Authors

  • Sayyora Bebitova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.43651

Keywords:

shaxs guruh harbiy psixologiya harbiy jamoa harbiy psixolog.

Abstract

Maqolada harbiy jamoani psixologik o‘rganishda keng tarqalgan tadqiqot metodlarini qo‘llashning nazariy jihatlari yoritilgan. Harbiy qism va muassasalardagi psixologik faoliyat harbiy xizmat vazifalarini maromida bajarish maqsadida harbiy xizmatchilar va bo‘linmalar faoliyatida vujudga keladigan turli ruhiy – emotsional muammolar diagnostikasini hamda profilaktikasini bajarish zarurati turli omillar bilan asoslangan.

background image



31-oktabr, 2024-Yil

271

HARBIY JAMOANI PSIXALOGIK O’RGANISHNING TADQIQOT METODLARI

Bebitova Sayyora Nazarovna

Aniq va ijtimoiy fanlar unversiteti magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13902584

Annotatsiya. Maqolada harbiy jamoani psixologik o‘rganishda keng tarqalgan tadqiqot

metodlarini qo‘llashning nazariy jihatlari yoritilgan. Harbiy qism va muassasalardagi psixologik

faoliyat harbiy xizmat vazifalarini maromida bajarish maqsadida harbiy xizmatchilar va

bo‘linmalar faoliyatida vujudga keladigan turli ruhiy – emotsional muammolar diagnostikasini

hamda profilaktikasini bajarish zarurati turli omillar bilan asoslangan.

Kalit so’zlar: shaxs, guruh, harbiy psixologiya, harbiy jamoa, harbiy psixolog.

RESEARCH METHODS OF PSYCHOLOGICAL STUDY OF THE MILITARY TEAM

Abstract. The article describes the theoretical aspects of the use of common research

methods in the psychological study of the military community. Psychological activity in military

units and institutions is based on the need to diagnose and prevent various psychological and

emotional problems that arise in the activities of military personnel and units in order to properly

perform military service duties.

Key words: individual, group, military psychology, military team, military psychologist.

МЕТОДЫ ИССЛЕДОВАНИЯ ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО ИССЛЕДОВАНИЯ

ВОИНСКОЙ КОМАНДЫ

Аннотация. В статье рассмотрены теоретические аспекты использования

общепринятых методов исследования в психологическом исследовании военного

сообщества. Психологическая деятельность в воинских частях и учреждениях основана на

необходимости диагностики и профилактики различных психологических и эмоциональных

проблем, возникающих в деятельности военнослужащих и частей, в целях надлежащего

выполнения обязанностей воинской службы.

Ключевые слова: личность, группа, военная психология, военный коллектив,

военный психолог.

Ma’lumki, alohida olingan shaxs muammosini ko’plab fanlar o’rganadi. Psixalogiya

xususan harbiy psixalogiya ham shunday fanlar sirasiga kiradi. Har qanday faoliyatda, jumladan,

harbiy faoliyatda kishilarning xususiyatlari katta rol o’ynaydi.Faoliyatga tirik mavjudotning

(jumladan, insonning ham)o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida atrof-muhit bilan bo’ladigan

o’zaro ta’sirlashuv jarayoni sifatida qaraladi. Inson o’zining tashqi dunyoga bo’lgan munosabatini


background image



31-oktabr, 2024-Yil

272

faoliyat orqali ifodalaydi. Faoliyatda inson o’zida hosil bo’lgan ma’lum ehtiyojlarni qondirish

uchun fikran qo’yilgan maqsadga erishadi. Faoliyat turlariga misol qilib harbiy faoliyatni olishimz

mumkin. Harbiy xizmatchi shaxsining psixologik faktorlarini tekshirish-harbiy psixologiyaning

asosiy muammolaridan biridir. Shuningdek, harbiy jamoalarda shaxslararo munosabatlar,

komandirlar bilan bo‘ysunuvchilar muloqotining psixologik xususiyatlari, favquloddagi holatlarda

harbiy xizmatdagi kishilar psixikasining o‘zgarishi, bo‘linmalarda psixologik muhit masalasi,

harbiy vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish birlamchi muammo ekanligi va hokazo. Harbiy

psixologiya negizida sotsial psixologiya, mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi,

pedagogik psixologiya sohalarining nazariy-amaliy materiallari, umumbashariy qonuniyatlar

yotadi.

Harbiy jamoani psixologik o‘rganish ikki xil turda - alohida harbiy xizmatchini (individual)

va guruh (jamoa) larga ajratgan holda o‘rganiladi. Shunga ko‘ra, harbiy xizmatchilarning alohida

(individual) psixologik o‘rganishning predmeti-harbiy xizmatchilarning shaxsning o‘ziga xos

xususiyatlarini o‘rganish hisoblansa, guruhlarga ajratib o‘rganishning predmeti esa-harbiy

jamoaning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik jihatlarini o‘rganish hisoblanadi. Keyingi yillarda

kasbga psixologik tanlash jarayoniga e’tibor oshib bormoqda. Mazkur jarayonda psixodiagnostik

tadbirlar natijalaridan:

1. Psixodiagnostika ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida intensiv

ravishda qo‘llanilishi mumkin. Psixodiagnostika kasbiy ta’lim-tarbiya oldida turgan qator

vazifalar, xususan kasbiy ta’limni rejalashtirish, tashkil etish, boshqarishda amaliy yordam beradi.

Shaxs darajasidagi og‘ishlar va o‘qishda o‘zlashtirish darajasining pastligining pedagogik-

psixologik jihatlarini o‘rganish, ta’limni differensiallashtirish, kasbiy yo‘naltirish, individual

yondashuvni shakllantirish jarayonida qo‘llash mumkin.

2. Psixodiagnostika kasbiy yo‘naltirish va kasbga psixologik tanlashni o‘tkazish sohasi

mutaxassislari faoliyatining ajralmas qismini tashkil etib, ushbu jarayon xar bir shaxsga uning

individual-psixologik, psixofiziologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kasb (lavozim)ga

tavsiya etish, kasbiy malaka va ko‘nikmalarni samarali egallash yo‘llarini ko‘rsatib berish uchun

xizmat qiladi. Umumiy psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilish metodlarining turli

yo‘nalishlari mavjud. Tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil bo‘lib, murakkab va

psixologik jarayonlarga xos hodisalarni o‘z ichiga oladi. Bu psixologik holatlar, hodisalar va

jarayonlar qanday metodlar, ya’ni qaysi yo‘llar, qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol

tug‘ilishi tabiiy. Avvalo metodning o‘zi nima, degan savolga javob berishga to‘g‘ri keladi. Metod

lotincha «methados» so‘zidan olingan bo‘lib, aniq masalalarni hal qilishga qaratilgan voqelikni


background image



31-oktabr, 2024-Yil

273

amaliy yoki nazariy bilish usullari hamda amallarining majmuidan iboratdir. Bu metodning

umumiy ta’rifidir. Agar uni har bir alohida fanga nisbatan oladigan bo‘lsak, u paytda metod ayni

shu fanning predmetini tekshirish, o‘rganish va tushuntirib berish usullarining yig‘indisi ekanligi

kelib chiqadi. Demak, har qanday metod ma’lum prinsiplarga asoslanmog‘i kerak. Harbiy

xizmatchilarni psixologik o‘rganish vaqtida quyidagi metod va metodikalardan foydalanishimiz

mumkin: - kuzatish (ichki va tashqi); - hujjatlarni o‘rganish (kontent-tahlil) metodi; - so‘roq

(suhbat, intervyu) metodlari; - anketa metodi; - testlar; - proyektiv testlar.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o‘rnida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

1. Harbiy xizmatchilar va harbiy jamoani psixologik o‘rganish bosqichlari ko‘rsatilgan,

unda har bir bosqichda harbiy xizmatchini va harbiy jamoani o‘ziga xosliklari o‘rganib boriladi.

Psixologik o‘rganishlarni bosqichlarga ajratishimiz harbiy qismda faoliyat ko‘rsatayotgan

harbiy psixologga harbiy xizmatchilarni o‘rganishda o‘ziga xos qulayliklarni keltiradi: -

Psixologik o‘rganishni tizimlashtiradi, harbiy xizmatchi va harbiy jamoani psixologik o‘rganishni

tartiblashtiradi, ma’lumotlarni yig‘ib boradi. harbiy xizmatchi va harbiy jamoa to‘g‘risida olingan

ma’lumotlarni umumlashtirib, tahlil qilgan holda bevosita boshliqlariga tatbiq etadi.

2. Harbiy xizmatchini va harbiy jamoani psixologik o‘rganishdagi har bir bosqichda

tegishli metod va metodikalardan foydalanish qulayligi, hatto ayrim metod va metodikalarni

(misol tariqasida, kuzatuv, suhbat, hujjatlar orqali ma’lumotlar yig‘ish) har bir bosqichda

qo‘llashimiz mumkin.

REFERENCES

1.

E. G‘oziyev. Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik. Toshkent.

«Universitet» 2008 y. 31, 50-betlar.

2.

O‘.R. Urunov. Harbiy psixologiya. Darslik. O‘R QK Akademiyasi nashri, Toshkent 2018 y.

38 bet.

3.

Порохин С. Профессиональные качества - основа победоносности войск // Ориентир

№ 9. 2001. - С. 32.,

4.

Решетников М.М. Профессиональный отбор в системе образования, промышленности

и армии США // Психологический журнал. - 1987. - Т. 8. N 3. - С. 145-153.

5.

Самаров Р. Проблемы психологической готовности военнослужащих к несению

воинской службы. Психология фани

References

E. G‘oziyev. Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik. Toshkent. «Universitet» 2008 y. 31, 50-betlar.

O‘.R. Urunov. Harbiy psixologiya. Darslik. O‘R QK Akademiyasi nashri, Toshkent 2018 y. 38 bet.

Порохин С. Профессиональные качества - основа победоносности войск // Ориентир № 9. 2001. - С. 32.,

Решетников М.М. Профессиональный отбор в системе образования, промышленности и армии США // Психологический журнал. - 1987. - Т. 8. N 3. - С. 145-153.

Самаров Р. Проблемы психологической готовности военнослужащих к несению воинской службы. Психология фани