Authors

  • Mohinabonu Rahmatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.43451

Abstract

Mazkur tezisda dostonchilik maktablari haqida ma’lumot berib o’tilgan. Shuningdek, tezis davomida xalq dostonlarining mavzu doirasi hamda o’ziga xos xususiyatlariga alohida to’xtalib o’tilgan.

background image



30-Sentabr, 2024-Yil

310

DOSTONCHILIK MAKTABLARI VA XALQ DOSTONLARINING MAVZU DOIRASI

Rahmatova Mohinabonu Rajabovna

https://doi.org/10.5281/zenodo.13895849

Annotatsiya.

Mazkur tezisda dostonchilik maktablari haqida ma’lumot berib o’tilgan.

Shuningdek, tezis davomida xalq dostonlarining mavzu doirasi hamda o’ziga xos xususiyatlariga

alohida to’xtalib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

doston ijrochilari, Qo’rg’on, Bulung’ur dostonchilik maktablari, doston

turlari.

THEMATIC SCOPE OF EPIC SCHOOLS AND FOLK EPICS

Abstract.

In this thesis, information is provided about the schools of epic writing. Also,

during the thesis, the scope of the subject and the specific features of the folk epics were

specifically discussed.

Key words:

epic performers, Kurgan, Bulungur epic schools, types of epic.

ТЕМАТИЧЕСКИЙ ОХВАТ ЭПИЧЕСКИХ ШКОЛ И НАРОДНОГО ЭПОСА

Аннотация.

В данной диссертации приводятся сведения о школах эпического

письма. Также в ходе дипломной работы конкретно обсуждались объем темы и

особенности народного эпоса.

Ключевые слова:

эпические исполнители, Курган, Булунгурские эпические школы,

типы эпоса.

So’z san’atining dastlabki na’munalari insoniyat nutqi paydo bo’lishi bilan yuzaga kela

boshladi. Folklorshunoslikda buni shartli ravishda

dostonchilik (baxshilik) maktablari

deb

yuritiladi. Hozirgi kunda o’zbek folklorshunosligida Bulung’ur, Qo’rg’on, Shahrisabz, Sherobod,

Janubiy Tojikiston, Xorazm kabi poetik dostonchilik maktablari – baxshilik san’atining ajoyib

markazlari aniqlangan.

1. Bulung’ur dostonchilik maktabi qahramonlik dostonlarini ijro etish bilan mashhur

bo’lgan. Sodda, yuksak, o’ta an’anaviy, nisbatan arxaik bo’lgan qahramonlik eposi uslubi bu

dostonchilarning poetik yo’li hisoblangan. Bulung’ur dostonchilik maktabining so’nggi talantli

vakili Fozil Yo’ldosh o’g’li (1872-1955) hisoblanadiki, undan «Alpomish», «Yodgor», «Yusuf

bilan Ahmad», «Malikai ayyor», «Mashriqo», «Zulfizar», «Balogardon», «Intizor», «Nurali»,

«Jahongir», «Murodxon», «Rustam», «Shirin bilan Shakar», «Ra’no bilan Suxangul», «Zevarxon»

kabi ajoyib dostonlar yozib olingan.


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

311

2. epik san’atning ikkinchi bir muhim Qo’rg’on dostonchilik maktabi bo’lib, uning eng

so’nggi talantli vakillari ergash Jumanbulbul o’g’li (1868-1937) va Po’lkan shoirlar (1874-1941)

hisoblanadi. Bu talantli san’atkorlardan «Alpomish», «Yakka Ahmad», «Oysuluv»,

«Kuntug’mish», «Qironxon», «Go’ro’g’lining tug’ilishi», «Yunus pari», «Misqol pari», «Gulnor

pari», «Xushkeldi», «Hasanxon», «CHambil qamali», «Dalli», «Ravshan», «Avazxon», «Qunduz

bilan Yulduz», «Xoldorxon», «Hilomon», «Berdiyor otliq», «Zamonbek», «Xidirali elbegi» kabi

dostonlar yozib olingan.

3. XIX asrda mavjud bo’lgan yana bir epik markaz Shahrisabz dostonchilik maktabidir. Bu

maktabning so’nggi namoyandasi Abdulla Nurali o’g’li (1874-1957) XIX asrning yirik

dostonchisi Rajab shoirning shogirdidir. Bu baxshilar dostonlarni sho’x, quvnoq, ko’tarinki ruhda

aytishlari, kuylarining yoqimliligi bilan ajralib turadilar.

Atoqli xalq shoiri Islom Nazar o’g’li (1874-1953) bir tomondan, Shahrisabz, ikkinchi

tomondan, Qo’rg’on dostonchilik maktabi bilan bog’liq bo’lgan. Uning ijro usuli va undan yozib

olingan «Orzigul», «Sohibqiron», «Erali va Sherali», «Zulfizar bilan Avazxon», «Gulixiromon»,

«Kuntug’mish» kabi dostonlarga nazar tashlar ekanmiz, ularda har ikki maktab xususiyatlari

yaqqol ko’rinadi.

4. O’zbekistonning janubida yashovchi ko’pgina baxshilar Sherobod dostonchilik maktabi

bilan bog’liqdir. XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida yashagan bu maktabning mashhur

vakili Shernazar Beknazar o’g’li bir qancha shogirdlar etishtirgan. Mardonaqul Avliyoqul o’g’li,

Umir Safar o’g’li, Normurod baxshi, Ahmad baxshi, Nurali Boymat o’g’li, Mamadrayim baxshi,

Bo’riboy Ahmad o’g’li, Yusuf O’tagan o’g’li kabi o’nlab dostonchilar shu maktabga birlashadi va

ulardan bir qancha dostonlar yozib olingan.

5. Janubiy Tojikistonda yashovchi o’zbek-laqay baxshilari ham ijro yo’llarining badiiy

tasvir vositalari jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu baxshilar Dang’ara rayonining

Jorubqo’l qishlog’i bilan bog’liq. Bu erda XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida Haybat

Shomol o’g’li, Qunduz soqi degan mashhur dostonchilar o’tgan. Hozir ham ularning davomchilari

bor. O’zbek-laqay baxshilarining dostonchilikdagi asosini «Go’ro’g’li» dostonlari turkumi tashkil

etadi. Bu dostonlar o’zlarining nihoyatda mo’jazligi bilan ajralib turadi.

O’zbek xalq dostonlarining mavzu doirasi

O’zbek xalq dostonlari nihoyatda ko’p bo’lib, uzoq asrlar davomida yaratildi va turli

ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda kuylanib keldi. Bu hol ularni muayyan turlarga bo’lib o’rganishni

taqozo etadi. Dostonlar, dastlab V.M.Jirmunskiy va H.T.Zarifov, keyinroq M.Saidov tomonidan


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

312

nashr qilindi. O’zbek xalq dostonlari

qahramonlik, jangnoma, tarixiy, romanik, kitobiy

dostonlarga bo’linadi.

1. Qahramonlik dostonlari

. Qahramonlik dostonlari bizgacha sof holida «Alpomish»

misolida etib kelgan.

2. Jangnoma-dostonlar

. Hukmron tabaqa islom dinini harbiy kuch bilan yoygan

shaxslarni xalq orasida targ’ib qilish maqsadida jangnoma asarlaridan foydalangan. Natijada

«Jangnomai Abo Muslim», «Jangnomai Sayid Battol G’oziy», «Jangnomai Amir Hamza» kabi

islom dinini zo’rlik bilan targ’ib etgan shaxslarning nomi bilan bog’langan jangnomalar yuzaga

kelgan. O’rta Osiyoda keng tarqalgan jangnomalarning qadimgi namunalariga Firdavsiyning

«SHohnoma»sini va «Jangnomai Jamshid», «Qahramoni Qotil», «Ho’shang», «To’maris»

kabilarni ko’rsatish mumkin.

3. Tarixiy dostonlar

. Tarixiy dostonlar tarixdagi konkret voqealar va faktlarni tasvirlash

xarakteri, hujjatiylikning darajasi jihatidan bir-birlaridan jiddiy farq qiladilar. Ularni shu

xususiyatiga qarab:

a) tarixiy-qahramonlik;

b) tarixiy-fantastik;

v) tarixiy-konkret yoki yangi dostonlar;

g) avtobiografik dostonlar

kabi ichki turlarga bo’lish mumkin. Tarixiy-qahramonlik dostonlarining eng yaxshi

namunalaridan biri «Oysuluv» dostonidir.

Tarixiy-fantastik dostonlarga «Tulumbiy», «SHayboniyxon» kabilarni kiritish mumkin.

«SHayboniyxon» dostonida epik voqelik yarim tarixiy, yarim afsonaviy xarakterga ega bo’lsa,

«Tulumbiy»da ayrim tarixiy shaxslar nomidan bo’lak hech narsa qolmagan, ya`ni unda syujet

tarixiy voqelik asosida emas, balki ishqiy-sarguzasht asosida rivojlanadi. Bunday dostonlarda

qachonlardir bo’lib o’tgan tarixiy voqealar va tarixiy shaxslar epik bayon uchun umumiy fon

vazifasini o’taydi, xolos. Xalq orasida ertak va afsonalar holida juda keng tarqalgan «Xurshidoy»

qissasining ikkinchi qismi sifatida «SHayboniyxon» dostoniga kiritilishi va SHayboniyxonning

hukmdorlik davri bilan bog’lanishi ham shu bilan izohlanadi.

Tarixiy-konkret yoki yangi dostonlarga XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida

baxshilar tomonidan yaratilgan asarlar kiradi. Bunday dostonlar o’zlarining mustahkam tarixiy

asoslariga, qahramonlarining … ega. «To’lg’onoy», «Namoz», «Mamatkarim polvon», «Jizzax

qo’zg’oloni», «Mardikor», «Amir qochdi», «Ochildov», «Hasan batrak» kabilar yangi


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

313

dostonlarning eng yaxshi namunalari hisoblanadi. Aniq faktlar va hujjatlarga asoslanish bunday

dostonlarning bosh xususiyatidir.

Ergash Jumanbulbul o’g’lining «Tarjimai hol», Fozil Yo’ldosh o’g’lining «Kunlarim»,

Islom Nazar o’g’lining «Baxtiyor avlodlar», Abdulla Nurali o’g’lining «Kunlarim» kabi dostonlari

buning yorqin namunalaridir.

4. Romanik dostonlar

. Romanik dostonlarning tuzilishi nihoyatda murakkab.

Qahramonlik dostonlarida romanik elementlar bo’lganidek, romanik dostonlardan qahramonlik

elementlari, jangnomalar xususiyatlari ham mustahkam o’rin olgan. Hatto bir dostonda bir necha

tema baravar ishlangan bo’lishi mumkin. SHularni hisobga olib, bu tip dostonlarni:

a) qahramonlik-romanik;

b) ishqiy-romanik;

v) maishiy-romanik

dostonlar kabi ichki turlarga bo’lish maqsadga muvofiqdir.

5. Qahramonlik-romanik dostonlarda («Rustamxon», «YAkka Ahmad», «Go’ro’g’li»

turkumiga kiruvchi bir qancha asarlar) qahramonlik yo’nalishi ustun tursa, ishqiy-romanik

dostonlarda («Kuntug’mish», «Go’ro’g’li» turkumining so’nggi xalqalari) sevgi mojarolari,

sarguzashtli voqealar tasviriga alohida e`tibor beriladi. Maishiy-romanik yoki ijtimoiy-maishiy

dostonlarda («Sohibqiron», «Orzigul», «Erali bilan SHerali» va boshqalar) realistik momentlar,

mavjud tuzumdan ijtimoiy norozilik kayfiyatlari, maishiy turmush bilan bog’liq turli-tuman

tafsilotlarni batafsil tasvirlash etakchilik qiladi. Bunday dostonlar syujeti feodalizm sharoitida

o’zining real zaminiga ega. Bu xil dostonlarda xalqimiz va baxshilarning demokratik qarashlari

yanada yorqinroq aks etgan.

1.

Kitobiy dostonlar

. Kitobiy dostonlarning bir guruhi klassik adabiyot

namunalarining baxshilar tomonidan qayta ishlanishi natijasida yuzaga kelgan. Masalan, «Farhod

va SHirin», «Layli va Majnun», «Bahrom va Gulandom» Alisher Navoiy dostonlari, «YUsuf va

Zulayho» shu syujetdagi forsiy va turkiy asarlar, «Rustami Doston», «SHohnoma», «Varqa bilan

Gulshoh», «Vomiq bilan Uzro» forschadan ozarbayjonchaga qilingan tarjimalar asosida

yaratilgan. Kitobiy dostonlar orasida yana shunday namunalar borki, ularning yaratilishida asos

bo’lgan manbani topish qiyin. Ammo asarning temasi, uslubi, tasvir mohiyati kitobiy manbaga

asoslanganligi va yozma adabiyotga yaqin turganligini aniq ko’rsatadi. «Sanobar», «Zevarxon»

kabi dostonlar shunday asarlardan hisoblanadi. Xorazm dostonchiligida, shuningdek, «Malikai

Dilorom», «Tohir va Zuhra» kabi bir qancha dostonlarda og’zaki va yozma adabiyotning juda


background image



30-Sentabr, 2024-Yil

314

murakkab formalariga, turli-tuman adabiy shakllarni o’ziga xos ravishda chatishib ketganligiga

duch kelamiz.

Xulosa o’rnida xalq dostonlarining mavzu doirasini nihoyatda kengligini alohida e’tirof

etish mumkin. Yirik hajmdagi bu janrlar yozma adabiyotga ham o’z ta’sirini o’tkazishi natijasida

noyob xalq og’zaki ijodining namunalari yozuvchilar tomonidan yaratildi va o’quvchilariga

taqdim etildi. Bu o’rinda, Mirkarim Osim, Hamid Olimjon va boshqa ijodkorlarning asarlarida

xalq dostonlarining ta’siri ko’zga yaqqol tashlanadi.

REFERENCES

1.

B.Sarimsoqov. O’zbek adabiyotida saj`. Toshkent, 1978 yil.

2.

M.Qodirov. Masxaraboz va qiziqchilar san`ati. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1971 yil.

3.

M.Qodirov. Xalq qo’g’irchoq teatri. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1972 yil.

4.

G’.Jaxongirov. O’zbek bolalar folklori. Toshkent, «O’qituvchi» nashriyoti, 1975 yil.