Authors

  • F.K. Qilichyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.43814

Keywords:

Yosh bokschilar jismoniy tarbiya sport yakkakurash sport mashg‘uloti umumiy va maxsus tayyorgarlik.

Abstract

Ushbu maqolada yosh bokschilarga yuklamalarni shakllantirish metodikasi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

223

YOSH BOKSCHILARGA YUKLAMALARNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Qilichyev F.K.

O‘zDJTSU.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13911457

Annotatsiya. Ushbu maqolada yosh bokschilarga yuklamalarni shakllantirish metodikasi

to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so’zlar: Yosh bokschilar, jismoniy tarbiya, sport, yakkakurash, sport mashg‘uloti,

umumiy va maxsus tayyorgarlik.

THE METHOD OF FORMING LOADS FOR YOUNG BOXERS

Abstract. This article provides information on the methodology of training young boxers.
Key words: Young boxers, physical education, sport, martial arts, sports training, general

and special training.

МЕТОДИКА ФОРМИРОВАНИЯ НАГРУЗОК ДЛЯ ЮНЫХ БОКСЕРОВ

Аннотация. В данной статье представлена информация о методике подготовки

юных боксеров.

Ключевые слова: Юные боксеры, физическое воспитание, спорт, боевые искусства,

спортивная подготовка, общая и специальная подготовка.

Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda Prezidentimiz Shavkat

Miromonovich Mirziyoevning hissalari juda katta. U kishining sharofatlari bilan bugungi kunda
jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan munosabat sezilarli darajada o‘zgardi. Bularni biz,
qurilayotgan zamonaviy sport komplekslaridan ham ko‘rishimiz mumkin.

Shu jumladan yakkakurash sport turlari tarkibiga kiruvchi Boks sport turi ham juda

qiziqarli sport turlaridan biri hisoblanadi, buni biz Respublikamizda oxirgi yillarda tobora mashhur
bo‘lib borayotganidan yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Boks, yakkakurash sport turlarining biri
sifatida, o‘zining yakkama - yakka jangi va belgilangan aniq qoidalari bilan namoyon bo‘ladi.

Mashq qilish va o‘rgatish jarayonida, xilma-xil mashqlar sistemasidan foydalaniladi. Bu

bokschilarning maxsus tayyorgarligini hamda jismonan har tomonlama rivojlanishini ta‘minlaydi.

Texnik-taktik munosabatlarda, boks eng murakkab sport turlaridan biridir. Jangdagi

o‘zgarib turadigan holat, bokschining tez va aniq bir to‘xtamga kela olishi va shu bilan birga o‘z
o‘ylarini ro‘yobga chiqarishini talab etadi. Shuning uchun bokschi epchil, aniq, tez bo‘lishi va
o‘zini yaxshi boshqara olishi, har qanday holatdan chiqib keta oladigan bo‘lishi kerak. Ringdagi
jang o‘zining tez harakatli bo‘lishini talab qiladi, bu esa bokschining organizmining yuqori
talablarga javob berishi kerak deganidir. Shuning uchun bokschining chidamliligini hamda kuchini
kerakli miqdorda sarf qilishga o‘rgatish nihoyatda muhimdir.

Bizning boksimiz to‘g‘ri yo‘ldan og‘ishmay borishi uchun, avvalambor, qo‘pol bo‘ladigan

ayovsiz janglardan ya‘ni shikastlanish hollarini yo‘q qilish kerak bo‘ladi. Kundalik bo‘ladigan
o‘quv-mashq va musobaqalarni ko‘paytirish orqali sportdagi raqibini yenga olishga o‘rgatiladi.

Qoidada belgilanmagan zarbalarga yo‘l qo‘ymaslik, zarbalarni turgan holatda olish

qobiliyatini oshirish muhim masaladir. O‘zbek bokschilarining jismonan tayyorgarligi sohasida
ko‘plab jismoniy tarbiya vazifalari amalga oshirilmoqda. Bokschilarning ta‘lim va mashq
qilishlari, ularning har tomonlama tarbiyasiga qaratilgan. Bokschining barcha jismoniy mashqlari,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

224

o‘qituvchining to‘g‘ri boshqaruvi, tozalikka rioya qilishi hamda shifokor ko‘rigi ostida bo‘lishi
kerak.

Hozirgi davrda sport mashg‘uloti sportchining jismoniy va ma’naviy sifatlarini

rivojlantirishga, uning bilim darajasini to‘xtovsiz kengaytirishga qaratilgan holda har tomonlama
tarbiyalash jarayonini tashkil qilgandagina to‘liq pedagogik natijaga erishiladi. Sport
trenirovkasining shunday yo‘nalishi jismoniy tarbiya tizimining umumiy prinsiplariga mos keladi.

Sport qayd etilganidek, yagona maqsad bo‘lmasdan shaxs qobiliyatni har tomonlama

rivojlantiruvchi, ijodiy va ongli faoliyatiga tayyorlovchi vositalardan biridir. Sport mashg‘uloti
ikki yo‘nalishni; umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) jarayonini tarkiban birlashtiradi.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) jarayonida organlar, sistemalar va funksiyalarni

umumiy rivojlantirish asosida sport ixtisosligiga mavjud shart-sharoitlarni yaratadi, kengaytiradi,
shuningdek, uning turli xilharakat, ko‘nikma va malakalarining munosabatlarini boyitadi.

Maxsus tayyorgarlik esa, muayyan sport turi uchun – xos bo‘lgan sifat va qobiliyatlarni

rivojlantirishni taominlaydi, shuningdek, unga xos texnik va taktik bilim va malakalar bilan
qurollantiradi. Umumiy tayyorgarlikni ham, maxsus tayyorgarlikni ham, mashg‘ulot jarayonidan
olib tashlab yoki birini ikkinchisi bilan almashtirib bo‘lmaydi. Chunki umumiy va maxsus
tayyorgarlikning orasida o‘zaro uzviy bog‘liqlik mavjud. Ularning o‘rtasidan chegara o‘tkazish
mumkin emas. Ayrim mutaxassislar shunga tayanib, sport trenirovkasining bu jihatlarini
ajratmaslikni taklif qiladilar. Bizning fikrimizcha esa umumiy va maxsus tayyorgarlik o‘zining
xususiy funksiyalari, vositalari, usullari va shuningdek, mashg‘ulot jarayonlari bilan birmuncha
farq qiladi.

Maxsus jismoniy tayyorgarlik sport ixtisosining muhim omilidir, umumiy jismoniy

tayyorgarlik esa sportchi rivojlanishining u yoki bu tomonlari orasidagi turli xil aloqalar orqali
ixtisoslashish jarayoniga bilvosita taosir qiluvchi omildir. Sportchining umumiy tayyorgarligi
ixtisosligi xususiyatlarini ham aks ettirishi lozim. Chunki, alohida jismoniy mashqlar davomida
ijobiy va shuningdek, salbiy taosirlar uchrab, umumiy tayyorgarlikhar xil sport turlarida bir xil
bo‘lishini cheklab turadi. Ko‘rganimizdek, umumiy tayyorgarlikhar xil sport turlarida turlicha
bo‘ladi, ammo uni maxsus tayyorgarlik bilan aralashtirib bo‘lmaydi.

Umumiy va maxsus tayyorgarlik sport trenirovkasida har doim, ko‘p yillar davomida

amalga oshiriladigan uzluksiz jarayon: qator mualliflar sportchining ma’orati ortib borishi bilan
umumiy jismoniy tayyorgarlik mashg‘ullarining soni va unga ajratiladigan vaqtni kamaytirish
kerak deb ishontirishga urinadilar. UJTninghajmi unga ajratiladigan vaqtni kamaytirishhisobiga
emas, balki maxsus jismoniy tayyorgarlik ustida ko‘proq ishlash hisobiga qisqartilishi kerak.

Mashg‘ulot turkumlarida UJT va MJTning o‘zaro munosabatiga kelsak, u quyidagicha

ifodalanadi: tayyorgarlik davrining I bosqichida ayniqsa poydevor mezosiklida UJT ustunlik
qiladi, keyinchalik asta-sekin u kamaytiriladi, tayyorgarlikning II bosqichida va musobaqalashish
davrida MJT ortadi, bu davrda UJT aktiv dam olish shaklida markaziy o‘rin egallaydi. Trenirovka
jarayonining uzluksizligi quyidagi asosiy momentlar bilan xarakterlanadi:

1)Tanlangan sport turi bo‘yicha mashg‘ulot jarayoni takomillashtirishni mohiyatini

saqlaganicha bir va qator yillar davomida o‘tkaziladi;

2)navbatdagi har bir mashq oldingi o‘tgan mashqning iziga (soyasiga) joylashtirilib,

mustahkamlanadi va chuqurlashtiriladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

225

3) mashg‘ulotlar orasidagi dam olish intervali tiklanish va ish qobiliyatining o‘sishi

umumiy tendensiyaga to‘g‘ri keladigan darajada bo‘lishi kerak.

Birinchi qoidaning muhimligi hech qanday shubha qoldirmaydi. Ikkinchi va uchinchi

masalalar baxsli hisoblanadi. Navbatdagi mashg‘ulotning oldingi mashg‘ulot iziga joylashtirish
samarasi to‘g‘risida gap borganda, «iz» ma’nosida organizmda sodir bo‘ladigan ijobiy o‘zgarish
(fiziologik, bioximik, morfologik chiziq)lar tushuniladi, ular ish qobiliyatining o‘sishi,
sifatlarning, bilim va malakalarning yaxshilanishida ifodalanadi. Haftada o‘tkaziladigan barcha
mashg‘ulotlarning (haftalik soni 15-18 taga yetadi) organizmga ta’siri bir xil bo‘lmaydi. Bir xil
nagruzkalar to‘liq tiklanishdan keyin boshqalari o‘ta tiklanish yoki tiklanmaslik davrida beriladi.
bu narsaga har xil funksional sistemalar va organlar turli vaqtdan keyin – geteroxronik
tiklanganligi uchun erishiladi.

Masalan, yurak qon tomir tizimlari – YuQCh – qon bosimi, yurak qisqarishining mexanik

kuchi, nafas olish tizimlarining funksiyasi nisbatan tez tiklanadi, biroq qonhosil qilish, chiqarish
tizimlarining tiklanishi uchun uzoqroq vaqt talab qilinadi. Shuning uchun tiklanish vositalari
qanchalik to‘g‘ri tanlansa, mashg‘ulot nagruzkasi shunchalik muvaffaqiyatli bo‘ladi. Dam olish
uchun passiv dam olish emas, balki tiklanishing barcha shakl va vositalari mashg‘ulot jarayonida
har 30-40 minut ishdan keyin, shuningdek, mashg‘ulotlar o‘rtasida ham (cho‘zish, bo‘shatish
mashqlari, autogen chiqish, tashqi baland harorat sharoitida autogen mashq qilish-gipotermik
pauzalar vahokazo) shuningdek, to‘q tutuvchi taom (shokolad, suzma, sharbatlar, olmalar, ko‘k
choy, morfonchilar uchun piyovalar vahokazo)lar beriladi.

Shu

qatorda

talaba-bokschilarning

musobaqaoldi

tayyorgarliklari

jarayonini

optimallashtirish yo‘llarini aniqlash zarur. Mashg‘ulot jarayonini tuzishni optimallashtirish
muammosi mutaxassislarni har doim ham qiziqtirgan va amaliyotda u yoki bu muvaffaqiyat bilan
yechilgan. Hozirgi vaqtda, sport sohasida juda katta tajribaviy material yig‘ilgan, amaliy tajriba
esa keng miqyosda umumlashtirilgan paytda, ushbu muammoni ishlab chiqishning yangi
imkoniyatlari paydo bo‘ldi Talabalarning jismoniy zahiralarini shakllantirish va rivojlantirish
qonuniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlarning yetishmasligi, o‘quv-mashg‘ulot jarayonini korreksiya
qilish uchun harakat amallarining parametrlarini nazorat qilish imkonini beradigan tadqiqotlarni
o‘tkazish zaruratini chaqiradi. Ushbu muammoning dolzarbligi va pedagogik ahamiyati, uni
nazariy va amaliy ishlab chiqilish darajasining yetarli emasligi tadqiqot mavzusini tanlashni
belgilab berdi.

Tadqiqotning maqsadi – talaba-bokschilarning musobaqaoldi tayyorgarliklari jarayonini

optimallashtirish yo‘llarini aniqlash. Tadqiqotning vazifasi: talaba-bokschilarning o‘quv-
mashg‘ulot jarayonini tuzishga taalluqli mutaxassislarning fikrlarini umumlashtirish.

Tadqiqotning usullari: adabiyotlardagi ma’lumotlarni tahlil qilish, boks bo‘yicha

trenerlarning ilg‘or tajribalarini umumlashtirish. Adabiyotlardagi ma’lumotlarni tahlil qilish, boks
bo‘yicha trenerlarning ig‘or tajribalarini umumlashtirgan paytda, yuqori malakali (1-razryadli,
sport ustaligiga nomzodlar, sport ustalari, xalqaro toifadagi sport ustalari) bokschilarning
musobaqaoldi tayyorgarliklarini tuzishda ancha sezilarli xususiyatlarini hamda ulani
takomillashtirishning mumkin bo‘lgan yo‘llarini aniqlashga urinib ko‘rildi. Asosiy musobaqalarga
tayyorgarlik paytida yuqori malakali bokschilar ancha samarali mashg‘ulot faoliyatini tuzishlari
muhimdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

226

Mashg‘ulot vositalarining optimal nisbati quyidagi strukturaga ega bo‘lishi kerak. Birinchi

bosqichda: umumiy vaqtdan UJT – 70%; MJT – 22%; MTTM – 8%; ikkinchi bosqichda: UJT –
35%; MJT – 40%; MTTM – 25% ni tashkil qilishi kerak. Bajariladigan harakatlarning jadalligi
quyidagi ko‘rsatkichlarda ifodalanadi. Birinchi bosqichda: umumiy vaqtdan UJT – 20%; MJT –
50%; MTTM – 30%; ikkinchi bosqichda: UJT – 15%; MJT – 40%; MTTM – 45%. G.O.Djeroyan
va boshqalarning fikriga ko‘ra, asosiy musobaqalarga bevosita tayyorgarlik bosqichining birinchi
haftasida bokschi organizmini ishga jalb qilish sodir bo‘ladi. Ikkinchi “zarbdor” haftasida,
mashg‘ulot yuklamalari maksimal kattaliklarga yetadi. Uchinchi haftada, bajariladigan harakat
amallari xajmi va jadalligini ancha pasayishi sodir bo‘ladi, unda sport mashg‘ulotining asosiy
vositalari jismoniy mashqlarning quyidagi turlari hisoblanadi:

1) qo‘lqoplar bilan juftliklardagi mashqlar, sparringda, shartli janglar, texnik va taktik

usullarni takomillashtirish;

2) boks snaryadlarida maxsus-tayyorgarlik mashqlari (qoplarda, grushalarda, lapalarda,

meditsinbollar va b.);

3) yengil va og‘ir atletikadan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, og‘irliklar va ularsiz

gimnastik mashqlar, sport o‘yinlari, suzishlar. G.I.Mokeev hammualliflari bilan parsial
yuklamalarni asosiy musobaqalarga bevosita tayyorgarlikning haftalik bosqichlari bo‘yicha xajmi
va shiddatligi bo‘yicha taqsimlashni muhimligini va quyidagi strukturani qo‘llashni aytishgan: 1-
haftada jismoniy yuklamaning umumiy xajmi – 314 min o‘rtacha jadallikda – 64%; 2-haftada 297
minut shiddatligi – 70%; 3-hafta umumiy xajmni 249 minutga qadar pasayishi, shiddatligi – 70%
bilan tavsiflanadi; 4-hafta – 180 min va shiddatligi 79%. G.I.Mokeev bilan malakali bokschilarni
mas’uliyatli musobaqalarga tayyorlashning yarim yillik tizimini qo‘llashni taklif qiladi, ularning
har biri o‘z navbatida uchtadan bosqichdan iborat bo‘lgan, ikkita uch oylik yarim sikllardan tashkil
topadi. Birinchi yarimsikl – sport formasini shakllantirish uchun tayyorgarlik bo‘ladi.

Ikkinchisining mazmuni – sport mahoratini shakllanishi va takomillashuvi. Sikllar,

mashg‘ulot vositalari va usullarining mazmuni bo‘yicha, jismonmiy yuklamalarning kattaligi
bo‘yicha bir-biridan keskin farq qiladi. Birinchisida, jismonmiy yuklamalarning xajmi 3536 min,
ikkinchisida esa – 3334 min; mos ravishda yuklamaning jadalligi – 67% va 71%; umumiy va
maxsus jismoniy tayyorgarlikning nisbati – 51:49 va 47:53 ko‘rsatadi. Ikkinchi yarimsiklda
mashqlarning xajmi va jadalligi (snaryadlarda va sherik bilan) yuqori bo‘lishi kerak, trnirovkaning
musobaqa usuli ko‘proq qo‘llanilishi va musobaqa shartlari to‘laroq modellashtirilishi kerak.

Shunday qilib, bokschilarni asosiy musobaqalarga bevosita tayyorlash o‘quv-mashg‘ulot

jarayonining yetarlicha uzoq bosqichini (bir necha oyga qadar) yakunlaydi va sportchilarni eng
yuqori tayyorgarlik holatida musobaqalarga olib kelishning bosh omillari hisoblanadi.

Bokschilarning musobaqaoldi tayyorgarliklari – bu, asosiy muammolardan biri bilan [5]

va shu vaqtning o‘zida, boks nazariyasi va mettodikasida kam o‘rganilgan. Bu to‘g‘risida, ko‘p
miqdordagi tajriba ma’lumotlari, musobaqaoldi tayyorgarliklarining har xil aspektlariga nisbatan
trenerlar va olimlarning nuqtai nazaridagi xilma xillik, boks nazariyasi va metodikasidagi mos
kelmasliklar uchraydi. Mashg‘ulotning musobaqaoldi bosqichi (MOB) paytida, boks amaliyotida,
odatda, mas’uliyatli musobaqalarga bevosita tayyorgarlik vaqti qabul qilinadi, bunda, MOB ni
musobaqaoldi yoki musobaqa bosqichidagi o‘rni hisobga olinmaydi. MOB davomiyligi 20 kundan
to 2 oyga qadar vaqtni tashkil qiladi. Boks amaliyotida, odatda, quyidagi tuzilishga ega bo‘lgan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

227

haftalik mikrosikl qo‘llaniladi: 5 kun davomida mashg‘ulotlar olib boriladi va sportchilar 2 kun
dam olishadi. Bunda, birinchi uch kunda bokschilar mashg‘ulot qilishadi, 4 kuni dam olish kuni,
5 va 6 kunlar yana mashg‘ulot, 7 kuni dam olish. Ushbu mikrosiklda, tizimdan og‘ishlar bo‘lishi
mumkin, lekin ular, odatda, mashg‘ulot kunlarini dam olish kunlari bilan navbatlashtirishga
keltiriladi.

Masalan, haftaning ikki kuni mashg‘ulotlarga bag‘ishlanadi, keyin 1 kun dam, undan so‘ng

3 kun mashg‘ulot qilinadi va keyingi kuni dam olinadi bilan. Musobaqalar yaqinlashganda,
yuklamalar va dam olish kunlarining tartibi o‘zgaradi. O‘zgarishlar mashg‘ulotlarning
yo‘nalganligi va mazmunida bo‘lishi mumkin. MOB boshida UJT uchun mikrosiklda 2-3 kun
ajratiladi, oxirida esa – faqat 1 kun. Hozirgi vaqtda sportchilar bir kunda 3-4 martalik
mashg‘ulotlar qilishni boshladilar (ertalabki qizib olish mashqi bilan). Bunda, ikkita mashg‘ulot
UJT bo‘yicha o‘tadi va bittasi MJT bo‘yicha. Musobaqadan oldin, umumiy tayyorgarlik va maxsus
tayyorgarlik mashqlarini o‘z ichiga olgan, kombinatsiyalangan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Musobaqalarning boshlanishidan 2-3 kun oldin, vaqt asosan, uncha katta bo‘lmagan

xajmda va jadallikdagi MJT yoki faol dam olish uchun ajratiladi. Biz tomondan amalga oshirilgan,
bokschilarning musobaqaoldi tayyorgarliklarini tahlili, uni tuzishning sezilarli xususiyatlarini
ajratish imkonini beradi.

Adabiyotlardagi manbalarni retrospektiv tahlil qilish, trenerlarni mashg‘ulot jarayonini

mazmuni va realizatsiya qilish texnologiyasining spesifikasiga ortib borayotgan ehtiyojlari bilan
yuqori malakali bokschilarni tayyorlash tizimidagi trenerlar va mutaxassislarni ta’minlaydigan,
yilning asosiy musobaqasiga bevosita tayyorgarlik bosqichidagi mashg‘ulot jarayonini boshqarish
vazifalarini professional hal qilishning yangi usulini shakllantirishga ko‘maklashadigan
fundamental ilmiy ishlanmalarning yo‘qligi o‘rtasidagi qarama-qarshilikni aniqlash imkonini
beradi.

REFERENCES

1.

Xalmuxamedov R.D, Umarov Q.A “ Boks atamalari ” Toshkent 2014 yil.

2.

Achilov A.M, Xalmuxamedov R.D., Shin V.N, Tajibaev S.S., Rajabov G‘.Q. “Yosh
bokschilarni tayyorlash asoslari”. Toshkent, 2012.

3.

Karimov M.A., Xalmuxamedov R.D., Shamsematov I.Yu., Tajibaev S.S. “Bokschilarning
sportpedagogik mahoratini oshirish”. Toshkent 2011 yil.

4.

Xalmuxamedov R.D. “Boks”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2008 yil.

5.

Albekov Sh.A., Mirjamalov S.X., Djapparov F.F., “Engil atletika. Qisqa, o‘rta va uzoq
masofalarga yugurish”. Toshkent 2021 yil.

References

Xalmuxamedov R.D, Umarov Q.A “ Boks atamalari ” Toshkent 2014 yil.

Achilov A.M, Xalmuxamedov R.D., Shin V.N, Tajibaev S.S., Rajabov G‘.Q. “Yosh bokschilarni tayyorlash asoslari”. Toshkent, 2012.

Karimov M.A., Xalmuxamedov R.D., Shamsematov I.Yu., Tajibaev S.S. “Bokschilarning sportpedagogik mahoratini oshirish”. Toshkent 2011 yil.

Xalmuxamedov R.D. “Boks”. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2008 yil.

Albekov Sh.A., Mirjamalov S.X., Djapparov F.F., “Engil atletika. Qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yugurish”. Toshkent 2021 yil.