30-AVGUST, 2024-YIL
131
TASVIRIY SAN`AT VA UNING TERMINLARI HAQIDA TUSHUNCHA
Safaraliyeva Mohlaroyim Bahtiyorjon qizi
95-092-07-15.
mohlaroysaparaliyeva@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.13691013
Annotatsiya.
Ushbu maqolada San`atning barcha yo`nalishlari haqida qisqacha
ma`lumotlar va misollar keltirilgan. Bu maqolada dunyo xalqlari orasida keng tarqalgan san`at
yo`nalishlari va mashxur asarlar keng yoritilib berilgan. Maqolamiz har bir kitobxonga yangicha
bilim va ko`nikmalar bilan tanishishiga yordam bera oladi degan umiddamiz.
Kalit so’zlar:
Tasviriy san`at, rang-tasvir, haykaltaroshlik, grafika, rassom,
hikoyanavislik.
CONCEPT OF FINE ART AND ITS TERMS
Abstract.
This article contains brief information and examples of all areas of Art. In this
article, the art trends and famous works that are widespread among the peoples of the world are
widely covered. We hope that our article will help every reader to get acquainted with new
knowledge and skills.
Key words:
Fine art, painting, sculpture, graphics, artist, story-writing.
ПОНЯТИЕ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА И ЕГО ТЕРМИНЫ
Аннотация.
В статье приведены краткие сведения и примеры из всех областей
искусства. В данной статье широко освещены художественные направления и
знаменитые произведения, получившие широкое распространение среди народов мира. Мы
надеемся, что наша статья поможет каждому читателю познакомиться с новыми
знаниями и навыками.
Ключевые слова:
Изобразительное искусство, живопись, скульптура, графика,
художник, рассказописание.
TASVIRIY SAN`AT- rang-tasvir, haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis san`at turi;
voqelikni uning osongina ilg`ab olinadigan fazoviy shakllarda ko`rgazmali obrazlarda aks ettiradi.
Tasviriy san`at turlari o`z xususiyatlariga qarab real borlikni obyektiv mavjud sifatlari -
hajm, rang, fazo, shuningdek, predmetning moddiy shakli va nurhavo muhiti, harakat va
o`zgarishlari hissini yaratadi. Bunda tasvirning hissiy konkretliligidan illyuzionizmgao`tish
mumkin. Tasviriy san`at faqat ko`rish mumkin bo`lgan narsalarnigina tasvirlab qolmay, balki,
asarlarida hodisalarning vaqtinchalik rivoji, uning u yoki bu qismi(fabula), erkin hikoyanavislik,
dinamik harakatlarni ham aks ettirib, dunyoni g`oyaviy o`zlashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.
30-AVGUST, 2024-YIL
132
Tasviriy san`at insonning ruhiy qiyofasini, uning o`zgalar bilan o`zaro munosabatlarini,
tasviriy holatning psixologik va emotsional mazmunini ham yoritadi. Ba`zan mavjud bo`lmagan,
rassom tasavvurining mahsuli bo`lgan obrazlarni ham yuzaga keltiradi. Insoniyat tarixidagi turli
davrlarni aks ettiradi.
TASVIRIY SAN`AT JANRLARI. Tasviriy san`at asarlari mavzusi, mazmuni, ishlanish
uslubiga ko`ra turli janrlarga bo`linadi. <<Janr>> so`zi fransuzcha so`z bo`lib, <<tur>> yoki
<<ko`rinish>> ma`nosini anglatadi.
Tasviriy san`at janrlariularning turlariga ham bog`liq. Rangtasvir va grafika quyidagi
asosiy janrlarda yaratiladi:
1.Portret
5.Batal
2.Manzara
6.Animalistik
3.Maishiy
7.Marinistik
4.Tarixiy
8.Natyurmort
Agar kartinada aniq bir insonning tashqi qiyofasi tasvirlangan bo`lsa, bunday asar
PORTRET JANRIga mansub bo`ladi. Italiyaning mashxur rassomi Leonardo da Vinchining
<<Mona Liza>>, Muhammad Nuriddinovning <<Ona>> asari bunga yaqqol misol bo`la oladi.
Tasviriy san`atning eng ommaviy janrlaridan biri MANZARA JANRIdir. Unda rassom
tabiat go`zalligini tasvirlash bilan birga inson va tabiat munosabatlarini aks ettiradi. Bunga misol:
Usmon Mamajonovning <<Oltin kuz>>asari.
Maishiy hayot, turmushdagi voqea va hodisalarni tasvirlovchi tasviriy san`at asarlari
MAISHIY JANRga oid hisoblanadi va bu janr insonning yashash muhiti, turmush tarzini o`zida
aks ettiradi.
Biror tarixiy voqea yoki tarixiy shaxslarning tasviriga oid tasviriy san`at asarlari TARIXIY
JANRga, jang harbiy yurishlar tasviriga oid ishlar BATAL JANRIga, hayvonlar tasviriga oid
asarlar ANIMALISTIK JANRga, suvli manzara tasviriga oid asarlar esa MARINISTIK JANRga
mansub hisoblanadi.
NATYURMORT JANRIdagi asarlarda jonsiz narsalar tasvirlanadi. Natyurmort fransuzcha
<<nature morte>> -<<jonsiz tabiat>> degan ma`noni anglatadi. Bularga misol tariqasida Ortiqali
Qozoqovning <<Hovlimizda bahor>> va <<Sirdaryo>>, Alisher Aliqulovning <<Sardoba>>,
<<Bayroq uchun jang>> va <<Arg`umoqlar>>, Sarvar Sulaymonovning <<Anorli natyurmort>>
asarlarini keltira olamiz.
TASVIRIY SAN`AT USULLARI. Tasviriy san`at o`zining tasvirlash usullari va boshqa
jihatlariga qarab, grafika, rangtasvir va haykaltaroshlik kabi turlarga bo`linadi.
30-AVGUST, 2024-YIL
133
GRAFIKA. Tasviriy san`atning eng ommaviy turlaridan biri grafikadir. <<Grafika>> so`zi
yunoncha <<yozaman>>, <<chizaman>> degan ma`nolarni anglatadi. Qalamda yoki tushda
ishlangan rasmlar, kitob, gazeta va jurnallarga chizilgan illustratsiyalar, biror jismga o`yilgan
gravyuralar, plakat, stend, buyumlarning etiketkalari, yorliqlari, oziq-ovqat o`raladigan yozuvli
qog`ozlar - bularning barchasi grafika namunalari hisoblanadi.
RANGTASVIR. Biror qattiq yuzada rangli ashyolarda va bo`yoqlar yordamida yaratilgan
badiiy asarlar turlaridan biri. Rangli voqelikni badiiy tasvirlash va talqin qilish; tomoshabin fikri
va tuyg`ulariga ta`sir etishning muhim vositasi; muhim ijtimoiy mazmun va rangbarang g`oyaviy
vazifalarga ega.
HAYKALTAROSHLIK. Borliqni hajmli shakllarda va makonda uch o`lchamda
tasvirlashga asoslanadigan san`at turi. Tasvir ob`yekti, asosan, inson, shuningdek, hayvonlar
(animalistika), tabiat(manzara) va jonsiz buyumlar (natyurmort) ni tasvirlashga asoslangan san`at
turi.
