ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
106
QOVUN PASHSHASI ZARARKUNANDASI HAQQIDA MA’LUMOT
Ubbiniyazov Daryabay Dawletnazarovich
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
Qoraqalpog‘iston Respublikasi filial direktori.
Kobesov Sakeng’aliy Nazarg’alievich
O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti
Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali katta ilmiy xodimi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13340495
Annotatsiya.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi dehqon va fermer
xo‘jaliklariga qovun pashshasi zararkunandasi haqida va qarshi kurashish hamda uning
rivojlanishi va tarqalishi haqida maqolada bayon etilgan.
Kalti so‘zlar:
Qovun pashshasi zararkunandasi, morfologiyasi, ta’rifi, hayot kechirishi,
zarari va qarshi kurash choralari.
INFORMATION ABOUT THE MELON FLY PEST
Abstract.
The article describes the melon fly pest and how to combat it, as well as its
development and spread, for farmers and farms growing agricultural products.
Key words:
Melon fly pest, morphology, description, lifestyle, damage and control
measures.
ИНФОРМАЦИЯ О ВРЕДИТЕЛЕ ДЫННОЙ МУХИ
Аннотация.
В статье рассказывается о вредителе дынной мухи, его развитии и
распространении, а также способах борьбы с ним.
Ключевые слова:
Вредитель дынной мухи, морфология, описание, образ жизни,
вредность и меры борьбы.
Qovun pashshasi Ikki qanotlilar (Diptera) turkumi, chipor qanotlilar (Tephritidae
[Trypetidae]) oilasiga mansub. Asosiy sinonimlari: Myiopardalis pardalina Bezzi, Carpomyia
caucasica Zaitzev. Carpomya pardalina turini 1891 yili fransuz olimi Bigo (Bigot) Belujistonda
(Pokiston va Erondagi tarixiy o‘lka) to‘plangan hasharot asosida topib nomlagan. Ayni turni Betssi
(Bezzi, 1910) Myiopardalis avlodiga Myiopardalis pardalina nomi bilan o‘tkazgan.
Ozarbayjonda topilgan bu hasharotni Zaysev (1919) yangi tur deb hisoblab, unga
Carpomyia caucasica nomini bergan. Bu hasharot g‘arbiy adabiyotda «Belujiston qovun
pashshasi» yoki «Rus qovun pashshasi» nomlari ostida yuritiladi. Qovun pashshasining
morfologiyasi va anatomiyasi Zaysev (1919, 1947) va Kandibina (1965, 1977) tomonidan
o‘rganilgan, yurtimizda esa hasharotning biologiyasi, rivojlanish doirasi va epidemiologiyasi
Toshkent hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi olimlari tomonidan o‘rganilmoqda (Xasanov,
2006; Xo‘jaev, 2019). Tarqalishi. Vatani noma’lum, ammo Belujiston bo‘lishi taxmin qilinadi.
Osiyo – Afg‘oniston, Iroq, Isroil, Levant, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Suriya, Tojikiston,
Turkiya, Turkmaniston, O‘zbekiston, Xindiston, Eron, Afg‘onistonda Xirotda qovun pashshasi
1990 yillardan beri ma’lum, ammo u faqat keyingi yillarda keng tarqala boshladi: 2002 yili
Faryobda (hozir Juzjan), Balx, Samangan, Bog‘lon va Qunduzda tarqalgan. WinrockInt.
VolunteerTech.
Assistance
tashkiloti
bilan
birgalikda
harakat
qilayotgan
Turkmanistonning sahro florasi va faunasi instituti ma’lumotlariga ko‘ra, qovun pashshasi bu
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
107
mamlakatda 1996 yildan boshlab dastlab Axal va Mari viloyatlari, so‘ngra Lyebap va Toshhovuz
viloyatlariga o‘tib, qovunga katta zarar yetkazgan. Hosil olish mumkin bo‘lmay qolganligi sababli,
dehqonlar qovun ekmay qo‘yishgan. Keyinchalik pashsha Turkmanistondan ko‘shni davlatlarga,
jumladan O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘iston hududlariga tarqalgan.
Zararlanadigan o‘simliklar. Cucurbitaceae oilasidan qovun, tarvuz, qovoq, boshqa
oilalardan esa Rosaspp., Ziziphus spp. va boshqalarni zararlaydi. Eng katta zarari poliz ekinlarida
kuzatiladi.
Zarari. Ba’zi bu hasharot ashaddiy tarqagan viloyat poliz himoya qilinmagan dalalarda 90
foizgacha hosil nobud bo‘lganligi ma’lum. Qovun pashasining qurti poliz ekinlari mevalarini
tugilishidan pishishigacha bo‘lgan davrda zararlab, ularni butunlay chiritib yuboradi. U
Qoraqalpog‘iston sharoitida 2002 yildan e’tiboran poliz ekinlarining keng tarqalgan va hosilni
pasaytiradigan asosiy zararkunandaga aylangan. Bu hasharot tufayli 2003 yili qovun mevalarining
90-95%, tarvuzning 5- 10% va bodringning 3-5% i nobud bo‘lgan. Pashsha dastlab qovunning
ertapishar navlarini zararlaydi, ulardan kechpishar qovun va tarvuzga o‘tadi, natijada ham ertagi,
ham kechpishar navlarda juda katta zarar kuzatiladi (Xo‘jaev, 2019).
Tashqi belgilari. Pashsha yetuk zotining rangi och sariq, uzunligi 5,5- 6,5mm, ko‘krak
kismi oltinrang mayda tukchalar bilan qoplangan, ko‘kragining ustki qismida 2 ta ochroq
tasmasimon dog‘lari mavjud. Boshqa pashshalardan ko‘krak va qorin qismlarida bir nechta mayda
dog‘chalari mavjudligi bilan ajralib turadi. Qanotlari och sariq, ularning har birida 3 ta to‘qroq
sariq tasmasimon dog‘lari bo‘lib, ulardan 2 ta ichki qismidagilari to‘g‘ri, tashqi qismidagisi «V»
harfi shaklida. Tuxumi oq, yaltiroq, uzunchoq shaklli, uzunligi 1 mm gacha.
Lichinkasi oq, oyoqsiz, old qismiga qarab ingichkalashgan, yetilganlarining uzunligi 10
mm gacha, tanasining oxirgi segmentida 2 ta kichik o‘smalari mavjud. G‘umbagi sarg‘ishqo‘ng‘ir
yoki qizg‘ish-qo‘ng‘ir, uzunligi 7-8 mm, usti qattiq bo‘lgan soxta pilla (pupariy) ichida rivojlanadi.
Kandibina (1965, 1977) ma’lumotlariga ko‘ra, yetuk pashshaning tanasi uzunchoq silindr
shaklli, uzunligi 8-10 mm, oq yoki sarg‘ish tusli, terisi qalinlashmagan, boshi oddiy, peshona
qismlari biroz rivojlangan, mo‘ylovi 2 segmentli, dorsal tuklari T-1 – A-6 segmentlarida, A-8 dum
segmentida, 10 ta mikroskopik sezgi tukchalari mavjud. Hayot kechirishi. Pupariy ichidagi
g‘umbagi tuproqda 10-20 sm chuqurlikda, qishlaydi. Qishlagan g‘umbakdan pashshalar ertapishar
qovun gullash va meva tuga boshlash davrida (mayning ikkinchi yarmida) uchib chiqadi.
Agrotexnik usul. Bu usul o‘z ichiga kuzda o‘simlik qoldiqlaridan tozalangan qovun ekilgan
dalani chuqur shudgorlash; kuz-qish davrida dalani sho‘rlanishga qarshi sug‘orib yuvish orqali
pashshaning qishlovdagi zahiralarini kamaytirish; pashsha kuzatilgan dalalarga 3-7 yil davomida
poliz ekinlarini qayta ekmaslik; ertapishar va kechpishar navlar ekilgan dalalarni bir-biriga yaqin
joylashtirmaslik tavsiya qilinadi. Qovun pashshasiga qarshi kimyoviy kurash choralarini ishlab
chiqish hali tugallanmagan. Meva ichidagi lichinkalari va tuproqdagi g‘umbaklariga qarshi
insektitsid yordamida kurash o‘tkazish samara bermasligi ta’kidlangan, ammo FAO
Afg‘onistonda tadqiq qilayotgan tajribalarni O‘zbekiston sharoitida ham takrorlash foydadan holi
bo‘lmasligi mumkin. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, qovun pashshasiga qarshi biologik usul (yirtqich
kana hamda Pachycrepoideus vindemmiae Rondani parazitoid pashshasini) qo‘llash samarali
ekanligi ta’kidlanadi. Xo‘jaliklardagi qovun-tarvuz ekilgan yirik maydonlarda himoya ishlovlarini
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
108
o‘tkazish maqsadida traktor purkagichini (OVX-28) qator oralardan yurish imkonini yaratish
uchun poliz ekish tartibini shunga mo‘ljallamoq lozim.
Istiqbolli insektitsid sifatida qovun pashshasining yetuk zoti hamda tuxumlariga ta’siri
bo‘lgan. Preparatlarni ishlatish muayyan darajada natija berishi mumkin. Bundan tashqari,
kimyoviy kurash o‘tkazishning samarali muddatlarini belgilash yaxshi natija beradi. Bunda
birinchidan, pashsha qiyg‘os uchgan paytni maxsus sariq rangli elim surtilgan tutqichlar
yordamida belgilash mumkin. Ikkinchidan, ishlovni qovun (yoki tarvuz) gullab tuguncha hosil
qilgan payt bilan bog‘lash zarur. Keyingi ishlovlar esa 12-15 kundan so‘ng o‘tkaziladi. Maqsad –
qovun pashshasining yetuk zotini (qisman qo‘ygan tuxumini ham) yo‘q qilish. Insektitsid sifatida
piretroidlar hamda karbofos (fufanon), sumition, aktellik yuqori samara beradi
REFERENCES
1.
QOVUNNI ZARARLI ORGANIZMLARIGA QARSHI UYG’UNLASHGANKURASH
TIZIMIDA BOSHQARISH (IPM) Ш.Т. Хўжаев, А.Р.Анорбоев, А.А.Хакимов,
Н.Хусенова, С.Хакимова, М.Кахриманиду
2.
Ш.Т. ХЎЖАЕВ, О.А.СУЛАЙМАНОВ-Umumiy qishloq xo’jaligi entomologiyasi.
3.
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Qovun_pashshasi
