31-oktabr, 2024-Yil
69
TIJORAT BANKLARINING RISKGA ASOSLANGAN AUDITNI TASHKIL QILISHNI
TAKOMILLASHTIRISH
Choriyev Rasul Ravshan o‘g‘li
https://doi.org/10.5281/zenodo.13895795
Annotatsiya. Tijorat banklarining milliy iqtisodiyotdagi raqobatbardoshligini oshirish,
xalqaro integratsiya va iqtisodiy jarayonlardagi o’rnini yanada mustahkamlash, shuningdek,
banklar faoliyatining jahon talablari va standartlariga muvofiqligini tekshirish va baxolashda
ichki nazorat, ya’ni audit xizmatining alohida o’rni va ahamiyati bor. Tezisda yuqoridagi
masalalar ko’rib chiqilgan, ichki audit xizmatini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar
berilgan.
Kalit so'zlar: Audit, tijorat, ekspertiza, sub’eykt, bank, standart.
IMPROVING RISK-BASED AUDIT ORGANIZATION OF COMMERCIAL BANKS
Abstract. Internal control, that is, audit service, has a special place and importance in
increasing the competitiveness of commercial banks in the national economy, further
strengthening their position in international integration and economic processes, as well as in
checking and evaluating the compliance of banks' activities with global requirements and
standards. The thesis examines the above issues, offers and recommendations for improving the
internal audit service.
Key words: Audit, commerce, expertise, subject, bank, standard.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ РИСК-ОСНОВАННОЙ ОРГАНИЗАЦИИ АУДИТА
КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ
Аннотация. Внутренний контроль, то есть аудиторская служба, имеет особое
место и значение в повышении конкурентоспособности коммерческих банков в
национальной экономике, дальнейшем укреплении их позиций в международных
интеграционных и экономических процессах, а также в проверке и оценке соблюдения
требований. деятельность банков с мировыми требованиями и стандартами. В
дипломной работе рассмотрены вышеизложенные вопросы, предложения и рекомендации
по совершенствованию службы внутреннего аудита.
Ключевые слова: Аудит, коммерция, экспертиза, субъект, банк, стандарт.
KIRISH
Audit fanining shakllanishiga bir nazar solsak, auditning tarixiy vatani Angliya bo’lib, 18
asrning o’rtalaridan boshlab Angliyada auditorlik tashkilotlari to’g’risida bir qator qonunlar qabul
31-oktabr, 2024-Yil
70
qilingan. Ushbu auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonunlarga muvofiq aktsiyadorlik tashkilotlarda
korxona va tashkilotlarning boshqaruvchilari zimmasiga bir yilda kamida bir marta buxgalteriya
hisob varaqlarini tekshirish va aktsiyadorlar oldida hisobot berish uchun maxsus odam taklif qilish
vazifasi yuklatilgan edi.
Audit to’g’risidagi qonun Angliyada 1862 yilda chiqqan. Xuddi shunday qonun 1867 yilda
Frantsiyada ham qabul qilingan. Amerika Qo’shma Shtatlarida auditning iqtisodiyot uchun zarur
ekanligi 1937 yilga kelib tan olindi va tegishli qonun hujjatlari qabul qilindi.
Auditorlik faoliyati bizning mamlakatimizda yangi faoliyat turlaridan biri hisoblanadi.
O’zbekistonda audit 90-yillarning boshida – mustaqillikka erishilgandan so’ng va bozor
iqtisodiga o’tishi bilan rivojlana boshladi. Nodavlat sektorida korxonalar vujudga kelishi bilan
auditorlik faoliyati xizmatiga talab yuzaga keldi, chunki bozor strukturalari o’zlarining
faoliyatlariga mustaqil baho berilishiga ehtiyoj sezdilar.
Audit xo’jalik sub’ektining ommaviy moliyaviy hisobotini to’g’riligini, to’liqligini,
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlar to’g’risidagi qonun va talablarga javob
berishini aniqlash maqsadida o’tkaziladigan mustaqil ekspertiza va taxlilni bildiradi. Bundan
tashqari audit yana boshqa nazorat ishlarini o’z ichiga oladi.
Auditning asosiy faoliyati sub’ektning iqtisodiy ahvoliga bog’liq faktlarni yig’ish va
baholashdir. Yuqoridagilarni hisobga olib auditning asosiy faoliyat turlarini ko’rishimiz mumkin.
Birinchidan, har qanday auditorlik faoliyatini yuritishning majburiy sharti bo’lib uning
chegarasi hisoblanadi. Bunday chegaralar muayyan iqtisodiy sub’ektning o’lchamlari yoki tarmoq
auditida ma’lumot tizimini tekshirish bilan aniqlanadi.
Ikkinchidan, auditor audit ob’ekti va uni o’tkazilishidan manfaatdor bo’lganlar o’rtasidagi
«axborot bo’shligini» to’ldirishga harakat qiladi. Bu asosan hisobotlarda ayrim ma’lumotlarni
etishmasligi yoki hisobotdagi ma’lumotlar ishonchliligi bilan baholash qaror qabul qilish uchun
foydalanish mumkin bo’lmagan holda.
Uchinchidan, audit o’tkazayotgan shaxslarning malakasi asosiy shartlardan hisoblanadi.
Auditor kerakli ma’lumotlarni yig’ish va o’lchovlarni tushunish orqali ma’lumotlarni
baholashni yaxshi bilishi kerak. Bundan tashqari, auditordan muomala me’yorlariga rioya qilish
talab qilinadi, ya’ni u o’zini mustaqilligini saqlash va tashqi hamda ichki ta’sirlarga qarshi tura
olishi kerak.
Aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi banklar faoliyatini bank kengashi va bank boshqaruvi
orqali bank aktsiyadorlari boshqarishadi hamda asosiy ma’suliyat bank kengashi zimmasiga
tushadi. Chunki bank kengashi aktsiyadorlar manfaatini himoya qiluvchi boshqaruv organi
31-oktabr, 2024-Yil
71
hisoblanadi. Bank kengashi a’zolari aktsiyadorlarning ishonchli vakili sifatida bank aktivlarini
himoya qilish, o’z manfaatlaridan ko’ra aktsiyadorlar va omonatchilar manfaatlarini ustun
qo’yishga majburdirlar. Bank kengashi bank faoliyati to’g’risidagi ma’lumotni ichki audit
xizmatidan oladi va olingan ma’lumotlar asosida tegishli qarorlar qabul qiladi.
Banklarda bank kengashi va boshqaruvini bank faoliyati to’g’risidagi ma’lumot bilan
ta’minlash maqsadida ichki audit xizmati to’g’risida nizom ishlab chiqiladi hamda ushbu nizom
bank kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Bankda tashkil qilingan ichki bank audit xizmati asosan
shu nizomga muvofiq faoliyat yuritadi.
Ichki audit tomonidan barcha bank bo’linmalari bir yilda bir marta ichki auditdan
o’tkazilishi lozim. Chunki bank kengashi barcha bank bo’limlari faoliyati bilan tanish bo’lishi
kerak.
REFERENCES
1.
Arwa Amoush (2017) Al-Zaytoonah University of Jordan, Article in International Business
Research February.
2.
Farmon (2017) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-qil 14- fevraldagi 4947-
sonli Farmoni “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy
chora-tadbirlar to’g’risida»//www.lex.uz
3.
Hoshimjonovich N.B. (2023) “Tijorat banklarida umumiy ichki audit tekshiruvi
uslibiyotini takomillashtirish”, Eurasian journal of law, finance and applied
sciences/2.02.2023y. 49b.
4.
Ma’ruza (2021) Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. Tanqidiy tahlil, kat’iy tartib-intizom
va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak.
Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va
2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14
yanvar. - Toshkent: «O’zbekiston», 2017. - 104 b.
5.
Mgr Ion-Bogdan Dumitrescu (2004), Internal audit in banking organisations BIATEC,
Volume XII, 7/
