Authors

  • Akram Sobirov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.37811

Keywords:

business finance financial resources internal source of financing external source of financing.

Abstract

The article discusses the sources of financial resources of business projects and their analysis.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

86

BIZNES LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH MANBALARI TAHLILI

Sobirov Akram Maxmudovich

Bank-moliya akademiyasi

Loyiha boshqaruvi mutahassisligi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13730006

Annotatsiya. Maqolada biznes loyihalarining moliyaviy resurs manbalari va ularning

tahlili to‘g‘risida fikr yuritilgan.

Kalit so’zlar: tadbirkorlik moliyasi, moliyaviy resurslar, moliyalashning ichki manbai,

moliyalashning tashqi manbai.

ANALYSIS OF SOURCES OF FUNDING FOR BUSINESS PROJECTS

Abstract. The article discusses the sources of financial resources of business projects and

their analysis.

Key words: business finance, financial resources, internal source of financing, external

source of financing.

АНАЛИЗ ИСТОЧНИКОВ ФИНАНСИРОВАНИЯ БИЗНЕС-ПРОЕКТОВ

Аннотация. В статье рассматриваются источники финансовых ресурсов бизнес-

проектов и их анализ.

Ключевые слова: финансирование бизнеса, финансовые ресурсы, внутренний

источник финансирования, внешний источник финансирования.


Jahondagi rivojlangan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda

biznes korxonalarini rivojlantirish muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, kichik biznes korxonalarini
rivojlashtirishda investitsiyalarni jalb etish orqali yuqori samaradorlikka erishgan, eng ilg‘or
tajribalarga asoslangan AQSH, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Kanada,
Norvegiya, Niderlandiya, Gonkong, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa bir qator davlatlarda
bu borada ijobiy holatlar kuzatilgan. Shuningdek, “jahon tajribasida kichik biznes korxonalarining
investitsiyasiz juda sekin rivojlanayotganligi ham barchaga ma’lum”.

Shunday ekan, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida kichik biznes korxonalariga

investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2022 yil 28 yanvarda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
Taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni qabul qilinib, ushbu Farmonning III.
“Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” bo‘limidagi 29-
maqsadida: “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish
uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va
eksportdagi ulushini 60 foizga etkazish” o‘z aksini topgan.

Ushbu maqsadga erishishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish belgilab qo‘yilgan:

Har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqoti”ni

o‘tkazish;

Hududlarda 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar tizimini

rivojlantirish. SHaroiti og‘ir bo‘lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay
shart-sharoitlar yaratish; Ilg‘or xorijiy tajriba asosida faktoring amaliyotini rivojlantirish.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

87

2026 yilga borib tadbirkorlik sub’ektlariga soliq yuklamasini yalpi ichki mahsulotning

27,5 foizidan 25 foizi darajasiga kamaytirish;

Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish

bo‘yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish;

Tadbirkorlik sub’ektlari o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur ma’lumotlarni erkin

foydalanishga chiqarish. Qurilish faoliyatida qurilish nuqsonlari yoki muammolarining oldini
olish;

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo‘l ochish.

Iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish. 2021 yilda

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 98,9 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va
dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 6,1 foizga ko‘p demakdir. Eng
ko‘p kichik korxona va mikrofirmalar savdo sohasida (38,9 %), sanoat sohasida (19,5 %), qishloq,
o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida (11,8 %), qurilish sohasida (6,4 %) tashkil etilgan.

Ammo faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning soni 2021 yilda o‘tgan

yilga nisbatan ko‘paygan bo‘lsada, YAIMda kichik tadbirkorlik ulushi - 0,6 (2020 y.- 55,5%; 2021
y. - 54,9 %) foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, sanoat (- 0,9%), qurilish (-0,1%), savdo (-0,2%),
xizmat ko‘rsatish (-0,7%), yuk tashish (- 2,2%), yuk aylanmasi (-2,4%), yo‘lovchi tashish (-0,7%)
va boshqa sohalarda o‘tgan yilgiga nisbatan kamaygan.

Bu esa, o‘z navbatida, kichik biznes korxonalariga investitsiyalarni jalb etish yordamida

ularni rivojlantirishni talab etadi. Moliya xo‘jalik jarayonlariga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan vosita
bo‘lib, bir tomondan, tadbirkorlik sub’ektlari va ikkinchi tomondan, davlat organlari, idoralari va
muassasalari hamda boshqa korxona va tashkilotlar, jismoniy shaxslarning iqtisodiy manfaatlarini
muvofiqlashtirish va ular o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda katta rol o‘ynaydi.

Tadbirkorlikning moliyaviy resurslari uning pul mablag‘laridir. Tadbirkorlik faoliyatida

xilma-xil va murakkab o‘zaro iqtisodiy aloqalar pul mablag‘lari yordamida amalga oshiriladi.

Pul mablag‘lari vositasida takror ishlab chiqarishning bir fazasidan boshqa fazasiga o‘tiladi

hamda maqsadli jamg‘armalar shakllantiriladi. Bular ishlab chiqarish va umuman. tadbirkorlik
faoliyatini uzluksiz yuritish va kengaytirish garovi bo‘lib xizmat qiladi.

Tadbirkorlik faoliyatini moliyalash deganda uni pul mablag‘lari bilan ta’minlash

tushuniladi. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalash ikki xil manbadan - ichki va tashqi manbalardan
amalga oshiriladi.

1-chizma. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalash manbalari


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

88

Moliyalashning ichki manbai bo‘lib:
- tadbirkorlik sub’ektining o‘z mablag‘lari;
- nizom sarmoyasi tarkibidagi pul mablag‘lari;
- faoliyatdan olinadigan foyda; - amortizatsiya jamg‘armasi;
- tekinga berilgan mablag‘lar kiradi.
Tadbirkorlik sub’ekti yuridik shaxs ko‘rinishida tashkil etilganda nizom sarmoyasi

shakllantiriladi. Bu sarmoyaning hammasi yoki bir qismi pul mablag‘lari bo‘lishi mumkin.

Mazkur mablag‘lar nizomda belgilangan miqdorda shakllantiriladi va asosiy vositalar sotib

olish, aylanma mablag‘larni shakllantirish uchun ishlatiladi, ya’ni ishlab chiqarish vositalariga
joylashtiriladi.

Tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijasi foyda bo‘lib, u foydadan to‘lanadigan

majburiy to‘lovlarni amalga oshirish, ayrim qarzlarni qaytarish va faoliyatni rivojlantirish uchun
ishlatiladi. Amortizatsiya jamg‘armasi mablag‘laridan asosiy vositalarni qurish, sotib olish,
tahmirlash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun foydalaniladi.

Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashning tashqi manbalariga:
- kreditorlar;
- investorlar;
- ijarachilar;
- sug‘urta;
- lizing va boshqa tuzilmalar kiradi.
Kerakli resurslar tashqi manbalardan turli tijorat shartlari asosida jalb qilinib ishlatiladi,

ayrimlari sotib olinadi (xomashyo, materiallar, energiya va suv resurslari, yoqilg‘i-moylash
materiallari, texnika, texnologiya); ayrimlari ijaraga va lizingga olinadi (asosiy vositalar, er);
ayrimlari esa qarzga yoki kreditga olinadi (moliyaviy resurslar).

Bunday resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanishning tadbirkor uchun muhim jihatlari

quyidagilar hisoblanadi:

a) resurslarning har bir turiga nisbatan o‘z ehtiyojini to‘g‘ri aniqlash;
b) samarali manbalarni tanlash;
v) o‘ziga ma’qul shakllarda va shartlarda olish;
g) zamonaviy ilg‘or variantlarini tanlash;
d) ta’minotning uzluksizligi va davomiyligiga erishish;
e) ulardan o‘z faoliyatida samarali foydalanish.
Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashning tashqi manbalaridan tijorat banklari va kredit

uyushmalari katta rol o‘ynaydi.

Moliyaviy ta’minlashning imkonli manbalari quyidagilardir: - tijorat banklari; - moliyaviy

kompaniyalar; - investitsion kompaniyalar; - investitsion fondlar; - kredit uyushmalari; -
xaridorlar; - mahsulot beruvchilar; - do‘st va tanishlar; - xayriya tashkilotlari; - transkompaniyalar
va banklarning trast bo‘linmalari; - davlat, xalqaro va jamiyat tashkiloti va idoralar, kichik biznesni
qo‘llab-quvvatlash dasturida ishtirok etuvchilar (ularning markaziy va mahalliy idoralari); -
ishlovchilar; - dastgoh ishlab chiqaruvchilar; - sug‘urta kompaniyalari; - nafaqa fondlari; - xususiy
investorlar; - moliyaviy maslahatchilar.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

89

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli
Farmoni.

2.

Xasanova G.D. O’zbekistonning investitsiya siyosati (Buxoro viloyati misolida). Научный
журнал “Интернаука”. Часть 2. Москва. 2019. № 9 (91). С.27-29.

3.

G‘ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. T., 2002 yil.

4.

Aripov O.А. Xоrijiy mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi. –
Т.: “Namangan” nashriyoti, 2018. – 213 b.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni.

Xasanova G.D. O’zbekistonning investitsiya siyosati (Buxoro viloyati misolida). Научный журнал “Интернаука”. Часть 2. Москва. 2019. № 9 (91). С.27-29.

G‘ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. T., 2002 yil.

Aripov O.А. Xоrijiy mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi. – Т.: “Namangan” nashriyoti, 2018. – 213 b.