ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
95
SHARQIY BUXORODA SOVETLARGA QARSHI JANGLAR
Juliboyev Alimardon Abdulmajid o‘g‘li
QDPI Tarix fakulteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13340472
Annotatsiya.
Ushbu maqolada biz Buxoroning sovet bosqinchilariga qarshi kurashlari
haqida ma’lumotlar beramiz. Sharqiy Buxoro qismida kurash olib brogan Ibrohimbek qo‘rboshi,
Salim posho, Anvar posho, Fuzayl Maxdum kabi istiqlolchilar harakati yangi tahlillar asosida
yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Ibrohimbek qo‘rboshi, istiqlolchilik harakati, Anvar posho, qizil armiya,
Sharqiy Buxoro, qo‘rboshilar.
BATTLES AGAINST THE SOVIETS IN EAST BUKHARA
Abstract.
In this article, we provide information about Bukhara's struggle against the
Soviet invaders. The movement of independence fighters such as Ibrohimbek Korboshi, Salim
Pasha, Anwar Pasha, Fuzayl Makhdum, who fought in the eastern part of Bukhara, is highlighted
based on new analyses.
Key Words:
Ibrahimbek Korboshi, independence movement, Anwar Pasha, Red Army,
Eastern Bukhara, Korboshi.
БИТВЫ ПРОТИВ СОВЕТОВ В ВОСТОЧНОЙ БУХАРЕ
Аннотация.
В данной статье мы приводим информацию о борьбе Бухары с
советскими оккупантами. На основе нового анализа выделено движение борцов за
независимость, таких как Иброхимбек Корбоши, Салим-паша, Анвар-паша, Фузайл
Махдум, воевавших в восточной части Бухары.
Ключевые слова:
Ибрагимбек Корбоши, движение за независимость, Анвар-паша,
Красная Армия, Восточная Бухара, Корбоши.
1922-yil kuz faslida Sharqiy Buxoroda qizg‘in janglar ketayotgan bo‘lib bu yerdagi
istiqlolchilar Ibrohimbek boshchiligida kurashni davom ettirayotgan edi. Sentabr oyining
o‘rtalarida ularning safiga Avg‘onistonan Salim Posho Xo‘ji Somiy afandi kelib qo‘shildi.
Oktabr oyining o‘rtalarida Boljuvonda 37 chaqirim Shimoliy sharqda bo‘lgan Salim pulida
qo‘rboshilarning qurultoyinio o‘tkazdi. Ibroximbek bu gal ham navbatdagi turk zobitiga o‘zining
barcha huquqlarini osonlikcha berib qo‘yishni hohlamadi.
Qolaversa Salim Poshoning nufuzi va obro‘si sharqiy Buxoro istiqlolchilari o‘rtasida
Anvar Poshonikidek yuqori emas edi. Fuzayl Maxdumning katta say-harakatlari natijasida
Qorateginda bo‘lgan qo‘rboshilarning navbatdagi qurultoyida Salim Posho sharqiy Buxoro
istiqlolchilarning oily bosh qo‘mondoni deb tan olindi. Bu qurultoyda Samarqand va
Farg‘onadan kelgan istiqlolchilik harakatining vakillari ham ishtirok etdi. Salim Posho qo‘l
ostidagi Qo‘rboshilarni Ko‘lob rayonida to‘plab, shuningdek, har birida 500 kishidan iborat
bo‘lgan Said polvon va Mullaniyoz qo‘rboshi dastalari bilan birgalikda 1923-yil 16-fevralda
Vaxsh daryosidan kechib, uning o‘ng qirg‘og‘idagi Qo‘rg‘ontepa tumaniga bordi va Xisor
vodiysi tomon yo‘l oldi. Salim poshsho Shuryanboshi degan joyda vaqtinchalik o‘z
qarorgohini o‘rnatdi va nihoyat ibroximbek, qo‘rboshidan Salim podshoning oliy bosh
qo‘mondan ekanligi tan olingan habar unga yetib keldi. Bu xushxabarni Salim poshsho
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
96
uzoq paytdan buyon intiqlik bilan kutar edi. Salim Poshsho qo‘li ostida endi 10 000 kishidan
ortiq istiqlolchi to‘plandi. 1923-yil fevral oyida Salim Posho Shuryanboshida qurultoy chaqirilib
unda qo‘rboshilar bilan uchrashdi va har bir dastaning harakat rejasini belgilab berdi.
Qurultoyda ishtirok etgan Ibroximbek bilan birgalikda Salim Posho bir vaqtning
o‘zida ikki yo‘nalish bo‘yicha hujum harakatlari qilish rejasini ishlab chiqishdi. Salim
Posho 6000 jangchidan iborat asosiy kuchlarni olib Gʻuzor, Qarshi, va Gʻarbiy Buxoroga
qarab yo‘l oldi. U Samarqand va Farg‘ona istiqlolchilari bilan keyinroq qo‘shilishini ham
mo‘ljalladi. Ibroximbek qo‘rboshi bo‘lsa 3000 yigit bilan Dushanbe, Xisor, Qobodiyon
tomonga yurib, Sharqiy Buxoroda sovet hokimyatini batamom tugatishi va Salim Posho
qo‘shinining orqa tomonini muhofaza etish shart edi. Bu rejani amalga oshira borib, ular
1923-yilning baxorida Qarshi-Karki, Termiz-Boysun liniyasiga chiqishdi. Salim Poshoning
1300 suvoriysi Kalif tomonga yo‘l olib Turkman boylari bilan qo‘shilishga harakat qildi.
Salim Posho qo‘rboshilardan o‘z dastalarida qattiq tartib intizom o‘rnatishini talab
etdi. 1923-yil bahorida Buxoro Respublikasi hududida quyidagi uchta yirik lashkarboshi Mulla
Abdulqahhor qo‘rboshi Gʻarbiy Buxoroda Ibroximbek qo‘rboshi Sharqiy Buxoroda Salim Posho
O‘rta Buxoroda qizil armiyaga qarshi ommaviy ravishda hujum boshladilar. Turkiston fronti
qo‘mondoni A.Kork o‘z navbatida katta miqdordagi kuchlarni Buxoro Respublikasi
hududiga, xususan, Sharqiy Buxoroga tashlash haqida buyruq berdi.
Buxoroga 3-otliqlar brigadasi, 11-otliqlar diviziyasi va 6-alohida otliqlar brigadasi
zudlik bilan yetib keldi. Qariyb 15000 kishidan iborat bo‘lgan bu bosqinchi kuchlar
P.Pavlov boshchiligidagi 13-o‘qchi korpusga birlashtirildi. Sharqiy Buxorodagi qizil askarlar
oldiga ikki asosiy vazifa qo‘yildi va shundan kelib chiqqan holda bosqinchilar qo‘shini
quyidagi ikki guruhga ajratildi. Sovet qo‘mondonligi o‘z jangovor operatsiyalarida
aviatsiyasidan ustalik bilan foydalanar edi.
O‘sha davrdagi harbiy harakatlarda samoliyotlarning xizmati juda katta bo‘lgan
istiqlolchilar va mahalliy aholi ruhiyatiga bu “Po‘lat qo‘zg‘olonlar” o‘z ta’sirini
ko‘rsatmasdan qolmadi. Sovet qo‘mondonligi o‘z kuchlarini yuqoridagi tartibda joylashtirgach
istiqlolchilik harakatiga qarshi umumiy xarbiy xarakatlarni Sharqiy Buxoroda 1923-yil mart
oyining boshlarida, Gʻarbiy Buxoroda mart oyining o‘rtalarida boshlab yubordi.
Qizil armiya qo‘shinlari butun Buxoro Respublikasi hududida istiqlolchilarga qarshi
boshlangan harbiy xarakatlarini aprel may oylarida yanada faollashtirib yubordi. Natijada
vatanparvarlar askarlari bir necha janglarda mag‘lubiyatga uchradi. Salim Posho dastalari
Sharqiy Buxoro tomonga qaytadan chekindilar. Salim Posho Kolif va Denov orqali Xisor
vodiysiga keldi. Ibroximbek qo‘rboshi dastlab Sharqiy Buxoroda muvaffaqiyatli ravishda
jangovor harakatlar olib bordi.
U Surxon daryosi atrofidagi Yuqori Kakaydida bir qator janglar o‘tkazdi. Ibroximbek
bu janglarda ustunlikka erisha olmagach, yana orqaga qaytib, Dushanbe atrofidagi
Loqayda o‘z kuchlarini mustahkamladi va yangi janglarga tayyorlandi. Ibroximbek
atrofida Raxmat Miraxur, Barot Eshik og‘asi, Mulla Niyoz, Mulla Eson (Iso), Shirin
To‘qsaba, Axmadbek, Abduqodir Qarluq, Abduqayum parvonachi kabi nufuzli qo‘rboshilar
birlashdi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
97
Qizil armiyaning Sharqiy Buxoroga bosqini natijasida may oyida bu yerda ko‘plab
qo‘rboshilar dastalari tuzildi va ular bosqinchilarga qarshi janglarda qatnashdi. Sovet
ma’murlarining e’tirof qilishlaricha, 1923-yil may oyida istiqlolchilar safiga mahalliy
millatga mansub ko‘plab ma’sul xodimlar, militseonerlar kelib qo‘shilgan. Ibrohimbek
qo‘rboshi Xisor vohasi (Dushanbe atrofi)da o‘z kuchlarini jipslashtirgach, qizillarga qarshi
hujumga o‘tdi. U may oyining ohirida 2-Turkiston otliqlar polkining Obikiyik qishlog‘ida
qurshab olishga muvaffaq bo‘ldi. Ibrximbek bilan Salim Posho o‘rtasidagi ihtilof qizil
askarlarning bu yerda muqarrar tor-mol qilinishdan saqlab qoldi.
Salim Poshoning Qarshidagi mag‘lubiyatidan so‘ng, Ibroximbek yana unga
bo‘ysunmay qo‘ygan edi. Ibroximbekning hujumi haqidagi habarni eshitgach, Salim Posho
o‘zining 2500 kishilik qo‘shini bilan uning qarorgohiga keldi. Qizil askarlar bilan
Ibroximbek qo‘shini o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvni kuzatgach, Salim Posho o‘z
safdoshlariga yordam berish o‘rniga, unga do‘q-po‘psa qilishdan nariga o‘tmadi. Natijada
qulay imkoniyatdan foydalangan qizil askarlarning boshqa 1-Turkiston otliqlar polki
Ibroximbekka to‘satdan orqa tomondan kuchli zarba berdi. Jang qizigan paytda kelib,
Ibroximbekni chalg‘itgan Salim Posho o‘z qo‘shini bilan bu yerni tark etdi. Ushbu jangda
Ibroximbek mag‘lubyatga uchrab, 500 askarni yo‘qotdi va Vaxsh daryosining so‘l oqimiga
o‘tib ketdi. Ibroximbek hammasi bo‘lib, bu janglarda 1300 kishidan ajralgan, iyun oyining
o‘rtalariga kelib esa Loqaydagi istiqlolchilar soni 15000 kishidan 350 kishiga tushib qolgan
edi.
1923-yil yoz-ko‘z fasllarida muholifatchilar Sharqiy Buxoro uchun bo‘lgan janglarda
mag‘lubiyatga uchrashdi. Bir qator muvaffaqiyatsiz janglardan so‘ng Salim Posho 1923-
yil 15-iyulda Panj daryosidagi Xirmonjoy kechuvidan Afg‘onistonga o‘tib ketdi. Sovet
hukumatining qat’iy talabi bilan Afg‘oniston ma’muriyati Salim Poshoning o‘z davlati
hududidan chiqarib, uni Eronga jo‘natdi. 1923-yil iyul oyida qizil askarlar Qorategin
bekligi ustiga yurish qilishdi. Bu yerda Qorategin bekligi hokimi Fuzayl Maxdum
rahbarligidagi istiqlolchilar uch yildan beri qizil askarlarning barcha hujumlarini qaytarib,
Qorateginni ular bosib olishga yo‘l qo‘ymayotgan edi. Biroq bu gal qizil askarlarning
kuchlari vatanparvarlarnikiga qaraganda bir necha marta ortiq edi. Natijada 29-iyulda
Qorategin bekligining markazi Farm shahri qizil askarlar tomonidan bosib olindi.
Istiqlolchilar Farm shahrini mudofa etib qizil askarlar qilgan tinimsiz hujumlarni 12 soat
davomida qaytarishga muvaffaq bo‘lsalarda, ohirda Farmni tashlab chiqishdi.
Darvoz bekligida bosqinchi qizil armiya bilan istiqlolchilar o‘rtasida janglar qizib
ketdi. Darboz begi Telvarsho bilan Fuzayl Mahdum qo‘shinlari Qal’ayi Humbda to‘plandi.
Qal’ayi Humb beklikning markazi bo‘lib, u shunday Afg‘oniston chegarasida
joylashgan edi. Qorategin va Darvoz bekliklarining birlashgan qo‘shiniga qarshi qizil
askarlar katta miqdordagi xarbiy kuchlar va samolyotlarni tashlashdi. Pirovardida bu jangda
ham istiqlolchilar mag‘lubiyatga uchradi. U birodari Darvoz begi Telvarsho va oz sonli
askarlari bilan birgalikda Afg‘oniston chegarasidan o‘tdi. Oradan ikki yil o‘tgach Telvarsho
yana sobiq Darvoz bekligi hududida o‘zining 300 kishilik dastasi bilan paydo bo‘lib, qizil
askarlarga qarshi janglar olib bordi. Fuzayil Maxdum ham tez orada Sharqiy Buxoroga
qaytib, yana o‘zoq payt davomida bosqinchilarga qarshi hayot - mamot kurashida qatnashdi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
98
Vatanparvar kuchlar Qorategin va Darvozdagi mag‘lubiyatlariga qaramay, Sharqiy
Buxoroga qizil armiya qismlariga qarshi shiddatli janglar olib borishdi. Sharqiy Buxorodagi
butun qo‘rboshi dastalari 1923-yilning yozida Ibroximbek tomonidan qayta kuch-g‘ayrat
sarf qilib birlashtirildi. Istiqlolchilarning soni 5000-7000 kishiga yetdi. Ibroximbek yana
Sharqiy Buxoro qo‘rboshilarining tan olingan yagona yo‘lboshchisi bo‘lib qoldi. Surxon
vodiysida bo‘lsa Xurrambek qo‘rboshi o‘z tasir doirasini kengaytirib, bu yerdagi istiqlolchi
kuchlarga boshchilik qilardi. 1924-yil yanvarda Ibroximbek qo‘rboshi Vaxsh daryosining
o‘ng qirg‘og‘ida o‘zining asosiy kuchlari bilan birlashdi. U Xisor shuningdek Vaxsh
daryosi sohillarida askarlarga qarshi bir qator kuchli zarbalar berishga muvaffaq bo‘ldi bu
paytga kelib, Sharqiy Buxoroda Xurrambek va Baymod, Mulla Niyoz Raxmon, Dodxoh,
Boymurod Asadullabek, Mulla Eson, Usmonqul, Mirzo Ali, Barot To‘qsabo, Alla Nazar
Tolvon, Eshon Gish, Telvorsho Temir Toqsabo, Doston To‘qsabo, Tog‘ay Sari kabi
qo‘rboshilar dastalari bo‘lib, ularning har biri ixtiyorida 400-350 jangchisi bor edi.
Sharqiy Buxoroda o‘rnatilayotgan sovet rejimi Ibroximbek qo‘rboshiga qarshi kurshda
ham xuddi Gʻarbiy Buxoroda bo‘lgani singari islom dini ulamolaridan keng foydalandi.
Sharqiy Buxorodagi butun aholi o‘rtasida katta nufuzga ega bo‘lgan laqaylarning
eng taniqli va mashxur mullasi Eshon xo‘ja Domulla Donohon Laqay revkomining qat’iy
talabi bilan 50 kishilik delegatsiyaga bosh bo‘lib 1924-yil 4-fevralda Ibroximbek huzuriga
jo‘nab ketdi.
Delegatsiya Ibroximbekni sovet hukumati vakillariga taslim bo‘lishga ko‘ndirishi
kerak edi. Sharqiy Buxoro istiqlolchilarning yo‘lboshchisi Ibroximbek qo‘rboshi 11-fevralda
Ingichka qishlog‘ida bo‘lgan uchrashuvga delegatsiya a’zolariga qat’iy rad javobini berdi.
Bu holdan qattiq g‘azablangan qizil armiya qismlari Ibroximbek qo‘shiniga qarshi
hujumga o‘tdi. Ibroximbek qo‘rboshi bu mag‘lubiyatga qaramasdan, 1924 yil mart-aprel
oylarida Xisor vodiysi va Vaxsh daryosi atroflarida o‘z harakatlarini faollashtirdi. Sharqiy
Buxoroda Gʻarbiy Buxorodan farqli o‘laroq, qizil armiya qismlari 1924-yilning ikkinchi
yarmida sezilarli xarbiy yutuqlarga erisha olmadi. Chunki birgina Ko‘lob viloyatining
Xavoling va Baljuvon tumanlarida xarakat qilgan Mirzo Dodxoh va Mulla Olim
Mashinachi, Shorobod va Dashtijum tumanlaridagi Pachchaxon Egamberdi, Alla Nazar va
Jonxon, Dang‘ara va Qizil Mozor tumanlaridagi Ortiq, Tog‘ay Sari va Barot kabi
qo‘rboshilar qo‘l ostida bir necha ming istiqlolchi bo‘lgan. Qo‘rg‘ontepa viloyati va Xisor
vodiysida ham ularning katta kuchlari joylashgan edi. 1924-yil iyunda Akbar To‘qsabo
boshchiligidagi 300 kishi Ko‘lob shaxriga hujum qilib shaxarni qizil askarlardan ozod
qiladilar Ibroximbek qo‘rboshi esa iyun-avgust oylarida Xisor vodiysida bir qator
mavaffaqiyatli xarbiy xarakatlarni amalga oshirdi. 1924-yil 6-sentabrda Ibroximbek
Orolto‘qay atrofida Sharqiy Buxoro qo‘rboshilarning navbatdagi qurultoyini o‘tkazdi.
Mazkur anjumanda Said Olimxonning vakili ham qatnashdi. Unda qo‘rboshilar kelgusi
jang rejalarini muhokama qildilar. Qurultoy o‘tayotganda 63-otliq polki jangchilari to‘satdan
hujum qilib ularga tashlandilar. Ibroximbek o‘z safdoshlari bilan jang qilgan holda
chekindi. 1924-yil yozi va ko‘zida bo‘lgan janglarda qizil askarlar tomonidan Sharqiy
Buxoroda 50 qo‘rboshi va 2500 yigit o‘ldirildi, shundan 30 qo‘rboshi Ibroximbek mansub
bo‘lgan o‘zbeklarning laqay urug‘idan edi. Ma’lumki 1924-yil kuzida Turkiston mintaqasida
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
99
milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilib, umumiy Turkiston negizida O‘zbekiston va
Turkmaniston SSR. Bir-biriga qarshi kurashayotgan har ikki tomon yuzaga kelgan yangicha
siyosiy vaziyatga o‘z kuchlarini qaytadan tartibga keltirdi. Istiqlolchilarga qarshi kurashda
butun kuch va vositalarni markazlashtirish va birlashtirishga qaratilgan yo‘l endilikda
partiya va sovet hukumati tomonidan og‘ishmay amalga oshirildi. Sovet totalitar rejimi
tomonidan ko‘rilgan ushbu chora-tadbirlarga qaramasdan istiqlolchilar o‘z kurashlarini
bo‘shashtirmadilar.
Buxoro amirligi o‘rnida tashkil topgan Buxoro Respublikasida istiqlolchilar qizil
armiya qismlariga qarshi qariyb 5 yil davomida shiddatli jang xarakatlarini olib borishdi.
Bu kurashda Buxoroliklar o‘z kuchlari va ichki imkoniyatlariga suyanib, jahondagi
eng qudratli xarbiy davlatning tish-tirnog‘igacha qurollangan armiyasiga qarshi tura oldilar.
Sharqiy va O‘rta Buxoro hududida esa bu harakat 1925-yilda ham pasaymadi, balki
u avvalgidek davom etaverdi. Sovet tarixchilaridan birining yozishicha, 1925-yil yanvar
oyida bu yerda 46 ta qo‘rboshi ixtiyorida 1400 kishi bor edi. Buxoro vatanparvarlarining
ko‘pchiligi o‘z yurtlarining mustaqilligi va ozodligi uchun kurashlarda qurbon bo‘ldilar
tirik qolgan fidoiylarning aksariyat qismi ham 5 yillik tinimsiz janglardan juda charchagan
va toliqqan edi. Shuning uchun ularning ko‘pchiligi sovet hokimiyati vakillariga taslim
bo‘ldi. Taslim bo‘lishni hohlamagan minglab istiqlolchilar esa Afg‘oniston va boshqa
xorijiy davlatlarga muhojir bo‘lib jo‘nab ketishdi. Manbalarda ularning miqdori 400 000
kishi atrofida keltiriladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, mavjud sovet tartiblariga qarshi sobiq Buxoro xalq
Respublikasida, xususan, hozirgi Surxondaryo viloyati va Tojikiston Respulikasi hududida
vatanparvarlar yana o‘n yil davomida (1925-1935 y.) hayot-mamot janglarini olib bordilar.
30-yillarning boshida esa, Sharqiy Buxoroda Ibroximbek qo‘rboshi yana qaytadan
paydo bo‘lib, sovet armiyasi jangchilariga qarshi so‘ngi yirik janglarni o‘tkazdi. SSSR
katta kuch sarflab, butun Turkiston tuprog‘ida bo‘lgani singari Buxoro zaminidagi istiqlolchilik
harakatini ham faqat 1935-yilga kelibgina butunlay tor-mor qila oldi holos.
REFERENCES
1.
Зиёев Ҳ.З. Туркистонга Россия тажовузи ва ҳукмронлигига қарши кураш. Т.:
“Шарқ”, 1998.
2.
Рашидов У. Бухоро Халқ Республикаси. – Бухоро.: Бухоро, 2003.
3.
Ражабов Қ Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш Т 2000.
4.
Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2-китоб. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги
даврида.-Т.: “Шарқ”, 2000.
