30-AVGUST, 2024-YIL
116
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA AXLOQIY TARBIYA BERISHDA
HADISLARDAN FOYDALANISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
Shabbarova Shahodat Ibrohim qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13630079
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga axloqiy tarbiya berishda
hadislardan foydalanishning ilmiy pedagogik asoslari, pedagogik olimlari fikr va ba’zi bir
hadislarning tahliliy jihati ko’rib chiqilgan.
Kalit so’zlar: axloq, hadis, ta’lim, tarbiya, xalq, ma’naviyat, islom dini, odat, pedagog.
SCIENTIFIC-PEDAGOGICAL PRINCIPLES OF USING HADITHS IN MORAL
EDUCATION OF PRIMARY CLASS STUDENTS
Abstract. In this article, the scientific and pedagogical basis of using hadiths in the moral
education of elementary school students, the opinion of pedagogical scientists and the analytical
aspect of some hadiths are considered.
Key words: morality, hadith, education, training, people, spirituality, Islam, custom,
pedagogue.
НАУЧНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ХАДИСОВ В
НРАВСТВЕННОМ ВОСПИТАНИИ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ
Аннотация. В данной статье рассматриваются научно-педагогические основы
использования хадисов в нравственном воспитании учащихся начальной школы, мнение
ученых-педагогов и аналитический аспект некоторых хадисов.
Ключевые слова: мораль, хадис, образование, обучение, народ, духовность, ислам,
обычай, педагог.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini axloqiy sifatlarini shakllantirishda hadis ilmini
o’qitishning ahamiyati beqiyosdir. Chunki o’zbek xalqining ma’naviyatini tarkib toptirishda
pamg’ambarimizning so’zlari, odatlari, qiliqlari, ammallari, qarashlari majmui bo’lgan hadislar
ko’p asrlardan beri asosiy manba bo’lib kelgan. Dunyodagi eng mashhur muhaddislar bizdan
chiqqanligi ham tasidifiy bo’lmagan va bu hol milliy axloqimizda ham o’z izini qoldirgan. Bu
jarayon pedagogika fani va amaliyoti jarayonida to’la anglab yetildi. Shunday ekan umumta’lim
maktablarida hadis ilmi asosida axloqiy tarbiya berish ayni muddaodir.
Bugungi kunda Imom al-Buxoriy merosini o’rganish va targ’ib qilishda jamiyatimizda
keng e’tibor qaratilgan. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev o’zining 2020 yildagi Oliy majlisga
murojaatnomasida shunday dedi: “Islom dining asl insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib
30-AVGUST, 2024-YIL
117
beradigan, barcha odamlarni ezgulik, mehr-oqibat va hamjihatlik yo’liga birlashishga da’vat
etadigan teran ma’noli fikr va g’oyalar” [7] bevosita islom dinimiz va psixologik g’oyalar bilan
bog’liq. Hadislar insonga uning dunyoqarashiga ham jismoniy ham ruhiy jihatdan ta’sir qilishi va
uning ko’zlangan maqsadga qarab takomillashtirishning aniq tizimi ishlab chiqilgan bo’lib mazkur
asarni o’rganish hamda barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishda uning yo’llaridan va
ko’rsatmalaridan foydalanish davrimizning muhim vazifalaridan bo’lib hisoblanadi.
“Axloq” – arabcha so’z bo’lib, xulq so’zining ko’plik shaklidir. Axloqiy tarbiya – jamiyat
maʼnaviy hayotidagi muhim ijtimoiy hodisa boʻlib, odob-axloq tizimini, axloqiy fazilatlarni
zamon talablari asosida har qaysi avlod ongiga singdirish shakli. Axloqiy tarbiya adabiyot,
psixologiya, etika va estetika fanlari oʻrganadigan ilmiy kategoriyadir. Axloqiy tarbiya deganda
oʻsib kelayotgan avlodda xulq-odob meʼyorlariga mos keladigan, zamon talablariga javob
beradigan insoniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan ilmiy va amaliy harakatlar tizimi
tushuniladi. Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bogʻliq.
Axloq toʻgʻrisidagi fanlarning asosiy vazifasi axloqiy barkamol inson va jamiyatni
tarbiyalashning yoʻl-yoʻriqlarini koʻrsatib berishdan iborat. Axloqiy tarbiya shu yoʻldagi uzluksiz
amaliy jarayondir. Inson axloqiy tarbiya orqali axloqiy qadriyatlarni anglab yetadi, oʻzida axloqiy
tajribalar, koʻnikma va fazilatlarni shakllantiradi, axloqiy meʼyorlar va tamoyillar asosida
yashashga oʻrganadi. Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikkita muhim masalaga javob
izlaydi: biri – qanday yashamoq kerak, ikkinchisi – nima qilish keragu, nima qilmaslik lozim.
Axloqiy tarbiya – insonni komillikka eltuvchi yoʻl. Uning vositalari koʻp, biri anʼanaviy
tarbiya boʻlsa, ikkinchisi zamonaviy tarbiyadir. Odatda, har ikki turdagi vositalardan samarali
foydalaniladi.
“Axloqiy tarbiya” tushunchasi keng qamrovli bo’lib, u inson hayotining barcha jabhalarini
qamrab oladi. “Axloqiy tarbiya” – bu o’quvchilarning ongi, his-tuyg’ulari va xulq-atvoriga ularda
ijtimoiy axloq talablariga javob beradigan axloqiy fazilatlarni shakllantirish uchun maqsadli va
tizimli ta’sir qilishdir.
Axloqiy tarbiyaning an’anaviy usullari maktab o’quvchilariga ijtimoiy hayot normalari va
qoidalarini singdirishga qaratilgan. Shaxsning axloqiy fazilatlarini shakllantirishning muhim
ko’rsatkichi ichki nazoratdir. Shakllangan nazorat qobiliyatlari tarbiya jarayonida shaxsning
axloqiy fazilatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishga yordam beradi.
Muvaffaqiyatga erishish uchun oila, maktabagcha ta’lim tashkiloti va maktabning yagona
yo’nalishda harakat qilishi muhimdir. Ular o’rtasida konsensusning yo’qligi o’qimishli shaxsning
bo’linishiga olib keladi, chunki. u kattalarning ziddiyatli talablariga moslashishi kerak.
30-AVGUST, 2024-YIL
118
O’qituvchi qaysi usulni tanlamasin, u quyidagi shartlar bajarilgan taqdirdagina samarali
bo’ladi:
- bolani kamsitmang, uning huquqlarini oyoq osti qilmang;
- usulni qo’llash mumkin bo’lishi, mantiqiy xulosaga ega bo’lishi kerak;
- buning uchun shartlar oldindan tayyorlanadi;
- qabul qilib bo’lmaydigan bir xillik, stereotip;
- o’qituvchidan xushmuomalalik talab etiladi, bola o’zini tarbiya obyekti sifatida his
qilmasligi kerak;
- usulni tanlashda ular shakllantiriladigan sifatning murakkablik darajasiga asoslanadi;
- o’qituvchining donoligi, uning muayyan o’quvchiga ta’siri qanday ta’sir qilishi
mumkinligini oldindan bilish;
- axloqiy tarbiya nafaqat ongga asoslanadi, amaliy usullar boshida bo’lishi kerak;
- zudlik bilan natijani kutishning hojati yo’q, u rejalashtirilganiga ham to’g’ri kelmasligi
mumkin, shuning uchun usullar kompleks tarzda qo’llaniladi, ular o’quv vazifalariga, talabaning
individualligiga qarab o’zgaradi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga axloqiy tarbiya berishda ertak, hikoya, rivoyat, she’r,
allomalarimining ibratli so’zlari va hadislar kabi vositalardan foydalanishimiz mumkin.
Islom dini ta’limoti asoslarini yorituvchi Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba hadis
hisoblanadi. Hadislarni to’plab va ularga muayyan tartib berish asosan VIII asrning ikkinchi
yarmidan boshlab, uni eng bilimdon, turli fan asoslarini mukammal o’rgangan, katta hayotiy
tajribaga ega boʻlgan kishi (muhaddis)lar tartib bergan. VIII-XI asrda to’rt yuzdan ortiq muhaddis
hadis ilmi bilan shug’ullangan. Mazkur bilimlarni o’rganishning o’ziga xos yo’nalishi bo’lib,
“Hadis ilmi” nomi bilan yuritilgan. Keyingi yillarda Muhammad Alayhissalomning hayoti,
faoliyati hamda uning diniy-axloqiy ko’rsatmalarini o’z ichiga olgan hadislar, Imom Ismoil al-
Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” (“Ishonarli to’plam”), “Al-adab al-mufrad” (“Adab
durdonalari”), Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziyning “Ash-Shamoil an-nabaviya” asarlari
nashr etildi.
“Hadis” (arabcha – “xabar”, “yangilik”) – Rasulullohning hayot faoliyati hamda diniy-
axloqiy ko’rsatmalari haqidagi rivoyatlardan iborat.
Hadis ikki qismdan iborat bo’ladi: matn va isnod.
Matn
– hadis istilohida sanadning nihoyasi, ya’ni ma’nolardan tashkil topgan hadisning
lafzlari.
30-AVGUST, 2024-YIL
119
Isnod
(arab. – tirgak, dalil, asos) – har bir hadisning tarkibiy qismi. Isnod aytilgan so’zni
aytuvchisiga bogʻlashlik. Muhaddis olimlar sanad bilan isnodni bir ma’noda qo’llaydilar.
Hadisning boshlanishida uni birinchi bo’lib aytgan va eshitgan kishidan boshlab, hadislarni
toʻplovchiga qadar barcha shaxslarning ismlari birma-bir ko’rsatib chiqiladi va bu hadisning asosi,
dalili hasoblanadi. Hadisning haqiqiy yoki soxta ekanini ulamolar shu ilmlarni taqqoslash yoʻli
bilan tekshirgan. Hadisni naql qiluvchi kishilarning yashagan yillari va ijobiy sifatlari shartga
toʻgʻri kelsa, isnod to’g’ri, demak hadis ham to’g’ri deb hisoblangan.
Hadis ikki turga bo’linadi:
1. Hadisi Qudsiy.
2. Hadisi Nabaviy.
Hadisi Qudsiy – ma’nosi Olloh taoloniki bo’lib, aytilishi Rasululloh (s.a.v.)dan bo’lgan
hadislardir. Uni Olloh taolo oʻz nabiysiga ilhom berish, tushida ko’rsatib bildirish orqali xabar
beradi, Payg’ambarimiz (s.a.v.) esa, buning ma’nosini Olloh nomidan, Olloh taolo aytdi, deb
sahobalariga yetkazganlar.
Hadislar e’tiborga olinishi jihatidan esa yana uch qismga bo’linadi:
1. Sahih.
2. Hasan.
3. Zaif.
Qur’oni karimda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etiladi.
Ularga aniqlik kiritish va izohlab uqtirish uchun Muhammad (s.a.v.) o’z hadislarini
aytganlar. Bu hadislarni paygʻambarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardi. Rasululloh
(s.a.v) hayotlik chogʻlarida sahobalarning Qur’oni karimga hadislarni aralashtirib yuborishlaridan
qoʻrqib, hadislarni yozishdan qaytarar edilar. Rasululloh (s.a.v.) vafotlaridan keyin hadislarni naql
qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan naql qiluvchi sahobalar vafot etishlari bilan hadis zoe
bo’lishidan qoʻrqib, uni yozma shaklda to’play boshladilar.
Muhammad alayhissalomning ibratli ishlari, e’tiqod, poklik va insonga xos ma’naviy-
axloqiy xislatlarni ifodalovchi so’zlari, pand-nasihatlari uning nomi bilan bog’liq hadislarda
mujassamlangan.
VIII-IX asrlar hadis ilmining rivojlanishida “oltin davr” hisoblanadi. Bu davrga kelib,
Islom ulamolari tomonidan hadislarning qay darajada to’g’riligi, ularning to’planganligi jiddiy
tadqiq etila boshlandi. Chunki ba’zi soxta, ishonchsiz hadislar ham paydo boʻla boshlagan, ularni
tekshirib, asl hadislarni tiklash va yozma ravishda qayd qilish zamon talabi boʻlib qolgan edi.
30-AVGUST, 2024-YIL
120
Shuning uchun ham birinchidan, hadislarni yoddan biluvchi haqiqiy, bilimdon, oʻtkir
mulohazali kishilarning asta-sekin kamayib ketayotganligi, ikkinchidan, hadislarning haqiqiy,
ishonarli, ya’ni sahihlarini saqlab qolish maqsadida ular tekshirilib, asl holiga keltirib, yozib
yigʻila boshlangan. Ana shu tarzda hadis ilmi rivojlana boshlagan.
Islom olamida oltita ishonchli to’plam eng nifuzli manbalar sifatida e’tirof etilgan. Ushbu
manbalarning mualliflari IX asrda yashab ijod qilgan quyidagi muhaddislar bo’lganlar: Abu
Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-870), Imom Muslim ibn al-Hajjoj (819- 874),
Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824-892), Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy
(817-874), Imom Ahmad an-Nasoiy (830-915) va Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn
Mojja (824-886).
Hadislarda insonning kamolotga erishish uchun talab etiladigan insoniy fazilatlar ifoda
etilgan bo’lib, ushbu fazilatlar sirasiga o’zgalarga mehr-oqibat ko’rsatish, saxiylik, ochiq
ko’ngillik, ota-ona, kattalar va qarindoshlarga nisbatan muruvvatli bo’lish, ularga g’amxo’rlik
qilish, vatanga muhabbat, mehnat va kasb-hunarni ulug’lash, halollik, poklik, do’stlik,
oliyjanoblik, rahm-shavqatlilik, kamtarlik, rostgo’ylik va vijdonlilik kabi xislatlar kiritiladi.
Bundan tashqari insonning o’zini yomon illatlardan tiyishi, yaxshilik sari intilishi kerakligi
borasidagi pand-nasihatlar ham o’z aksini topganki, bularning barchasi komil insonni
shakllantirishda asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi.
Islom olamida Qur’ondan keying o’rinda turuvchi hadislar ishonchli axloqiy manba
hisoblanadi. Haqiqiyligi puxta o’rganib chiqilgan ishonchli hadislar sahoh deyiladi.
Xalqimiz bekorga “Bola aziz- odobi undan aziz”, – deb aytmagan, chunki bola tarbiyasi
inson umri davomida unga poydevor bo’lib, kelajakdagi hayot yo’lini aniqlab beradi. Shuning
uchun ham bolalarga tarbiya uyda maktabga bormasdan ota-ona tomonidan olib boriladi va
maktabga chiqqandan keyin bu jarayonga o’qituvchilar aralashadi va demak, tarbiya berish ikki
tomonlama amalga oshirila boshlanadi. Biz maktab yoshiga yetgan bolalarga qarab, ularni kuzatar
ekanmiz naqadar boshlang’ich sinf o’quvchisiga axloqiy tarbiya berish zarurligini ko’rishimiz
mumkin. Biz ta’lim tarbiya berish jarayonida ko’plab hadis va rivoyatlardan foydalanib, misol
sifatida ko’rsatib, ularga naqadar tarbiyaning ahamiyatini o’z misollarimiz bilan ko’rsatib borsak,
bola ham shunga ko’nikib, o’rgana boshlaydi. Ziyoviddin Rahim o’z kitoblarida aytib
o’tganlaridek, odamlar ham odobli bolani yoqtirib, uning ota-onasiga rahmat aytishadi va iloyo,
baxtli bo’lgin, aslo kam bo’lmagin, deya haqiga xayrli duolar qilishadi.
Bundan ko’rinib turibdiki, asosan bolaning chiroyli tarbiyasi uchun dastlab ota-ona va
undan keyin o’qituvchi ma’suldirlar. Bu kitobda keltirilishicha Alloh intizomli bola uchun nomai
30-AVGUST, 2024-YIL
121
a’moliga alohida savoblar yozdiradi, rizqini ko’paytirib, umriga umr qo’shadi. Yaxshi xulq va
tarbiya Olloh tomonidan ham sevilib, qo’llab quvvatlanadi. Odob ana shunday ajoyib fazilatdir.
Shuning uchun dono xalqimiz “odob oltindan qimmat”, deb bejiz aytmagan. Buni to’g’ri
tushunib olgan bola aslo adashmaydi, hayotda qoqilmaydi va ota-onasiga ko’pdan ko’p rahmat
keltiradi. Ota-ona uchun esa bundan ortiq sovg’a bo’lmasa kerak. Bunga misol rivoyat va
hadislarda ham keltirib o’tilgan. Masalan mana bu rivoyat adab boylikdan afzal ekanini
tushunishda yordam beradi: Asmaiy degan zot shunday hikoya qiladi:” Men bilan suhbatlashib
turadigan arab bolalaridan biri fasohati va malohati bilan lol qoldirdi. Men sinamoqchi bo’lib, yuz
ming dirham evaziga ahmoq bo’lishni xohlaysanmi”, dedim unga. U savolimga yo’q, deb javob
berdi. Nima uchun deb so’radim. “Ahmoqligim tufayli bir jinoyat qilishim va bor-budimdan
ayrilib, keyin shu ahmoqligim yana o’zimda qolishidan qo’rqaman”, dedi. Qarangki, yosh bola o’z
aqliga suyanib boylik hech narsani hal qilmasligini anglab yetdi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga axloqiy tarbiya berishda ularga xos jihatlarini keltirib
o’tadigan bo’lsak: eng avval ularning fe’l-atvor tarbiyasida ko’rinadi. Bolalar yosh paytidan yaxshi
tarbiyalansa, odobli-axloqli va madaniyatli bo’lib voyaga yetadilar. Yoshlik paytidan olingan ilm
va odob-axloq bola xotirasiga qattiq muhrlanadi. Shuning uchun ham “Yoshlikda olingan bilim –
toshga o’yilgan naqsh kabidir” – deb bekorga aytilmagan. Qaysi bola yoshligidan yaxshi ta’lim-
tarbiya olgan bo’lsa, uning komil inson bo’lib yetishishiga shak-shubha yo’q. Albatta bu jarayonda
dastlab ota-ona va undan so’ng ustoz va o’qituvchilarning o’rni juda kata ahamiyatga ega. Shuning
uchun ham ustoz va murabbiylarni hurmat qilgan holda ularning so’zlariga amal qilish va
o’gitlarini tinglash kerak bo’ladi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga axloqiy ta’lim-tarbiya berish jarayonida yana bir eng
muhim sabablarning biri bu badan tarbiyasidir. Bilamizki, inson modda va ruhdan tashkil topgan
bo’ladi. Shunday ekan, uning ruhiy sog’lom bo’lishi bilan birga moddiy sog’lomligi ham juda
muhim omillardan hisoblanib, inson hayotida kata ro’l oynaydi. Badan tarbiyasi – badanni
sog’lom, kuchli, chiroyli va jozibali qiladi, a’zolarni mukammal darajaga yetkizadi. Bundan
ko’rinib turibdiki, inson ta’lim-tarbiya berish jarayonida bu omillarni ham hisobga olishi kerak
bo’ladi.
Yana bir muhim ro’l o’ynaydigan va boshlang’ich sinf o’quvchilariga axloqiy ta’lim-
tarbiya berishda barchaga namuna bo’ladigan omillardan biri bu – fikr ya’ni aql tarbiyasidir.
Inson bolasini dunyo va oxirat saodatiga boshlovchi narsa, albatta Allohning eng buyuk
ne’mati bo’lgan aqldir. Aql orqali inson yaxshini yomondan, oqni qoradan ajrata oladi. Mana shu
narsa uning saodatga erishishida vosita sifatida muhim ahamiyat kasb etadi va muhim vazifani
30-AVGUST, 2024-YIL
122
bajaradi. Bundan ko’rinib turibdiki, fe’l-atvor – insonning o’ziga xos xususiyati, xarakteri va
tabiatidir. E’tiqod esa– ishonch, qalb bilan tasdiqlash va imonidir. Fikr – o’ylash, xayol, mulohaza
va g’oya.
Biz ustozlar bolalarga oq qog’ozga qaraganimizdek qarashimiz va unga nimalarni qora
qalam bilan chizsak, kelajakda shularni ularning fe’l-atvorida ko’rishimiz mumkin ekanligini
anglab yetishimiz kerak bo’ladi.
Tarixga nazar solar ekanmiz ta’lim-tarbiyaning ahamiyatini asarlarda, rivoyat va
hadislarda ko’rishimiz mumkin. Bolaning boshlang’ich sinflarida ularga axloqiy ta’lim-tarbiya
berishda haqiqiy hayotiy misollar bilan ko’rsatish naqadar ahamiyat kasb etadi, yuqori estetik va
aqliy qobiliyatlari rivojlanadi.
Boshlang’ich sinflarida bolalarga axloqiy ta’lim-tarbiya berish davrida o’qituvchi
tomonidan berilib va tushuntirilib boriladigan yana bir qancha ko’nikma va tarbiyalar mavjud.
Bularda bola o’z aksini ko’rishi va shu orqali rivojlanishi juda muhimdir. Masalan,
o’qituvchi bolaga maktab ikkinchi uyi ekanligini va bu yerda u ta’lim-tarbiya olishini, do’st
orttirishini va o’qituvchilar bilan bir oila bo’lishini tushuntirishi kerak. Bu davrda maktabda
o’quvchining o’n bir yil oq’ituvchilar bilan birga rivojlanib, bilib olib, do’st orttirishini hisobga
oladigan bo’lsak, uning har bir burchagini ko’z qarachig’idek asrab avaylashi kerakligini
singdirishi kerak bo’ladi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarga tarbiyaviy va axloqiy maslahatlarni berish va unga
o’zi amal qilgan holda namuna bo’lish kerak. Boshlang’ish o’quvchilarga axloqiy tarbiya berish
jarayonlarida o’qituvchi juda bilimli va tajribali bo’lishi kerakligini bilamiz. Shuning uchun ham
ota-onalar bolalarini boshlang’ich sinfga berishda eng yaxshilarini qidirib yuradilar va tanlab,
tanlab beradilar. Bundan ko’rinib turibdiki, ota-ona uchun boshlang’ich ta’lim ustozi juda katta
ahamiyatga egadir. Chunki, bilimli va tajribali ustoz bolaning hayotga bo’lgan axloqiy tarbiyasida
fundament vazifasini bajaradi.
Har bir o’qituvchi o’quvchisiga o’z bolasiga qaragandek qarab, unga shunday munosabatda
bo’lsa, o’quvchining ishonchi va hurmat e’tiboriga sazavor bo’lgan holda eng yaxshi sevimli
o’qituvchisiga aylanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, boshlang’ich sinflarida bolalarga axloqiy
ta’lim-tarbiya berishda eng muhim davr bu boshlang’ich sinf payti ekan.
Demak, shudavrda bolaga butu umri davomida kerak bo’ladigan bilim va ko’nikmalar
o’rgatilib va singdirib boriladi.
Axloqiy tarbiya bu oddiy hayotda o’zini tutish, do’stlar orasida qanday munosabatda
bo’lish singari, ota-onaga bo’lganyaqin munosabat, ularni hurmat qilish, holidan xabar olish,
30-AVGUST, 2024-YIL
123
kattalarga qanday izzatda bo’lish singari axloqiy tarbiya haqida maslahat berishda, to’g’ri yo’l
ko’rsatishda rivoyatlar, ayniqsa hadislardan foydalanish ahamiyatli, chunki hadislarda axloqiy
tarbiya haqqida to’g’ri, soda tilda tushuntirilgan va misollar bilan keltirilgan.
REFERENCES
1.
“Ma’naviyat asosiy tushunchalar lug‘ati”. A.Sherov, A.Xolbekov, M.G‘afforova va boshq.
T.: 2009 yil. 64 bet.
2.
Abdullayeva Sh.A., Ro‘ziyeva D.I. Pedagogik diagnostika va korreksiya.. Toshkent.: 2018
yil., 117 bet.
3.
Azarov Y.P. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. – Toshkent.: O‘qituvchi, 1991. – 67 b.
4.
Azimova N.E. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisini ma’naviy-axloqiy tarbiyalash
texnologiyasi (Pedagogik yo‘nalishdagi fanlarni o‘qitish misolida). Ped. fan. fal. dokt. (PhD).
… dis. – Toshkent.: 2012. – 178 bet.
5.
Erkayev A. “Ma’naviyat – millat nishoni”. T.: “Ma’naviyat”. 1997, 27 bet.
6.
Ismoilova Z.Q. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning nazariy va eksperimental-metodik asoslari
(Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar). Ped. fan. dokt. …dis. avtoref. –
Toshkent: O‘zPFITI, 2006. – 46 b.
