ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
150
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SO‘Z TURKUMLARINI O‘RGATISHDA DIDAKTIK
MATERIALLARDAN FOYDALANISH
Jabbarova Shahodat Ibrohim qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13905904
Annotatsiya.
Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlarini o‘rgatishda didaktik
materiallardan foydalanishning ahamiyatini ochib beradi. Maqolada didaktik vositalar sifatida
kartochkalar, diagrammalar, ko‘rgazmali plakatlar, slaydlar va o‘yinli mashg‘ulotlar keltirilib,
ularning o‘quvchilarga so‘z turkumlarini qiziqarli va samarali tarzda tushuntirishdagi o‘rni
muhokama qilinadi. Shuningdek, didaktik materiallar yordamida o‘quvchilarning darsdagi faol
ishtirokini ta’minlash, nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan bog‘lash orqali mavzuni
o‘zlashtirishdagi samaradorligi yoritiladi. Maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ta’lim
jarayonini jonli, qulay va tushunarli qilishga yo‘naltirilgan usullarni taqdim etadi.
Kalit so‘zlar:
so‘z turkumi, ot, sifat, fe’l, didaktik material, kartochka, diagramma, plakat,
slayd, o‘yinli mashg‘ulotlar.
USE OF DIDACTIC MATERIALS IN TEACHING VOCABULARY IN PRIMARY
GRADES
Abstract.
This article reveals the importance of using didactic materials in teaching word
groups in elementary school. The article presents cards, diagrams, demonstration posters, slides,
and game exercises as didactic tools, discussing their role in explaining parts of speech to students
in an interesting and effective way. The effectiveness of learning the topic is also highlighted
through the use of didactic materials to ensure students' active participation in the lesson,
connecting theoretical knowledge with practical exercises. The article provides methods aimed at
making the learning process live, convenient, and understandable for elementary school students.
Keywords:
noun, adjective, verb, didactic material, card, diagram, poster, slide, game
exercises.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ДИДАКТИЧЕСКИХ МАТЕРИАЛОВ ПРИ ОБУЧЕНИИ
ЛЕКАРСТВЕННОЙ лексике В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ
Аннотация.
Данная статья раскрывает важность использования дидактических
материалов при обучении частей речи в начальных классах. В статье в качестве
дидактических средств представлены карточки, диаграммы, наглядные плакаты, слайды
и игровые занятия, обсуждается их роль в интересном и эффективном объяснении
учащимся частей речи. Также с помощью дидактических материалов освещается
эффективность усвоения темы путем обеспечения активного участия учащихся в уроке,
связи теоретических знаний с практическими занятиями. В статье представлены
методы, направленные на то, чтобы образовательный процесс был живым, удобным и
понятным для учащихся начальных классов.
Ключевые слова:
словосочетание, существительное, прилагательное, глагол,
дидактический материал, карточка, диаграмма, плакат, слайд, игровые занятия.
Boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalari o‘quvchilarga fundamental bilimlar, ko‘nikma
va malakalarni berishdan iborat bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchilarning til haqida boshlang‘ich
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
151
bilimlar olishi alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, til haqida boshlang‘ich bilimlar
olishning asosiy vazifalarga[4] quyidagilar kiradi:
1.
Tilni o‘rgatish va til ko‘nikmalarini shakllantirish.
Nutq rivojlantirish
- o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, ularni aniq
va ravon gapirishga, fikrlarini to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatish.
Savodxonlikni shakllantirish
- so‘zlarni to‘g‘ri yozish, o‘qish va talaffuz qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirish. Bu, ayniqsa, imlo qoidalarini va grammatik tuzilishlarni o‘zlashtirish
bilan bog‘liq.
2.
Til qoidalarini o‘rgatish.
So‘z turkumlari bilan tanishtirish
- so‘zlarni ma’no va grammatik funksiyalariga qarab
turlarga ajratishni o‘rgatish. Masalan, ot, sifat, fe’l, son va boshqalar bilan tanishtirish.
Sintaksis va morfologiyani o‘rgatish
- gap tuzilishi va so‘zlarning tuzilishi haqida
boshlang‘ich bilimlarni berish. Bu bosqichda oddiy gaplar va ularning tuzilishi o‘rganiladi.
3.
Tilga nisbatan qiziqish uyg‘otish.
O‘quvchilarda tilga nisbatan muhabbat va hurmat hissini uyg‘otish, ularning so‘z boyligini
kengaytirishga yordam berish. O‘quvchilarning ijodiy yondashuvlarini rivojlantirish, ular uchun
tilda tajriba qilish imkoniyatini yaratish.
4. O‘quvchilarda muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish.
O‘quvchilarni turli muloqot vaziyatlarida o‘z fikrlarini ravon ifodalashga o‘rgatish.
Muloqot orqali ular hayotiy vaziyatlarda tilni qanday qo‘llashni o‘zlashtiradilar.
5. Madaniy va ijtimoiy kontekstda tilni tushunish.
Til faqat o‘qish va yozish uchun
emas, balki madaniy va ijtimoiy muloqot vositasi sifatida o‘rganilishi kerak[4]. Shu orqali
o‘quvchilar o‘z milliy qadriyatlarini anglab, boshqalar bilan samarali muloqot qilishni
o‘rganadilar.
So‘z turkumlari tilshunoslikda muhim tushunchalardan biri bo‘lib, ular tilning asosiy
elementlarini tizimlashtirishda asosiy o‘rin egallaydi. Boshlang‘ich ta’limda so‘z turkumlarini
o‘rgatish ona tili fanining muhim qismi bo‘lib, o‘quvchilarning til haqidagi bilimlarini
kengaytirish, ularning to‘g‘ri muloqot qilish va yozma nutq qobiliyatlarini rivojlantirish uchun
muhim ahamiyatga ega.
1. Tilning asosiy qoidalarini o‘rganishda poydevor.
So‘z turkumlari o‘quvchilarga
tilning tuzilishini o‘rgatishda boshlang‘ich nuqta hisoblanadi. O‘quvchilar so‘zlarning
turkumlarga bo‘linishini bilish orqali so‘zning qanday ma’no ifodalayotganini, uning gapdagi
rolini va qanday turli shakllarda bo‘lishini tushunishni boshlaydilar. Masalan,
otlar
predmetlarni,
fe’llar
harakatni ifodalaydi va boshqalar.
2. Grammatikaning asosiy tarkibiy qismi.
So‘z turkumlarini o‘rgatish orqali o‘quvchilar
til grammatikasini, ya’ni gap tuzilishi, so‘zlar orasidagi munosabatlarni tushunishni boshlaydilar.
Har bir so‘z turkumi o‘zining maxsus grammatik xususiyatlariga ega bo‘lib, o‘quvchilar bu
bilimlarni bilish orqali to‘g‘ri gap tuzishni o‘rganadilar.
Masalan:
Otlar
gapda ega vazifasida bo‘ladi.
Fe’llar
harakatni, jarayonni bildiradi va gapning kesimi sifatida ishlatiladi.
Sifatlar
predmetning belgisini bildiradi va ot bilan bog‘lanadi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
152
3.
O‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish.
So‘z turkumlari bolalarga so‘zlarning
ma'nosi va qo‘llanilishiga e’tibor qaratishga yordam beradi. So‘z turkumlarini o‘rgatish jarayonida
o‘quvchilar ko‘proq so‘zlarni eslab qoladilar va bu ularning lug‘at boyligini oshiradi.
Masalan, otlarning ko‘plik, birlik shakllari, sifatlarga nisbat bildiruvchi qo‘shimchalar yoki
fe’llarning zamon shakllari bolalarning lug‘aviy boyligini oshiradi.
4.
To‘g‘ri nutq va yozuv malakalarini rivojlantirish.
So‘z turkumlari yordamida
o‘quvchilar to‘g‘ri gap tuzishni, fikrlarini aniq ifodalashni o‘rganadilar. Ular so‘zlarning gapdagi
o‘rnini to‘g‘ri belgilash orqali grammatik jihatdan to‘g‘ri va mantiqiy gaplar tuzishni
o‘zlashtiradilar. Bu yozma va og‘zaki nutqni rivojlantirishda muhimdir.
5.
Tilni amaliy o‘rganishda yordam.
So‘z turkumlarini yaxshi o‘zlashtirgan o‘quvchilar
uchun tilni o‘rganish yanada osonlashadi. Chunki ular yangi so‘zlarni ko‘rganida yoki eshitganida
darhol uning qaysi turkumga tegishli ekanini va qanday vazifani bajarishini tushunadilar. Bu esa
o‘quvchilarga kelajakda murakkab grammatik va sintaksis mavzularini o‘rganishga yordam
beradi.
6.
Ijodkorlikni rivojlantirish.
So‘z turkumlari orqali o‘quvchilar yangi so‘zlar yasash va
gaplarni o‘z ichki tuzilishiga qarab tahrirlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Masalan, otlar va sifatlar
yordamida sifatlash, fe’l va ravishlardan foydalanib gaplarni boyitish jarayonida ijodiy
ko‘nikmalar shakllanadi.
Boshlang‘ich ta'limda didaktik materiallardan foydalanish o‘quvchilarga tilni o‘rgatish
jarayonini qiziqarli va samarali qiladi. Didaktik materiallar – bu dars jarayonida o‘qitishni
osonlashtiruvchi turli xil uslubiy vositalar bo‘lib, ular orqali o‘quvchilarning e’tibori jalb qilinadi,
bilimlarni yaxshi tushunish va o‘zlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi[2]. So‘z turkumlarini
o‘rganishda ushbu materiallar juda katta ahamiyatga ega, chunki ular mavzuni aniq, tushunarli va
qiziqarli shaklda yetkazishga imkon beradi.
1.
Vizual ko‘rgazmalar.
Vizual ko‘rgazmalar, masalan, plakatlar, grafiklar, diagrammalar
va rasmlar so‘z turkumlarini o‘rgatishda juda samarali. O‘quvchilar ko‘rgazmali vositalar
yordamida so‘zlarni turkumlarga ajratishni vizual tarzda o‘rganadilar, bu esa mavzuni oson eslab
qolishga yordam beradi.
Misol
: So‘z turkumlarini tushuntiruvchi plakatlar (ot, sifat, fe’l, son va
boshqalar), har bir turkumga mos keladigan ranglar yoki piktogrammalar bilan ishlangan bo‘lishi
mumkin. Masalan, “Otlar” uchun predmetlarning rasmlari, “Sifatlar” uchun turli predmetlar bilan
ularning belgilari ko‘rsatilgan grafikalar qo‘llanilishi mumkin.
2.
O‘yinli faoliyatlar.
Boshlang‘ich ta'limda o‘quvchilarning yoshiga mos o‘yinlar so‘z
turkumlarini o‘rganishni yanada qiziqarli qiladi. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning faol ishtirokini
talab qilgani sababli, ularning mavzuga bo‘lgan qiziqishi ortadi va bilimlari mustahkamlanadi.
“So‘zlar poygasi” o‘yini. O‘qituvchi bir nechta so‘zlarni aytadi va o‘quvchilar ularni
turkumlariga qarab to‘g‘ri joylashtiradi. Boshqa variantda esa so‘zlarni turkumlarga ajratish uchun
maxsus kartochkalar taqdim etiladi. Bu o‘yin orqali o‘quvchilar so‘zlarni to‘g‘ri turkumlarga
ajratishni o‘rganadilar.
3.
Kartochkalar bilan ishlash.
Kartochkalar bilan ishlash usuli o‘quvchilarning ko‘rish
va eslab qolish qobiliyatini oshiradi. Kartochkalar odatda turli xil rang va shaklda bo‘lib, har bir
kartochkada so‘z turkumlari haqida qisqa ma’lumot yoki misollar bo‘ladi. Turli rangdagi
kartochkalar yordamida har bir so‘z turkumiga tegishli so‘zlar ajratiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
153
otlar, sifatlar yoki fe’llarga tegishli so‘zlar yozilgan kartochkalarni taqdim etadi va ularni to‘g‘ri
joylashtirishni so‘raydi. Masalan, yashil kartochkada “otlar”, qizil kartochkada esa “fe’llar”
yozilishi mumkin.
4.
Interfaol taqdimotlar va multimedia vositalari.
Texnologiyalardan foydalanish ham
so‘z turkumlarini o‘rganishda samarali usuldir. Kompyuter dasturlari, interaktiv doskalar va
onlayn o‘quv platformalari orqali darslarni yanada qiziqarli qilish mumkin. Bunda interfaol
doskalar yordamida o‘quvchilar so‘zlarni ekranda ko‘rib, ularni to‘g‘ri turkumlarga joylashtirishi
mumkin. Multimedia orqali video va animatsiyalar qo‘llanilib, so‘z turkumlarini tushuntirishni
jonlantirish mumkin.
5.
Didaktik jadvallar va sxemalar.
Didaktik jadvallar va sxemalar orqali so‘z turkumlari
o‘rtasidagi bog‘liqlik va ularning grammatik xususiyatlari ko‘rsatiladi. Bu vositalar yordamida
o‘quvchilar so‘zlarning turkumlar bo‘yicha farqlarini ko‘rishadi va tushunishni osonlashtiradi.
"So‘z turkumlari jadvali" o‘quvchilarga har bir turkumning asosiy belgilarini ko‘rsatadi:
otlar – predmetlar nomi, fe’llar – harakat yoki holatni bildiradi, sifatlar – belgi bildiruvchi so‘zlar
va hokazo. Bu jadval yoki sxemalar visual tarzda taqdim qilinadi.
6.
Matn va dialoglar orqali amaliy mashqlar.
Didaktik materiallar sifatida tayyorlangan
matnlar yoki qisqa dialoglar yordamida o‘quvchilar so‘z turkumlarini amaliy mashqlar orqali
o‘rganadilar. Ular bu matnlarda turkumlarga bo‘lish va gaplarda to‘g‘ri so‘zlarni aniqlash orqali
mavzuni chuqurroq tushunib olishadi. Buning uchun qisqa matn yoki hikoya o‘quvchilarga
beriladi va ular undagi so‘zlarni turkumlarga ajratishlari kerak bo‘ladi. Matn ichida turli so‘z
turkumlariga e’tibor qaratish orqali o‘quvchilar mavzuni ko‘proq amaliy mashg‘ulot bilan
o‘rganadilar[2].
So‘z turkumlarini o‘rganishda didaktik materiallardan foydalanish boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari uchun ta’lim jarayonini qiziqarli va samarali qiladi. Quyida so‘z turkumlarini
o‘rganishga mo‘ljallangan
kartochkalar va diagrammalar
,
ko‘rgazmali plakatlar va slaydlar
,
hamda
o‘yinli mashg‘ulotlar
orqali o‘rgatishning asosiy usullari va afzalliklari keltirilgan.
1. Kartochkalar va diagrammalar orqali o‘rganish.
Kartochkalar va diagrammalar so‘z
turkumlarini tushuntirish va o‘quvchilarning eslab qolish qobiliyatini rivojlantirish uchun juda
samarali vositalardir. Ular vizual tarzda tayyorlanganligi sababli o‘quvchilar uchun so‘zlarning
ma’nosini va grammatik tuzilishini osonroq tushunish imkoniyatini beradi.
a) kartochkalar
O‘yin tarzida foydalanish:
o‘qituvchi o‘quvchilarga turli rangdagi kartochkalarni
tarqatadi, har bir kartochkada so‘z yozilgan bo‘ladi. O‘quvchilar bu so‘zlarni to‘g‘ri turkumlarga
ajratishlari kerak. Ranglar so‘z turkumlarini ko‘rsatish uchun ishlatilishi mumkin: masalan, ko‘k
– otlar uchun, qizil – fe’llar uchun va hokazo.
Ko‘nikmalarni rivojlantirish
: Kartochkalar yordamida o‘quvchilar individual yoki
guruhlarda ishlashi mumkin, bu esa ularga so‘zlarni to‘g‘ri ajratishni mustahkamlashga yordam
beradi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
154
b) diagrammalar
So‘z turkumlari bo‘yicha sxemalar:
har bir so‘z turkumi uchun maxsus diagrammalar
tuziladi. Masalan, otlar uchun ajratilgan diagrammada predmetlar nomlari beriladi, fe’llar uchun
esa harakatlar. Bu vizual vositalar o‘quvchilarga so‘zlarni qanday ajratishni yaxshiroq
tushunishlariga yordam beradi.
Qiyoslash va tahlil
: diagrammalar yordamida o‘quvchilar so‘z turkumlarini bir-biri bilan
qiyoslash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Misol uchun, diagramma orqali ot va sifatlarning bir-
biridan qanday farqlanishini ko‘rsatish mumkin.
2.
Ko‘rgazmali plakatlar va slaydlar orqali o‘qitish.
Ko‘rgazmali plakatlar va slaydlar
o‘quvchilarga mavzuni ko‘rgazmali tarzda tushuntirish uchun qulay vositalardir. Bu usul
o‘quvchilarning vizual eslab qolish qobiliyatini rivojlantirish bilan birga, mavzuni samarali va
tushunarli qilib yetkazish imkonini beradi.
a) k
o‘rgazmali plakatlar
Rang-barang grafikalar - har bir so‘z turkumini tushuntiruvchi rang-barang plakatlar orqali
o‘quvchilar so‘zlarni turkumlarga ajratishni vizual tarzda o‘rganadilar. Masalan, otlar uchun turli
hayvonlar, narsalar rasmlari, fe’llar uchun esa harakatlarni ifodalovchi rasmlar qo‘llanilishi
mumkin[5].
Xotirani mustahkamlash - rangli va grafik ma’lumotlar o‘quvchilarning xotirasida
yaxshiroq qoladi, bu esa ularning tezroq va samarali o‘zlashtirishiga yordam beradi.
b) slaydlar
Multimedia taqdimotlar
- slaydlar o‘quvchilarga so‘z turkumlarini qadam-baqadam
tushuntirishda samarali bo‘ladi. Har bir slaydda ma’lum bir turkumga oid so‘zlar beriladi va ularga
tushuntirishlar beriladi. Misol uchun, bir slaydda otlar, ikkinchisida fe’llar keltiriladi.
Interaktiv taqdimotlar
- interfaol slaydlar yordamida o‘quvchilar darsda faol ishtirok
etishadi[1]. Masalan, slaydda berilgan so‘zlarni o‘quvchilar o‘zlari turkumlarga ajratishlari va
javoblarni slaydda tasdiqlashlari mumkin.
3. O‘yinli mashg‘ulotlar orqali o‘rgatish.
O‘yin usuli o‘quvchilarning darsga bo‘lgan
qiziqishini oshirib, ularga so‘z turkumlarini yanada qiziqarli va faol o‘rganish imkonini beradi.
Didaktik o‘yinlar orqali o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida bilim olishlari va quvnoq muhitda
o‘z malakalarini mustahkamlashlari mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, so‘z turkumlari boshlang‘ich ta’lim
tilshunosligida va til o‘rgatishda muhim asosdir. Bu mavzu orqali o‘quvchilar nafaqat so‘zlarni
turkumlarga ajratishni, balki tilning murakkab grammatik tizimini tushunishni ham o‘rganadilar.
Bu bilimlar o‘quvchilarning umumiy til ko‘nikmalarini rivojlantirish va keyingi ta’lim
bosqichlarida yanada murakkab til qoidalarini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan poydevor bo‘lib
xizmat qiladi. Didaktik materiallar so‘z turkumlarini o‘rganishda o‘quvchilarning darsga
qiziqishini oshiradi va o‘quv jarayonini samarali qiladi. Ular mavzuni yanada aniqroq tushuntirish,
o‘quvchilarning ijodiy va mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishda katta yordam beradi. Bu
vositalar bolalarning eslab qolish qobiliyatini yaxshilab, mavzuni qiziqarli va mantiqiy usulda
o‘rganishga ko‘maklashadi. Kartochkalar va diagrammalar, ko‘rgazmali plakatlar va slaydlar,
shuningdek, didaktik o‘yinlar so‘z turkumlarini o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega. Bu vositalar
mavzuni o‘quvchilarga tushunarli, qiziqarli va samarali tarzda yetkazishga yordam beradi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
155
O‘quvchilarning ko‘rgazmali vositalar va o‘yinlar orqali bilim olish jarayoni tezlashadi,
ular bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkoniga ega bo‘ladilar.
REFERENCES
1.
“Boshlang‘ich ta’limda innovatsion metodlar va didaktik materiallar”.// “Xalq ta’limi”
jurnali.
2.
Ismailov, U. “Didaktik materiallar va ulardan foydalanish metodikasi”. Toshkent: Fan va
texnologiya. 2019.
3.
Mavlonova, N. O. “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”. Toshkent: O‘zbekiston milliy
universiteti nashriyoti. 2017.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalari va
dasturlari.
5.
Shonazarova, Z. “Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi”. 2020
