СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРАКТИКИ ФИНАНСИРОВАНИЯ БИЗНЕС-ПРОЕКТОВ

Аннотация

В статье представлены комментарии по совершенствованию практики финансирования бизнес-проектов. Обоснована важность бизнес-проектов для предприятий малого бизнеса. Важным элементом является финансовая реализация проектов на предприятиях малого бизнеса.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Собиров A. (2024). СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРАКТИКИ ФИНАНСИРОВАНИЯ БИЗНЕС-ПРОЕКТОВ. Современная наука и исследования, 3(8), 15–17. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/37974
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье представлены комментарии по совершенствованию практики финансирования бизнес-проектов. Обоснована важность бизнес-проектов для предприятий малого бизнеса. Важным элементом является финансовая реализация проектов на предприятиях малого бизнеса.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

15

BIZNES LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH AMALIYOTINI

TAKOMILLASHTIRISH

Sobirov Akram Mahmudovich

Bank-moliya akademiyasi

Loyiha boshqaruvi mutaxassisligi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13729928

Annotatsiya. Ushbu maqolada biznes loyihalarini moliyalashtirish amaliyotini

takomillashtirish xususida mulohazalar berilgan. Biznes loyihalarini kichik biznes korxonalari

uchun ahamiyati xususida asoslar berilgan. Kichik biznes korxonalarida loyihalarni moliyaviy

tarzda amalga oshirish muhim unsur hisoblanadi.

Kalit so‘zlar: biznes, loyiha, loyihalarni moliyalashtirish, moliyalashtirish amaliyoti,

biznes treninglari.

IMPROVING THE PRACTICE OF FINANCING BUSINESS PROJECTS

Abstract. This article provides comments on improving the practice of financing business

projects. Reasons are given for the importance of business projects for small business enterprises.

Financial implementation of projects in small business enterprises is an important element.

Keywords: business, project, project financing, financing practice, business training.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРАКТИКИ ФИНАНСИРОВАНИЯ БИЗНЕС-

ПРОЕКТОВ

Аннотация. В статье представлены комментарии по совершенствованию

практики финансирования бизнес-проектов. Обоснована важность бизнес-проектов для

предприятий малого бизнеса. Важным элементом является финансовая реализация

проектов на предприятиях малого бизнеса.

Ключевые слова: бизнес, проект, проектное финансирование, практика

финансирования, бизнес-тренинг.

Bugun biznes loyihalari, tadbirkorlik, turli xil biznes korxonalari O‘zbekiston Respublikasi

taraqqiyotining ajralmas bir kuchiga aylandi desak, hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Iqtisodiyotni

modernizatsiya qilayotgan jamiyatimizda kichik biznesga, kichik biznes tashkilotlariga e’tibor

juda katta. Iqtisodiy tarmoqlarning tamal negizida ularning ishlab chiqarish jarayonini

mexanizatsiya qilish, ularni texnik va texnologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash, respublikada kichik

biznes korxonalarining investitsion bazasini yo‘lga qo‘yish va uni yanada takomillashtirish uchun

ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

16

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Agar jamiyat hayotining tanasi

iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror

qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan

kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan

kuchli ma’naviyat.”

Darhaqiqat, bozor tamoyillariga asoslangan, kuchli iqtisodiyot ustun bo‘lgan bu jamiyatda

kichik biznes korxonlarining o‘rni beqiyosidir. Ular jamiyatning ajralmas bir qismidir.

Kichik biznes subyektlarida ish faoliyatini tartibga solish, ularni qo‘llab-quvvatlash,

investetsiyaga jalb qilish uchun turli xil qonun-hujjatlar qabul qilinmoqda.

Ularda jamiyat talablariga to‘la mos keladigan normalar asosida qurilgan biznes

subyektlari to‘g‘risida ma’lumotlar, tavsiyalar, ko‘nikmalar berib boriladi. Bular:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kichik biznes va xususiy

tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirish Respublika koordinatsion kengashining faoliyatini

takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 17-fevralda №57-sonli Qarori qabul qilindi.

2.

1999-yilda qabul qilingan “Kichik biznes subyektlarida investitsiya bozorining

shakllanishi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi.

3.

1994-yilning 5-mayida O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari va chet

el investorlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi yangi Qonun.

4.

1996-yil noyabrida “Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga beriladigan

qo‘shimcha omillar va imtiyozlar to‘g‘risida”gi Farmoni.

Bozor iqtisodiyotining alohida ajralmas bir qismiga aylangan bu kichik biznes korxonalari

bu tadbirkorlik faoliyatining ajralmas bir qismi sifatida iqtisodiy atamalar, terminlar qatoridan

o‘rin olgan. Bu kichik biznes korxonasi tushunchasi bozor muhitining shakllanishi, uning ilk

negizlarini yaratishda, korxona faoliyati muhitini rivojlantirishda alohida ahamiyatga egadir.

Biz, avvalo, kichik biznes korxonalari qanday korxonalar tushunchasiga to‘xtalib

o‘tishimiz lozim. Chunki biz bu atamaning mohiyatini bilmasdan turib kichik biznes korxonalarida

qanday faoliyat yuritish, faoliyatda qanday kamchiliklarga yo‘l qo‘yishini bilib bo‘lmaydi.

Kichik biznes korxonalari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar sirasiga

kirib, unda faoliyat yuritayotgan hodimlar soni qonun-hujjatlari asosida belgilanib qo‘yiladi. Bu

degani, ishlab chiqaruvchi hodimlar miqdori chegaradan oshib ketmasligi kerak.

Kichik biznes subyektlari turli xil tashkilot va korxona, turli xil insonlar tomonidan amalga

oshiriladi. Bular har qanday vakolatga ega fuqaro, ularning oila a’zolari, ularga taaluqli bo‘lgan


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

17

fuqarolardir. Davlat, ijara, hissadorlik jamiyatlari, turli qo‘shma korxonalar, turli xil idora-

tashkilotlar asosida amalga oshiriladi.

Qonun-hujjatlariga asosan, shuni aytishimiz mumkinki, monopoliyaga qarshi idoralarning

qaroriga ko‘ra kichik korxonalar turli tadbirkorlik subyektlari orqali majburan tashkil qilish

mumkin.

Bilasizki, kichik subyekt korxonalarining asosiy maqsadi, avvalo, xalq uchun zarur bo‘lgan

barcha ishlab chiqarish mahsulotlarini ishlab chiqarishdir. Kichik biznes korxonalari har qanday

shakllar asosida turli xil xalq xo‘jaligi asosida tashkil qilinaveradi.

REFERENCES

1.

Lusch, R.F and Vargo, S.L. (2006) “Service-Dominant Logic: Reactions, Reflections and

Refinements”, Marketing Theory 6(3).

2.

Remi Mencarelli, Amaud Riviere. Perceived value in B2B and B2C: A comparative

approach and cross-fertilization. Marketing Theory, SAGE Publications, 2015, 15 (2).

3.

Lindgreen, A and Wynstra, F. (2005) “Value m Business Markets: What Do We Know?

Where Are We Going”, Industrial Marketing Management 34(7).

2.

Cova, B. and Salle, R, (2008a) “The Industrial/Consumer Marketing Dichotomy Revisited:

A Case of Outdated”.

3.

Z.A. Xakimov., N.N. Shamsiyeva. B2B MARKETING. Toshkent. O‘quv qo‘llanma. 2021.

4.

Florian v. Wangenheim & Tomas Bayon. The chain from customer satisfaction via word-

of-mouth referrals to new customer acquisition. Journal o f the Academy of Marketing

Science. Published online: 27 April 2007 # Academy o f Marketing Science 2007. Манба.

http.//web.b.ebscohost.com/ehost.

Библиографические ссылки

Lusch, R.F and Vargo, S.L. (2006) “Service-Dominant Logic: Reactions, Reflections and Refinements”, Marketing Theory 6(3).

Remi Mencarelli, Amaud Riviere. Perceived value in B2B and B2C: A comparative approach and cross-fertilization. Marketing Theory, SAGE Publications, 2015, 15 (2).

Lindgreen, A and Wynstra, F. (2005) “Value m Business Markets: What Do We Know? Where Are We Going”, Industrial Marketing Management 34(7).

Cova, B. and Salle, R, (2008a) “The Industrial/Consumer Marketing Dichotomy Revisited: A Case of Outdated”.

Z.A. Xakimov., N.N. Shamsiyeva. B2B MARKETING. Toshkent. O‘quv qo‘llanma. 2021.

Florian v. Wangenheim & Tomas Bayon. The chain from customer satisfaction via word-of-mouth referrals to new customer acquisition. Journal o f the Academy of Marketing Science. Published online: 27 April 2007 # Academy o f Marketing Science 2007. Манба. http.//web.b.ebscohost.com/ehost.