Authors

  • Shaxriyora Nurmatova
  • Umida Yusupova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.43758

Abstract

This article provides information about logical and critical knowledge for elementary school children. Children should be taught not only at school, but also at home. Several logic problems and their solutions. The president also mentioned about the school in his speech and some information was mentioned.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

89

BOLALARDA MANTIQIY VA TANQIDIY FIKRLASH JARAYONINI

RIVOJLANTIRISH

Nurmatova Shaxriyora Ilhomjon qizi

Andijon davlat Pedagogika instutining Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim kafedrasi

o’qtuvchisi

Yusupova Umida Zayniddin qizi

Andijon davlat Pedagogika instuti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi birinchi

bosqich 106-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13904320

Annotatsiya.

Mazkur maqola boshlang’ich sinf bolalari uchun mantiqiy va tanqidiy bilimi

haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Bolalarga faqatgina maktabda emas balki uyda ham
o’rgatishlik aytib o’tilgan. Bir qancha mantiqiy masalalar va ularning yechimlari. Prezidentimiz
ham maktab haqida o’z nutqida aytib o’tganligi va bir qancha malumotlar keltirib o’tilgan.

Kalit so’z:

Mantiqiy, 2- sinf, fikrlash, Leader School, Toshkent.

DEVELOPMENT OF LOGICAL AND CRITICAL THINKING PROCESS IN

CHILDREN

Abstract.

This article provides information about logical and critical knowledge for

elementary school children. Children should be taught not only at school, but also at home. Several
logic problems and their solutions. The president also mentioned about the school in his speech
and some information was mentioned.

Key word:

Logical, 2nd grade, thinking, Leader School, Tashkent.

РАЗВИТИЕ ЛОГИЧЕСКОГО И КРИТИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У ДЕТЕЙ

Аннотация.

В данной статье представлена информация о логических и

критических знаниях для детей начальной школы. Детей следует обучать не только в
школе, но и дома. Несколько логических задач и их решения. В своем выступлении
президент также упомянул о школе и привел некоторую информацию.

Ключевое слово:

Логика, 2 класс, мышление, Школа Лидера, Ташкент.

Hozirgi rivojlanib borayotgan XXI asrda har bir soha rivojlanib yetakchi o‘rinlarga

chiqmoqda. Albatta bunday rivojlanishni davomiy qilish uchun bolalarga e’tibor qaratilayapti.

Ularga har tomondan imkoniyatlar yaratilayapti shunday ekan. Biz bolalarni maktabga

chiqqandan boshlab fikrlashini o‘stirishimiz texnalogiyalar bilan tanishtirib o‘tishimz lozim

1

Shu o`rinda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi gaplari yodimizga tushadi:

Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining

kundalik qoidasi bo`lishi kerak.

1

Sh.M.Mirziyoyev “Tanqidiy tahlil, qat‟iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining

kundalik qoidasi bo`lishi kerak”. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-shtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va
2017 yilga

mo„ljallangan shtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo„nalishlariga bagishlangan Vazirlar

Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‟ruza. 2017-yil 14-yanvar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

90

2

Yurtimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, o’qitish sifati va mazmunini yangi

bosqichga ko’tarish, malakali kadrlar tayyorlashning zamonaviy mexanizmini yaratish, o’quv
dasturlari va adabiyotlarini yangilashga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich, tizimli ravishda
amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda yurtimiz rivojlanishida Sharqona tarbiya mazmunini o`zida mujassam etgan

ta’lim muassasalarimizdagi o`quvchi-yoshlarni o`rta asr Sharqining buyuk mutafakkirlari
Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sinolar ta’kidlaganlaridek, mustaqil tanqidiy fikrlashga o`rgatish hamda
ushbu tanqidiy fikrlashi jarayonida о`zlashtirilgan bilimlar biror bir manbadan tayyor holda
olingan bilimlar bilan qiyoslaganda katta afzallikka ega ekanligini uqtirish bugungi globallashuv
jarayonida o`rni muhim sanaladi. Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish boshlang'ich maktabning
asosiy vazifalaridan biridir.Psixologlarning fikricha boshlang’ich sinfdan qatnashuvchilarni
mantiqiy fikrlashga o’rgatib borish zarur, chunki mantiqiy jarayonlarni yetarli darajada
o'zlashtirmaslik qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda matematikaning ahamiyati haqida V. A.Gusev, M. I.

Zaykin,V. A. Kolosova, Yu. M. Kolyagin, L. M. Lixtarnikov, E. E. Ostanina, L. G. Peterson, D.
Poyga, G. I. Sarantsev, C. Fillips, L. M. Fridman kabi tadqiqotchilar ishlarida uchratish mumkin.

Mantiqiy fikrlash fenomeni haqida batafsilroq to'xtaladigan bo’lsak A. A.Lublinskaya

fikricha, " Mantiqiy fikrlash, birinchi navbatda, fikrlash jarayonining o'zida namoyon bo'ladi.

Amaliy fikrlashdan farqli o'laroq, mantiqiy fikrlash faqat og'zaki yo'l bilan amalga

oshiriladi.

Hozirgi paytda yosh bolalarga koproq jiddiy e’tibor qaratilmoqda buning sababi asosan

ularni mantiqiy fikrlashga o’rgatishdan iborat. Bolada biz mantiqiy va tanqidiy fikrlashni, oiladan
va maktabdan rivojlantirishi mumkin.

3

Bu haqida t

a’lim

konsaltingi bo‘yicha xalqaro ekspert

Liliya Muxametshina yaqinda Toshkentdagi Leader School tomonidan tashkil etilgan veb-
seminarda oiladagi farzandlarning tanqidiy fikrlashini qanday rivojlantirish mumkinligi haqida
gapirdi. Dunyo doimo o‘zgarib turadi, yurist, buxgalter va boshqa zamonaviy kasblar o‘nlab
yillardan keyin “aqlli” qurilmalar va xizmatlar bilan almashtiriladi. Oradan qancha vaqt o’tishiga
qaramasdan oiladan bolada tanqidiy yoki mantiqiy fikrlashini rivojlantirish mumkin. Mantiqiy
fikrlash –bumuammolivaziyatni tahlil qilish va oqilona yechim topish harakati. Tanqidiy fikrlash
singari, mantiqiy fikrlash muammoni obʼektiv oʻrganish uchun fikrlash qobiliyatlaridan
foydalanishni talab qiladi.

Aniqki, maktabgacha yoshdagi bolalar savol berishni yaxshi ko‘rishadi. Bu qiziqishdan

dalolat beradi, bora-bora u aqlning qiziquvchanligiga, keyinchalik o‘z navbatida tanqidiy
fikrlashga aylanadi. Ko‘p hollarda maktab hayoti boshlanishi bilanoq, savollar berilishi to‘xtaydi.

Faqat javoblar yangraydi. Ammo bu holatda bolalar faqat yangi bilimlarning

iste’molchisiga aylanishadi, ammo ular bilimlarning yaratuvchisiga aylanishi kerak. Asosiysi

2

BOSHLANGICH TALIMDA MATEMATIK TOPSHIRIQLARNI YECHISH ORQALI O'QUVCHILARDA LREATIV

FIKRLASHINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Orziqulova Shoxista Shavkat qizi
Zayniddinova Karomat Zavqiddin qizi

3

https://www.gazeta.uz/oz/2021/04/16/creative-thinking/

Bolalarda tanqidiy fikrlashni qanday rivojlantirish mumkin


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

91

o’sha payti bolaga to’g’ri yo’nalish bera olish va matematikaga bo’lgan iqtidorini ochib bera olish
kerak. Bolalar mantiqiy savollarga juda o’ch bo’lishadi. Har qanday yosh bola unga boshqotirma
aytilganda tafakkur qilishga intiladi. Mantiqiy savollar bolalarning aqliy faoliyatini o’stirishda
muhim ro’l o’ynaydi. Biz 4- sinf o’quvchisiga quydagicha mantiqiy savollar berishimiz mumkin.

4

Masalan: Bir kishi bozordan 50 so’mga ot sotib oldi. Otlar narxi ko’tarilgani uchun uni 60

so’mga sotdi. Otsiz qiynalishi bilib 70 so’mga yana ot sotib oldi. Otasining qimmat olibsan
deyishidan cho’chib 80 so’mga sotib yubordi. U qancha foyda ko’radi?

Matematikani yaxshi bilib iqtidorli o’quvchi bu savolga qiyinchiliklarsiz oson javob topa

oladi va sheriklariga yordam beradi. Bu masalada otlar narxi ko’tarilgani uchun ham 60 so’mga
sotibdi va yana ot sotib olibdi 70 so’mga demak buni endi ayirish kerak. Otasi 80 somga sotibdi
foydami? Demak qo’shuv belgisini qo’yamiz deb o’zini tengdoshlariga ham o’rgatadi.

-50+60-70+80=20
Javobini chiqaradi va mana shu o’quvchi bilan kuchliroq shug’ullanish kerak chunki unda

matematikaga nisbatdan iqtidor bor. Yana biz 2-sinflar uchun mo’ljalangan mantiqiy savolni
ko’rib o’tsak.

32 jangchining 1 ta qo‘mondoni bor u nima? (tish va til)
Kabi savollar bilan o’quvchini bilimini oshirish mumkin. Mana shunday qiziqarli

savollardan keyingina o’quvchida qiziqish paydo bo’ladi albatta.

5

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash orqali, mustaqil, erkin fikrlay olish,

tahlil qilish, taqqoslash, fikrlarni izohlash, baxslashish, o‘z g‘oyalarini himoya qilish va
yangiliklarga intilish kabi malakalari bilan birga, mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati,
dunyoqarashi, o‘z-o‘zini anglash, kommunikativ savodxonligi, go‘zallik va nafosatni his etib,
undan zavqlana olish, aqlan va jismonan sog‘lom bo‘lish, milliy urf-odatlarni o‘ziga singdirish va
qadrlash kabi muhim xususiyatlari rivojlantiriladi. Bu o‘z navbatida kichik yoshdagi
o‘quvchilarning bilimlarni chuqur o‘zlashtirish va amalda to‘g‘ri qo‘llay olishlarini ta’minlaydi.

Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tanqidiy fikrlashlarini rivojlan tirish uchun

darsning maqsadini aniq, pedagogik texnologiya asosida loyihalab olish muhim ahamiyatga ega.

O’qtuvchi o’quvchi bilan ishlar ekan unga yo’nalish berish va albatta unga misol chiqmasa

ham uni hech kim ustidan kulmasligini aytish va o’rgatish lozim.

Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida tugallangan va

esdan chiqarilgan vazifa ham emas. Shu bilan birga tanqidiy fikrlashga olib boradigan tugallangan
yo’l ham yo’q. Lekin tanqidiy fikrlovchilarning shakllanishiga yordam beruvchi muayyan o’quv
sharoitlari to’plami mavjud. Uning uchun:

tanqidiy fikrlash tajribasini egallashi uchun vaqt va imkoniyat berish;

o`quvchi-yoshlarlarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish;

turli – tuman g’oya va fikrlarni qabul qilish;

4

https://baxtiyor.uz/mantiqiy-savollar-javobi-bilan/#google_vignette

5

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TANQIDIY FIKRLASH

ORQALI MUSTAQIL FIKRLASH MALAKASINI SHAKLLANTIRISH

Abdullayeva Karamat Niyazmetovna Matyakubova Gulchexra Jumaniyazovna


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

92

o`quvchi-yoshlarlarning o’quv jarayonidagi faolligini ta’minlash;

o`quvchi-yoshlarlarni kulgiga qolmaslikka ishontirish kerak;

har bir o`quvchi-yoshlarning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga o’zlarida ishonch
hissini uyg’otish;

tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim

.

Xulosa qilib shuni aytib o’tish kerakki!
O’quvchini yana asosan oilasi bilan ham birgalikda ishlash kerak chunki bolaga oila ham

qattiq ta’sir qilishi mumkin. O’qtuvchilar qancha ahamiyat bilan bolalarni o’qittsa ular shunchalik
bilimli bo’lib voyaga yetadi. O’quvcxhilarga iloji boricha ko’proq qiziqtirish uchun ularga
qiziqarli savollar berish kerak.

REFERENCES

1.

Sh.M.Mirziyoyev “Tanqidiy tahlil, qat‟iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak”. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-
shtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo„ljallangan shtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo„nalishlariga bagishlangan Vazirlar Mahkamasining
kengaytirilgan majlisidagi ma‟ruza. 2017-yil 14-yanvar

2.

BOSHLANGICH TALIMDA MATEMATIK TOPSHIRIQLARNI YECHISH ORQALI
O'QUVCHILARDA LREATIV FIKRLASHINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Orziqulova Shoxista Shavkat qizi
Zayniddinova Karomat Zavqiddin qizi

3.

https://www.gazeta.uz/oz/2021/04/16/creative-thinking/

Bolalarda tanqidiy fikrlashni qanday rivojlantirish mumkin

4.

https://baxtiyor.uz/mantiqiy-savollar-javobi-bilan/#google_vignette

5.

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TANQIDIY FIKRLASH
ORQALI MUSTAQIL FIKRLASH MALAKASINI SHAKLLANTIRISH
Abdullayeva Karamat Niyazmetovna Matyakubova Gulchexra Jumaniyazovna



References

Sh.M.Mirziyoyev “Tanqidiy tahlil, qat‟iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak”. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-shtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo„ljallangan shtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo„nalishlariga bagishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‟ruza. 2017-yil 14-yanvar

BOSHLANGICH TALIMDA MATEMATIK TOPSHIRIQLARNI YECHISH ORQALI O'QUVCHILARDA LREATIV FIKRLASHINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Orziqulova Shoxista Shavkat qizi

Zayniddinova Karomat Zavqiddin qizi

Bolalarda tanqidiy fikrlashni qanday rivojlantirish mumkin

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TANQIDIY FIKRLASH

ORQALI MUSTAQIL FIKRLASH MALAKASINI SHAKLLANTIRISH

Abdullayeva Karamat Niyazmetovna Matyakubova Gulchexra Jumaniyazovna