Authors

  • Maysara Roziqova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.36932

Abstract

Ushbu maqolada sotsiolingvistik madaniyatni oshirish metodik muammo haqida so’z yuritilgan. Bugungi kunda fan sohalari orasidagi chegara ancha nisbiy xarakter kasb etmoqda. Bunday fanlarga sotsiologiya va tilshunoslik fanlarining tutash nuqtasida rivojlanayotgan sotsiolingvistika misol bo‘la oladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

155

SOTSIOLINGVISTIK MADANIYATNI OSHIRISH METODIK MUAMMO

Roziqova Maysara Rustamovna

Buxoro davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13363243

Annotatsiya.

Ushbu maqolada sotsiolingvistik madaniyatni oshirish metodik muammo

haqida so’z yuritilgan. Bugungi kunda fan sohalari orasidagi chegara ancha nisbiy xarakter kasb
etmoqda. Bunday fanlarga sotsiologiya va tilshunoslik fanlarining tutash nuqtasida
rivojlanayotgan sotsiolingvistika misol bo‘la oladi.

Kalit so’zlar:

sotsiologiya, tilshunoslik, madaniyat, metodika.

METHODOLOGICAL PROBLEM OF INCREASING SOCIOLINGUISTIC CULTURE

Abstract.

This article talks about the methodological problem of increasing sociolinguistic

culture. Today, the boundary between the fields of science is becoming more relative. An example
of such sciences is sociolinguistics, which is developing at the intersection of sociology and
linguistics.

Key words:

sociology, linguistics, culture, methodology.

МЕТОДОЛОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА ПОВЫШЕНИЯ

СОЦИОЛИНГВИСТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ

Аннотация.

В статье рассматривается методологическая проблема повышения

социолингвистической культуры. Сегодня граница между областями науки становится
все более относительной. Примером таких наук является социолингвистика,
развивающаяся на стыке социологии и лингвистики.

Ключевые слова:

социология, лингвистика, культура, методология.

Sotsiolingvistika tilshunoslikning tilni va uning mavjud bo‘lgan ijtimoiy sharoitlar bilan

bog‘liqligini o‘rganadigan sohasidir. Ijtimoiy sharoitlar deganda, amaldagi til rivojlanayotgan
tashqi shart-sharoitlar majmuyi: mazkur tildan foydalanayotgan kishilar jamiyati, bu jamiyatning
ijtimoiy strukturasi, til egalarining yoshi, ijtimoiy mavqeyi, madaniyat va bilim darajasi, yashash
joyi orasidagi farqlari, shuningdek, ularning muloqot vaziyatiga bog‘liq bo‘lgan nutqiy
muomalasidagi farqlar tushuniladi. Demak, sotsiolingvistika – tilshunoslik, sotsiologiya
(jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etnografiya fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va
tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, ijtimoiy omillarning tilga taʼsir koʻrsatish
mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar
majmuyini oʻrganuvchi ilmiynazariy soha.

Ushbu muammolarning ayrimlari (masalan, “til va jamiyat”) umumiy tilshunoslik

doirasida ham oʻrganiladi. Sotsiolingvistikaning fanlararo maqomi u foydalanadigan tushunchalar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

156

majmuyida namoyon boʻladi. Chunonchi, 8 sotsiolingvistik tahlilning asosiy tushunchasi deb
qaraladigan til jamoasi ham ijtimoiy, ham lisoniy belgilar asosida aniqlanadi. “Sof” lingvistika
lisoniy belgilarni, chunonchi, tovush va uning yozma ifodasini, uning boshqa belgilar bilan o‘zaro
munosabatini, vaqt va zamonda o‘zgarishini va boshqalar tahlil qilish bilan shug‘ullansa,
sotsiolingvistika insonlar mazkur lisoniy belgilarni ularning yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, bilimi va
madaniyatlilik darajasiga ko‘ra qanday qo‘llashlarini, ya’ni ijtimoiy muhitning ularning nutqiy
muomalasiga qanday ta’sir qilishini o‘rganadi. Masalan, “sof” lingvistikada jag‘ini ezmoq iborasi
ot va fe’ldan tarkib topgan frazeologik birlik sifatida talqin qilinsa, sotsiolingvistikani mazkur
ibora qaysi tabaqa vakilining so‘zlashuv nutqida qo‘llanilgani qiziqtiradi.

Sotsiolingvistik metodlarning turlari. Sotsiolingvistikadagi mavjud metodlarni uch turga

ajratish mumkin:

1) manba (material) to‘plash metodlari;
2) materialni qayta ishlash metodlari;
3) olingan ma’lumotlar haqqoniyligini baholash metodlari.
Sotsiologiya, sotsial psixologiya va qisman dialektologiyaga taalluqli bo‘lgan metodlar,

ikkinchi va uchinchi guruhda matematik statistika metodlari salmoqli o‘rin egallaydi.

Sotsiolingvistik materiallarni taqdim etishning ham o‘ziga xos xususiyati bor. Bundan

tashqari to‘plangan, qayta ishlangan va statistik mezonlar yordamida baholangan material til va
ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi obyektiv qonuniyatlarga asoslangan aloqalarni ko‘rsatib bera
oladigan sotsolingvistik talqinga muhtoj bo‘ladi.

Sotsiolingvistlar ma’lumot to‘plashda ko‘proq kuzatish va turli xil so‘rovnomalardan,

shuningdek, yozma manbalarni umumilmiy tahlil metodidan foydalanadilar. Tabiiyki, ko‘pincha
bu metodlar qorishtiriladi: yozma manbalarning dastlabki tahlilidan keyin tadqiqotchi muayyan
taxminni shakllantiradi va uni kuzatish jarayonida tekshiradi; to‘plangan ma’lumotlarni tekshirish
uchun u o‘zini qiziqtirgan ijtimoiy uyushmaning ma’lum qismini so‘rovga tortishi ham mumkin.

Sotsiolingvistlar oddiy kuzatuv bilan bir qatorda ba’zan bevosita aralashma kuzatuv

metodini qo‘llaydilar. Insonlar xulqini o‘rganuvchi bevosita kuzatuv usulida kuzatuvchining o‘zi
ham kuzatilayotgan guruh a’zosiga aylanadi. Bunda kuzatuvchi kuzatilayotgan ijtimoiy guruh
a’zolaridan biror-bir belgisiga ko‘ra, masalan, millati, tili va boshqa belgilari bilan ajralib
turmasligi kerak.

Sotsiolingvistik tadqiqot dasturi yosh mutaxassis aniq sotsiolingvistik tadqiqot o‘tkazishda

qator qiyinchiliklarga duch keladi. Bu qiyinchiliklar quyidagi masalalarda kuzatiladi:

1) kimdan ma’lumot olish;
2) ma’lumot olishda qanday metodlardan foydalanish;
3) ma’lumotlarni qanday ishlash, tahlil qilish va talqin qilish.
Mazkur savollarga javob topish uchun sotsiologlar bir qator tadqiqotlarning ishchi strategik

rejalariga asoslangan dasturni taklif qilishadi. Tadqiqot dasturi ikki: metodologik va prosedura
(yoki tashkiliy-texnik) bo‘limdan tashkil topadi. Tadqiqotning metodologik asosi sifatida
sotsiolingvistik tamoyillar va metodlar belgilanadi.

Til va jamiyatning o‘zaro uzviy munosabatini sotsiolingvistika fani o‘rganadi. Tilning

paydo bo‘lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam bog‘liq. Til insoniyat tarixi
qadar qadimiydir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

157

Umumiy til tushunchasining shevadan farqi bor: til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva

esa xalqning bir guruhigagina taalluqlidir. Til ko‘p vazifali, hamma uchun umumiy bo‘lgan aloqa-
munosabat vositasidir; sheva esa, vazifa nuqtayi nazaridan chegaralangan bo‘lib, tilning nutqiy
ko‘rinishini tashkil etadi.

Masalan, o‘zbek tiliga qarluq-chigil-uyg‘ur dialekti asos bo‘lgan. Bu sheva Farg‘ona,

Toshkent, Samarqand-Buxoro shevalarini o‘z ichiga oladi. O‘zbek tili – ko‘p dialektli til. Bu hol
o‘zbek tilining o‘ziga xos murakkab tarixiy rivojlanish sharoiti va o‘zbek millatining o‘tmishdagi
xilma-xil etnik tarkibi bilan izohlanadi.

Ta’kidlanganidek, til jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanadi, tilning grammatik

qurilishi takomillasha boradi. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘langan. Kishilik
tarixidan shu narsa ma’lumki, avval urug‘ tili, keyin qabila tili, elat, xalq va millat tili shakllangan.

Har bir millat o‘z adabiy tilining mustahkamlanishi uchun harakat qiladi. Jamiyat

taraqqiyotining keyingi bosqichlarida dialektlar kamayib, adabiy tilga 29 yaqinlasha borishi
kuzatiladi. Buni adabiy til ta’sirining kengayishi bilan izohlash mumkin. Til taraqqiyotidagi bu
jarayon integratsiya deb yuritiladi. Integratsiya bir tilga mansub shevalarning adabiy til
me’yorlariga yaqinlashuvidir. Bunday jarayonlar tasodifan yuz bermaydi, balki jamiyat
taraqqiyotiga, ijtimoiy hayotning taraqqiyot jarayonlariga bog‘liq tarzda sodir bo‘ladi.

O‘zbеk tiligа fоrs tilidаn o‘zlаshgаn nаvro‘z tub so‘zi аslidа nаv – yangi, ro‘z – kun ikki

o‘zаkdаn, аstоydil tub so‘zi “аz tаgi dil” uch o‘zаkdаn tаshkil tоpgаn. Rus tiligа o‘zbеk tilidаn
o‘zlаshgаn карандашь, утюг so‘zlаri hоzirdа 32 shu tildа tub so‘zlаr hisоblаnsа-dа, etimоlоgik
jihаtdаn o‘zbеk tilidа bulаr “qоrа tоsh”, “o‘t yoq” shаklidаgi qo‘shmа so‘zlаr bo‘lgаn.

Mа’lumki, til g‘оyatdа murаkkаb vа sеrqirrа hоdisаdir. Til ijtimoiy mohiyatga ega bo‘lgan

hodisadir. Til bevosita kuzatishda berilmagan. U jamiyat a’zolarining ongida mavjud bo‘lib,
ularning barchasi uchun tayyor, umumiy, majburiy bo‘lgan, fikrni shakllantirish va uni ifodalashga
xizmat qiladigan birliklar va ularning o‘zaro munosabatlari haqidagi tasavvurlar yig‘indisidir. Til
mohiyat, umumiylik, zaruriyat va yashirin imkoniyatdir. “Ijtimoiy” so‘zi arab tilidan olingan
bo‘lib, kishilik jamiyatiga, uning hayoti va qonuniyatlariga oid degan ma’noni ifodalaydi. Kishilik
jamiyati til bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, til yordamida kishilar o‘zaro fikr almashish
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Demak, til kishilik jamiyatining eng muhim aloqa vositasi bo‘lib,
jamiyatga xizmat qiladi. Til ko‘p qirrali va murakkab hodisa bo‘lganligi uchun ham kishilik
jamiyatining tarixiy taraqqiyoti davomida til hamda uning muhim xususiyatlari haqidagi turli
tushunchalar, fikr-mulohazalar-u nazariyalar vujudga kelgan.

REFERENCES

1.

Usmonova Sh., Bekmuhamedova N, Iskandarova G. Sotsiolingvistika. – Toshkent, 2014.

2.

Dadaboyev H,Usmanova Sh. Xorijiy sotsiolingvistika. –Toshkent, 2014.

3.

Dadaboyev H., Usmanova Sh. Xorijiy sotsiolingvistika. O‘quv qo‘llanma. –Toshkent:
Universitet, 2014.

4.

Алпатов В. М. Япония: язык и общество. – М.: «Муравей», 2003.

5.

Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М, 2001.

References

Usmonova Sh., Bekmuhamedova N, Iskandarova G. Sotsiolingvistika. – Toshkent, 2014.

Dadaboyev H,Usmanova Sh. Xorijiy sotsiolingvistika. –Toshkent, 2014.

Dadaboyev H., Usmanova Sh. Xorijiy sotsiolingvistika. O‘quv qo‘llanma. –Toshkent: Universitet, 2014.

Алпатов В. М. Япония: язык и общество. – М.: «Муравей», 2003.

Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М, 2001.