2024
SEPTEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 7
81
MAROSIM FOLKLORIDA MAVSUMIY MAROSIMLARNING O‘RNI
Nasriddinova Feruza Abduvoxidxo‘jayevna
Namangan davlat pedagogika instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13879986
Kalit soʻzlar:
marosim folklori, mavsumiy marosimlar, xalq ijodi, oilaviy marosimlar,
“Boychechak” marosimi, Navro‘z bayrami, madaniyat.
РОЛЬ СЕЗОННЫХ ЦЕРЕМОНИИ В ЦЕРЕМОНИАЛЬНОМ ФОЛЬКЛЕРЕ
Аннотация.
В данной статье на примере весенних обрядов подробно анализируется
фольклор обрядов в общественной жизни, в частности, научно-теоретическое значение
сезонных обрядов.
Ключевые слова:
обрядовый фольклор, сезонные обряды, народное искусство,
семейные обряды, обряд «Бойчечак», праздник Навруз, культура.
ROLE OF SEASONAL CEREMONIES IN CEREMONIAL FOLKLORE
Abstract
. In this article, the folklore of rituals in social life, in particular, the scientific-
theoretical significance of seasonal rituals, is thoroughly analyzed on the example of spring
rituals.
Key words:
ritual folklore, seasonal rituals, folk art, family rituals, "Boychechak"
ceremony, Navroz holiday, culture.
Marosim folklorining janrlar tarkibini, ularning marosim tizimidagi o‘rni va vazifasini
aniqlash, mavsumiy marosimlar, xususan Navro‘z bayrami, Boychechak marosimi bilan bog‘liq
folklor namunalarining genezisi va badiiy xususiyatlarini ochish marosim tizimi va folklorining
mazmunini anglashda, tadqiq etishda muhim ahamiyatga ega. Xalq lirikasining marosimdan
ajralgan janrlari evolyusiyasi va o‘ziga xos namayon bo‘lish yo‘llari bu janrlarni qiyosan tadqiq
etish orqali amalga oshadi. Folklorshunoslikda marosim folklori janrlarini ikki katta guruhga
ajratish an'anasi mavjud. Bu turlar quyidagi ko‘rinishga ega: 1) mavsumiy marosimlar folklori. 2)
oilaviy marosimlar folklori.
Mavsumiy marosimlar yil mavsumlarining almashinuvi avvali va oxiri, ma'lum bir xo‘jalik
turlarining boshlanib yakun topishi, ob-havo bilan bog‘liq mavsumiy marosimlarni o‘z ichiga
oladi. Mavsumiy marosimlarning aniq vaqti, belgilangan o‘tish muddatlari mavjud va ular bir oila
yoki jamoaga tegishli bo‘lmay butun xalq ommasiga tegishlidir.
2024
SEPTEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 7
82
O‘zbek mavsumiy marosimlarining boshlanishi bevosita Navro‘z bayrami bilan aloqador.
Navro‘z yangi yil, yilboshi deb ham yuritiladi. Ya'ni qish va yoz (ikki qutb)ning o‘zaro kurashuvi,
qish tomonning yengilib, chekinishi natijasida kirib keladi, degan dualistik qarash ushbu
marosimda eng tayanch tasavvur hisoblanadi. Navro‘zni kutib olish, tantana qilish jarayonida
o‘tuvchi barcha marosim xalqalarida ana shu kurashni tasvirlashga, ifodalashga yo‘naltirilgan.
Respublikamizning bir qator viloyatlarida turli shakl-ko‘rinishlarda hozirgacha amal qilib
kelayotgan “Boychechak” marosimi yangilanish, yasharish bahor faslining darakchisi, Navro‘z
ayyomining boshlanishi hisoblanadi.
Marosimni nisbatan to‘laroq xalqalarini Namangan viloyatining Chortoq tumani hududida
kuzatish mumkin. Bu yerda bolalar erta ko‘klam boychechakni topib, bir guruh bo‘lib, jo‘raboshi
yetagida xonadonma-xonadon kezib chiqishadi. Boychechakchilar har bir xonadon darvoza oldida
to‘xtaganda, jo‘raboshi ushbu qo‘shiqni kuylaydi:
– Boychechak aytib keldik eshigingizga,
Xudoim o‘g‘il bersin beshigingizga, –
Guruh esa:
– Bota, bota-bo, boychechak,
Uyingizga choch tilla.
Iloyim o‘g‘il bersin,
Otginasi Rahmatilla,
Uy egasi ko‘rinish berganda:
– O‘tirib chiqing,
O‘tirib chiqing,
Yog‘och tovoqni to‘ldirib chiqing, [1.]
deydilar.
Xonadon sohibi jo‘raboshi tutib turgan boychechakni ko‘rib, tavof qilib, himmatiga
yarasha ul-bul boychechakchilarga beradi. Uy egasi xasislik qilib hech narsa bermasa,
boychechakchilar:
0
O‘qim, o‘qim,
Qozoningga ...! –[2.]
deb yomon tilak bildiradi.
Qadimda o‘tgan “Boychechak” marosimida qish va ko‘klamning kurashini ifodalovchi
sahnalar bo‘lgan. Boychechak tutgan jo‘raboshi ko‘klam siymosida o‘z sheriklari – aniqrog‘i,
jangchilari bilan xonadonma-xonadon yurib qishni haydagan. Qish siymosi va jangchilarini
2024
SEPTEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 7
83
ifodalovchi tomon qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Bir-bir chekinib xonadonlarni va nihoyat butun
qishloqni tark etgan. Qish va ko‘klam o‘rtasidagi asosiy kurash katta dalada bo‘lgan. Bunda qish
va yoz tomon ramziy jang qilib, aytim-qo‘shiq kuylab bahslashganlar. Xorazmda sumalak sayli
bilan aloqador bo‘lgan “Ashshadarozi” o‘yini va unda aytiluvchi laparning tub asoslarini qish va
yoz munozarasi sifatida baholash o‘rinli. Ushbu laparni marosimdan butkul ajralib sof san'at
namunasiga aylangan versiyasi sifatida Farg‘ona vodiysida keng yoyilgan “Sochingni uzun
deydilar” laparini keltirish mumkin. Ushbu lapar matnida “qish”ning so‘rog‘i va “ko‘klam”ning
javoblari asl mohiyatga yaqin turibdi. Laparda yigit qizning sochi, qoshi, ko‘zi, yuzi, beli, qanday
ekanligini so‘raydi. Qiz esa ko‘klamdagi tabiat tasviri orqali o‘zini ta'rif etadi. Bizning
nazarimizda, “Kichkinajon-kichkina” qo‘shig‘i ushbu aytishuv, bahsning so‘nggi nuqtasi bo‘lgan.
Ya'ni qo‘shiqni kuylab, o‘rtadagi raqqosni ma'lum obrazlarga taqlidan kichrayib borishi
barobarida tariq timsoliga kelishi, buni raqsda ko‘rsatishi ko‘klamning qishni yengib urug‘ (tariq)
holatiga keltirishini ifoda qilgan. Navrо‘z keng omma tomonidan nishonlanadigan umumxalq bay-
ramidir. Bugungi kunda Navrо‘z bilan bog‘liq qо‘shiqlarda yurt ozodligi, ma’naviy
qadriyatlarimizning elga qaytish g‘oyasi tarannum etilmoqda. Navro‘z bayrami qo‘shiqlarida
mehr-oqibat, qut barakaga bo‘lgan buyuk ishonch, mo‘l hosil olish g‘oyasi, el-yurt xotirjamligi
badiiy talqin qilinmoqda.
Bu marosimlar bir tomondan, o‘zbek xalqi qadriyatlarini tarkibining boyligini,
qadimiyligini dalillasa, ikkinchi tomondan, o‘zbeklarning qadim zamonlardan uyushgan millat
ekanini isbotlaydi. Biz yoshlar xalqimiz hayotida o‘tmish ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan
milliy qadryatlarimizni tiklash, davom ettirish, zamonaviy madaniyat va san’at shakillari orqali
ularni xalqning o‘ziga, qolaversa o‘sib kelayotgan yosh avlodlar ma’naviy olamiga singdirish
vazifasini bajarishimiz lozim.
REFERENCES
1.
Yo‘ldosheva S. Nomoddiy madaniy meros va folklor ijrochilik san’ati.-Toshkent: Lesson
Press, 2016.
2.
Turdimov Sh. O‘zbek folklorshunosligining yangilanish tamoyillari.- Toshkent, 2016.
