31-oktabr, 2024-yil
8
TURIZM SOHASINI BOSHQARISHNING TASHKILIY TUZILMASI VA
MARKETINGI
Gʻofurov Abdubannob Abdujabbor oʻgʻli
https://doi.org/10.5281/zenodo.13884229
Annotatsiya. Mazkur tezisda xorijdagi turizm sohasi boshqaruvining modellari hamda
O’zbekistonda turizm majmuasini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi haqida so’z boradi.
Shuningdek, tadqiqot davomida turizm xizmatlari sohasida marketingning nazariy
asoslariga ham alohida to’xtalib o’tgan.
Kalit so’zlar: turizm sohasi, turizm majmuasini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi, turizm
xizmatlari.
ORGANIZATIONAL STRUCTURE AND MARKETING OF TOURISM
MANAGEMENT
Abstract. This thesis talks about the models of management of the tourism sector abroad
and the organizational structure of the management of the tourism complex in Uzbekistan. In
addition, during the research, the theoretical foundations of marketing in the field of tourism
services were specially touched upon.
Key words: tourism sector, organizational structure of tourism complex management,
tourism services.
ОРГАНИЗАЦИОННАЯ СТРУКТУРА И МАРКЕТИНГ УПРАВЛЕНИЯ ТУРИЗМОМ
Аннотация. В данной дипломной работе говорится о моделях управления
туристической сферой за рубежом и организационной структуре управления
туристическим комплексом в Узбекистане. Кроме того, в ходе исследования особо были
затронуты теоретические основы маркетинга в сфере туристических услуг.
Ключевые слова: туристический сектор, организационная структура управления
туристическим комплексом, туристические услуги.
Xorijdagi turizm sohasi boshqaruvini tashkil qilishning o’ziga xos xususiyatlarini
o’rganishda davlat boshqaruvining uchta modelini alohida ajratib ko’rsatish mumkin.
Birinchi model markazlashgan davlat ma’muriyatining yo’qligini nazarda tutadi, bunda
barcha masalalar bozor o’z-o’zini tashkil etish tamoyili asosida joylarda hal qilinadi. Ayrim
mamlakatlar hukumatlari ushbu mamlakat turizmi xalqaro bozorda mustahkam o’rin egallagan va
u xorijiy turistlar uchun doimo sirli va jozibali bo’lganida yoki turistik bozor subyektlari nufuzli
mavqeni egallaganda shunday qarorlarni qabul qiladi. Bunday holda turistik bozor subyektlari,
31-oktabr, 2024-yil
9
ya’ni turfirmalar o’z muammolarini davlat ishtirokisiz mustaqil hal qila oladilar va ular butun
milliy bozor manfaatlariga ega va mustaqil reklama aksiyalariga qodir bo’lishganda, shunday
qarorlar qabul qilishi mumkin.
Turizm industriyasining bunday boshqarish modelidan AQSHda foydalanilgan (1997-
yilda AQSHda turizm bilan shug’ullanuvchi VSTTA davlat tizimiga barham berilgan).
Ikkinchi model butun soha faoliyatini nazorat qiluvchi kuchli va nufuzli vazirlikning
bo’lishini taqozo qiladi. Bunday boshqaruvni amalga oshirish uchun ma’lum shart-sharoitlar talab
qilinadi, jumladan, turizm industriyasiga, reklama va marketing faoliyatiga, turistik infratarkibga
katta mablag’lar sarflash lozim bo’ladi. Ushbu model bo’yicha turistik sohani boshqarish Turkiya,
Misr, Tunis kabi turizmga mamlakatga valyuta kirib kelishining asosiy manbalaridan biri sifatida
qaraydigan davlatlarda joriy qilingan.
Uchinchi model Yevropa davlatlarida qo’llanilib, mamlakat turistik faoliyatini
rivojlantirish masalalari ma’lum bir ko’p tarmoqli vazirlik tomonidan hal qilinadi. Masalan,
G’arbiy Yevropada bu faoliyat bilan ko’proq iqtisodiy yo’nalishdagi vazirlik shug’ullanadi. Davlat
boshqaruvining bunday modelining jiddiy xususiyatlaridan yana biri – davlat turizm ma’muriyati
tashkilotlarini ikki toifaga ajratishidir. Birinchi toifadagi tashkilotlar davlat boshqaruvining global
masalalari bilan shug’ullanadi va tarmoq uchun me’yoriy-huquqiy bazani yaratish, statistik
ma’lumotlarni qayta ishlash, mintaqalar faoliyatini muvofiqlashtirish, xalqaro darajadagi
hamkorlik masalalari bilan shug’ullanadi. Ikkinchi toifa tashkilotlar esa marketing tadqiqotlarini
olib boradi. Bu toifadagi tashkilotlar turistik vazirlik tarkibiga kiruvchi yoki unga bo’ysunuvchi,
ammo boshqaruv organi bo’lmagan muassasa hisoblanadi. Xorijda ushbu mamlakat haqida
tasavvurni yaratish uchun zarur bo’lgan barcha faoliyat ularning zimmasida bo’ladi (jumladan,
ko’rgazmalarda
ishtirok
etish,
xorijdagi
turvakolatlarning
boshqaruvi).
Shuningdek,
moliyalashtirishning asosiy ulushi aynan ushbu toifadagi institutlar zimmasiga tushadi.
Bundan tashqari, rivojlangan Yevropa mamlakatlarida davlat boshqaruvidagi turistik
ma’muriyat davlat topshiriqlariga xususiy sektordan moddiy mablag’larni jalb qilish uchun, turli
darajalardagi boshqaruv organlari o’rtasidagi o’zaro foydali hamkorlik shakllarini topish uchun
mahalliy hukumat hamda xususiy biznes vakillari bilan yaqin munosabatda ishlaydi.
Xalqaro turizmning rivojlanish tendensiyalari, turistik sohani tashkil etish uslubi va
tuzilishiga ko’ra, O’zbekiston sharoiti uchun, bizning fikrimizcha, turizm sohasini boshqaruvining
uchinchi modeli ma’qul keladi.
31-oktabr, 2024-yil
10
Mamlakatimizda davlat turistik faoliyatni O’zbekiston iqtisodiyotining yetakchi
tarmoqlaridan biri sifatida e’tirof etib, turistik faoliyatni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlaydi va uni
amalda bajarish uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Milliy iqtisodiyotdagi turizmning o’rnini belgilash va uni boshqarish tizimini
takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2016-yil
2-dekabrdagi O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash
chora-tadbirlari to’g’risida‖gi qabul qilgan Farmoni tarixiy ahamiyatga ega bo’lib, iqtisodiyotda
birinchi marotaba turizm sohasiga strategik sektor maqomini berilishi bilan ajralib turibdi. Bunday
yondashuv turizmni barcha hududlarni va o’zaro bog’liq tarmoqlarni kompleks ravishda jadal
rivojlantirishning yetakchi kuchiga aylanishi lozim bo’lgan iqtisodiyotni diversifikatsiyalash,
tarkibiy o’zgartirish va barqaror rivojlanishning qudratli vositasiga aylantiradi.
Turizm xizmat bozoridagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
•
turizm industriyasini rivojlantirish;
•
fuqarolarning dam olish huquqlarini, sayohat qilishda harakatlanish erkinligini ta’minlash;
•
turistik resurslardan oqilona foydalanish va ularni saqlash;
•
bolalar, yoshlar, nogironlar va aholining kam ta’minlangan qatlamining turizmdan
foydalanish bo’yicha me’yoriy bazasini takomillashtirish;
•
turistik industriyani rivojlantirishga mablag’ jalb qilish;
•
turistik xizmatlar bozorida tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun teng imkoniyatlar
yaratish;
•
turistlar xavfsizligini, ularning huquqlari, qonuniy manfaatlari va mulkiy himoyasini
ta’minlash;
•
turizm sohasining ilmiy ta’minotini tashkil qilish va rivojlantirish;
•
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
•
xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Turizm majmuasi boshqaruv tizimini tashkil etishning mikroiqtisodiyot darajasida turizm
industriyasida ish yuritayotgan turli mulk shakliga ega bo’lgan tashkilotlar, korxonalar va
O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasining viloyatlardagi mintaqaviy
bo’limlari va vakillari faoliyat yuritadi. Turizmni boshqarish tizimini qayta tashkil etish natijasida
yangi va yanada samarali boshqaruv usullari paydo bo’lmoqda, korxonalar hamda turistlarning
huquq va manfaatlari himoyasi kuchaytirilib, turizmni rivojlantirishning maqbul yo’nalish hamda
uslublari aniqlanmoqda. Shubhasiz, turizm sohasida davlat siyosatining muhim qismi uni amalga
oshirish mexanizmini tayyorlashdan iborat. Turizm xizmat bozorining davlat tomonidan
31-oktabr, 2024-yil
11
boshqaruv tarkibining tahlili hozirgi paytda davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning quyidagi
iqtisodiy va ma’muriy mexanizmlari mavjudligini ko’rsatdi:
-
soliq imtiyozlari, subsidiyalar va dotatsiyalar;
-
turizm rivojlanishiga yordam beruvchi va turistik xizmatlar iste’molchisi huquqlarining
himoyasini ta’minlovchi milliy qonunchilik tizimi va me’yoriy aktlar;
-
mamlakatga kirishda va undan chiqishda pasport qaydlari hamda vizaga oid cheklovlarni
kamaytirish;
-
narxlarni turli arzonlashtirish usullarini qo’llash va imtiyozlar berish yo’li bilan
nomavsumiy turizmni rag’batlantirish; - ijtimoiy turizmni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash;
-
turistlar xavfsizligi talablarining kuchaytirilishi;
-
davlat tomonidan atrof-muhitni, madaniy va tarixiy hamda boshqa bir qator turistik
resurslarni saqlash bo’yicha qo’llanilayotgan choralarni kuchaytirish.
O’zbekiston Prezidenti Farmoni asosida 2017-yildan
tugatilgan
«O’zbekturizm» Milliy
kompaniyasi negizida O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi tashkil
etildi va u turizm sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi zimmasiga quyidagi
funksiyalar yuklandi:
-
turizm turoperatorlik faoliyatini litsenziyalash;
-
O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish bo’yicha milliy organi;
-
«O’zstandart» agentligi bilan mustahkam o’zaro hamkorlikda turizm faoliyati subyektlari
tomonidan ko’rsatiladigan turoperatorlik (turizm mahsulotlari) xizmatlari va mehmonxona
xizmatlarini majburiy sertifikatlash, shu jumladan, turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi
mehmonxonalarning (motellarning) tasnifini belgilash;
-
sertifikatlanadigan turizm xizmatlarining normativ hujjatlarda belgilangan majburiy
talablar va standartlarga muvofiqligi bo’yicha inspeksiya nazoratini amalga oshirish.
Bunda O’zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlash tizimida akkreditatsiya qilingan
turizm xizmatlarini sertifikatlash bo’yicha organlar ham turizm xizmatlarining ayrim turlarini
sertifikatlash subyektlari hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasining o’z vakolatlari
doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati va
mahalliy boshqaruv organlari, mulkchilik shakllari va idoraviy bo’ysunishidan qat’i nazar, xo’jalik
yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
31-oktabr, 2024-yil
12
REFERENCES
1.
Абдурахмонов К.Х. Менеджмент туризма. Учебное пособие. –Т.: Филиал ФГБОУ
ВПО ―РЕУ им. Г.В. Плеханова‖ в г. Ташкенте, 2013, 248 с.
2.
Агзамов С., Ташмуратов Т. Менеджмент международного туризма
–
Т.: ТашГУ, 1996.
3.
Adilova Z.D, Sodiqov T. Xalqaro turizm biznesi. O’quv qo’llanma.
–
T.: TDIU, 2010.
4.
Adilova Z.D, Aliyeva M.T., Norchayev A. Turizm menejmenti. O’quv qo’llanma.
–
T.:
TDIU, 2011.
5.
Aliyeva M.T., Umarjonov A. Turistik mamlakatlar iqtisodiyoti.
–
T:. Moliya, 2005.
6.
Asror Mo’min. Dunyo mo’’jizalari. Yangi nashr.
–
T.: 2012, 8b.
