Authors

  • O‘.S. Safarov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.37622

Abstract

Ushbu maqola mamlakatimizda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar hamda jismoniy tarbiya va sport menejerlari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash sifatiga qo‘yiladigan modellarga qaratilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

54

XALQARO SPORTDA PROFESSIONAL SPORTNI BOSHQARISH MODELLARI.

Safarov O‘.S.

MMT 51-23 gurux magistri, O‘zDJTSU.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13685676

Annotatsiya

. Ushbu maqola mamlakatimizda sport sohasida amalga oshirilayotgan

islohatlar hamda jismoniy tarbiya va sport menejerlari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash
sifatiga qo‘yiladigan modellarga qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

Jismoniy tarbiya, sport va turizm sohasi, “Jismoniy tarbiya va sport sohasida

kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori.

MODELS OF PROFESSIONAL SPORTS MANAGEMENT IN INTERNATIONAL

SPORTS.

Abstract.

This article focuses on the reforms implemented in the field of sports in our

country and the models for the quality of training of specialists in the field of physical education
and sports managers.

Keywords:

physical education, sports and tourism, the decision "On measures to further

improve the system of training and scientific research in the field of physical education and
sports".

МОДЕЛИ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО СПОРТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ В

МЕЖДУНАРОДНОМ СПОРТЕ.

Аннотация.

В данной статье рассматриваются реформы, реализуемые в сфере

спорта в нашей стране, и модели качества подготовки специалистов в области
физического воспитания и спортивных менеджеров.

Ключевые слова:

физическое воспитание, спорт и туризм, решение «О мерах по

дальнейшему совершенствованию системы подготовки кадров и научных исследований в
области физического воспитания и спорта».

Sportdagi mehnat munosabatlarining yuqoriroq darajadagi rivojlanishi va huquqiy tartibga

solinishini professional sport munosabatlarida yaqqolroq kuzatishimiz mumkin. Bunda sportchi
tovar-pul munosabatlarining ishtirokchisi, oldi-sotdi predmeti, daromad keltiruvchi yollanma
ishchi kuchi sifatida namoyon bo‘ladi.Dunyoda professional sportning ikki asosiy modeli, ya’ni
Amerikacha va Yevropacha modellari shakllangan bo‘lib, ularning har biri mehnat
munosabatlarini tartibga solishda o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Yevropa professional sportini tartibga solish tizimi rivojlanishining o‘ziga xos

xususiyatlari unga davlatning munosabatidan kelib chiqadi. Shu bilan birga, 40 yaqin professional
sportning u yoki bu turlari rivojlangan Yevropa davlatlarining xilma-xil qonunchiligi ham
mavjudligini hisobga olish zarur. Biznesning boshqa har qanday turiga xos yuridik me’yorlar va
presedent huquqi asosida rivojlanuvchi AQSh professional sportidan farqli ravishda, Yevropaning
ko‘pchilik mamlakatlarida sportni rivojlantirishga, ba’zilarida esa alohida professional sportni
rivojlantirshga oid qonunlar qabul qilingan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

55

Shu bilan birga, Yevropada boshlangan integratsiya jarayoni sportga ham taalluqli bo‘lib,

ko‘plab sport turlari bo‘yicha Yevropa chempionatlari, Yevropa ligalari tashkil etiladi, turli
mamlakatlar sportchilari xorij klublari sharafini himoya qilishlari esa oddiy holga aylandi.

Yevropa kengashining tuzilishi bilan ko‘plab Yevropa doirasidagi xalqaro sport

tashkilotlari, ayniqsa, UEFA faoliyatida sportni huquqiy tartibga solish masalalarida u bilan
hamkorlik qila boshlashdi.

Professional sportning faoliyat yuritishi, eng avvalo, u mavjud davlatning qonunlariga

asosan tartibga solinadi. Yevropa mamlakatlarining sportga oid qonunchiligi sport xartiyalari,
nizomlar va sport dunyosi amal qiladigan boshqa lokal me’yoriy aktlarning me’yoriy mazmunini
belgilab beradi. Shu tariqa professional ligalarning nizom va xartiyalariga ularni takomillashtirish
maqsadida kiritilgan o‘zgartirishlarning ko‘pchiligi 1990- yillarda kiritilgan. Masalan, Fransiya
professional futbol ligasi xartiyasida professional o‘yinchi maqomi mehnat to‘g‘risidagi
qonunning vaqtinchalik shartnomalar tuzishni tartibga soluvchi qoidalarga asoslanadi. Ammo
xartiyani tayyorlagan yuristlar mehnat to‘g‘risidagi qonunning talab va me’yorlarini professional
sport munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirish bilan birga, uni yanada
mukammallashtira olishdi, va endi u futbolchi uchun boshqa sohada faoliyat yurituvchi oddiy
xizmatchilar uchun nazarda tutilgandan ko‘ra, yuqoriroq darajadagi ijtimoiy himoyani kafolatladi.

Ba’zida davlat hokimiyati organlari sport jamiyatlari va professional ligalarni o‘z

nizomlariga davlat organlari tomonidan ishlab chiqilgan qoidalarni kiritishga majbur qilishadi.

Lekin ushbu talablar maqsadga muvofiq bo‘lishiga katta e’tibor beriladi. Turli davlatlarda

sport tashkilotlari o‘z qoidalarini ishlab chiqishda yillar davomida sinovlardan o‘tgan qoidalarini
buzmaslik uchun yoki ushbu sport turining samarali rivojlantirish zarurati, sport natijalarining
oshishi bilan tushuntirgan holda davlat organlaridan istisno qilishni talab qilishadi. Sport
xartiyalari va nizomlarini ma’lum bir davlatlar qonunchiligiga moslashtirish jarayonida xalqaro
sport tashkilotlari nizomlari va milliy qonunlar o‘rtasidagi ziddiyatlar tez-tez aniqlanib turiladi.

Yevropada professional sportning rivojlanishi bir qator masalalar, eng avvalo, sportchilarni

yollash qoidalari va ular mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha yagona siyosatni ishlab chiqishni talab
qildi. Masalan, Angliya futbolida uzoq yillar davomida maoshning maksimal darajasini
belgilovchi me’yorlar amal qilgan. Shu yo‘l bilan professional ligalar kamroq darajada
ta’minlangan klublarni himoya qilishgan, ya’ni jamoa tarkiblarini shakllantirishda klublarning
imkoniyatlari tenglashtirilgan.1950-yildagina Angliya futbolida tenglashtirish tizimi tugatildi.

Buning oqibatida “yulduzlar” davri boshlandi va futbolchilarning maoshlari hamda

ularning narxlari keskin oshib ketdi. Sportchilar daromadining bunday keskin oshishi professional
sport rahbarlarini bunga nisbatan javob choralarini ko‘rishga majbur qildi. 2002-yilda
Yevropaning yetakchi futbol klublari Bosh assambleyasi o‘yinchilarning maoshlariga cheklov
o‘rnatuvchi qarorni qabul qildi. 2005-yildan esa klubning maoshlar uchun ajratilgan mablag‘lar
klubi moliyaviy aylanmasining 70 % dan oshmasligi belgilab qo‘yildi.Ammo hamma professional
sportchilar ham millionerlarga aylanishmaydi. Sportchi professional, ya’ni “mehnati uchun haq
oluvchi xizmatchi” bo‘lganidan boshlab, o‘z ahvolini mustahkamlashga va xavfsizlashtirishga
intiladi. Bunga esa, asosan, sportchilarning assosiatsiyalari yoki kasaba uyushmalarini tuzish bilan
erishiladi. Ammo AQShdagi prfessional sportchilar assosiatsiyalaridan farqli ravishda Yevropa
davlatlaridagi sportchilar huquqini himoya qiluvchi assosiatsiyalarning faoliyati unchalik


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

56

bilinmaydi. Shunga qaramasdan, ularning roli va faolligi yildan-yilga oshib bormoqda. Ularning
faol ishtiroki klub va o‘yinchilar o‘rtasidagi qoidalarni qayta ko‘rib chiqishga oid nizolarni ko‘rib
chiqish jarayonida ko‘rinadi. Bundan tashqari, assosiatsiyalar sportchi ko‘plab masalalar bo‘yicha
malakali maslahat olishi mumkin bo‘lgan asosiy markazlarga aylandi.

Professional sportni tartibga solishning u yoki bu modeliga xos bo‘lgan muhim belgisi bu

jamoalarning egalaridir. Oxir oqibat, aynan ular jamiyatda sportning rivojlanishini belgilab
berishadi. Dunyoda professional jamoalarga egalik qilishning AQSh va Yevropada tarqalgan uch
asosiy shakli qaror topgan: shaxsiy (individual yoki jamoaviy); korporativ; aksiyadorlik.

Korporativ shaklda klub egasi sifatida firma yoki kompaniya namoyon bo‘lsa, aksiyadorlik

shaklida esa – aksiya egalari klub egasi hisoblanadi. Aksiyadorlik shakli ko‘proq Yevropa
professional sportiga xos.

Transfer tizimining tavsifi.

Transfer tizimi – yuz yildan ortiq vaqt davomida amal qilib kelayotgan sportchilar

(murabbiylar)ning bir sport tashkilotidan (klub, jamoadan) boshqasiga o‘tishi tizimidir. Masalan,
AQShda professional beysbol ligasi tuzilganidan, ya’ni 1876 yildan boshlab o‘yinchilarning bir
jamoadan ikkinchi jamoaga o‘tishi masalasi ko‘tarildi. Klublarga ma’lum sabablarga ko‘ra,
boshqa jamoadan ketgan yoki haydalgan o‘yinchini o‘z tarkiblariga olishlari taqiqlangan edi.

Shunday qilib, hozirgi kunda ham professional ligalarda amal qiluvchi “qora ro‘yxatlar”

paydo bo‘lgan. Ammo o‘yinchilarning jamoadan- jamoaga o‘tishini tartibga soluvchi tizim hali
mavjud emas edi. 1880-yildan boshlab, o‘yinchilar bilan shartnomalar tuzish tizimi shakllangach,
beysbolchilarning jamoadan-jamoaga, shahardan-shaharga yuqoriroq maosh izlab betartib ko‘chib
yurishiga barham berildi. Bu esa, o‘yinchilar ustidan ma’lum bir nazorat o‘rnatish imkoniyatini
yaratdi.

Futbol sohasida o‘yinchilarning jamoadan-jamoaga o‘tishiga oid qoidalar XIX asr

oxirlarida Angliyada shakllana boshladi. Angliya futbol assosiatsiyasi tashkil etilgan paytdan
boshlab izchillik bilan futbolchilarning klubdan-klubga o‘tishiga oid munosabatlarni tortibga
solishga harakat qila boshladi. Masalan, musobaqalarda ishtirok etish uchun o‘yinchi ma’lum bir
klub tarkibida ro‘yxatdan o‘tishi talab qilinar edi. Bunda o‘yinchi mavsum yakunida klubni
o‘zgartirish huquqiga ega bo‘lib, mavsum davomida ish beruvchining ruxsatisiz futbolchining
boshqa klubga o‘tishi taqiqlangan edi. 1888-yilda Angliya futbol ligasi tashkil topgach, transfer
tizimiga bo‘lgan talablar oshirildi. Bundan buyon o‘yinchi mavsum yakunida ham ish
beruvchining ruxsatisiz boshqa klubga o‘ta olmaydigan bo‘ldi.

Klubdan-klubga o‘tish tizimi barcha futbol klublar o‘zlarining o‘yinchini ro‘yxatdan

o‘tkazish huquqini futbolchini o‘z tarkibiga olmoqchi bo‘lgan klub kompensatsiatsiyasi evaziga
unga o‘tkazishi mumkinligini nazarda tutardi.

Umuman olganda, transfer tizimi tashkil topgandan buyon, to hozirgi kungacha ko‘plab

tanqid va qarshiliklarga uchradi, shu jumladan, bir qancha sud jarayonlari orqali ham. Uni o‘rta
asrlar sarqiti deb atashdi, klublarni esa qul savdosida ayblashdi. Hech qaysi dong‘i ketgan sud
prosessi transfer tizimini to‘liq bekor qilishga olib kelmagan bo‘lsada, bunday jarayonlar tufayli
XIX asr oxirlariga kelib, trasfer tizimida uni liberallashtirishga yo‘naltirilgan ko‘plab o‘zgarishlar
bo‘ldi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

57

Bu orada milliy tranfer tizimlarida amalga oshayotgan ijobiy o‘zgarishlarga qaramasdan,

xalqaro darajadagi klubdan- klubga o‘tishlarni tartibga solishda 1995yilgacha o‘zgarishlar
bo‘lmadi. 1995-yilda Yevropa sudining o‘sha davrda shovshuvga sabab bo‘lgan “Bosman ishi”
bo‘yicha qabul qilgan qarori futbolchilarning harakatlanish erkinligini ta’minlab berdi. Ushbu
qaror qabul qilingungacha klublari bilan mehnat shartnomasi tugagan futbolchilar klub uning
uchun transfer summasini olmagungacha yoki undan voz kechmagungacha bir yarim yil davomida
boshqa klubga o‘tish huquqiga ega bo‘lmagan. Sud bunday tartibni noqonuniy deb topdi va bundan
buyon mehnat shartnomalari tugagan futbolchilar boshqa klublarga hech qanday cheklovlarsiz
o‘tishi mumkin bo‘ldi.

REFERENCES

1.

Балтаева И. Т. и др. USE OF VIRTUAL LABORATORIES TO CONDUCT FOOTBALL
TRAINING //MODERN SCIENCE AND RESEARCH.

– 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 709-718.

2.

Jumayev U. X., Kazoqov R. T., Abdusalomov I. K. QUANTITATIVE EVALUATION OF
QUALITY INDICATORS //Modern Science and Research.

– 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 229-240.

3.

Qutlimurotov I. X. et al. THE PROCESS OF ORGANIZING EDUCATIONAL
ACTIVITIES OF STUDENTS AND MASTERING PERSONAL PROFESSIONAL
KNOWLEDGE //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 869-879.

4.

Солиев И. Р. и др. МОРФО-ФУНКЦИОНАЛ ВА АНТРОПОГЕНЕТИК ТАДҚИҚОТ
НАТИЖАЛАРГА КЎРА ФУТБОЛЧИЛАРНИНГ ИШЧАНЛИК НАТИЖАЛАРИНИ
БАШОРАТ ҚИЛИШ //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.

5.

Тажибаев С. С. и др. ЖАХОН ЧЕМПИОНАТИ 2022 ЙИЛГИ ФУТБОЛЧИЛАР
АНТРОПОМЕТРИК ЎЛЧАМЛАРИ ВА ТЕЗЛИК СИФАТИ ОРАСИДАГИ
КОРРЕЛЯЦИЯНИ ЎРГАНИШ //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.

6.

Тажибаев С. С. и др. 13-14 ЁШЛИ ФУТБОЛЧИЛАРНИНГ ТЕХНИК-ТАКТИК
ҲАРАКАТЛАРИНИ ТАРБИЯЛАШ САМАРАДОРЛИГИ //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.

7.

Boltayeva I. T. et al. PERIODS OF PRODUCTION EDUCATION. THE PERIOD OF
INITIATION, PREPARATION, ACQUISITION AND COMPLETION OF THE
PROFESSION //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 561-569.

8.

Ganieva M. et al. THE UNITY OF TECHNIQUE, TACTICS AND STRATEGY IN TABLE
TENNIS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 1175-1183.

9.

Usmonova S. H., Akmurodov M., Kazokov R. THE INFLUENCE OF TEMPERAMENT
ON THE CHOICE OF SPORTS ACTIVITIES //Modern Science and Research. – 2024. –
Т. 3. – №. 5. – С. 63-70.

10.

Umaraliyeva F. T., Kazoqov R. Т. THE ROLE OF SPORTSWOMEN IN THE
DEVELOPMENT OF SOCIETY AND IN THE DEVELOPMENT OF SPORTS //Modern
Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 1124-1131.

11.

Mustafayeva N. A., Kazoqov R. T. USING THE MAIN CHARACTERISTICS AND
POSSIBILITIES OF THE ELECTRONIC SCHEDULE IN SOLVING ISSUES RELATED
TO PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS //Modern Science and Research. – 2024. –
Т. 3. – №. 5. – С. 1115-1123.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

58

12.

Kazoqov R. T., Axatov L. K. SPORT TOMOSHASINING ESTETIKASI. – 2024.

13.

Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER"
MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.

14.

Umarov D. X. et al. NATIONAL MOVEMENT FOR THE DEVELOPMENT OF
PRIMARY CLASS STUDENTS'PHYSICAL PREPARATION USING GAMES //Modern
Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 732-741.

15.

Umarov D. X. et al. THE EFFECTIVENESS OF USING A SET OF SPECIAL EXERCISES
IN ANNUAL PREPARATION TRAINING OF SHORT-DISTANCE RUNNERS //Modern
Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 742-753.

16.

Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER"
MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.

17.

Turopovich K. R., Rixsibayevna D. S. ENHANCING ENGLISH LANGUAGE LEARNING
THROUGH PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES. – 2024.

18.

Kazakov R. T. et al. MULTIMEDIA SYSTEMS AND DISTANCE LEARNING
TECHNIQUES IN SPORTS SOX //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9.
– С. 99-105.

19.

Казоқов Р. Т. и др. МАМЛАКАТИМИЗ ЯНАДА ЮКСАЛИШИДА БОЛАЛАР
СПОРТИНИНГ ЎРНИ //Академические исследования в современной науке. – 2023. –
Т. 2. – №. 9. – С. 5-11.

20.

Казоқов Р. Т. и др. ПЕДАГОГИКА ОЛИЙ ТАЪЛИМДА КЕЙС-СТАДИ ТАЪЛИМ
ТЕХНОЛОГИЯСИ АСОСИДА ПЕДАГОГИК МАҲОРАТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ
ЮЗАСИДАН ТАЖРИБА-СИНОВ ИШЛАРИНИНГ НАТИЖАЛАРИ //Академические
исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 111-115.

21.

Казоқов Р. Т. Кейс стади технологияларидан фойдаланиб талабаларнинг масофавий
таълим технологиялари асосида педагогик маҳоратини шакллантириш //Замонавий
футболни ривожлантириш тенденциялари: муаммо ва ечимлари. – Т. 11. – №. 1.

22.

Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER"
MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.

23.

Murod o'g'li P. D. MAMLAKATIMIZDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI. – 2023.

24.

Achilov O. H. TO INCREASE THE INTEREST OF ELEMENTARY SCHOOL
STUDENTS IN SPORTS AND TO MAKE THEM REGULARLY ENGAGE IN SPORTS
//Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 1. – С. 218-220.

25.

OʻGʻLi S. O. S., Nurullayev A. Q. THE ORIGIN AND DEVELOPMENT OF ATHLETICS
//BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. –
2022. – Т. 2. – №. 3. – С. 10-15.

26.

O‘lmasbek S. MIDDLE LONG DISTANCE RUNNING //BOSHQARUV VA ETIKA
QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 3. – С. 10-12.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

59

27.

Nurullayev A. Q., Ogli S. U. S. JUDO ACHIEVEMENT AT THE 2021 SPORTS
COMPETITION AT THE UNIVERSITY //Galaxy International Interdisciplinary Research
Journal. – 2022. – Т. 10. – №. 2. – С. 234-236.

28.

Umarov D. X. et al. THE EFFECTIVENESS OF USING A SET OF SPECIAL EXERCISES
IN ANNUAL PREPARATION TRAINING OF SHORT-DISTANCE RUNNERS //Modern
Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 742-753.

29.

Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER"
MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.

30.

Boltayeva I. T., Tashnazarov D. Y., Kazaqov R. T. TECHNICAL-TACTICS OF 13-14-
YEAR-OLD FOOTBALL PLAYERS EFFICIENCY OF EDUCATIONAL ACTIONS
//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 91-98.

31.

Сафаров Ў. К ВОПРОСАМ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ
ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ВУЗОВ НА ОСНОВЕ СИСТЕМНОГО АНАЛИЗА И
СТРАТЕГИЧЕСКОГО МЕНЕДЖМЕНТА //Modern Science and Research. – 2024. – Т.
3. – №. 6.

32.

Сафаров Ў. МАМЛАКАТИМИЗДА ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ СОҲАСИДА
ДАВЛАТ-ХУСУСИЙ ШЕРИКЛИК АСОСЛАРИ //Modern Science and Research. –
2024. – Т. 3. – №. 6.

33.

Сафаров Ў. СПОРТ СОҲАСИДА САМАРАЛИ БОШҚАРИШ ТИЗИМИНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.

34.

Сафаров Ў. РОЛЬ СПОРТИВНОГО МЕНЕДЖМЕНТА В СОВРЕМЕННОЙ
СПОРТИВНОЙ ИНДУСТРИИ УЗБЕКСКОЙ РЕСПУБЛИКИ //Modern Science and
Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.

35.

Safarov

O. O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SPORT MARKETINGINI

RIVOJLANTIRISH YO ‘LLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.

36.

Murod o'g'li P. D. MAMLAKATIMIZDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI. – 2023.


References

Балтаева И. Т. и др. USE OF VIRTUAL LABORATORIES TO CONDUCT FOOTBALL TRAINING //MODERN SCIENCE AND RESEARCH. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 709-718.

Jumayev U. X., Kazoqov R. T., Abdusalomov I. K. QUANTITATIVE EVALUATION OF QUALITY INDICATORS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 229-240.

Qutlimurotov I. X. et al. THE PROCESS OF ORGANIZING EDUCATIONAL ACTIVITIES OF STUDENTS AND MASTERING PERSONAL PROFESSIONAL KNOWLEDGE //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 869-879.

Солиев И. Р. и др. МОРФО-ФУНКЦИОНАЛ ВА АНТРОПОГЕНЕТИК ТАДҚИҚОТ НАТИЖАЛАРГА КЎРА ФУТБОЛЧИЛАРНИНГ ИШЧАНЛИК НАТИЖАЛАРИНИ БАШОРАТ ҚИЛИШ //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.

Тажибаев С. С. и др. ЖАХОН ЧЕМПИОНАТИ 2022 ЙИЛГИ ФУТБОЛЧИЛАР АНТРОПОМЕТРИК ЎЛЧАМЛАРИ ВА ТЕЗЛИК СИФАТИ ОРАСИДАГИ КОРРЕЛЯЦИЯНИ ЎРГАНИШ //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.

Тажибаев С. С. и др. 13-14 ЁШЛИ ФУТБОЛЧИЛАРНИНГ ТЕХНИК-ТАКТИК ҲАРАКАТЛАРИНИ ТАРБИЯЛАШ САМАРАДОРЛИГИ //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.

Boltayeva I. T. et al. PERIODS OF PRODUCTION EDUCATION. THE PERIOD OF INITIATION, PREPARATION, ACQUISITION AND COMPLETION OF THE PROFESSION //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 561-569.

Ganieva M. et al. THE UNITY OF TECHNIQUE, TACTICS AND STRATEGY IN TABLE TENNIS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 1175-1183.

Usmonova S. H., Akmurodov M., Kazokov R. THE INFLUENCE OF TEMPERAMENT ON THE CHOICE OF SPORTS ACTIVITIES //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 63-70.

Umaraliyeva F. T., Kazoqov R. Т. THE ROLE OF SPORTSWOMEN IN THE DEVELOPMENT OF SOCIETY AND IN THE DEVELOPMENT OF SPORTS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 1124-1131.

Mustafayeva N. A., Kazoqov R. T. USING THE MAIN CHARACTERISTICS AND POSSIBILITIES OF THE ELECTRONIC SCHEDULE IN SOLVING ISSUES RELATED TO PHYSICAL EDUCATION AND SPORTS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 1115-1123.

Kazoqov R. T., Axatov L. K. SPORT TOMOSHASINING ESTETIKASI. – 2024.

Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER" MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.

Umarov D. X. et al. NATIONAL MOVEMENT FOR THE DEVELOPMENT OF PRIMARY CLASS STUDENTS'PHYSICAL PREPARATION USING GAMES //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 732-741.

Umarov D. X. et al. THE EFFECTIVENESS OF USING A SET OF SPECIAL EXERCISES IN ANNUAL PREPARATION TRAINING OF SHORT-DISTANCE RUNNERS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 742-753.

Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER" MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.

Turopovich K. R., Rixsibayevna D. S. ENHANCING ENGLISH LANGUAGE LEARNING THROUGH PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES. – 2024.

Kazakov R. T. et al. MULTIMEDIA SYSTEMS AND DISTANCE LEARNING TECHNIQUES IN SPORTS SOX //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 99-105.

Казоқов Р. Т. и др. МАМЛАКАТИМИЗ ЯНАДА ЮКСАЛИШИДА БОЛАЛАР СПОРТИНИНГ ЎРНИ //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 5-11.

Казоқов Р. Т. и др. ПЕДАГОГИКА ОЛИЙ ТАЪЛИМДА КЕЙС-СТАДИ ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯСИ АСОСИДА ПЕДАГОГИК МАҲОРАТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ЮЗАСИДАН ТАЖРИБА-СИНОВ ИШЛАРИНИНГ НАТИЖАЛАРИ //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 111-115.

Казоқов Р. Т. Кейс стади технологияларидан фойдаланиб талабаларнинг масофавий таълим технологиялари асосида педагогик маҳоратини шакллантириш //Замонавий футболни ривожлантириш тенденциялари: муаммо ва ечимлари. – Т. 11. – №. 1.

Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER" MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.

Murod o'g'li P. D. MAMLAKATIMIZDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI. – 2023.

Achilov O. H. TO INCREASE THE INTEREST OF ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS IN SPORTS AND TO MAKE THEM REGULARLY ENGAGE IN SPORTS //Educational Research in Universal Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 1. – С. 218-220.

OʻGʻLi S. O. S., Nurullayev A. Q. THE ORIGIN AND DEVELOPMENT OF ATHLETICS //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 3. – С. 10-15.

O‘lmasbek S. MIDDLE LONG DISTANCE RUNNING //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 3. – С. 10-12.

Nurullayev A. Q., Ogli S. U. S. JUDO ACHIEVEMENT AT THE 2021 SPORTS COMPETITION AT THE UNIVERSITY //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2022. – Т. 10. – №. 2. – С. 234-236.

Umarov D. X. et al. THE EFFECTIVENESS OF USING A SET OF SPECIAL EXERCISES IN ANNUAL PREPARATION TRAINING OF SHORT-DISTANCE RUNNERS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 742-753.

Jumayev U. X. et al. " PEDAGOGICAL EDUCATION INNOVATION CLUSTER" MEANS COMMON GOALS AND SPECIFIC INTERESTS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 2. – С. 552-560.

Boltayeva I. T., Tashnazarov D. Y., Kazaqov R. T. TECHNICAL-TACTICS OF 13-14-YEAR-OLD FOOTBALL PLAYERS EFFICIENCY OF EDUCATIONAL ACTIONS //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 91-98.

Сафаров Ў. К ВОПРОСАМ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ВУЗОВ НА ОСНОВЕ СИСТЕМНОГО АНАЛИЗА И СТРАТЕГИЧЕСКОГО МЕНЕДЖМЕНТА //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.

Сафаров Ў. МАМЛАКАТИМИЗДА ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ СОҲАСИДА ДАВЛАТ-ХУСУСИЙ ШЕРИКЛИК АСОСЛАРИ //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.

Сафаров Ў. СПОРТ СОҲАСИДА САМАРАЛИ БОШҚАРИШ ТИЗИМИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.

Сафаров Ў. РОЛЬ СПОРТИВНОГО МЕНЕДЖМЕНТА В СОВРЕМЕННОЙ СПОРТИВНОЙ ИНДУСТРИИ УЗБЕКСКОЙ РЕСПУБЛИКИ //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.

Safarov O. O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SPORT MARKETINGINI RIVOJLANTIRISH YO ‘LLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 6.

Murod o'g'li P. D. MAMLAKATIMIZDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI. – 2023.