31-oktabr, 2024-Yil
274
MINTAQAVIY TURIZM RESURSLARINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY
IQTISODIY AHAMIYATI
O‘zmanov Ixtiyor Ibragim o‘g‘li
https://doi.org/10.5281/zenodo.13911758
Annotatsiya. Mazkur tezisda mintaqaviy turizm resurslarining iqtisodiy mazmuni hamda
milliy iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati haqida so’z boradi. Tezis davomida O‘zbekistonning
ijtimoiy-iqtisodiy hayotida mintaqaviy turizm resurslarining ahamiyatiga ham alohida to’xtalib
o’tilgan.
Kalit so’zlar: mintaqaviy turizm resurslari, mintaqaviy turizm, milliy iqtisodiyotini
rivojlantirish.
SOCIAL AND ECONOMIC IMPORTANCE OF REGIONAL TOURISM RESOURCE
DEVELOPMENT
Abstract. This thesis talks about the economic content of regional tourism resources and
their role and importance in the national economy. During the thesis, the importance of regional
tourism resources in the socio-economic life of Uzbekistan was also emphasized.
Key words: regional tourism resources, regional tourism, development of national
economy.
СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ РАЗВИТИЯ РЕГИОНАЛЬНЫХ
ТУРИСТИЧЕСКИХ РЕСУРСОВ
Аннотация. В данной диссертации говорится об экономическом содержании
региональных туристических ресурсов, их роли и значении в национальной экономике. В
ходе дипломной работы также была подчеркнута важность региональных
туристических ресурсов в социально-экономической жизни Узбекистана.
Ключевые слова: региональные туристские ресурсы, региональный туризм,
развитие национальной экономики.
Turizmni barqaror rivojlanishida turistik resurslarning iqtisodiy mazmuni yotadi. Hozirgi
kunda ko‘pgina mamlakatlarda turizm milliy iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omili
hisoblanmoqda.
Turizm ham respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport va boshqa
makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi uchun yetarlicha
resurslarga ega. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish imkoniyatlari bo‘yicha Markaziy Osiyo
davlatlari ichida yetakchi hisoblanadi.
31-oktabr, 2024-Yil
275
Turizm turistlar ehtiyojini qondirishga qaratilgan faoliyatdir. Mutaxassislar turistlarni 5 ta
asosiy ehtiyojlarini ajratadi:
1.
Rekreatsiya, dam olish;
2.
Ish va professional maqsadlar bo‘yicha;
3.
Davolanish;
4.
Diniy va ziyoratchilik bo‘yicha;
5.
Insonlarning jismoniy, iqtisodiy va ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqib va boshqa maqsadlar
bo‘yicha.
Yuqoridagi ehtiyojlarni qondirishga turistik faoliyatni amalga oshirish yotadi.
Bu o‘z navbatida iqtisodiy turizm hisoblanib, uni quyidagilar asosida shakllantiriladi:
-
turistik xizmatlarni ishlab chiqish;
-
turistik mahsulotni shakllantirish;
-
turistik mahsulotni sotish;
-
turistik ehtiyojni qondirish.
Turizm iqtisodiy kategoriya bo‘lib, davlatlardan kelgan turistlarga mahalliy xizmatni
sotadi, o‘z ishchilariga ish-joy sharoitini yaratadi, kirib kelayotgan valyutadan daromat oladi. Bir
tomondan turizm sohasi turistlarga bevosita xizmat qiluvchi tarmoqni taklif qiladi, ikkinchi
tomondan turizm bozoriga yo‘naltirilgan xizmat qilish va moddiy ishlab chiqarish kabi bir-biriga
qo‘shilgan tarmoqlarning o‘zaro bog‘langan tizimni belgilaydi.
Turizm – bu ishlab chiqarish va iste’molchining yakdil jarayonidir. Iste’mol obekti turistik
tovar va xizmatlar hisoblanib, iste’mol davrida iste’molchining bu tovarlar va xizmatlar
qoniqtirishi lozim. Bunda turizmning iste’mol qiymati foydali buyumlar tovarlar, qulaylik va
tabiat manzaralari va xizmatning har xil usulidan kelib chiqadi. Turistik iste’mol bir tomondan
tovarga va pullik xizmatga ega bo‘lishi, ikkinchi tomondan tovarlar ko‘rinishiga ega bo‘lmagan
joy, yaxshi muhitni o‘z ichig oladi. Turizmni iqtisodiy samarali keluvchi turistlar soni bilan
bevosita bog‘liq. Turistlar sonni oshib borishi bilan, turizm orqali kelayotgan daromad ham oshib
boradi. O‘z navbatida turistlar sonini oshishi turistik qiziqshni orttiradigan obektlarga, ya’ni
turistik resurslarga bog‘liqdir.
Turizmning rivojlanishi davlat uchun ham juda foydalidir. Xususan u turizmni rivojlantrish
evaziga o‘z iqtisodiyotining yuksalishiga erishadi, davlat byudjetiga tushumlarning ko‘payishini
ta’minlaydi, tabiiy resurslarni asrab-avaylashga erishadi, mamlakatning ijtimoiy barqarorligini
ta’minlashga harakat qiladi va unga erishadi, xalqaro aloqalarga erishadi, madaniy aloqalar
kengayadi, valyuta tushumi ko‘payadi va h.k. Turizm iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida
31-oktabr, 2024-Yil
276
turistlar qabul qiluvchi mamlakatga daromadni keltiradi, qattiq valyuta tushumini ta’minlaydi,
aholini ish bilan bandlik darajasini oshiradi. Turistlarga xizmat qilish uchun mehmonxona kerak
bo‘ladi. Bu yerda ular ovqatlanishi lozim. Turli shou dasturlarda qatnashadilar. Bularning
hammasi naqd pul, ko‘p hollarda agar ular xorijiy turistlar bo‘lsa, valyuta tushumining
ko‘payishini ta’minlaydi. Shu sababdan turistik resurslarning turizm faoliyatida iqtisodiy
mazmuni oshib boradi.
Shunday qilib, turistik resurslar iqtisodiyotning tarkibiy qismi sifatida o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Bulardan tashqari resurslar mamlakat hayotiga sezilarli darajada ta’sir qiladi.
Buning mahalliy aholi uchun ham katta foydasi bor. Ular ish bilan ta’minlanadi, turli millat,
elat va xalq vakillari bilan muloqotda bo‘ladilar va ularning turli an’ana va qadriyatlari bilan
tanishadilar, doimiy daromad olib turish imkoniyati, mahsulotlarni sotish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar, mahalliy aholi imkon qadar o‘zlarining an’ana va qadriyatlarini namoyish qilish uchun
uni saqlab qoladilar va unitilganlarini tiklaydilar.
Turistik resurslarning iqtisodiy ahamiyati yana shundan iboratki, mamlakat tabiati ham
turizmni rivojlantirish katta foyda beradi. Xususan, mamlakat ekologik barqarorlikni ta’minlash
tadbirlari qo‘llaniladi, tabiat resurslaridan turistlarning rohatlanishi uchun foydalanladi, manzarali
maydonlarning yaratilishi imkoniyatini tug‘diradi, suv, havo, o‘rmonlarning tabiiy holda
saqlanishi uchun harakat qilinib, turistlarni jalb qilinadi.
Turizm xizmat sohasi XXI asrda iqtisodiyotni rivojlantirishning eng istiqbolli ijtimoiy-
iqtisodiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib bormoqda. “O‘zbekturizm” MKning ma’lumotlariga
qaraganda 2023-yilda xizmat ko‘rsatilgan chet ellik va mahalliy turistlarning umumiy soni 1 mln
kishidan oshgan bo‘lib, shu jumladan turizm sohasi korxonalari tomonidan 463,4 mln nafar chet
ellik turistga xizmat ko‘rsatilgan. Bunda xizmat ko‘rsatilgan turistlar sonining o‘sish sur’atlari
o‘tgan yil bilan taqqoslaganda 5,4% ni tashkil qilgan. Turizm xizmat sohasida tadbirkorlarning
faolligini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish hisobiga ko‘rsatilgan turistik
xizmatlarning umumiy hajmi 2023-yilda 2022-yildagi ko‘rsatkichlardan 8,3% ga oshgani
kuzatilmoqda.
Yuqoridagi ma’lmotlardan ko‘rinib turibdiki turizm sohasi hozirgi vaqtda xalq
xo‘jaligining muhim qismi bo‘lib, u milliy iqtisodiyotning barcha jabhalariga amaliy ta’sir etib
kelmoqda shu bilan bir qatorda, uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati taboro ortib bormoqda. Turizm
sohasining mahalliy aholi hamda xorijiy fuqorolarning mazkur mamlakat(mintaqa)larning tarixi,
tarixiy arxitektura obektlarlari, mahalliy aholining urf-odatlari, ananalari bo‘yicha intellektual
salohiyatini oshirishi, ularning dam olish, davolanishi bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotiga
31-oktabr, 2024-Yil
277
bevosita ijobiy ta’sir etib kelmoqda. Turizm xizmat sohasi iqtisodiyot, jamiyat hamda tabiat bilan
hamohang tarzda rivojlanib kelmoqda.
Xozirgi paytda turizm sohasining milliy iqtisodiyotga ta’sirini quyidagi
funksiyalarda ifodalash mumkin:
milliy foydani yaratish;
yangi ishchi o‘rinlarini tashkil etish;
davlat byudjetiga valyuta tushumini ta’minlovchi manba;
aholi farovonligini oshirish;
iqtisodiy infrastrukturaning rivojlanishiga ko‘maklashish;
mintaqaviy rivojlanishni tenglashtirish;
investitsiyalarni jalb qilish jumladan, xorijiy investitsiyalarni;
tabbiy va madaniy yodgorliklardan foydalanishga ko‘maklashish.
1)
milliy foydani yaratish
. Turistik tovarlar va xizmatlar ishlab chiqish boshqa
tarmoqlar hamda sohalar faoliyati bilan birgalikda milliy mahsulotni shakillantiradi. Turizm
sohasining YAIMda hamda mamlakat to‘lov balansidagi ulushi doimiy ravishda o‘sib bormoqda
shuningdek, turizm bugungi kunda foydaliligi bo‘yicha neft qazib olish va uni qayta ishlashdan
keyingi ikkinchi o‘rinda turadi (turizmga ixtisoslashgan mamlakatlarda bu tarmoqning YAIM dagi
ulushi 10-14%ni tashkil qiladi).
Turizm sohasi YAIMga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushum qilishidan tashqari, tovar va xizmatlarga
bo‘lgan ikkilamchi talabni qondirish bilan birga o‘zoro bir-biriga yaqin bo‘lgan sohalarning
rentabelligini oshiradi. Turizmdan kelayotgan yirik daromadlar mamlakat (mintaqa)ga bog‘lik
ravishda diferensiyatsiyalanadi hamda 1.2 dan 4 gacha tebranib turishi mumkin
1
.
2)
yangi ish o‘rinlarini tashkil etish
. Turizm faoliyatida mehmonxona xo‘jaligi va
ovqatlanish korxonalariga, sanatoriya-kurort tarmoqlariga, turizmning davlat va jamiyatni
bog‘lovchi boshqa faoliyat sohalariga ishchi kuchi talab qiladi ya’ni turizm faoliyati aholini ish
bilan ta’minlashga ko‘maklashadi. Butunjahon turistik tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda
turizm sohasida yaratilgan 100 ta ish joyi boshqa sohalarda 150 ta ish joyi yaratilishiga sabab
bo‘ladi jumladan, savdo, joylashtirish, ovqatlantirish, transport, bank, sug‘urta xizmatlari va
boshqalar.
3)
davlat byudjetiga valyuta tushumini ta’minlovchi manba
. Turizm turistik
tovarlar va xizmatlarni import shu bilan bir qatorda eksport qilish jarayonlarini amalga oshiradi.
1
http://Study.wsu.ru
31-oktabr, 2024-Yil
278
Turistik tovar va xizmatlarni import qilish jarayonida mazkur davlat iqtisodiyotining aktiv
ikkinchi holatda esa passiv turi to‘g‘risida gap boradi. Tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlaridan
biri shundan iboratki, turistik tovarlar va xizmatlar eksport qilinishida chetga chiqarilmaydi balki,
turistlarni qabul qiluvchi mamlakatning o‘zida iste’mol qilinadi.
4)
aholi farovonligini oshirish
. Turizm xizmat sohasi faoliyat ko‘rsatayotgan kichik
biznes korxonalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, mahalliy infrastrukturaning rivojlanishiga imkon
tug‘diradi va aholi yashash darajasi hamda daromadlarini oshiradi.
5)
iqtisodiy infrastrukturaning rivojlanishiga ko‘maklashish
. Turizm sohasida boshqa
tarmoq va sohalar faoliyatlari bilan bog‘liq ravishda xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini yaratish ularning
rivojlanishini tezlashtiradi hamda iqtisodiyotni diversifikatsiyalash imkonini beradi.
6)
mintaqaviy rivojlanishni tenglashtirish
. Turizm shu sohaga ixtisoslashgan mintaqa
va mamlaktlarga milliy foydani qayta taqsimlash imkoniyatini yaratadi. Turizmni rivojlantirish
ko‘plab olisdagi aholisi kam va sanoati past darajada rivojlanayotgan lekin o‘zining tabiati, tarixiy-
madaniy obektlari bilan o‘ziga tortadigan mamlakatlar (mintaqalar)ning yuqori sur’atlar bilan
iqtisodiy o‘sishini ta’minlaydi.
7)
investitsiyalarni jalb qilish jumladan, xorijiy investitsiyalarni
. Investitsiyalarni jalb
qilish, turizm tarmog‘ining dinamik ravishda rivojlanishi hamda sarflangan mablag‘larning tez va
yuqori darajadagi foydaliligini ta’minlaydi.
8)
tabbiy va madaniy yodgorliklardan foydalanishga ko‘maklashish
.
Aynan ana shu unsurlar
turizm sohasining asosiy resurslar bazasini
tashkil etib, turistik
xizmatlar (mahsulotlar) sifatining o‘ziga xosligi va jozibadorligini oshiradi.
Umuman olganda turizm mintaqa va mamlakatlarning iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib,
ularning iqtisodiy o‘sishini ta’minlovchi katalizator vazifasini bajaradi.
Turizm sohasi iqtisodiy faoliyatlardan tashqari aholining mehnat qobiliyatini rekreatsiya
orqali qayta tiklash, keng miqyosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, madaniy bilish va jamiyatni
estetik rivojlantirish kabi qator ijtimoiy vazifalarni ham bajaradi.
Umuman olganda mamlaktimizda bu sohani rivojlantirishga davlat siyosati darajasida
qaralib, bu borada bir qancha ishlar olib borilmoqda xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
korxonalarini rag‘batlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar natijasida turistik faoliyat
subektlarining soni ko‘paymoqda.
REFERENCES
1.
Александров А.Ю. Международный туризм. Уч.пособие для вузов.- М.: Аспект
31-oktabr, 2024-Yil
279
Пресс, 2000
2.
4Биржаков М.Б. Введение в туризм. С.Пб.: Издательский Торговый Дом «Герда»,
2004
3.
Лицензирование и сертификацие в туризме. Учебное пособие Дехтярь Г.М.:
Финансы и статистика, 2003 г.
4.
Маринин М.М. Туристские формальности и безопасность в туризме.2000
