ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
134
O‘ZBEK ADABIYOTI NASRIDA QO‘LLANILGAN METAFORALARNING LEKSIK-
GRAMMATIK XUSUSIYATLARI
Muminov Sidikjon Mirsobirovich
Farg‘ona davlat universiteti, professor, filologiya fanlari doktori.
Farg‘ona, O‘zbekiston.
Mahfuza Nishonboyeva
Farg‘ona, O‘zbekiston.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13905872
Annotatsiya.
Ushbu maqolada metafora va uning lisoniy va xusisiy(muallif) metaforlari
va ularning nafaqat tilshunoslik balki badiiy adabiyotdagi o’rni dolzarb muhokama qilingan.
O’zbek nasrida qo’llanilgan metaforalarninh leksik-grammatik xususiyatlar haqida
ma’lumotlar tahlil qilingan.
Tayanch so’zlar:
metafora, xususiy metafora, konnotativ ma’no, denotative ma’no, termin,
ko’chim, muallif metaforasi, lisoniy metafora, urg’u, bo’g’in.
LEXICAL-GRAMMATICAL CHARACTERISTICS OF METAPHORS USED IN THE
PROSE OF UZBEK LITERATURE
Abstract.
In this article, metaphor and its linguistic and personal (author) metaphors and
their role not only in linguistics but also in fiction are discussed. Information about lexical-
grammatical features of metaphors used in Uzbek prose is analyzed.
Key words:
metaphor, specific metaphor, connotative meaning, denotative meaning, term,
transference, author's metaphor, linguistic metaphor, emphasis, syllable.
ЛЕКСИКО-ГРАММАТИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА МЕТАФОР,
ИСПОЛЬЗУЕМЫХ В ПРОЗЕ УЗБЕКСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ
Аннотация.
В статье рассматриваются метафора и ее лингволичностные
(авторские) метафоры и их место не только в лингвистике, но и в художественной
литературе. Анализируются сведения о лексико-грамматических особенностях метафор,
используемых в узбекской прозе.
Ключевые слова:
метафора, специфическая метафора, коннотативное значение,
денотативное значение, термин, перенос, авторская метафора, лингвистическая
метафора, ударение, слог.
Metafora bu har bir tilning o‘tmishi, buguni hamda ertasi hisoblanadi. Sababi, metafora
ko‘chim turida ana shu xalqning madaniyati, qadryatlari ham ba’zan insonlarning dunyo qarashlari
ham aks etadi. Shuning uchun tilning shakllanishini, taraqqiyotini baholashda metaforlarning
qo‘llanishiga e’tibor qaratishning o‘zi yetarlidir. Chunonchi, Aristotel “Poetika” nomli asarida
quyidagi fikrlarni keltirgan. “Metafora-bu turdan-turga yoki o‘xshash bo‘lgan g‘ayrioddiy ismning
ko‘chirilishidir”. Shu nuqtai nazar kelib chiqadiki, aksariyat terminlarning kelib chiqishi
metaforaga borib taqaladi. Ya’ni tilshunoslikdagi, urg‘u, bo‘g‘in, tovush o‘zgarishi, ma’no
ko‘chishi, ma’no kengayishi, ma’no torayishi, shakl yasalishi, gap bo‘lagi, ega, kesim, barcha
ikkinchi darajali gap bo‘laklari, qo‘shma so‘z, qo‘shma va soda gap, so‘z o‘zgarishi, yumshoq
bo‘lak va shu kabi minglab terminlar aynan metaforik asosda ekanligi fikrimiz isbotidir.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
135
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, metafora va uning vazifa-yu maqsadlari tog‘risida ko‘plab
ilmiy asarlar yaratildi. Ularda bu ko‘chimning asosini o‘xshatish yoki qiyoslashdan iborat ekanligi
ham bot-bot takrorlangan. Aristotel ham metafora bilan o‘xshatishning katta farqi yo‘q ekanligi,
ular bir- biriga yaqin ekanligi sababli ham osonlik bilan o‘xshatishni metaforaga aylantirish
mumkin ekanligini aytib o‘tgan. Yana u shuni ta’kidlab o‘tdiki, agar shoir Axill haqida “U sherdek
tashlandi” desa –
dek
qo‘shimchasi sababli ham o‘xshatish yuzaga keladi, ammo “Sher tashlandi”
desa metafora bo‘ladi.
Metafora asosida ma’no ko‘chishi ot, sifat, fe’l so‘z turkumlarida bo‘ladi. Metaforaning
ikki turini farqlash lozim:
lingvistik (lisoniy) metafora
va
xususiy-muallif metaforalari
.
Lingvistik metaforalar til taraqqiyoti bilan bog‘liq hodisa hisoblanadi. “Bunday
metaforalar asosan, atash, nomlash vazifasini bajarganligi uchun ularda uslubiy bo‘yoq,
ekspressivlik, binobarin, ular ifodalagan nutq predmetiga nisbatan subyektiv munosabat aks
etmaydi.” Faqatgina ma’lum bir so‘zning ma’no doirasi kengayadi hamda yangi tushunchalarni
atash uchun xizmat qiladi. Masalan: qozon qulog‘i, rubobning qorni, ariq labi, varrak dumi, egar
qoshi.
Xususiy-muallif metaforalari esa yozuvchining estetik maqsadi, ya’ni borliqni subyektiv
munosabatini qo‘shib ifodalagan holda nomlashi asosida yuzaga keladi. Ular uslubiy jihatdan
bo‘yoqdorlikka va voqelikni obrazli tasvirlash xususiyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham
badiiy matnda qahramonning his-tuyg‘ularini ta’sirchan, yorqin bo‘yoqlarda, aniq va ixcham
ifodalashga xizmat qiladi. Xususiy-muallif metaforalarida hamisha konnotativ ma’no mavjud
bo‘ladi. Shu sabab badiiy adabiyotda asar qahramonlarining his-tuyg‘u va o‘y-kechinmalarini
ta’sirchan, yorqin bo‘yoqlarda, aniq ifodalash uchun mana shu ko‘chim turidan ko‘p foydalaniladi.
Agar yozuvchi xususiy metaforlardan foydalansa, nima sababdan aynan uni
qo‘llayotganining sababi yoki maqsadini keltirib o‘tadi. Masalan, uy va yovvoyi hayvon nomlarini
ko‘chim turi sifatida qo‘llanilishining o‘z maqsadi bor. Xususiy-muallif metaforalarida hamisha
konnotativ ma’no aniq holda ifodalanadi.
Masalan, Otning baquvvatligi, eshakning aqlsizligi, qo‘yning yuvoshligi, itning
vafodorligi, mushukning epchilligi, tulkining ayyorligi, burgutning changallashdagi kuchliligi,
lochinning ko‘zi o‘tkirligi kabi tipik xususiyatlari boshqa predmetlarga nisbatan metaforik usulda
ko‘chiriladi, natijada konnotativ ma’no yuzaga keladi hamda matnning ta’sirchanligi oshadi.
1
Yuqoridagi metaforlar aksariyat olimlar tomonidan xususiy- metaforlar deb tan olingan.
Ammo ba’zi tilshunoslar shuni isbotlashdiki, ular xususiy emas balki an’anaviy
metaforalardir, ya’ni ular konnotativ xususiyatga ega bo‘lishiga, matnni ta’sirchanligini oshirishga
qaramay, ular yangi yoki orginal emas, uni yzuvchi yaratmagan, balki oldindan ma’lum
metaforadir. Bunga misol qilib “buqalamun” hayvonini olsak, lug‘atlarda ham ko‘zbo‘yamachi,
ikkiyuzlamachi, o‘zrauvchan insonlar uchun ishlatiluvchi metaforalar ham an’anaviydir. Shu
sababli ham badiiy adabiyotda lingvopoetik salmoqlilik darajasiga ko‘ra bunday metaforalar ancha
pastda. Ammo yangi va hech kutilmagan, ijodkorning o‘z mahsuli hisoblangan metaforalar badiiy
1
Мамадалиев М. Ўзбек тилида номинатив бирликларнинг коннотатив аспекти: Филол.фан. номз. дисс... –
Тошкент:
1998. –Б.12.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
136
asarda kuchli darajada bo‘ladi deb ta’kidlanadi. Badiiy asarlarda metaforalarning o‘rni va
vazifalarini tahlil qilish uchun Abdulla Qahhorning “Jonfig‘on” hikoyasi ko‘rib chiqamiz.
Asar bosh qahramonlarining ismlari Jonifig‘on va Malohat ham metafora asosida ma’no
ko‘chgan.
Jonifig‘on-
ism va asarlarga nom sifatida metafora asosida qo‘yiladi.
Malohat
- qorachadan kelgan chiroyli hushbichim{1. O‘zbek tili izohli lug‘ati}.
Asarda qahramonga mos obraz hosil qilish uchun qo‘llanilgan.
“Jonfig‘onni tanisangiz kerak - o‘sha,
o‘tgan
yil bahorda mast bo‘lib, ko‘chadan
o‘tgan
odamga "hozir aytasan: boshimni qaysi devorga urib yoray", deb
yopishgan,
keyin soqoliga o‘zi
o‘t qo‘yib, gugurt chiqarganni so‘kkan kishi… Jonfig‘on
o‘tgan yil
bahor kechalarining birida
(o‘sha kuni ertasiga boshini yormoqchi bo‘lgan, soqoliga o‘t qo‘ygan) istirohat bog‘iga kirgan
ekan, qarasa, shaharning manman degan staxanovchilari qatorida xotinining ham kattakon portreti
turibdi!” Ushbu jumlada ishtirok etgan metaforik birlik bu “o‘tgan yil”. Yuqorida
o‘tgan
so‘zi ikki
bor ketma-ket qo‘llanilmoqda. Ammo biri denotativ, yana biri konotativ ma’noga ega.
Ko‘chadan
o‘tgan
ma’nosida asl va
o‘tgan yil
birligida harakat o‘xshashligi asosida ma’no ko‘chgan. Ya’ni
insonga xos xususiyatlar jonsiz narsaga ko‘chgan. Va yozuvchi ta’sirchanlik ma’nosida bu birlikni
qo‘llagan.
“
Yopishgan”
so‘zi ham harakat jihatdan o‘xshashligi asosida ma’no ko‘chgan. Va ushbu
jumalada yaqin keldi, ushlab oldi ma’nolarini bo‘rttirish uchun yozuvchi tomonidan mohirona
qo‘llanilgan.
“Kecha shuning uyidan xotin kishining
achchiq-achchiq yig‘lagan
tovushi eshitildi.”
Achchiq-achchiq yig‘i metaforik birikmasida, takroriy sifatlar maza- ta’m o‘xshashligi
yoki belgi xususiyati asosida ma’no ko‘chgan. Shoir bunday metaforani qo‘llash orqali o‘quvchida
yorqin taassurot uyg‘otishni maqsad qilgan va buni mahorat bilan amalga oshirgan.
“Jonfig‘on bu
yaqin yillarda
xotinini urgan emas, hatto bir kuni samovarda o‘zi: "Xotin
kishini nomard uradi.” Ushbu gapda metaforaning Joylashuviga ko‘ra (ba’zi manbalarda
oriyentatsiyaviy deb ham ataladi) metafora ma’lum bir jismning joylashish o‘rniga ko‘ra ma’no
ko‘chgan.
“
Sho‘rginam qursin
... ko‘rmaysizlarmi... Besh-olti yildan beri bitta paypoq olib bergani
yo‘q-ku, ishlab-ishlab topgan pulimga qilgan hamma kiyimlarimga kerosin sepib
o‘t qo‘ydi...
”
Ushbu gapda ishtirok
Sho‘rginam qursin
metaforasi
Metaphors can help “visualize” a
situation or put an event in context) mavjud vaziyatni tasavvur qilish yoki holatlarni aniq
kontextda tushunishga yordam bermoqda. Bu yerda yana
o‘t qo‘ymoq
qo‘shma fe’lini ham
ko‘rishimiz mumkin. Aslida kelib chiqishi metaforaga bog‘langan. O‘tni qo‘yib bo‘lmasligi,
qo‘ymoq faqat jismga nisbatan qo‘llanilishini bilamiz.
“Jonfig‘on
katta bir haqiqatni
ochishga shoshilganday, uydan yugurib chiqdi.” Yozuvchi
ushbu gapda katta metaforasini haqiqat hamma uchun hayratlanarli bo‘lishini, sir tutilgan haqiqat
ekanligi ko‘rsatish uchun va bu
san’at turi orqali ikkita bir-birga o‘xshamagan narsalar
taqqoslanmoqdi va miyyani charxlash uchun xizmat qilyapti.
Ushbu m
etafora mavhum
tushunchalarning o‘quvchi uchun tushunarli yo‘llar bilan yetkazib berish uchun xizmat
qiladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
137
“Bizga
zo‘r haqsizlikdan
shikoyat qilayotgan qiyofada turib, allaqaerda o‘tgan bir
avliyoning o‘z o‘gliga "xotinlar bevafo" deb qilgan nasihati, jinoyat qonunlari majmuasining
allanechanchi moddasi to‘g‘risida gapirdi va bexosdan yig‘lab yubordi.”
Yozuvchi metaforadan
odamlarning turli kutilmagan holatlar bilan tasvirlash hamda ikkita bir-birga o‘xshamagan
narsalar taqqoslamoqda va miyyani charxlash uchun xizmat qilmoqda.
“Ba’zi urishlar shunday arzimagan narsadan
chiqadiki
, orada qancha
sovuq gaplar
o‘tib
"hordiq chiqqandan keyin"
urish nimadan chiqqanini
na er eslay oladi, na xotin. Er-xotin ayta
bersa, bu janjalning tarixi biron yozuvchining
qo‘liga tushsa
kattakon bir kitob bo‘ladigan.”
Yuqorida ajratib ko‘rsatilgan fe’llar “chiqmoq, tushmoq” odatda insonlarga xos xatti-
harakatlarni ifodalab kelmoqda, va bu yerda mazkur fe’llar narsa-buyumlarga ko‘chgan va asarda
ta’sirchnali va obrazlilik ta’minlanmoqda. “Sovuq gap” metaforik birligi esa gapning qay darajada
negative ekanligi, salbiy xususiyatga ega ekanligini yozuvchi qo‘llagan metaforadan bilishimiz
mumkin, Ikki bir-biriga o‘xshamagan tushunchani belgi xususiyatiga ko‘ra o‘xshatmoqda.
“Jonfig‘on bundan besh-olti yil burun qaysi bir idoraning izvoshini minar ekan, kirakashlik
qilib
qo‘lga tushib
ishdan haydashibdi; keyin sabzavot do‘koniga mudir bo‘lgan ekan.” “Qo‘lga
tushmoq” ushbu gapda ko‘chma ma’noda qo‘llanilgan, aslida bu yerda sinekdohaviy metafora
ko‘chim turi mavjud desak bo‘ladi, sababi qo‘l orqali butun bir jism nazarda tutilmoqda hamda
qo‘lga tushmoq birikmasi ko‘chma ma’noda qo‘llanilmoqda.
"Juda arzon mollar, bularning
ustiga
so‘m
qo‘yib
bo‘lmasa, tiyin qo‘yish bilan qachon boy
bo‘ladi kishi" deb o‘zi tashlab ketibdi; tanish-bilishlari zavodga
ishga
joylab qo‘ygan ekan
,”
Bilamizki, pul miqdoriga yana summa qo‘shishimiz mumkin ammo, bu yerda pulning
ustiga pul qo‘ymoq metaforasi ishlatilib, o‘quvchilar ongida
mavhum tushunchalarning
o‘quvchi uchun tushunarli yo‘llar bilan yetkazib berish hamda so‘zlovchilar nutqida
aniqlikni yaratish uchun xizmat qilmoqda. Keyingi metafora ishga
joylab qo‘ygan ekan
metaforasidir. Bilamizki jonsiz buyumlarni ma’lum bir yerga joylab qo‘yish mumkin, lekin
insonni joylab qo‘yilmaydi biroq uni ish bilan ta’minlanishiga o‘z xissasini qo‘shgani uchun shu
metaforik birlik qo‘llagan asar qahramoni. Yozuvchi maqsadi: (
Metaphors can help “visualize”
a situation or put an event in context) Metafora mavjud vaziyatni tasavvur qilish yoki
holatlarni aniq kontextda tushunishga yordam beradi.
“Jonfig‘on izvozchilikdan haydalgan yili, mahalladagi aktiv ayollarning
himoyasi ostida
,
erining qarshiligiga
qaramay, rayon Kengashiga uborshitsa bo‘lib kirgan ekan; o‘qibdi, hademay
savodi chiqibdi, bir yil-bir yarim yildan keyin hatto majlislarda dokladchiga: "O‘rtoq, sizga
savolim bor", deydigan bo‘libdi.”
Himoyasi ostida va erining qarshiligi
metaforalarining
joylashuviga ko‘ra (ba’zi manbalarda oriyentatsiyaviy deb ham ataladi) metafora ma’lum bir
jismning joylashish o‘rniga ko‘ra ma’no ko‘chgan. Bir jism ikkinchisining ostida yoki qarshisida
bo‘lishi mumkin ammo bu yerda ko‘chma ma’noda qo‘llanilib,
(Metaphors can make prose
more muscular or imagery more vivid) Metafora tasvirni yoki jumlani yanada
aniqlashtirush uchun xizmat qiladi.
“Sevinch, qo‘rquv, baxillik — hammasi
aralash-quralash
bo‘lib, Jonfig‘onning boshi
g‘ovlab ketibdi
.” Mavhum otalar: sevinch, qo‘rquv, bahillikni bir-biri bilan aralashib ketishi
mumkin emas. Ammo metaforaning chalg‘tishish turi orqali bunday metaforlar yaratilmoqda.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
138
Ya’ni
chalg‘itish
- ma’lum bir hodisa (shaxs yoki ob’ekt) belgisini mavhum, mavhum
hodisaga o‘tkazish.
“
Tuppa-tuzuk
o‘tirgan odam birdan
aynib
, endi undoq bo‘lasan” Bu gapdagi qora
harflarda ajratilib ko‘rsatilgan sifat yaxshi so‘ziga nisbatan ishlatilgan. Aslida bu sifat insonning
sog‘lig‘iga nisbatan qo‘llaniladi. “Aynimoq” fe’li harakat o‘xshashligi asosida metaforik ko‘chim
hosil qilmoqda. Aynimoq- yo‘lidan qaymoq deganidir. Agar aynigan biror bir narsani ko‘rsak uni
istemol qilishdan qaytamiz, bosh tortamiz, bu yerda ham bir ish qilishdan bosh tortish ma’nosida
ishlatilmoqda.
“Malohatning
ko‘k piyoladan ko‘ra kichikroq buqog‘i
bo‘lib, shuni o‘tgan yil kuzda
kestirgan ekan. Ikkinchi yirik janjal shunda bo‘lib, yaqin bir haftaga cho‘zilibdi.” Malohatning
tana a’zosidagi nuqsonini piyolaga qiyoslamoqda.
Yozuvchi metaforadan odamlarning turli
kutilmagan holatlar bilan tasvirlash uchun ishlatgan. Undan tashqari metafora mavhum
tushunchalarning o‘quvchi uchun tushunarli yo‘llar bilan yetkazib berish uchun xizmat
qiladi.
“Shuning uchun Malohat ko‘zga ko‘ringan sayin erini
el qatori
ishlashga undar
, yalinar,
ba’zan
qattiq gapirar
,
g‘amga botib
hatto yig‘lar ekan. Bu gap korxonaga
ovoza bo‘lib,
Jonfig‘onni o‘sha zamoniyoq ishdan haydashibdi. Mana, uchinchi
yirik janjal
mana shundan
chiqibdi.” Yuqorida ajratib ko‘rsatilgan metaforlarning asosiy vazifasi
o‘quvchiga bir mavhum
tushunchani aniq holda yetkazib berish yoki kam so‘z orqali ko‘p ma’no anglatuvchi
jumlalar yaratish kitobxonning asar mutoolasi jarayonida duch kelishi mumkin bo‘lagan
tushunmovchiliklarning oldini olish, mavjud vaziyatni tasavvur qilish yoki holatlarni aniq
kontextda tushunishga yordam berish, tasvirni yoki jumlani yanada aniqlashtirush uchun
xizmat qiladi.
“—Nega bundoq qilasiz, axir? — dedik. Jonfig‘on yer chizib o‘tirar ekan.
— Shayton
...— dedi. Yozuvchi Jonfig‘on uchun shayton metaforasi qo‘llaydi. Sababi, uni
qilgan hatti-harakati, umri davomida qilayotgan amallari shaytonning yo‘liga yurish bilan
tenglashtirilmoqda.
— Bekor aytibsiz! — dedi Malohat jahli chiqib,— chilimning suvini ichib
doktorga
kirishni shayton sizdan o‘rgangandir
!..” Ushbu jumlada ham shayton va insonning bajargan
ishlarini bir-biriga qiyoslayapti.
Ba’zan bu san’at turi orqali ikkita bir-birga o‘xshamagan
narsalar taqqoslanadi va miyyani charxlash uchun xizmat qiladi. Undan tashqari metafora
tasvirni yoki jumlani yanada aniqlashtirush uchun xizmat qiladi.
“U,
o‘pkasini tutolmay yig‘lab yubordi
.” O‘pkasini tutolmasligi uni chiday olmaganini
anglatmoqda. Yozuvchining maqsadi asar o‘quvchisining ongida tasavvurni hosil qilish va uni
ta’sirlantirishdir.
“U yig‘lar ekan, yana xotiniga
so‘z berdi
. Malohat uni hech qachon bu ahvolda ko‘rmagan
bo‘lsa kerak,
yumshadi
.” So‘zni berib bo‘lmasligi yoki inson yumshamasligini bilamiz. Birinchi
metaforada harakat o‘xshashligi asosida, keyingisida jismning xususiyat o‘xshashligi asosida
ma’no ko‘chishi kuzatilmoqda.
“Men sizga aytayin,— dedi,— pulingizning keragi yo‘q, ishlasangiz bo‘lgani! Biz
oxirgi
sinoq
bo‘lishi sharti bilan kafil bo‘ldik, ammo har qaysimizning dilimizda: "Bu xotindan uyalib
qolmasmikanmiz", degan bir andi-sha bor edi.”
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
139
“Shu gap gap bo‘ldimi, yo tag‘in
jinniligi tutarmikin
? — dedi.” Oxirgi sinoq deb so‘nggi
bor berilayotga imkoniyat ekanligini ko‘rsatmoqda. Oxirgi metaforasi joylashinuv xususiyatiga
ko‘ra ma’no ko‘chgan. Jinniligi tutmoq birikmasida esa metafora ko‘chma ma’no yasamoqda, uni
eski odatini yana qilib qolmasmikan degan ma’noni bermoqda, tutmoq fe’li ham mavhum otlar
bilan qo‘llanilmaydi balki aniq otlar bilan ishlatiladi. Ushbu jumlada
(Metaphors can make prose
more muscular or imagery more vivid) Metafora tasvirni yoki jumlani yanada
aniqlashtirush uchun xizmat qilgan. Undan tashqari (To entertain and tickle the brain,
metaphor examples sometimes compare two extremely unlike things) Ba’zan bu san’at turi
orqali ikkita bir-birga o‘xshamagan narsalar taqqoslandi. Bu turdagi metaforalarnin
(implied) nazarda tutilgan metaphor turiga yaqqol misol qilib keltirish mumkin. Ko‘rinib
turganidek, metafora hayotimizning har bir jabhasida o‘z aksini ko‘rsatadi. Yozuvchi
Abdulla Qahhorning ham eng qisqa hikoyalaridan biri hisoblanmish “
Jonfig‘on
” da deyarli
har bir asar qahramoni o‘z nutqida metafora ko‘chim turida juda ko‘p foydalanganlarini
guvohi bo‘lamiz.
Xulosa:
Ko‘plab yozuvchilar ifodalamoqchi bo‘lgan fikrlariga rang berish ba’zan bo‘rttirish uchun
ishlatishadi. Sababi, asarlar o‘zining badiiy o‘xshatmalari bilan o‘quvchini o‘ziga tortadi. Ayniqsa,
hayvonlar yoki jonsiz narsalarni jonlantirishda shu kabi badiiy vositalardan foydalanish talab
etiladi. Boshqa badiiy tasviriy vositalar singari metafora ham juda kuchli qurol hisoblanadi.
Chunki, siz qo‘llagan metafora orqali o‘quvchi ongi va kuchli tasviringiz o‘rtasida ko‘prik
yaratasiz va bu bilan siz har bir fikringizni qiziqarli, hayotiy qilib, o‘quvchining qahramon va u
yashayotgan dunyoni erkin tassavur qila olishiga zamin yarata olasiz.
Xususiy-muallif metaforalar lingvistik metaforlardan farqli ravishda yozuvchining estetik
maqsadi, ya’ni borliqni subyektiv munosabatini qo‘shib ifodalagan holda nomlashi asosida yuzaga
keladi. Ular uslubiy jihatdan bo‘yoqdorlikka va voqelikni obrazli tasvirlash xususiyatiga ega bo‘lib,
qahramonning his-tuyg‘ularini ta’sirchan, yorqin bo‘yoqlarda, aniq va ixcham ifodalashga xizmat
qiladi.
REFERENCES
1.
Axmedyanov K.A. Teoriya adabiyoti. – Ufa, 1985 yil. 126-bet
2.
Deignan, A., Gabrys, D., & Solska, A. Teaching English metaphors using cross linguistic
awareness-raising activities // ELT Journal. – 1997. - 51(4). – p. 353
3.
Erkaboyeva.N., O`zbek tilidan ma`ruzalar to`plami.-T.;” LRSSON PRESS”, 2017,87-88 b.
4.
Fayziyeva Aziza Anvarovna. Metafora Tarjimasiga Turli Qarashlar. Buxoro davlat
universiteti. Ta’lim va inovatsion tadqiqotlar. (2022 йил 6.2)
5.
Jose Ortega-y-Gasset. Las dos grandes metaforas. – Еn: Ortega-y-Gasset J. Pbras Completas.
Tomo 2., Madrid, 1966. –Р. 387-400.
6.
Lakoff, G. Metaphors We Live by / G. Lakoff, M. John-son. —Chicago, 1980. — 116-bet
7.
Mandelblit N. The cognitive view of metaphor and its implications for translation theory.
Translation and Meaning, Part 3. – Maastricht: Universitaire Press, 1995. – p. 483-495.
8.
Newmark P. A. Textbook of translation. – L.; N.Y.: Prentice Hall,1988. – p. 47
9.
Newmark P. A. Textbook of translation. – L.; N.Y.: Prentice Hall,1988. – p. 81
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
140
10.
Quintilianus M. Fabius. Institutiones oratoriae. Libri duodecim. Lipsiae, 1887. (VIII, 6, 6)
11.
Sh.Xolmirzayev."Og`ir tosh ko`chsa", 134 b
12.
Van Den Broeck, Raymond. The Limits of Translatability Exemplified by Metaphor
Translation. Poetics Today, 2: 4, 1981. P. 73-87.
13.
Vyvyan Evans and Melanie Green.’’ Cognitive Linguistics An Introduction’’ EDINBURGH
UNIVERSITY PRESS
