Authors

  • Raushan Saparbayeva
  • Asatillo Sunnatillayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.37614

Abstract

Ushbu maqola Qoraqalpoq xalqining milliy asbobi hisoblanuvchi Alamo‘ynaq dutorining kelib chiqishi, uning dastlab qaysi ustalar tomonidan qay tarzda yasalganligi, uning nima sababdan aynan Alamo‘ynaq deb nomlanishi, uni chaluvchilar kimlar hisoblanishi haqida.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

5

ALAMO‘YNAQ DUTORINING KELIB CHIQISHI HAQIDA

Raushan Saparbayeva

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa va san’ati instituti

2-kurs talabasi.

Asatillo Sunnatillayev

Ilmiy rahbar.

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa va san’ati instituti

“Doston ijrochiligi” kafedrasi dotsenti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13685238

Annotatsiya.

Ushbu maqola Qoraqalpoq xalqining milliy asbobi hisoblanuvchi

Alamo‘ynaq dutorining kelib chiqishi, uning dastlab qaysi ustalar tomonidan qay tarzda
yasalganligi, uning nima sababdan aynan Alamo‘ynaq deb nomlanishi, uni chaluvchilar kimlar
hisoblanishi haqida.

Kalit so‘zlar:

Alamo‘ynaq dutor, baxshi, sozanda, usta, ijrochi, xalq, me’ros, asbob, tarix,

tovush, tor.

ON THE ORIGIN OF ALAMOYNAQ DUTOR

Abstract.

This article is about the origin of the Alamo'ynaq dutor, which is the national

instrument of the Karakalpak people, how it was originally made by which masters, why it is called
Alamo'ynaq, and who are its players.

Key words:

Alamoynaq dutor, bakhshi, musician, master, performer, people, heritage,

instrument, history, sound, string.

О ПРОИСХОЖДЕНИИ АЛАМОЙНАКА ДУТОРА

Аннотация.

В данной статье речь идет о происхождении аламойнакского дутора,

который считается национальным инструментом каракалпакского народа, о том, как и
какими мастерами он был первоначально изготовлен, почему он называется аламойнак и
кто считается его исполнителем.

Ключевые слова:

Аламойнак дутор, бахши, музыкант, мастер, исполнитель, народ,

наследие, инструмент, история, звук, струна.


Qoraqalpoq xalqi eski xalqlardan biri bo‘lib, Markaziy Osiyodagi boshqa xalqlar singari

o‘zining boy tarixiga, shuningdek o‘z zamoniga loyiqli yuqori madaniyatiga ega bo‘lgan
xalqlarning biri hisoblanadi. Tarixiy ma‘lumotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qoraqalpoq xalqi
o‘z turmush tarzining ko‘rinishi sifatida turli janrlarda boy adabiyot me’rosiga, milliy soz va
qoshiqlariga, qahramonlik va oshiqliq dostonlariga, turli mazmundagi og‘zaki asarlar shuning
bilan bir qatorda o‘zining milliy soz asboblariga boy xalq ekanligini ko‘ramiz. Bu me’roslarning
barchasi xalqning, millatning boyligi, bebaho g‘azinasi bo‘lib hisoblanadi.

Qoraqalpoq musiqa madaniyatining yuqori darajada rivojlanishida milliy soz asboblarimiz

azaldan salmoqli o‘rin egallab keldi. Ular haqida to‘xtaladigan bo‘lsak tortqich yordami bilan
chalinadigan torli asboblardan qo‘biz va g‘ijjak, barmoq bilan chalinadigan asboblardan dutor va
changqo‘biz, dam solib chalinadigan- bulomon, sirnay, uchpalak, bundan tashqari doira asboblari
bizgacha yetib kelgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

6

Ota-bobolarimizning qoldirib ketgan ajoyib asarlari, durdona dostonlarini, xalq nomalarini

hisob sanog‘i yo‘q. Bu asarlarning dostonlar, nomalarning qaysi vaqtta va kim tomonidan
yaratilganligiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, albatta dutor qoraqalpoq xalqining hayoti bilan
chambarchas bog‘liq ekanligini sezamiz. Milliy Dutor asbobi qoraqalpoq xalqi orasida juda keng
taralib, faxrli milliy me’rosimizga aylanib, asrlar davomida har qanday tarixiy sharoitlarda, baxtli
va qayg‘uli kunlarida, to‘y-yig‘inlarida birga yashab kelayotgan milliy boyligimiz bo‘lib
hisoblanadi. Bu asbob “Qoraqalpoqlarda XV asr oxiri, XVI asrning boshlarida juda keng tarqalgan
soz asbob qatoriga kiradi, degan tahminlar ham bor. XV asrning oxiri, XVI asrning boshlarida
qoraqalpoq dutori ikki xil bo‘lib yasalgan. Birinchi turi pardasiz bo‘lsa, ikkinchi turi pardali
bo‘lgan”, deb keltirib o‘tadi Q. Ayekeev o‘zining “Dutor tarixi. Dutor chalish va uni yasash usuli”
nomli kitobida.

Bu asbobning kelib chiqishi haqida boshqa asboblar singari ko‘pgina rivoyatlar

uchratamiz.

“1906-yili tug‘ilgan urush va mehnat veteran 90 yashar Qurbaniyoz Yusuf o‘g‘li soz

asbobining qudrati haqida shunday deydi:

“Payg‘ambarimizning uch oti va shu uch otni boqadigan uchta xizmatkori bo‘lgan ekan.
Bu uch odamning vazifasi o‘ziga bekitilgan otga o‘t-yem, suv berib, otni semirtirib

bog‘ishdan iborat edi. Payg‘ambarimizning o‘zi uzoq yo‘lga chiqqanda minadigan Dul-dul degan
to‘ri oti bo‘lganga o‘xshaydi. Payg‘ambarimiz shu otini juda yaxshi ko‘rar ekan. Sababi, ot juda
ajoyib ot bo‘lgan, shuning uchun bu otni shu eldagi eng bilgir otboqar G‘ayip qora degan seyis
odamga boqtiradi. Bu odamning ustachilik uqubi ham bor sozanda ekan. Qo‘li bo‘sh paytlarida
sirnay, uchpalak va dutorga o‘xshagan soz asboblarini yasab, chalib yurgan. Ko‘p hollarda dutorni
har xil muqomga solib chaladigan uqubi bor ekan. Har kuni tongda, kechqurun otga o‘t-yem berib,
o‘zi ham ovqatlanib bo‘lgandan keyin, yasagan soz asbobini chalib charchog‘ini chiqarar ekan.

G‘ayip qoraning mehnatkashligini sezgan payg‘ambarimiz bu odamga boshqacha

ko‘zqarashda bo‘libdi. Buni qizg‘ongan yonidagi ikki otboqar har xil mish-mish, g‘iybat gaplar
aytib, G‘ayip qorani payg‘ambarimizga yomonlab bora beribdi. Dul-dulni o‘zimiz boqamiz_deb,
G‘ayip qorani ot baqish yumushidan bo‘shatibdi. Shundan boshlab bu ot o‘tlamapti ham, suv ham
ichmabdi. Buni sezgan payg‘ambar ko‘pni ko‘rgan yoshi katta qishloq oqsoqollarini yig‘ib, Dul-
dulning o‘t-yem yemay suv ham ichmay kun o‘tgan sari ozib borayotganini aytibdi. Shunda
oqsoqollarning bittasi- G‘ayip qoraning o‘zini chaqirtirib gaplashish kerak debdi. Bu so‘z
payg‘ambarimizgaham ma’qul tushib, G‘ayip qorani chaqirtib olibdi. Oqsoqollarning bittasi
G‘ayip qoraga qarab: -to‘g‘risini ayt chirog‘im,_deb orqasiga to‘n yopib quyidagi to‘rt qator
bayitni aytgan ekan:

To‘ri ot uchun ot boqarini,
O‘lganicha savadi.
Otning ozib ketishi,
Nimadan ekan chirog‘im?
Shunda G‘ayip qora oqsoqollarga quyidagicha javob beribdi:
Yolg‘on gapka oqsoqol
Suvham o‘rga oqadi.
Yolg‘on aytib otboqar,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

7

Jonin o‘tga yoqadi.
Aytar gapi jo‘n bo‘lsa,
Gap egasin topadi.
Tilin topsang jonuvor,
Ot uzoqqa chopadi.
O‘t-yem berib, suv berib,
Shunnan keyin soz chalib,
Yaxshi-yaxshi gapirsang,
Mol egasin topadi,
-deb sozini har xil nomaga solib chalgan ekan, ot qulog‘in tikka qilib, qattiq kishnabdi va

oyog‘i bilan yerni tepib qo‘ya beribdi…

Ana, shu G‘ayip qora ikki torli dutor soz asbobini yaratganga o‘xshaydi. Bu rivoyatni

bolalik vaqtlarimda qishloqda bo‘lgan katta bir to‘yda yoshi kattalarga va baxshi-jirovlarga ot
yoqib berayotgan paytim eshittim_dedi Qurbaniyoz ota Yusuf o‘g‘li”.

Dutor qoraqalpoq xalqining milliy musiqiy asbobi bo‘libgina qolmasdan, u xalq musiqasini

rivojlantirishda va musiqa madaniyatini boyitishda asosiy ro‘l o‘ynagan asbob bo‘lib hisoblanadi.

Xalqimiz hayotida bu asbobning qadr-qimmati shunchalik darajada yuqori ekanligini har

bir qoraqalpoq oilasida dutor asbobi ilinib turishidan va xalqning to‘y-yig‘inlarini baxshilarsiz
o‘tmasligidan ko‘rishimiz mumkin. Baxshi bu qoraqalpoq xalqida dutor asbobini ham chalib, ham
kuylab ijro qiladigan hunar egasi hisoblanadi.

Qoraqalpoq dutorlarining dastlabki nusxalari Genjali degan ustaning otasi tomonidan

yasalib suyak bilan bezatilgan. Uni Genjali usta davomlagan va shu davrdagi boshqa ustalar ham
o‘zlari yasagan dutorlarga suyakdan naqsh ovyib bezatgan. Navbatda asbobning lug‘aviy ma’nosi
haqida aytadigan bo‘lsam, dutor fors tilidan olingan so‘z bo‘lib “du”- ikki, “tor”- tor (sim) ya’ni
“ikki torli asbob” degan ma’noni anglatadi. Bu asbobning yasalishi asosan ikki usulda: birinchisi
qozma yoki o‘yma dutor, ikkinchisi birikma(qurama) dutor deb aytiladi. Ikki turdagi dutorning
yog‘ochlarida ham farq bo‘ladi. Ya’ni qozma (yoki o‘yma) dutor odatda tut, o‘rik yog‘ochlaridan
yasaladigan bo‘lsa, birikma (qurama) dutor asosan tut yog‘ochidan yasalib, bu turdagi dutor
bo‘laklari o‘z-aro belgili tartibda biriktirilib yasaladi. Dutor asbobining ustidagi qopqog‘i
qanchalik darajada yupqa va mahkam bo‘lsa, uning ovozi ham shu darajada yaxshi chiqdigan
bo‘ladi. Dutorning yuzasi ko‘p hollarda jiyda va tut yog‘ochlari bilan qoplanadi. Shu qatorda aytib
o‘tishim kerak, qoraqalpoqlar dutorni “Alamo‘ynaq dutor” deb ham ataydi. Sababi, dutorning
bo‘ynini suyakdan ishlangan har xil naqshlar bilan bezagan. Dastasining yuzasiga ham suyak
yopishtirilib ishlangan va bu ko‘rinish juda chiroyli bo‘lib ko‘ringan. Shuning uchun ham uni
“Alamo‘ynaq dutor” deb atashgan. Dutorning bo‘yniga qo‘yning ichagidan tayorlangan 12 parda
o‘ralib, u xromatik qurilishda tuzilgan. Dutorda faqat 12 parda bo‘lishi kerak deb ko‘rsatilmagan,
u har baxshining o‘z yo‘liga qarab ayrim paytlarda ko‘payib ketishi uchraydigan holatlar ham
bo‘ladi. Masalan: O‘rinboy baxshi har nomaning uzun-qisqa bo‘lib kelishiga bog‘liq dutoriga
doim 14-15 parda boylab yurgan. Dutor asbobining diapazoni 1,5 oktavagacha bo‘lgan.

Xalqimiz orasida qo‘bizni jirovlar jirlab chalgan bo‘lsa, dutor chaladiganlarni “sozanda”

deb, uni ham chalib, ham qo‘shiq aytadiganlarni esa “baxshi” deb ataydilar. Dutor barmoq bilan
chalinadigan musiqa asboblarining biri. Avvalgi vaqtlardan-oq qoraqalpoqlar xalqida dutor va


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

8

boshqa soz asboblarini yasaydigan ustachilik hunari rivojlangan. Ularga Genjeg‘aliy usta,
Barliqbay usta, Qazimuxammed usta ulardan so‘ng Erimbet, Karimbergen, Jarmuxammed, Berdaq
va boshqa juda ko‘p ustoz ustalarning nomlarini atab o‘tishimiz o‘rinli deb o‘ylaymiz.

Dutorning tuzilishiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu asbob tovush chiqaruvchi bo‘lagi, dastasi,

ikkita qulog‘i, dasta bo‘ylab joylashgan pardalardan, ikki tor vas hu torlarni ko‘tarib turuvchi
harraktan iborat. Shuningdek, tovush chiqaruvchi bo‘lagining yuzasi yupqa taxta bilan qoplanib,
unda qopqoq teshigi bo‘ladi va bu teshik ”tovush chiqaruvchi teshik” deb aytiladi.

Bugungi kunda folklor san’atining serjilo chamanlari gurkirab rivojlanib, xalqimizning

milliy ongi, milliy g‘ururi, milliy iftixori, ma’naviy dunyosi kundan-kunga boyib bormoqda.

Milliy ruh, milliy g‘ururning tiklanishi bu - rivojlanish bilan bog‘liq bo‘lgan tabiiy

jarayondir. Xalqona ruh, betakror samimiyati va qadimiy madaniyatimizning go‘zalligini
namoyon etuvchi baxshi san’ati ma’naviy xazina, tuganmas buloq singari asrlar davomida
xalqimiz ma’naviyatini boyitib, ongu tafakkuri va his-tuyg‘ularini teranlashtirib kelgan. Baxshi
san’ati an’analarini yanada rivojlantirib, ularni yosh avlod turmush tarziga singdirib borish shu
jarayonning muhim qirrasidir.

Xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimizki, ayni paytda vatanparvar, insonparvar, komil insonni

umuminsoniy milliy qadriyatlar uyg‘unligida tarbiyalash mumkinligini hayotning o‘zi
ko‘rsatmoqda. Bunda milliy o‘zlikni anglashga e’tibor qaratish, kishida milliy g‘ururni
tarbiyalash, boshqa insonlarga hurmat tuyg‘usini qaror toptirish muhim sanaladi. Zotan, tug‘ilib
o‘sgan joyiga muhabbat, oilaga, ona tiliga, milliy odatlar va an’analarga munosabat shaxsni fuqaro
sifatida xarakterlaydi. Shu bois baxshilarimiz, jirovlarimiz ota-bobolarimiz asrlar bo‘yi asrab-
avaylab kelgan qadriyatlar orqali yoshlarni ma’naviy-ahloqiy qiyofasini shakllantirishda, kelajagi
buyuk o‘zbek yurtining haqiqiy egalari bo‘lgan har tomonlama yetuk komil insonni tarbiyalashga
xizmat qilmoqda.

REFERENCES

1.

Айекеев Карлыбай. “Дутар тарийхы. Дутар шертиу хам согыу усылы”. “Билим”
баспасы, Нoкис 1996-жыл.

2.

Aygu’l Nadirova. “Qaraqalpaq muzika tariyxi”. “Sano-standart” baspasi. Toshkent- 2018

3.

Matyoqubov B. Doston navolari. Toshkent 2009.




References

Айекеев Карлыбай. “Дутар тарийхы. Дутар шертиу хам согыу усылы”. “Билим” баспасы, Нoкис 1996-жыл.

Aygu’l Nadirova. “Qaraqalpaq muzika tariyxi”. “Sano-standart” baspasi. Toshkent- 2018

Matyoqubov B. Doston navolari. Toshkent 2009.