31-oktabr, 2024-Yil
84
O‘ZBEKISTONNING AVSTRIYA RESPUBLIKASI VA SHVEYSARIYA
KONFEDERATSIYASI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI O‘RNATILISHI TARIXI
Abduraximov Husniddin Sadriddin o‘g‘li
Navoiy davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13899845
Annotatsiya. O‘zbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqining nemis tili rasmiy til
hisoblangan davlatlar xususan, Shveysariya Konfederatsiyasi va Avstriya Respublikasi bilan
mustaqillikning ilk yillarida faol munosabatlar o‘rnatdi. Hamkorlik aloqlari natijasida iqtisodiy
imkoniyatlarimizning rivojlanishi, ilm-fandagi yutuqlar hamda milliy madaniyatimizning keng
targ‘ib qilinishi, eksport salohiyating o‘sishi kuzatildi. O‘zbekiston prezidenti I.Karimov
Yevropada ilk bor Avstriya Respublikasiga tashrif buyurishi va 1992-yilda ochilgan “O‘zbekiston-
Shvetsariya” do‘stlik jamiyatining sa’y-harakatlar bilan xalqlarimiz o‘rtasida aloqalar
mustahkamlanishi
insonparvarlik,
baynalmilallik,
o‘zaro
ishonch
asosida
yo‘lga
qo‘yildi.Maqolada O‘zbekiston Respublikasining ushbu mamlakatlar bilan
hamkorlik
munosabatlari
o‘rnatilishi tarixi tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: konsepsiya, integratsiya, Yevropa Ittifoqi, diplomatiya,
kooperatsiya,
investitiya,
suverenitet,
kapital, liberallashtirish,
prognoz.
THE HISTORY OF THE ESTABLISHMENT OF COOPERATION RELATIONS
BETWEEN UZBEKISTAN AND THE REPUBLIC OF AUSTRIA AND THE SWISS
CONFEDERATION
Abstract. In the early years of independence, the Republic of Uzbekistan established active
relations with countries where German is the official language of the European Union, in
particular, the Swiss Confederation and the Republic of Austria. As a result of cooperation
relations, the development of our economic opportunities, achievements in science and the wide
promotion of our national culture, and the growth of export potential were observed. President of
Uzbekistan I.Karimov will visit the Republic of Austria for the first time in Europe and the efforts
of the "Uzbekistan-Switzerland" friendship society, which was opened in 1992, will strengthen
relations between our peoples, humanity, internationalism, mutual trust. The article analyzes the
history of the establishment of cooperative relations between the Republic of Uzbekistan and these
countries.
Key words: concept, integration, European Union, diplomacy, cooperation, investment,
sovereignty, capital, liberalization, forecast.
31-oktabr, 2024-Yil
85
ИСТОРИЯ УСТАНОВЛЕНИЯ ОТНОШЕНИЙ СОТРУДНИЧЕСТВА МЕЖДУ
УЗБЕКИСТАНОМ И АВСТРИЙСКОЙ РЕСПУБЛИКОЙ И ШВЕЙЦАРСКОЙ
КОНФЕДЕРАЦИЕЙ.
Аннотация. В первые годы независимости Республика Узбекистан установила
активные отношения со странами, где немецкий язык является официальным языком
Европейского Союза, в частности, со Швейцарской Конфедерацией и Австрийской
Республикой. В результате отношений сотрудничества наблюдалось развитие наших
экономических возможностей, достижений в науке и широкой пропаганде нашей
национальной культуры, рост экспортного потенциала. Президент Узбекистана
И.Каримов впервые в Европе посетит Австрийскую Республику и усилия общества
дружбы «Узбекистан-Швейцария», открытого в 1992 году, будут способствовать
укреплению отношений между нашими народами, человечности, интернационализма,
взаимного доверия. В статье анализируется история установления отношений
сотрудничества между Республикой Узбекистан и этими странами.
Ключевые слова: концепция, интеграция, Евросоюз, дипломатия, сотрудничество,
инвестиции, суверенитет, капитал, либерализация, прогноз.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro
manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib bormoqda. Respublikaning zamonaviy tashqi siyosiy
kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi
keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi.Mustaqillikni qo‘lga kiritgach mamlakatimiz
oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy dolzarb muommolar faol va oqilona tashqi siyosat, xalqaro
hamkorlik, dunyoning rivojlangan mamlakatlari tajribasiga tayanish orqali o‘zining ijobiy
yechimini topib kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov ta‘kidlaganidek: “O‘tmishsiz
kelajak,hamkorliksiz taraqqiyot bo‘lmaydi”[1;331]. Har qanday davlatning tashqi siyosati
mamlakat xavfsizligini ta’minlash, xalq farovonligiga erishish, jahon hamjamiyatida o‘zining
munosib o‘rnini topishiga qaratilgandir.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya.
Bugungi global dunyoda xalqaro munosabatlar tizimida o‘z o‘rnini munosib egallash,
jahon hamjamiyatiga to‘liq integratsiyalashishga intilish dunyoning barcha mamlakatlari qatori
O‘zbekiston Respublikasining ham muhim tashqi siyosat vazifalaridan hisoblanadi.
31-oktabr, 2024-Yil
86
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek:“tashqi siyosiy faoliyat
konsepsiyasi takomillashishi barqaror ichki rivojlanish uchun qulay tashqi muhit shakllantirishni
tezlashtirish, xalqaro maydonda mamlakatimiz manfaatini samarali ilgari surish va jahon bozorida
milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini izchil ravishda oshirishga xizmat qilishi kerak”[2;2].
Tashqi siyosatimizda ushbu qo‘yilgan vazifalarning bir qismi o‘laroq bugun O‘zbekiston
Respublikasi Yevropa Ittifoqining nemis tilida so‘zlashuvchi Germaniya, Avstriya, Shveysariya,
Belgiya, Lyuksenburg kabi mamlakatlar bilan manfaatli diplomatik munosabatlarni yo‘lga qo‘yib,
faol ravishda takomillashtirib kelmoqda. Ushbu mamlakatlar bilan munosabatlar tarixiga D.T.
Ziyodullayev[3], S.Y. Umarov[4], Q.A.Matxoliqov[5] kabi tarixshunos olimlar o‘zlarining ilmiy
ishlarida, maqola hamda dissertatsiyalarida to‘xtalib o‘tganlar.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Mustaqillikning ilk kunlaridan O‘zbekiston Respublikasi Yevropa davlatlaridan
Shveysariya Konfederatsiyasi bilan aloqalarni mustahkamlashga kirishdi. Shveysariya
1991-yil
23-dekabrda
O‘zbekiston Respublikasi
suverenitetini tan olgan va 1992-yil 7-mayda
diplomatik munosabatlarni oʻrnatgan.
1992-yilda “O‘zbekiston-Shvetsariya” do‘stlik jamiyatiga ham asos solingan. 1993-yilning
may oyida Shveysariya Konfederatsiyasining elchixonasi Toshkentda ochildi. Savdo-iqtisodiy
hamkorlik munosabatlarini “Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya”
tartibga soladi. Bugungi kunga qadar mazkur tashkilotning kengashi 7 marotaba o‘tkazilgan.
“Hamkorlik munosabatlari o‘rnatilgandan buyon yurtimizda Shveysariya hukumati
tomonidan 33 ta loyiha amalga oshirildi. Shveysariya investitsiyasi ishtirokida iqtisodiyot, ta‘lim,
moliya, bank tizimida, tadbirkorlik subyektlari malakasini oshirish hamda suv ta’minoti sohasida
7 ta qo‘shma loyiha amaliyotga joriy e’tilmoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistondagi 84 ta korxonaga
Shveysariya lik ishbilarmonlar sarmoya kiritishgan. Ularning 55 tasi qo‘shma, qolganlari to‘liq
Shveysariya kapitaliga ega korxonalardir.
Shuningdek, yurtimizda Shveysariyaning farmatseftika,
mashinaso
zlik, kimyo, oziq-ovqat sanoati hamda sayyohlik xizmati bilan bog‘liq 29 ta
kompaniyasi vakolatxonasi akredetatsiyadan o‘tkazilgan”[6;3].
Keng hamkorlik aloqalarning
yo‘lga qo‘yilishi, Shveysariya davlat va nodavlat tashkilotlari bilan tajriba almashinuvi
O‘zbekistonda ma’lum sohalarda o‘sish jarayoni kuzatilishiga olib keldi.
Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, Yevropa Ittifoqining nemis tilida so‘zlashuvchi yana bir
mamlakati Shveysariya Konfederatsiyasi bilan farmasevtika, tibbiyot sohalarida yaqindan
hamkorlik qilib kelinmoqda. Buni
Samarqanddagi universitetlar bilan Syurix, Bazeldagi
universitetlar oʻrtasida gumanitar va tabiiy fanlar masalalari boʻyicha aloqalar yoʻlga
31-oktabr, 2024-Yil
87
qoʻyilganligida yaqqol ko‘ramiz.
Giyohvandlikka qarshi kurash butun dunyo qatori O‘zbekiston
Respublikasi hukumatining ham asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Shu maqsadda “2002-2005-
yillarga mo‘ljallangan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarning qonuniy muomalasi va
ularning suiste’mol qilinishiga qarshi chora tadbirlar” dasturi tasdiqlandi. Biroq hukumat
tomonidan narkotiklarni nazorat qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay,
iqtisodiy mablag‘larning yetarli emasligi, shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi tashkilot va
muassasalar o‘rtasida uzviy aloqalarning yo‘lga qo‘yilmaganligi, undan tashqari giyohvand
bemorlarni davolash va reabilitatsiya qilishda yangi yutuqlarning yetishmasligi sababli
Shveysariya hukumati xalqaro tajribasi yordamidan foydalanildi. O‘zbekistonda narkotik
moddalar tarqalishini oldini olish to‘g‘risidagi loyihani amalga oshirish uchun Shveysariya
hukumati Federal kengashi o‘rtasida bitim tuzildi. Loyihaning maqsadi, O‘zbekistonda narkotik
moddalar tarqalishini va narkotik tobelikning oldini olish bo‘yicha dasturni amalga oshirisha
hamkorlik ko‘rsatishdir. Loyiha 2005-yilgacha bo‘lgan muddatda 2 ta mintaqa – Toshkent shahri
va Samarqand viloyatida amalga oshirildi. “2003-yil 10-11-iyul kunlari Toshkent shahridagi
Grand-Orzu mehmonxonasining majlislar zalida O‘zbekistonda giyohvandlik sohasiga jalb
qilingan, uning oldini olish siyosatini amalga oshirishda faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar va
shveysariyalik ekspertlar ishtirokidagi giyohvandlik muommolariga bag‘ishlangan O‘zbek –
Shveysariya konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Shveysariya hukumatining O‘zbekistondagi
muxtor elchisi V. Maeyr kirish so‘z bilan ochib berdi. Yuzdan ortiq konferensiya ishtirokchilari 2
kun davomida O‘zbekistonda giyohvandlik muommolarini va yuzaga kelgan holatni muhokama
qildilar hamda ushbu muommolarning Shveysariyada yechilish tajribasi bilan tanishib
chiqdilar”[7;1]. Diqqatga sazovor jihat shundaki, bu harakatlar mamlakatimizda nafaqat
giyohvandlik holatining kamayishiga balki giyohvandlikka doir jinoyatlarning ham sezilarli
pasayishiga olib keldi. Respublika miqyosida giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyat sodir etgan
ayollar miqdori 2010-yilda 464 tadan 2022-yil 120 taga kamaydi. Giyohvandlik bilan bog‘liq
jinoyat sodir etgan erkaklar miqdori 2010-yilda 4546 tadan 2021-yilda 3403 taga kamayganligini
kuzatishimiz mumkin. Giyohvandlik sababli sodir bo‘ladigan jinoyat holatlarining kamayishi
nafaqat jamiyatda sog‘lom yashash muhitining yaxshilanib borayotganligi, balki jinoyatlar ortidan
yuzaga kelayotgan ijtimoiy xavfning kamayib borayotganligidan dalolat beradi.
Avstriya Respublikasi federal kansleri Frans Vranitskiyning taklifiga binoan
1992-yil 18-
20-sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov Avstriya
Respublikasiga ilk davlat tashrifini o‘tkazdi.18-sentabr kuni I.Karimov Venada Avstriya
Respublikasi federal prezidenti T.Klestil hamda Avstriya Respublikasi millat majlisi raisi H.Fisher
31-oktabr, 2024-Yil
88
biilan uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazdi. Bu tashrif O‘rta Osiyodagi yosh mustaqil
respublikaning G‘arbiy Yevrpadagi yangi, ishonchli hamkori paydo bo‘lganligini anglatardi.To‘la
hamjihatlik va manfaatlarning mushtarakligi tashrifning bosh mavzusi hisoblanadi.
Ilk rasmiy tashrif Avstriya Respublikasiga uyushtirilishi quyidagi omillar bilan bog‘liq edi.
Birinchidan: Avstriyaning boy madaniy merosi. Buyuk kompazitor Motsartning ona shahri
Zalsburg madaniy qadamjolari bilan qishin-yozin chinakam sayyohlik o‘lkasi ekanligi, 2003-
yilda Avstriyaning Grats shahriga “Yevropa madaniyati poytaxti” maqomi berilishi, 2009-yilda
Lins shahri «Yevropaning madaniyat poytaxti» maqomini olgani, Vena «Yevropaning madaniyat
metropolisi» nomiga sazovor bo‘lganligi fikrimiz dalili sifatida keltirib o‘tishimiz
mumkin[8;23,27,31,35].
Yana bir muhim jihat shundaki, “Avstriya Respublikasi federal kansleri Frans Vranitskiy
O‘rta Osiyo mintaqasida yuz berayotgan voqealarni diqqat bilan kuzatib bormoqda. U hozirgi
vaqtda O‘zbekiston siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda Islom Karimovning tutgan
o‘rnini alohida ta’kidlab o‘tdi hamda millatlararo mojarolarni oldini olishda respublika rahbarining
tinchlik o‘rnatishga qaratilgan faoliyatiga yuqori baho berdi. Avstriya O‘zbekistonga 100 ming
tonna go‘sht va 300 ming tonna sut maxsulotlari yetkazib berishdan tashqari, O‘zbekistonning
qayta ishlash sanoatiga, qo‘shma korxonalarning keng tarmog‘ini barpo etishga katta sarmoya
sarflashga tayyordir”[9;1]. O‘zbekiston rahbarining bozor iqtisodiyoti, menejment, marketing
sohasidagi Avstriyaning yetakchi professorlari va muallimlarini O‘zbekistonga yuborish
to‘g‘risidagi taklifini federal kansler samimiy qo‘llab-quvvatladi. Tashrifning katta qismini
I.Karimov Avstriya tajribasini o‘rganishga, bank egalari va ishbilarmonlar bilan uchrashuvga
bag‘ishladi. I.A.Karimov Avstriya Respublikasidagi yetakchi firmalar, konsernlar va banklarning
rahbarlari xuzurida so‘zga chiqib, bozor munosabatlariga o‘tishda O‘zbekiston rahbaryati tutgan
yo‘lni aniq bayon qilib berdi.
XULOSA
Qadimdan Buyuk Ipak yo‘li markazida joylashgan mintaqamiz nafaqat savdo balki butun
dunyo davlatlari o‘rtasidagi madaniy aloqalar almashinuvidagi o‘ziga xoslik, ellinizm, g‘arb va
sharq madaniy yutuqlaridan ustalik bilan faoydalana olish bilan ham yaqqol farqlanib turgan.
O‘zbek va nemis xalqlarining yaqinlashuvi ular o‘rtasida madaniy aloqalarning
kengayishida ham ko‘zga tashlandi. “Nurullaboy” saroyidagi nemis ustalari tomonidan
tayyorlangan g‘arb uslubidagi qurilish jarayoni, Xudoybergan Devonov hamda Vilgelm Penner
orqali dastlabki kino madaniyatining vujudga kelishi hamda ushbu aloqalarning XXI asrdagi
davomi sifatida O‘zbekistonning Germaniya, Shveysariya, Avstriya bilan hamkorlikda “Shum
31-oktabr, 2024-Yil
89
bola” kinofestivalining har yilda o‘tqazilishi qadimdan o‘rnatilgan yaqin va do‘stona
hamkorlikning bugun ham davom etayotganligidan dalolatdir. Milliy kinofilmlarning xalqaro
miqyosda keng targ‘ib etish, eksport salohiyatini oshirishda ushbu kinofestivallarning ahamiyati
katta. Shveysariya va Avstriya ham ko'p madaniyatli va xilma-xil aholiga ega bo'lgan mamlakat
ekanligi, boy qadimiy tarixi mamlakatlarimiz madaniy jihatdan o‘xshash ekanligining dalolat
beradi hamda milliy madaniyatimizning Yevropada keng targ‘ib etilishida muhim rol o‘ynaydi.
REFERENCES
1.
Karimov. I.A “Bunyodkorlik yo‘lidan” 4-tom- T- “O‘zbekiston”. 1996
2.
”Xalq so‘zi” gazetasi 2021-yil 16-yanvar “Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
murojaatnomasi” №11(7791)
3.
Tojiddin o'g'li, Z. D. (2023). GERMANIYA VA O’ZBEKISTON O'RTASIDA
DIPLOMATIK MUNOSABATLAR TARIXI (1991-2021).
PEDAGOG
,
6
(4), 617-620.
4.
Аббасова, К. З. (2023). РЕСПУБЛИКА УЗБЕКИСТАН И ФЕДЕРАТИВНАЯ
РЕСПУБЛИКА ГЕРМАНИЯ В КОНТЕКСТЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ ОТНОШЕНИЙ:
СОТРУДНИЧЕНСТВО И ВЫЗОВЫ.
International journal of scientific researchers
(IJSR) INDEXING
,
3
(2).
5.
Matxoliqov. Q.A “O‘zbekiston Respublikasi va Yevropaning Frankofon davlatlari
o‘rtasidagi madaniy aloqlar tarixi (Fransiya, Shveysariya va Belgiya misolida 1991-2005
yillar)” avtoreferat.
6.
”Xalq so‘zi” gazetasi
2018-yil 14-iyul “O‘zbekiston-Shveysariya: Samarali hamkorlik
kengaymoqda” №144(7102)
7.
“O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash” gazetasi “Asr vabosi” maqolasi.2003-yil 15-iyul.
8.
Yurgen Koppenshtayner “Avstriya” (Österreich) T-2014 “Cho‘lpon” nashriyoti.
9.
“Xalq so‘zi” gazetasi. “O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Avstriya Respublikasiga
amaliy tashrif yakunlari to‘g‘risida axborot” 1992-yil 22-sentabr. №184.
