Authors

  • Zebiniso Isoqova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.43442

Keywords:

PIRLS xalqaro baholash dasturi xorijiy tajribalar ta'lim sifatini baholash ko’nikma matn o'qituvchi o'quvchi.

Abstract

Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'quvchilarini PIRLS xalqaro tadqiqotga tayyorlash masalalari haqida ma'lumotlar va shuningdek bu borada amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar ham ko'rsatib o'tilgan.

background image



31-oktabr, 2024-Yil

46

PIRLS DASTURI ASOSIDA OʻQUVCHILARDA OʻQISH VA MATNNI TUSHUNISH

KOʻNIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Isoqova Zebiniso

Guliston tumani 7-maktab o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13895707

Annotatsiya. Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinf

o'quvchilarini PIRLS xalqaro tadqiqotga tayyorlash masalalari haqida ma'lumotlar va

shuningdek bu borada amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar ham ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'zlar: PIRLS xalqaro baholash dasturi, xorijiy tajribalar, ta'lim sifatini baholash,

ko’nikma, matn, o'qituvchi, o'quvchi.

DEVELOPMENT OF STUDENTS' READING AND TEXT COMPREHENSION SKILLS

BASED ON THE PEARLS PROGRAM

Abstract. This article provides information on preparing elementary school students for

the PIRLS international study, as well as what needs to be done in this regard.

Key words: PIRLS international assessment program, foreign experiences, educational

quality assessment, skill, text, teacher, student.

РАЗВИТИЕ НАВЫКОВ ЧТЕНИЯ И ПОНИМАНИЯ ТЕКСТА У СТУДЕНТОВ НА

ОСНОВЕ ПРОГРАММЫ «ЖЕМЧУГ»

Аннотация. В данной статье представлена информация по вопросам подготовки

учащихся начальных классов к международным исследованиям PIRLS, а также о работе,

которую необходимо провести в этом направлении.

Ключевые слова: международная программа оценки PIRLS, зарубежный опыт,

оценка качества образования, навык, текст, преподаватель, студент.

So'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi ulkan iqtisodiy

o'sish ko'rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk

mutaxassilarga bo'lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o’z-o'zidan o'quvchilarimizning darslarga

qiziqish xususiyatini oshirish va o'qituvchilarning har tomonlama ta'lim-tarbiyaga e'tiborini

kuchaytirishni talab etadi.

Yuqoridagi talablarning ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy

davlatlardagi kabi ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim

sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. Ta'lim sifati


background image



31-oktabr, 2024-Yil

47

va samaradorligini oshirish yo'lida xorijiy ilg'or tajribalarni o'rganish, xalqaro standartlar

talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega.

Respublikamizda qo'yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini

baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to'g'risida hukumat qarorining qabul

qilinishi ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA-International

Association for the Evaluation of Educational Achiyevement) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik

aloqalarining yo'lga qo'yilishini misol sifatida keltirish mumkin.

IEA (Talim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi) tashkiloti tomonidan

olib borilayotgan tadqiqotlarning aksariyati o'quvchilarning akademik faoliyatini bir yoki bir

nechta fanlardan yoki fanlararo uyg'unlik asosida baholashni o'z ichiga oladi, bu esa dunyo

bo'yicha umumiy va har bir mamlakat kesimida ta'lim jarayonlarini chuqur tahlil qilishga yordam

beradi.

PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study) — bu turli mamlakatlarda

boshlangʻich sinf oʻquvchilarning matnni oʻqish va tushunish darajalarini baholab beruvchi

xalqaro tadqiqot dasturidir. Ushbu tadqiqot, oʻqituvchilar, ota-onalar va taʼlim sohasidagi

siyosatkorlar uchun foydali maʼlumotlar taqdim etadi. (3)

PIRLS dasturi quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

- Oʻquvchilarning Matnni Tushunish Darajalarini Baholash: Boshlangʻich sinf oʻquvchilari

matnni qanday darajada tushunishni oʻrganishda yordam beradi.

- Taʼlim Sohasidagi Davlat Siyosatiga Maʼlumotlarni Taqdim Etish: Oʻquvchilarning oʻqib

tushunish koʻnikmalarini rivojlanganligi haqida maʼlumotlar, taʼlim sohasidagi davlat siyosatini

yaxshilashda muhimdir.

Oʻquvchilar PIRLS dasturi orqali matnni tushunish koʻnikmalarini rivojlantirishda faol

qatnashuvchilar boʻlib, matn ustida ishlash, samarali oʻqish strategiyalarini tanlash va matnni

sharhlashda yordam beradi. Bu tadqiqot, oʻquvchilarning oʻqib tushunish koʻnikmalarini namoyon

qilish va taʼlim sohasidagi yangiliklarga oid maʼlumotlarni olishga imkon beradi.(3)

PIRLS dasturi, oʻquvchilarning matnni tushunish koʻnikmalarini oʻrganish va oʻqitish

sohasini yanada yaxshilashda muhim vazifalarni bajaradi.

O'quvchilarning erishgan yutuqlarini o'rganishda barcha o'quvchilardan emas, balki ushbu

qatlamning vakillari sifatida tanlab olingan o'quvchilardan obyektiv testlarni o'tkazish orqali

baholanadi. Shuningdek, maktab direktorlari, o'qituvchilar, o'quvchilar, hattoki ota-onalardan

so'rovnomalar o'tkazilib, maktabdagi ta'lim sifatiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar, jumladan, maktab

resursli, o'quvchilarning ta'lim olishga oid qarashlari, o'qitish usullari hamda uy sharoitida


background image



31-oktabr, 2024-Yil

48

o'quvchilarning bilim olishi qanchalik darajada qo'llab-quvvatlanayotganligiga doir qimmatli

ma'lumotlar to'planadi. Ushbu dasturning ko'p yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat olib

borayotganiga 2021-yilda 20 yil to'ladi. Progress in International Reading and Literacy Study

(PIRLS) - boshlang'ich 4-sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunish darajasini baholash

uchun; boshqacha qilib aytganda, boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini

qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini

beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilash uchun ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga oid

ma'lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturidir.

Shuningdek, PIRLS, yosh o'quvchilar tomonidan maktabda va maktabdan tashqarida ta'lim

olishning katta qismini tashkil etuvchi, ya'ni badiiy tajriba orttirish, ma'lumot olish va undan

foydalanish ko'nikmalarini baholash kabi ikkita keng qamrovli maqsadlarni ifodalaydi. Yana shuni

aytish mumkinki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda o'zining baholash

mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi.

Bunga misol sifatida, 2021-yilda o'tkaziladigan tadqiqotda o'quvchilarga birinchi marta

raqamli formatdagi topshiriqrni taqdim etishni rejalashtirganini aytish o'rinlidir. Raqamli formatga

o'tish bilan birga, internet muhitida boshqariladigan ePIRLS onlayn o'qishni kompyuterda

baholash kabi o'zgarishlar ham ko'zda tutilgan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamning 2018-yil 8-dekabrdagi "Xalq ta'limi

tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora -tadbirlari

to'g'risida" gi 997-sonli qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi qoshida "Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro

tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi" tashkil etildi. [2].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O'zbekiston Respublikasi

Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PF-5712-

son Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg'or

mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash

sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiy

yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo'naltirilgan ta'lim sifatini

baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgangan. [1].

Har bir sinfda ta'limni differensiyalashga kuchli e'tibor berilishi zarur, bu borada aksariyat

birinchi sinf o'quvchilarining muvafaqqiyatli boshlash uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarga ega

bo'lmagan maktablarga alohida e'tibor berilishi lozim.

Yana ikkita muammolarni yodda tut kerak:


background image



31-oktabr, 2024-Yil

49

a) Eng kuchli o'quvchilarga kelgusidagi rivojlanishiga ko'maklashish.

b) O'g'il bolalarga yordam berish, chunki ularning natijalari qizlarning natijalaridan ko'ra

yomonroq degan fikrlarni ko'rib chiqib aynan mana shu vazifalarni boshlang'ich sinf

o'quvchilarining PIRLSda yuksak yutuqlarga erishishdagi o'sish nuqtalari deb belgigan. [3]

Boshlang'ich ta'lim tizimi oldidagi ustuvor vazifalar sifatida esa ta'lim jarayonida turli xil

matnlardan foydalanishni ta'minlash zarur: yaxlit, yaxlit bo'lmagan, murakkab (ko'plik), turli xil

matnlarni o'qish uchun turli strategiyalarni ishlab chiqish, tushunib o'qishni shakllantirish va

baholashning turli shakllaridan foydalanish (qog'oz va kompyuter shakllari) kabi vazifalar

qo'yilgan.

Respublikamizning xalqaro tadqiqotlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish

savodxonligini baholash Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi "Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro

tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi" xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan metodik

qo'llanmada PIRLS tadqiqoti, uning o'ziga xos xususiyatlari, nazorat-sinov materiallarining ishlab

chiqilishi haqida umumiy ma'lumotlar berilgan. Shu bilan birga, PIRLS tadqiqotining

topshiriqlaridan, ya'ni matnlar va savollaridan bir nechta namunalar hamda ularning baholash

mezonlari keltirilgan. Ushbu tadqiqot sinovi har 5 yilda bir marta o'tkazishga mo'ljallangan bo'lib,

2021-yil uchun mo'ljallangan tadqiqotlarda O'zbekistonning boshlang'ich sinf o'quvchilari ham

ishtirok etishi o'qituvchilariga katta mas'uliyat yuklaydi. Bu muhim vazifani amalga oshirish

o'qituvchidan ta'limga yangicha yondashuvni va faollikni talab etadi.

O'quvchini xalqaro baholash darajasini belgilovchi PIRLSga tayyorlashda o'qish darsi

jarayonida darslikda berilgan har bir matn yuzasidan o'quvchi o'zi mustaqil ravishda ushbu

matndan kelib chiqib savollar tuzish vazifasi qo'yilsa, har bir bolaning berilgan matnni qay

darajada o'zlashtirganligini uning tuzgan savollari orqali bib olish mumkin. Bunda o'quvchining

dunyoqarashi, mustaqil fikrlashi va obrazli tafakkuri har bir dars davomida rivojlantirilib boriladi.

Dars jarayonida bola to'g'ri yoki noto'g'ri fikrini tinglab, to'g'ri xulosani hayotiy faktlar

orqali chiqarishga o'rganib boradi.

REFERENCES

1.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O'zbekiston Respublikasi

Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash 'g'risida»gi PF-

5712-sonli farmoni.


background image



31-oktabr, 2024-Yil

50

2.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini

baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil

8-dekabrdagi 997-sonli qarori.

3.

PIRLS - Vikipediya.

https://uz.wikipedia.org/wiki/PIRLS

.

4.

"Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish - inson kapitalini rivojlantirish omilidir" mavzusidagi

xalqaro vebinar. Sidorova Galina Aleksandrovna, Rossiya ta'lim akademiyasining ta'limni

rivojlantirish strategiyasi instituti, ta'lim sifatini baholash markazining katta ilmiy xodimi,

pedogogika fanlari nomzodi. e-mail: centeroko@mail.ru Veb-sayt

www.centeroko.ru

5.

"PIRLS

2021

xalqaro

solishtirma

tadqiqoti

doirasida

o'qish

savodxonligini

shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari" nomli taqdimot. Kuznetsova Marina Ivanovna,

Rossiya ta'lim akademiyasi Ta'limni rivojlantirish strategiyalari instituti Boshlang'ich ta'lim

markazi yetakchi ilmiy xodimi. e-mail: centeroko@mail.ru Veb-sayt

www.centeroko.ru

6.

Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni

amalga oshirish milliy markazi saytlari.

7.

E-mail: markaz@tdi.uz

References

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash 'g'risida»gi PF-5712-sonli farmoni.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori.

"Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish - inson kapitalini rivojlantirish omilidir" mavzusidagi xalqaro vebinar. Sidorova Galina Aleksandrovna, Rossiya ta'lim akademiyasining ta'limni rivojlantirish strategiyasi instituti, ta'lim sifatini baholash markazining katta ilmiy xodimi, pedogogika fanlari nomzodi. e-mail: centeroko@mail.ru Veb-sayt www.centeroko.ru

"PIRLS 2021 xalqaro solishtirma tadqiqoti doirasida o'qish savodxonligini shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari" nomli taqdimot. Kuznetsova Marina Ivanovna, Rossiya ta'lim akademiyasi Ta'limni rivojlantirish strategiyalari instituti Boshlang'ich ta'lim markazi yetakchi ilmiy xodimi. e-mail: centeroko@mail.ru Veb-sayt www.centeroko.ru

Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi saytlari.

E-mail: markaz@tdi.uz