Authors

  • Аkrаmjon Mаmаsiddiqov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.36939

Abstract

Mаzkur mаqolаdа O‘zbekiston Respublikаsidа tа’lim muаssаsаlаridа, xususan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy tadbirlarda milliy-ma'naviy qadriyatlardan foydalanish va uning natijadorligi аtroflichа tаhlil etilgаn.

background image



30-AVGUST, 2024-YIL

70

TA’LIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY TADBIRLARDA MILLIY-MA'NAVIY

QADRIYATLARDAN FOYDALANISH

Mаmаsiddiqov Аkrаmjon Muxtor o'g'li

Nаmаngаn shаhridаgi 37-umumiy o’rtа tа’lim mаktаbining o’quv ishlаri bo‘yichа

direktor o’rinbosаri.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13363024

Аnnotаtsiyа.

Mаzkur mаqolаdа O‘zbekiston Respublikаsidа tа’lim muаssаsаlаridа,

xususan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy tadbirlarda milliy-ma'naviy

qadriyatlardan foydalanish va uning natijadorligi аtroflichа tаhlil etilgаn.

Kаlit so‘zlаr:

mа'nаviyаt, mа'rifаt, maktabgacha tа’lim tashkiloti, tarbiyalanuvchi,

mаdаniyаt, ijtimoiy pedаgogikа, tа'lim-tаrbiyа, qаdriyаt.

USE OF NATIONAL SPIRITUAL VALUES IN EDUCATIONAL EVENTS IN

EDUCATIONAL INSTITUTIONS

Abstract.

In this article, the use of national-spiritual values and its effectiveness in

educational activities in educational institutions in the Republic of Uzbekistan, particularly in

preschool educational organizations, is analyzed in detail.

Key words:

spirituality, enlightenment, preschool educational organization, pupil, culture,

social pedagogy, education, value.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ДУХОВНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ МЕРОПРИЯТИЯХ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ

УЧРЕЖДЕНИЯХ

Аннотация.

В данной статье подробно анализируется использование национально-

духовных ценностей и его эффективность в воспитательной деятельности в

образовательных учреждениях Республики Узбекистан, в частности в дошкольных

образовательных организациях.

Ключевые слова:

духовность, просвещение, дошкольная образовательная

организация, воспитанник, культура, социальная педагогика, образование, ценность.

Yosh avlod ma'naviyatini boyitish, tarbiyaviy ishlar mazmunini takomillashtirish, g‘oyaviy

mafkuraviy bo‘shliq paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik-mustaqillikni mustahkamlashning

strategik vazifalardan biridir.

Maktabgacha ta'lim muassasasida o‘tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar, maktabgacha

yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ta'lim-tarbiya tizimining


background image



30-AVGUST, 2024-YIL

71

muhim qimidir. «Bolajon» dasturida maktabgacha ta'lim muassasasida guruh dan tashqari

mashg‘ulot ishlari ko‘ngillilik faoliyati turini tanlashda mustaqillik, o‘zaro hurmat va hamkorlik

prinsiplari asosida ota-ona istagi, bolalarning qiziqishi, intilishi va qobiliyatlarini hisobga olgan

holda o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgan. Aynan mana shu prinsiplar ta'lim-tarbiyaning davomi

sifatida turli mavzudagi ma'ruzalar, savol-javoblar, suhbatlarda qatnashish orqali maktabgacha

ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchiga a'naviy saviyasini boyitishga, tar'lim-tarbiya jarayonida

berilgan ma'naviy tushunchalar, ko‘nikmalarni mustahkamlaydi, qushimcha ma'lumotlar bilan

boyitadi, ma'naviy qadriyatlarga qiziqishini oshiradi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshirishda qator izlanishlar

olib borildi. Jumladan A.Raxmatullayev bu masalaga o‘quvchilarda mehnatsevarlik fazilatlarini

tarbiyalash, A.Tilegegov - sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda «Alpomish» dostonlaridan

foydalanish, A.Bozorova – axloqiy tarbiya nuqtai nazarlaridan yondashishgan. Biroq biz

masalaning hali ko‘p o‘rganilmagan qirrasi ya'ni maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyaviy

tadbirlarda milliy-ma'naviy qadriyatlardan foydalanishni ustuvor masala deb hisoblaymiz

Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilari bilan olib borilayotgan ma'naviy-

ma'rifiy ishlar amaliyotini o‘rganish guruhdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning boy tizimi

mavjudligini ko‘rsatdi. Bu tizim tanlovlar, jismoniy tarbiya musobaqalari, sahna ko‘rinishlari,

suhbat, aytishuvlar, o‘yinlar badiiy kechalar shuningdek, eng aziz, eng ulug‘ Mustaqillik bayrami,

8 dekabr – Konstitutsiya kuni, 1 oktyabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni, 8 mart – xalqaro xotin

qizlar bayrami, umumhalq Navro‘z bayrami, Yangi yil bayrami, 9 may – xotira va qadrlash kuni,

hosil bayrami va boshqa qator tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur tadbirlar guruh tarbiyachilari,

maktabgacha ta'lim muassasasi musiqa o‘qituvchisining yillik tarbiyaviy ishlar rejalarida aks

ettirilmoqda. Har ish rejasi – bo‘lajak faoliyatning dasturi, modeli ekanligidan kelib chiqadi.

Quyida biz shunday rejalarning birini misol keltirishni joiz. Bir yillik tarbiyaviy ishlar

rejasida quyidagicha o‘z ifodasini topgan:

Tarbiyalanuvchilarning hayot mazmunini tushunib olishlarida ko‘maklashish; ularda o‘z-

o‘ziga idora va nazorat qila bilishni shakllantirish.

Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarda umuminsoniylik va Vatanimiz qadriyatlari, boy

milliy madaniyatimiz bilan oshno qilish, millatimizga xos madaniy va diniy tariximizga nisbatan

g‘urur va muxabbatni tarbiyalash.

Maktabgacha yoshdagi bolalar ijodkorligini, iqtidorini yuzaga chiqarish uchun shart-

sharoit hozirlash.


background image



30-AVGUST, 2024-YIL

72

Insonparvarlik va muomila odobini, haqiqiy baynalmilallik ko‘nikmalarini shakllantirish.

Mustaqil Respublikamiz ravnaqi va taraqqiyoti uchun xizmat qiluvchi komil insonni

tarbiyalash.

O‘zbekiston Respublikasi Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi, Konstitutsiyasi va Prezidentiga

sadoqat ruhida tarbiyalash.

Mehnatga vijdonan va ijodiy munosabatni tarbiyalash.

Mustaqil Davlat O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to‘g‘ri va

holisona baho berib, uni qo‘llab-quvvatlashga o‘rgatish.

O‘zining har bir xatti-harakati va ularning oqibatiga ma'suliyat bilan qarash hislatlarini

tarbiyalash.

Ona-yer, Vatanga sadoqatli qilib tarbiyalash kabi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutadi.

Maktabgacha yoshdagi bolaning har bir salbiy sifat avvalo, guruhdagi ma'naviy-ma'rifiy

ishning kamchiliklaridan birini ko‘rsatadi. Binobarin, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligi

maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalardagi ijobiy fazilatlarni bartaraf qilish bilan birgalikda olib

borilishiga bog‘liq. Bu yo‘nalish «Tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlash» yo‘nalishida amalga

oshirilmoqda. Unda salbiy sifatlari yaqqol namoyon bo‘layotgan tarbiyalanuvchilarni aniqlash,

jinoyat kodeksi to‘g‘risidagi bilimlarni eng sodda va bolaga tushunarli qilib tushuntirish,

giyohvandlik, ichkilikbozlikning salbiy oqibatlarga olib kelishi haqidagi suhbatlarni misollar bilan

tushuntirish ishlarini olib borish muhim.

Pedagog–tarbiyachilarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha faoliyati yillik ish rejalari

pedagogik kengashda tasdiqlanadi va maktabgacha ta'lim uslubchisi huzuridagi seminarlarida

muhokama qilinadi. Ushbu reja maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi tomonidan tasdiqlanib,

amalga oshiriladi, har yili rejalar yangilanib, davr, milliy taraqqiyot, maktabgacha ta'lim

muassasasi oldiga qo‘yilgan ma'naviy-ma'rifiy talablar asosida takomillashtirilib boriladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni amalga oshirishning pedagogik

tahlili quyidagi xulosalarni berdi.

Ma'naviyat ishlarni rejalashtirishda yagona umumiy yondashuv ishlab chiqilmagan.

Natijada tarbiyachilar rejalashtirishga

a) tarbiya yo‘nalishlari tamoyilidan (axloqiy tarbiya,

mexnat tarbiyasi). b) kalendar yondashuv (sentyabr, oktyabr). v) tashkiliy sub'ektlar

tamoyillaridan kelib chiqib yondashmoqdalar.


background image



30-AVGUST, 2024-YIL

73

Ish rejalarida va amaliyotda maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarning milliy ma'naviyatini

shakllantirish masalasi maxsus belgilab olinmagan. Bu esa ma'naviy, mafkuraviy ishlar maqsad

va natijalarning mavhum bo‘lib qolishiga sabab bo‘lmoqda.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarda maktabshgacha yoshdagi bolalar yosh, intellektual

imkoniyatlarini hisobga olish, tabaqalashgan yondashuvni amalga oshirishga qaratilgan uslubiy

tavsiyalar yo‘qligi tufayli, maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachilari oldida qiyinchiliklar

paydo bo‘lmoqda.

Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilari bilan olib borilayotgan ma'naviy –

ma'rifiy ishlarda ma'naviy qadriyatlardan foydalanish masalasi nazariy, uslubiy jihatdan ishlab

chiqilmagan. Amaliyotda esa ma'naviy qadriyatlarning maktabgacha yoshdagi bolalar uchun

bunday eng muhim va yaqin manbaidan foydalanish talab darajasidan ancha past.

Ilg‘or tajribada esa, mazkur ma'naviy-ma'rifiy omil o‘zining boy samarasini bermoqda.

Guruhdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda ma'naviy qadriyatlardan foydalanishning eng

samarali shakllardan biri – sayohatlardir.

Kindik qoni to‘kilgan va ulg‘ayib voyaga yetgan joy manzilu-maskan tarixini bilmagan,

unga nisbatan mexru-muhabbat qo‘ymagan kishining O‘zbekiston atalmish Vatanni sevish va

ardoqlash, uning buyuk kelajagini ta'minlashga o‘z ulushini qo‘shishga ishonish qiyin.

Bu ma'naviy yangilanishning o‘ziga xos pedagogik ko‘rinishidir. Yosh avlodni yuksak

milliy ma'naviy-ma'rifiy ruhda tarbiyalashning asosiy yo‘nalishlaridan biri, ularni barcha

hududlaridagi aholi istiqomat qiladigan manzillarining tarixiy nomlari bilan tanishtirishdan iborat.

Shunday qilib, ma'naviy qadriyatlardan guruhdan tashqari tarbiyaviy tadbirlardan

foydalanish, nafaqat yodgorliklar qishloq va shaharlar haqida, balki eng muhimi - insonlar millat

haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘ladilar.

REFERENCES

1.

Ortiqov N. Yosh avlodni muqaddas g‘oyalar ruhida tarbiyalash bo‘yicha tavsiyalar. – Toshkent:

O‘zbekiston, 1995.

2.

Oxunjonova S.A. Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash haqida (tarbiyachi va ota-onalar uchun

tavsiyalar ) –Toshkent: O‘qituvchi, 1999.

3.

Rahimova Z. Muzыkalno-esteticheskoe vospitanie shestiletok-pervoklassnikov sredstvami

didakticheskix igr. Diss…kand.ped.nauk. – Toshkent, 1989.


background image



30-AVGUST, 2024-YIL

74

4.

Rahimova K.X. Maktabgacha bolalar ma'naviy tasavvurlarini shakllanishida rolli o‘yinlar

ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining ta'siri: Psixol. fanl. nomz. diss…avtoref. – Toshkent,

2000.

5.

Safarov O., Mahmudov M. Oila ma'naviyati. – Toshkent: Ma'naviyat, 1999.

6.

Inatullayev B. B. Ijtimoiy-madaniy faoliyat va uning namoyon bo ‘lish sohalari.// Перекрёсток

культуры 2023 yil. 5/3 son.

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=dPRv-

zEAAAAJ&citation_for_view=dPRv-zEAAAAJ:u-x6o8ySG0sC

References

Ortiqov N. Yosh avlodni muqaddas g‘oyalar ruhida tarbiyalash bo‘yicha tavsiyalar. – Toshkent: O‘zbekiston, 1995.

Oxunjonova S.A. Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash haqida (tarbiyachi va ota-onalar uchun tavsiyalar ) –Toshkent: O‘qituvchi, 1999.

Rahimova Z. Muzыkalno-esteticheskoe vospitanie shestiletok-pervo¬klassnikov sredstvami didakticheskix igr. Diss…kand.ped.nauk. – Toshkent, 1989.

Rahimova K.X. Maktabgacha bolalar ma'naviy tasavvurlarini shaklla¬nishida rolli o‘yinlar ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining ta'siri: Psixol. fanl. nomz. diss…avtoref. – Toshkent, 2000.

Safarov O., Mahmudov M. Oila ma'naviyati. – Toshkent: Ma'naviyat, 1999.

Inatullayev B. B. Ijtimoiy-madaniy faoliyat va uning namoyon bo ‘lish sohalari.// Перекрёсток культуры 2023 yil. 5/3 son.