31-oktabr, 2024-Yil
60
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARNING MANTIQIY TAFAKKURINING
SHAKLLANISHIDA MASALALARNING OʻRNI
Sidiqova Dilora Shavkatovna
Buxoro davlat pedagogika instituti,
Maktabgacha va boshlangʻich ta’lim pedagogikasi kafedrasi oʻqituvchisi,
pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).
https://doi.org/10.5281/zenodo.13895754
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurining
shakllanishida masalalarning oʻrni haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit soʻzlar: mantiqiy tafakkur, baholash dasturi, qobiliyat, mantiqiy masala, aqliy
kamolot, bilimlarini baholash.
THE ROLE OF PROBLEMS IN THE FORMATION OF LOGICAL THINKING OF
ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS
Abstract. This article provides information about the role of problems in the formation of
logical thinking of elementary school students.
Key words: logical thinking, assessment program, ability, logical problem, mental
maturity, assessment of knowledge.
РОЛЬ ЗАДАЧ В ФОРМИРОВАНИИ ЛОГИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ УЧАЩИХСЯ
МЛАДШИХ КЛАССОВ
Аннотация. В данной статье представлена информация о роли задач в
формировании логического мышления учащихся младших классов.
Ключевые слова: логическое мышление, программа оценки, способности, логическая
задача, умственная зрелость, оценка знаний.
Hozirgi kunda ta’lim tizimida katta oʻzgarishlar roʻy bermoqda. Oʻquvchilarning olgan
bilimlarini baholash maqsadida turli xalqaro baholash dasturlari ishlab chiqildi. Yuqori sinf va 4-
sinflar uchun matematika fani boʻyicha xalqaro oʻquvchilarni baholash dasturlari PISA va TIMSS
shular jumlasidandir. Bu dasturlar ma’lum yoshdagi oʻquvchilarga mos qilib yaratilgan. PISA
(inglizcha: Programme for International Student Assessment) — turli davlatlarda 15 yoshli
oʻquvchilarning savodxonligini (oʻqish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda
qoʻllash qobiliyatini baholovchi dasturdir. PISA testlari maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda
kerak boʻladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish
koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʼlim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik
31-oktabr, 2024-Yil
61
moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. PISA tadqiqoti monitoring tadqiqoti boʻlib, u
turli mamlakatlardagi taʼlim tizimlarida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni aniqlash va solishtirish,
taʼlim sohasidagi strategik qarorlar samaradorligini baholash imkonini beradi.
TIMSS (inglizcha: Trends in International Mathematics and Science Study) 4- va 8-sinf
oʻquvchilarining matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan oʻzlashtirish darajasini baholash
dasturidir. TIMSS xalqaro baholash dasturida 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy
fanlar boʻyicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy ta’lim tizimidagi
farqlarni aniqlash bilan bir qatorda, qoʻshimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar
boʻyicha berilayotgan ta'lim mazmuni, oʻquv jarayoni, ta'lim muassasasining imkoniyatlari,
oʻqituvchilar salohiyati, oʻquvchilarning oilalari bilan bogʻliq omillari oʻrganiladi.
Mantiqiy tafakkurning shakllanishida matematika soʻzsiz birinchi darajali ahamiyatga
egadir, chunki u soxta da’volar bilan uzviy kelisha olmaydi, u soʻzlab fikrlashni haqiqatga
oʻxshatib koʻrsatishdan koʻra rad qilishni afzal koʻradigan noyob fanlardan biridir ana shuning
uchun ham matematika oʻqituvchisining jamiyat oldida mas’uliyati juda kattadir. Axir tafakkur
stili koʻp jihatdan oʻqitish stiliga bog‘liqdir. Masalalar yechish matematika oʻqitishning muhim
tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani oʻzlashtirishni tasavvur ham qilib
boʻlmaydi. Matematikada masalalar yechilishi nazariyani amaliyotga tadbiq qilishning mutlaqo
tabiiy yoʻlidir. Masalalar yechishning sinflarda oʻrganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni
oʻzlashtirish jarayonidagi muhim rolini ta’kidlab, dasturda shunday deyiladi: “Natural sonlar
arifmetikasi va nolni oʻrganish maqsadga muvofiq masalalar va amaliy ishlar sistemasi asosida
tuziladi. Bu degan soʻz har bir yangi tushunchani tarkib toptirish har doim bu tushuncha
ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan, uning qoʻllanishi keladigan u yoki bu masalani
yechish bilan bogʻlanadi”.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga matematika darslarida mantiqiy masalalarni yechishni
oʻrgatishdan oldin, avvalambor, ularga mantiq tushunchasi haqida yetarlicha ma’lumot berish
kerak. Mantiq tushunchasi haqida oʻquvchilarda fikr paydo boʻlgandan keyin, ular mantiqiy
masalalarning yechilish jarayoniga e’tibor bilan qaraydigan, masala shartiga chuqurroq
yondashadigan va sonli faktlarning joylashish oʻrniga diqqatli boʻlishadi. Mantiqiy masalalarni
dars davomida ishlab borish natijasida oʻquvchilarda mantiqiy masalalarni yechish boʻyicha
koʻnikma hosil boʻladi. Mantiqiy masalalrni ishlashni boshlashganda oʻqituvchi yordami bilan
bajarishgan boʻlishsa, keyinchalik oʻqituvchining koʻmagisiz mustaqil bajara oladigan boʻlishadi.
Bu kabi mantiqiy masalalarni ishlagan oʻquvchining fikrlash qobiliyatining rivojlanishi
yuqori boʻladi. Mantiqiy masalalarni qiynalmay bajara oladigan oʻquvchilar nafaqat matematika
31-oktabr, 2024-Yil
62
darsida balki, ona tili, oʻqish savodxonligi, texnologiya, tabiiy fan va tarbiya fanlaridan ham soʻz
boyligining koʻpligi va fikrlash qobiliyatining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Boshlangʻich sinf
oʻquvchilarida bilim salohiyatining yuqori boʻlishi, oʻquvchilarning bilim darajasi teng boʻlishi,
boshlangʻich sinf oʻqituvchisining pedagogik mahoratiga bogʻliq boʻladi.
Hozirgi paytda bolalar maktabdan tashqarida, radio, televideniya, kino, oiladagi subhat va
kitoblar orqali nihoyatda koʻp yangiliklardan xabardor boʻladilar. Shuning uchun oʻqituvchilar,
hatto, kichik yoshdagi oʻquvchilar bilan ham darslikdagi materialni oʻzi bilan cheklanib qolmasligi
kerak. Ba'zan bolalar bilan barq urib rivojlanayotgan fan va texnikaning turmushimizga kirayotgan
yangiliklari haqida suhbatlar oʻtkazib turish kerakki, ular bu haqida oʻzlari toʻla tushuna oladigan
toʻgʻri tasavvurga ega boʻladilar. Shuni unutmaslik lozimki, bilimlarni kengaytirish odamni aqliy
kamolotiga yoʻl ochib beradi. Tafakkurni fikrlash faoliyat jarayonidagi taraqqiy etishini hamda
bolalarni mantiqiy va tanqidiy fikrlashga oʻrgatish lozimligini ham unutmaslik kerak. Ularni
oʻzlari bajargan ishga mustaqil baho berishga va uni nazorat qilishga oʻrgatish zarur.
Kichik yoshdagi oʻquvchilar tafakkuri boshlangʻich ta’limning dastlabki davrlarida,
asosan, konkret, obrazli harakterga ega boʻlib, ular oʻzlari bevosita koʻrayotgan va eshitayotgan,
umuman, bevosita idrok qilayotgan narsalari haqida amaliy fikr yuritadilar. Shu sababli bu
yoshdagi bolalar oʻzlari hali koʻrmagan, idrok qilmagan koʻp hodisa va voqealarning qanday sodir
boʻlishini, ularning oʻzaro bogʻlanishini fikran analiz-sintez qilib, ulardan toʻgʻri xulosa chiqara
olmaydilar. Shuningdek, bu yoshdagi oʻquvchilar oʻzlarining qilayotgan xatti-harakatlari va ishlari
qanday oqibatlarga olib borishini va undan nimalar kelib chiqishini ham aniq tasavvur qila
olmaydilar.
Kichik yoshdagi bolalar, ayniqsa ijtimoiy hayot hodisalarini mustaqil suratda kuzatib,
ularning kerakli tomonlarini analiz va sintez qilish yoʻli bilan oʻzlaricha ajratib olishni bilmaydilar.
Oʻqituvchi bunga bolalarni oʻrgatish uchun ular oldiga konkret savollar qoʻyib borishi va
bu savollarga javob topish uchun tegishli narsa va hodisalarni kuzatishga, ularning muhim
tomonlarini koʻra olishga, ular haqida tegishli xulosalar chiqarishga oʻrgatib borish lozim.
Masalalar yechish jarayonining oʻzi ma’lum metodikada oʻquvchilarning aqliy
rivojlanishiga ancha ijobiy ta’sir koʻrsatadi, chunki u aqliy operatsiyalarni: analiz va sintez
aniqlashtirish va taqqoslash umumlashtirishni talab etadi. Masalan: oʻquvchi istagan masalani
yechishda analiz qiladi. Boshlangʻich sinflarda yechiladigan masalalarni deyarli yarmi ogʻzaki
bajarilishi kerakligi haqida mulohaza qiladilar. Masalalar yechish oʻquvchilarda masala
mazmuniga chuqurroq qarash haqida berilgan sonlar, izlanayotganlar orasidagi bogʻlanishni har
31-oktabr, 2024-Yil
63
tomonlama fikrlash qobiliyati rivojlantiradi. Oʻquvchilarni mustaqil masalalar yechishiga
oʻrgatishning bir qancha bosqichini koʻrsatamiz.
1-bosqich. Masala oʻquvchini yoʻnaltiruvchi savollar boʻyicha yechiladi va bu yechish
doskada va daftarga bir vaqtda bajariladi.
2-bosqich. Masala shartini oʻqituvchi rahbarligida analiz qiladi va yechish rejasi tuziladi.
Yechish oʻz doirasiga yozilmaydi, ogʻzaki aytilmaydi ham. Oʻquvchilar esa uni mustaqil
fikr yuritib boradilar.
3-bosqich. Oʻqituvchi rahbarligida masala faqat analiz qiladi. Yechish rejasi va
yechishning oʻzini oʻquvchilar mustaqil bogʻlaydi.
4-bosqich. Masalani oʻquvchining hech bir yordamisiz mustaqil yechish uchun fikr
yuritadilar. Oʻquvchilarga masalalar yechish masalani tarkib toptirishga ijodiy harakatlari
masalalar haqida fikr yuritishi maxsus ahamiyatga ega boʻladi.
Kreativlikning turli qirralarida kreativ fikrlashning asosi hisoblangan motivatsiyaga katta
urgʻu berilgani bois, oʻquvchining topshiriqlarni bajarish samaradorligi va kreativ fikrlashga oid
berilgan topshiriqlarni oʻzlashtirishlari uchun beriladigan motivatsion qoʻshimcha mashqlar katta
ahamiyatga ega. Topshiriqni bajarishga motivatsiyaning ta’siri kreativ gʻoyalarni ilgari surish
koʻnikmasining barcha jihatlari uchun muhimdir.
REFERENCES
1.
Jumаyev M.E, Tаdjiyevа Z.Gʻ. Bоshlаngʻich sinflаrdа mаtemаtikа оʻqitish metоdikаsi
(ООʻY uchun dаrslik). –Tоshkent: “Fаn vа texnоlоgiyаi”. 2005-yil. 312 b.
2.
Qoraboyev H. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida mantiqiy masalalar ustida ishlashga
doir tavsiyalar. // Samarqand viloyat xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish hududiy markazi bosmaxonasi. 2020.
3.
Mallayeva Saida Oʻrazovna “Boshlang‘ich sinflarda mantiqiy masala va misollar,
oʻquvchilarni fikrlashga oʻrgatadi”. PEDAGOGS International Research. Journal, Volume-
27, Issue-1, February - 2023
4.
Qоsimоv F.M. Bоshlаng‘ich sinf mаtemаtikа dаrslаridа ijоdiy tоpshiriqlаr tizimi
(mоnоgrаfiyа) . – T.: Fаn vа texnаlоgiyа. 2011. – 156 b.
