalq orasida odamlar mayni “ba niyati shifo” deb iste’mol qilishadi. Uning mazmuni
“shifo niyatida” – degani. Ma’lumki sog‘lom odam dori ichmaydi.
O‘z davrida turkiy tilda munozara yaratgan Yusuf Amiriy ham “Chog‘ir va Bang”
3
asarida
mayning sifatlarini keltiradi. May tilidan – “Mening majlisimda goh ayoq boshqa qo‘yalar va goh
bosh ayoqqa” – deyiladi. Bu munozara temuriylar davrida yaratilganligini hisobga olsak, o‘sha
davrda ham bunday illatlar uchrab turganligi ayon bo‘ladi.
Navoiy asarlarining, aksariyatida, may so‘zi ishlatiladi. Albatta, buni ayrimlar diniy-
tasavvufiy ma’no bilan bog‘lasa, ayrimlar, o‘z vaqtida, buni to‘g‘ridan to‘g‘ri mayning sifatlari
bilan bog‘lagan.
Masalan, Navoiy “Navodir ush-shabob” devonidagi 647- “Ichguvchi”
4
radifli g‘azalini
olaylik.
Sen zuloli vasl ichib, men zaxri hijron ichkuchi,
Og’u ichkondin ne voqif obi hayvon ichkuchi.
Ul yuzin gulrang etib men ashk xunobin to‘kub,
Kim erur ul bodai gulgunu men qon ichkuchi.
Ichsa gulgun boda olamdur guliston yuzidin,
Bo‘yla yo‘q olam gulistonida imkon ichkuchi.
Davr ayog’in ichmayin davrong’a solding rustaxez,
Ko‘rmadi davr ichra sendek ahli davron ichkuchi.
Oshiq o‘lmay sizki dersiz tavba qil, ey ahli zuhd,
Netsun ichmay joni mahjur o‘lsa jonon ichkuchi.
1
Kaykovus. “Qobusnoma” 11-bob, 51-bet
2
https://kh-davron.uz/yangiliklar/muborak-kin/abu-ali-ibn-sino-adabiy-merosidan-namunalar.html
Elektron
manzilda “Man” deb berilgan, may desak mazmunan mos tushadi. Muallif
3
Yusuf Amiriy. “Chog‘ir va Bang” 250-bet.
4
Alisher Navoiy. “Xazoyin ul-maoniy” “Navodir ush-shabob” 340-bet.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
57
Boda sho‘xidin agar nolon bo‘lubmen ayb emas
Kim, erur ko‘nglumni olg’on sho‘xi nodon ichkuchi.
Ey Navoiy, yor mehmon bo‘lsa, may tutqach, sumur,
Mizbon zohid xush ermas, bo‘lsa mehmon ichkuchi.
Albatta, g‘azalning birinchi (matla’) baytida ishqiy mavzudagi zuloli vasl, zahri hijron,
og‘u, obi hayvon birliklarini o‘z ma’nosida ham tasavvufiy ma’noda ham talqin qilish mumkin.
E’tibor berib qarasak, zuloli vasl – visol suvi ichgan bilan zaxri hijron – hijron zaxarini
ichgan xuddiki, og‘u – zahar ichgan bilan obi hayvon – tiriklik suvini ichgani kabi teng bo‘lmaydi.
Keyingi baytlarda bodaning inson jismidagi alomatlari – ichgan odam yuzida qizillik zohir
bo‘lishi va bu mastlik holidan darakligi aytiladi. Uning yuzi gulrang – gulgun boda ichganidan,
ashk xunobin (qonli ko‘z yoshi) to‘kkanlar esa qon ichgandek. Mayxo‘rning ichgani yuzidan
bilinadi va yuzi qizargani – olam guliston(hamma yoq qizil) bo‘lganidek ayon bo‘ladi.
May ichgan kishi mast bo‘lgach davrada to‘polon ko‘taradi va davradagilar uni alqaydi
uning so‘zlarini ma’qullaydi. Bu holga kelgan insonga
5-baytda zuhd ahli hushyorlik bilan oshiqqa tavba qil deyishadi, jononiga yetishmagan
oshiq nima ham qilsin!? Keyingi baytda shuncha ta’na-ma’lomatga qolgan oshiq endi yig‘lashga
tushadi va buni bodaning sho‘xligi deydi va yana bu holga ko‘nglini olgan nodonni sabab qilib
ko‘rsatadi.
Ammo so‘nggi baytda keltiriladigan fikrda Navoiy zohid mezbon va uning oldiga kelgan
ichkuchi mehmonni qiyos qiladi. Hatto mezbonga mehmon may tutsa – soqiylik qilsa “sumur” deb
aytadi. Mehmon ko‘ngli may tusaganda, mezbonning bu holini “xush emas” deydi. Bu bilan
mehmon va mezbon o‘rtasidagi xijolatpazlik holatiga yechim qidiradi.
Alisher Navoiy “Favoyid ul-kibar” devoni 52-fardi:
Aql-u hushim qolmadi, ko‘rgach ul oyni bodano‘sh,
Iztirobimdan hamonokim, to‘kildi aql-u hush.
Ayrim hollarda ichkilik ichgan odam ichkilik ichishdan o‘zini to‘xtata olmay qoladi.
Oqibatda aql-u hushidan ayriladi, hatto nima deyayotganini bilmay qoladi. Boshdagi aql
oyoqqa tushadi. Bunda lirik qahramon bodano‘shga xitob qilib, ma’shuqasini ko‘rgach, aql-u
hushim qolmadi va bu go‘zallik menga solgan iztirobdan aql-u hushim to‘kildi – deb aytmoqda.
Bu fardda oshiq ichkuvchiga mahbubasining go‘zalligi oqibatida aql-u hushidan
ayrilganini aytmoqda.
NATIJALAR.
Bundan kelib chiqadiki, Navoiy inson ko‘nglini sindirmaslikni nazarda tutmoqda. Ba’zan
odamlar orasida shunday hollar bo‘ladiki xursandchilikni ham, g‘am-qayg‘uni ham ichkilik bilan
qarshi oladi. Ular shu bilan o‘zini erkin his qiladi va qalbidagi bor g‘uborlarni chiqaradi.
Ehtimol, inson shu bilan o‘zini biroz yengil his qiladi. Lekin bunda ojizlik, irodasizlik
namoyon bo‘ladi.
MUNOZARA BO‘LIMI.
Biz bu bilan ichkilikni va ichguvchilarni oqlamoqchi yoki olqishlash niyatida emasmiz.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
58
Biz ularning qanday inson bo‘lganidan so‘z yuritmoqchimiz. T.Kortantamer shunday
deydi: “Soqiyga murojaat ila sarxush etuvchi ichimliklar, ya’ni sharob va may, shuningdek, may
bazmlarini sharaflash, undagi tushunchalarni ham dunyoviy, ham irfoniy mazmunda ifoda etish
Nizomiydan boshlab soqiynoma deb yuritiladi”(M.Asadov. Soqiynoma: tarix va poetika 49-50-
betlar). Mumtoz matn bilan tanishganimizda u o‘sha davrdan – zamon va makondan darak beradi.
Uni bir tomonlama tahlil va talqin qilish asarni ma’no va badiiyatdan uzoqlashtirishdir.
Shuning uchun asarlarni o‘z ma’nosida ham tushunishga to‘g‘ri keladi.
REFERENCES
1.
Kaykovus. “Qobusnoma” 11-bob, 51-bet.
2.
Muborak maktublar. Toshkent. Gafur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.
Yusuf Amiriy. “Chog‘ir va Bang”. 250-bet.
3.
Alisher Navoiy. “Xazoyin ul-maoniy” “Navodir ush-shabob” 340-bet.
4.
Alisher Navoiy. “Xazoyin ul-maoniy” “Favoid ul-kibar” 396-bet.
https://kh-davron.uz/yangiliklar/muborak-kin/abu-ali-ibn-sino-adabiy-merosidan-
namunalar.html
6.
M.Asadov. Soqiynoma: tarix va poetika 49-50-betlar
