30-Sentabr, 2024-Yil
4
XII-XIV ASRLARDA O’RTA OSIYODA TARIX ILMINING RIVOJLANISHI
Gʻofurov Abdubannob Abdujabbor oʻgʻli
https://doi.org/10.5281/zenodo.13884153
Annotatsiya. Mazkur tezisda Xorazmning O’rta Osiyoning siyosiy markazi sifatida
yuksalishi hamda Rashididdin asarlarida O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
hayotining aks ettirilishi yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: tarix ilmi, O’rta Osiyo, Rashididdin asarlari, siyosiy markaz.
DEVELOPMENT OF HISTORY SCIENCE IN CENTRAL ASIA IN XII-XIV
CENTURIES
Abstract. In this thesis, the rise of Khorezm as the political center of Central Asia and the
reflection of the socio-economic and political life of the peoples of Central Asia in the works of
Rashididdin are highlighted.
Key words: history, Central Asia, works of Rashiddin, political center.
РАЗВИТИЕ ИСТОРИЧЕСКОЙ НАУКИ В СРЕДНЕЙ АЗИИ В XII-XIV ВЕКАХ
Аннотация. В данной диссертации освещается возникновение Хорезма как
политического центра Средней Азии и отражение социально-экономической и
политической жизни народов Средней Азии в творчестве Рашидиддина.
Ключевые слова: история, Средняя Азия, труды Рашиддина, политический центр.
Qoraxitoylarning 1141-yilgi g’alabasi saljuqiylarni zaiflashtirib tashladi. Saljuqiylar
mag’lubiyatining yana bir omili Xorazmning siyosiy markaz sifatida ko’tarilib chiqqani bo’ldi.
Xorazmni saljuqiylar xukmronligidan ozod etish uchun izchil kurashganlardan biri
Qutbiddin Muhammad Otsizning o’g’li (1127-1156 y.)edi. Otsiz bo’lajak xorazmshohlarning
buyuk davlati asoschisi edi. (Eron saljuqlari XII asr o’rtalaridan boshlab nomigagina hukmron
edilar. 1156-yili Saljuqiylar davlati sultoni Sanjar uch yillik asirlikdan so’ng poytaxt Marega
qaytib keldi va bir yildan so’ng vafot etdi, Uning o’limidan so’ng fors va Ozarbayjonda mustaqil
davlatlar vujudga keldi. Xuroson ham mustaqil davlat bo’lib tanildi. Xalifalikning markazi
Bag’dod o’z hokimiyatini tikladi. Bu jarayon xorazmshohlar mavqeini kuchaytirdi. SHoh
Alovuddin Tekesh (1172-1200 y) qoraxitoylarga soliq berishdan bosh tortdi. U o’lpon yig’ish
uchun Xorazmga kelgan qoraxitoylar elchisini qatl ettirdi. Bir pecha bor bo’lgan janglar natija
bermadi. Faqat 1196 yilgi Xorazm va Bag’dod xalifaligi o’rtasida bo’lgan jang xorazmliklar
g’alabasi bilan tugadi. Biroq, xalifalik dindorlarga suyanardi va shu bois Tekesh jangchilari
yordamida keng hududlarga ta`sirini kuchaytirishga urindi. Lekin, mamlakat ichida o’ziga
30-Sentabr, 2024-Yil
5
mustahkam tayanch topa olmadi. SHunga qaramay, O’rta Osiyo xalqlarining bu davr tarixi
mo’g’ullar bosqini arafasi davri sifatida O’rta Osiyodagi XII asr oxiri XIII asr boshidagi ijtimoiy-
siyosiy va iqtisodiy ahvolni qisqa bo’lsada, yorqin tasvirlaydi.
Tekeshning munshiysi (shaxsiy kotibi) Muhammad Bag’dodiy (At-tasviri ila tarassul»
(Muhim nomalar bitish yo’l-yo’riqlari) asarida o’sha davrdagi ahvolni tasvirlaydi va Xorazmshoh
Tekeshning Sirdaryo viloyati noibi Jaidga topshirig’ini keltiradi. Unda shoh noibiga aholining turli
tabaqalari bilan to’g’ri munosabatlarni quyidagicha o’rnatishni buyuradi:
1.
Sayidlar (Muhammad avlodidan) kamchilik ko’rmasligi, ularning ehtiyoji va
tabarrukligi darajasidan kelib chiqqan holda ta`minlanishlari lozim;
2.
Imom va ulamolar qonunlardan kelib chiqilgani holda sovg’asalom va turli
imtiyozlarga sazovor etilishlari lozim;
3.
Qozi va boshqaruvchilar qonunga rioya etib, adolatni talab qilishlari kerak;
4.
So’fiy va ularga yaqin kishilar shunday ta`min etilsinlarkim, toki ular engilmas
davlatimiz uchun bemalol duo o’qisinlar;
5.
Obro’li oqsoqollarga g’amxo’rlik qilib turish kerak;
6.
Noibga bo’ysunuvchi amaldor va sarkardalarga qat`iy bohchilik qilish, aholini
talamasliklari uchun haqini o’z vaqtida berib turish zarur;
7.
Xudoga ishonuvchilarni qo’llab-quvvatlash va ularga aholinining xulqini kuzatib
yurishni topshirish lozim.
XIII asr oxiri XIV asr boshlarida chingiziylar saroyida yashagan yirik tarixchi olim va
siyosiy arbob Rashididdinning hayoti va ijodi mo’g’ullarning YAqin va Urta SHarq
mamlakatlaridagi hukmronligi davri bilan bog’liqdir. Fazlulloh Abul-Hayr Rashididdin
Hamadoniy 1240-1247 yillar orasida Hamadonda unchalik mashhur bo’lmagan tabib olim
oilasida dunyoga kelgan. U Abakaxon hukmdorligi (1265-1282) davrida davlat xizmatiga kiradi
va g’ozonxon (1295-1296) hukmdorligi davrida saroy tabibi vazifasini egallaydi.
Rashididdin ma`rifatli kishi bo’lib, ko’p tillarni o’rgangan, adabiyot va she`riyat
nafosatini tushunar, tarixiy asarlarni yaxshi bilardi, tibbiyot, handasa va falakiyot ilmlaridan
yaxshi xabardor edi. U ayniqsa ilohiyot ilmi bilimdoni sifatida mashhur edi, Fazlulloh 1298 yili
vazir etib tayinlanadi. U Xulagiy davlatining boshqa vazirlaridan farqli o’laroq, kuchli markaziy
hokimiyatning zaruriyatini chuqur his qilgan hukmdor sifatida aniq siyosiy yo’nalishda ish olib
bordi,
Hukmdor madadidan mahrum bo’lgan Rashididdin 1317 yili iste`fo berdi, bir yildan so’ng
esa dushmanlari uyushtirgan fitna qurboni bo’ldi. U sulton Uljaytuni zaharlashda ayblanib, o’g’li,
30-Sentabr, 2024-Yil
6
sulton soqiysi Ibrohim bilan 1318 yilning 18 iyulida qiynab o’ldirishga, mol-mulki musodara
qilinishga hukm etiladi. Tabrizda ular qurgan, asosan hunarmandlar, muqovachilar, xattotlik va
yozuv qurollari yasovchi ustalar yashaydigan Rashidiy mahallasi buzib tashlanadi. Ammo
tasodifgina uni qatl etilishdan saqlab qoldi, Rashididdin 10 yil o’tgach oqlandi, oilasiga mol-
mulkining bir qismini qaytarishdi. O’g’li G’iyosiddin vazir bo’ldi va otasining siyosiy yo’lini
davom ettirishga urinib ko’rdi. Rashididdin esa Xulagu naslidan bo’lgan Qozonxonning buyrug’i
va taqdir taqozosi bilan tarixchiga aylandi. Keyinchalik shunday asarlar yaratdiki, bu asarlar
uning nomini asrlar osha saqlab qoldi.
«Jome` at-tavorix» bugungi kunda haqli ravishda ko’p mamlakatlarda uzoq hukmronlik
qilgan ko’chmanchi mo’g’ullarning maishiy hayoti va ijtimoiy-siyosiy tarixi bo’yicha eng kuchli
manbalardan biri hisoblanadi. Forscha manbalar ichida bunga teng asar yo’q. «Jome`-at-tavorix»
da boy ma`lumotlar asosida mo’g’ullarning ko’chmanchi turmushi, marosimlari, urf-odati va fe`li,
ma`naviyati, qonunlari haqida yorqin hikoya qilinadi. Rashididdinning bu shoh asarida o’troq
xalqlar hayoti, xo’jalik iqtisodiy turmushi, ko’chmanchi va o’troq turmush tarzlari o’rtasidagi
ziddiyatlar ham o’z ifodasini topgan. «Jome`-at-tavorix» da ko’chmanchi feodallar hukmronligi
ostida qolgan, «asosan o’troq aholili ko’p mamlakatlarning iqtisodiy, xo’jalik va siyosiy tarixiga
oid ancha mufassal ma`lumotlar keltiriladi
Tarixshunoslik jihatdan Rashididdin asarini chuqur o’rgangan kishi rus olimi I. N. Berezin
edi. Bu sharqshunos butun umrini Rashididdin merosini o’rganishga bag’ishladi. I. N. Berezin
fors tilidagi nashrlarning asosiy noshiridir.
U «Jome`-at-tavorix» ning birinchi jildi (CHingizxon hukmdorligi davri tarixi),
shuningdek, «turkiy va mo’g’ul ko’chmanchi qabilalari» tarixini o’z ichiga olgan qismlarining
tarjimoni-dir.
Biroq, I. N. Berezin hayotligi davrida asar qo’lyozmasining eng yaxshi, Toshkent va
Istambul nusxalari ma`lum emas edi va shu bois, ismlar, turkiy-mo’g’ul iboralari, jug’rofiy,
tarixiy toponimik iboralar aniqlashtirishni talab qilardi. SHu bilan birga I, Berezining forscha
matni va ruschaga tarjimasi hozirda ham bibliografik jihatdan nodir hisoblanadi. Buning ustiga
uning nashri to’liq emas edi. Shu bois 1936-yildayoq «Jome`-at-tavorix» forscha matni va ruscha
tarjimasining qayta ko’rib chiqilgan nashrini bosmaga tayyorlay boshladi. 1-139-betlarni prof. A.
Romaskevich, 140-231- betlarni filologiya fanlari nomzodi L. Xechaturov va nihoyat, 232- betdan
asarning oxirigacha bo’lgan qismini etuk sharqshunos, professor A. Alizoda tayyorladi. Yana
shuni ham ta`kidlash lozimki, tanqidiy matn birinchi jildining I va II qismlari hamda ruscha
30-Sentabr, 2024-Yil
7
tarjima matni 1941 yilgachayoq professor A. A. Romaskevich tomonidan oldindan tahrir qilin-
gan edi.
Rashididdin «Jome`-at-tavorix»i elxonlarga bo’ysunuvchi mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy
ahvoliga oid juda ko’p ma`lumotlarni o’z ichiga oladi. Bu sohada XIII-XIV asrning bironta ham
tarixchilik asari u bilan tenglasholmaydi. Uning asaridagi ma`lumotlarga ko’ra, XSH asrdagi
dehqonchilik, erdan foydalanish tartibi, soliqlar va ularni undirish usullari, dehqonlarning
to’lovlari va mamlakatning iqtisodiy ahvoli xususida bemalol fikr, yuritish mumkin.
Mo’g’ullarning O’rta Osiyo, Yaqin va O’rta Sharq va unga tutash mamlakatlardagi
hukmronlik davri manba va tarixshunoslikka juda boy. Bu davrda juda ko’p yirik asarlar yaratildi.
Vardan Kirokatsi, Nasaviy, Juvayniy, Ibn Asir, Hamdulloh Qazviniy, Vassofiylar nomi
juda mashhur edi. Ularning hammasi yoritilayotgan vaqealarning nafaqat guvohi, balki
qatnashchilaridir, shu boisdan ular yaratgan asarlarning o’ziyoq o’sha davrning tarixiy hujjatlari
bo’la oladi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari uchun Mo’g’ul xoni saroylarida yozilgan tarix bilan
O’rta Osiyo, Sharq, Kavkaz orti xalqlari vakillari birinchi navbatda arab, o’rta osiyolik, arman,
suriyalik tarixchilar yozgan tarixni qiyoslash, ovrupolik sayohatchilar va elchilar keltirgan
ma`lumotlar bilan tanishib, xulosalar chiqarish imkoni bor.
Mo’g’ul istilochilari davri manbalarga qanchalik boy bo’lmasin «Jome` at-tavorix» va
«Yozishmalar» ular orasida o’ziga xos alohida markaziy o’rin egallaydi. Rashididdinda tabiblik,
botanik, tarixchi, ilohiyotchi, shoir, davlat arbobi va siyosatchining hislatlari mujassamlashgan
edi. g’ozonxonning topshirig’ini bajarib, u tarixchi sifatida «Yilnomalar majmuasi» ni yaratdi.
«Yozishmalar» da esa Rashididdin qiyofasida buyuk vazirni ko’ramiz, bu yarim shaxsiy, yarim
rasmiy yozishmalar o’zi-o’ziga guvohlik berib turibdi, bu maktublardan o’sha davr rasmiy
tarafdan topilmaydigan ma`lumotlarni topamiz. SHu bilan birga bu ikki asar bir-biri bilan tutash,
ko’p tomonlama bir-birini to’ldiradi.
«Yozishmalar» ko’p manbalarda yo’q ma`lumotlarni beradi va o’sha davr tarixiy
asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy hayotning yo’l-yo’lakay aytib o’tib ketiladigan tomonlari, hodisalari
mohiyatini ochib tashlaydi.
REFERENCES
1.
Saidkulov T.S. O’rta Osiyo xalklari tarixining tarixshunosligidan lavxalar (1-kism) T. 1993 y.
2.
Axmedov B. Tarixdan saboklar T. «Ukituvchi» 1994 y.
3.
Axmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari. T. «Ukituvchi» 2001 y.
