31-oktabr, 2024-Yil
286
SAYLOV QONUNCHILIGIDA TUMAN, SHAHAR SAYLOV KOMISSIYALARINING
MODDIY-TEXNIK MASALALARI
Odiljonov Hamidullo Xayrullo o‘g‘li
O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti,
Xalqaro jurnalistika fakulteti ST-2301 guruh talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13911889
Annotatsiya. Ushbu maqolada saylov jarayonida muhim ahamiyat kasb etadigan
masalalar, jumladan, tuman va shahar saylov komissiyalarining moddiy-texnik masalalari hamda
saylov jarayonida yuzaga keladigan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib
tushadigan murojaatlar hamda ularni hal qilishning qonuniy tartibi xususida so‘z yuritadi.
Kalit so‘zlar: saylov, saylov qonunchiligi, saylov tizimi, tuman va shahar saylov
komissiyalari, hududiy saylov komissiyalari, saylovchilarga qulaylik yaratish, “E-saylov” axborot
tizimi.
MATERIAL AND TECHNICAL ISSUES OF DISTRICT AND CITY ELECTION
COMMISSIONS IN THE ELECTORAL LEGISLATION
Abstract. This article will talk about issues of importance in the election process, including
material and technical issues of district and municipal election commissions and appeals from
individuals and legal entities on issues arising in the election process, as well as the legal
procedure for their resolution.
Key concepts: election, electoral law, electoral system, District and municipal election
commissions, territorial election commissions, voter facilitation, “e-Election” Information
System.
МАТЕРИАЛЬНО-ТЕХНИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ ОКРУЖНЫХ И ГОРОДСКИХ
ИЗБИРАТЕЛЬНЫХ КОМИССИЙ В ИЗБИРАТЕЛЬНОМ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВЕ
Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы, имеющие важное
значение в избирательном процессе, в том числе материально-технические вопросы
районных и городских избирательных комиссий, а также обращения физических и
юридических лиц по вопросам, возникающим в процессе выборов, а также
законодательный порядок их решения.
Ключевые понятия: выборы, избирательное законодательство, избирательная
система, районные и муниципальные избирательные комиссии, территориальные
избирательные комиссии, обеспечение удобства избирателей, информационная система
“Е-выборы”.
31-oktabr, 2024-Yil
287
Ayni chog‘da yurtimizda saylov bilan bog‘liq siyosiy jarayon qizg‘in tus olib mutasaddi
shaxslar va tashkilotlardan tortib oddiy fuqarolarning asosiy eʼtibor markazida. Keyingi yillarda
saylov tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimiz qonunchiligida o‘z ifodasini topib,
xalqimizga muntazam yetkazilib, tanishtirilib borilayotganligini guvohi bo‘lib turibmiz.
Bu saʼyi-harakatlarning barchasi xalqimizning mamlakat kelajagi uchun qayg‘urishlari,
faol bo‘lishlari hamda o‘zlarining konstitutsion siyosiy huquqlarining amalga oshirishlarini
taʼminlashga qaratilgandir.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda saylov tizimini takomillashtirishga qaratilgan qator
normalar o‘z aksini topgan, jumladan, endilikda:
1) viloyatlar va Toshkent shahar saylov komissiyalari o‘rniga hududiy saylov komissiyalari
tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini hamda Qonunchilik palatasi deputatlari
saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalarini tuzish tartibidan voz kechildi hamda
ularning vazifalari hududiy saylov komissiyalariga yuklatildi, yaʼni okrug saylov komissiyalari
faqatgina xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov o‘tkazish bo‘yicha
tuziladi;
2) saylov komissiyalarining professional tarzda ish olib borishini taʼminlash maqsadida
hududiy saylov komissiyalarining uch nafargacha bo‘lgan aʼzosi doimiy faoliyat yuritadi;
3) hududiy saylov komissiyalari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, tuman va shahar
saylov komissiyalari esa hududiy saylov komissiyalari tomonidan tuziladi (ilgari ular xalq
deputatlari Kengashlari tomonidan tuzilar edi).
Shuningdek, okrug saylov komissiyalari va uchastka saylov komissiyalari ham hududiy
saylov komissiyalari tomonidan tuziladi.
Saylov kodeksiga 2021 yilda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan Xalq
deputatlari tuman, shahar Kengashlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha ham okrug saylov
komissiyalarini tuzish amaliyoti bekor qilingan va ularning vazifalarini bajarish tegishli tuman,
shahar saylov komissiyalari zimmasiga yuklatilgan edi.
4) saylov okruglarini tuzishga oid qoidalar takomillashtirildi. Saylov kodeksida mahalliy
Kengashlarga saylov o‘tkazish uchun tuziladigan saylov okruglari sonining eng yuqori miqdori
belgilangan bo‘lib, okruglar sonining aniq miqdori ko‘rsatilmagan edi.
1
1
B. Turg‘unov Saylov komissiyalari tizimi qanday tuzilgan?
31-oktabr, 2024-Yil
288
Saylov jarayonlarini demokratik ruhda o‘tkazish, aholiga, saylovchilarga qulaylik yaratish
maqsadida har tomonlama tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, tashkiliy masalalardan
tashqari, bu jarayonlar ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan turli tushuntirishlar, debatlar, maqolalar tayyorlanib xalq
eʼtiboriga havola qilinmoqda. Biz ham soylov qonunchiligida belgilangan tuman, shahar saylov
komissiyasining binosi va xonalarini jihozlash bilan bog‘liq masalalarni ifodalaydigan talablar
xususida so‘z yuritishni lozim topdik.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
2
O‘zbekiston Respublikasining Saylov
kodeksi,
3
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Tuman, shahar saylov
komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2024 yil 5 iyundagi 1335-son qaror
4
i bilan
tasdiqlangan Nizomga muvofiq, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida tegishli
hududda joylashgan davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tuman, shahar saylov
komissiyasi ixtiyoriga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan binolar,
majlis zallari, xonalar hamda jihozlarni bepul berib turishi shart bo‘lib, saylovni o‘tkazish davrida
tuman, shahar saylov komissiyasi tuman, shahar hokimliklari tomonidan kamida to‘rtta xonadan
iborat bino bilan, shuningdek, transport, aloqa vositalari va qo‘shimcha internet tarmog‘iga ulanish
imkoniyati bilan taʼminlanadi.
Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, saylovni o‘tkazish davrida tuman, shahar saylov
komissiyasi joylashgan bino tegishli tarzda jihozlanishi va quyidagilarga ega bo‘lishi kerak, yaʼni:
- O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i (binoning ustida va ichida);
- O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi (binoning ichida);
- tuman, shahar saylov komissiyasining to‘liq nomi ko‘rsatilgan peshlavha;
- qulflanadigan seyf yoki metall shkaf;
- zarur mebellar, konditsioner, orgtexnika vositalari (kompyuter, noutbuk, printer, skaner,
nusxa ko‘chiruvchi uskuna, UPS), telefon, televizor;
- SJBAT va “E-saylov” axborot tizimi talablariga javob beruvchi ikkitadan kam bo‘lmagan
kompyuter va ularga kerakli bo‘lgan qurilmalar (printer, skaner, UPS va boshqalar) hamda
uzluksiz (simsiz) internet aloqasi va h.k.;
- videokonferensaloqa uchun videomonitor, mikrofon va akustik qurilmalar;
2
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.
3
O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi.
https://lex.uz/acts/4386848.
4
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Tuman, shahar saylov komissiyasi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida”gi 2024 yil 5 iyundagi 1335-son qaror.https://lex.uz/docs/6995781.
31-oktabr, 2024-Yil
289
- muqobil elektr energiya ishlab chiqaradigan generator qurilmasi;
yong‘inga qarshi vositalar.
Tuman, shahar saylov komissiyasi joylashgan bino va unga olib boruvchi yo‘laklar ozoda
va taʼmirlangan, yoritish moslamalari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Saylovni o‘tkazish davrida tuman, shahar saylov komissiyasi binosida, albatta, saylov
sanasiga bag‘ishlangan plakat; tuman, shahar saylov komissiyasining tarkibi, manzili va telefon
raqamlari; Markaziy saylov komissiyasining, hududiy saylov komissiyasining, tegishli tuman yoki
shahar sudi, prokuraturasi va ichki ishlar bo‘limining ishonch telefonlari raqamlari joylashtiriladi.
Tuman, shahar saylov komissiyasi aʼzolarining xonasida O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, Saylov kodeksi, saylovga oid qonunchilik hujjatlari; tuman, shahar saylov
komissiyasi aʼzolarining tarkibi haqida maʼlumot; tuman, shahar saylov komissiyasining ish rejasi
va navbatchilik jadvali bo‘lishi lozim.
Binobarin, stendlarda joylashtiriladigan materiallarda saylovoldi tashviqotiga oid nishon
va alomatlar bo‘lmasligi kerak.
Tuman, shahar saylov komissiyasi binosiga kirish joyida nogironligi bo‘lgan shaxslar
uchun o‘rindiqli aravachalarga moslashtirilgan nishab yo‘laklari (panduslar) bo‘lishi va ular
belgilangan talablarga mos bo‘lishi kerak.
Gap bevosita tuman va shahar saylov komissiyalari faoliyati xususida ketar ekan, ular
tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq
qonunchilik talablarini ham yodga olish zarar qilmaydi.
Xususan, jismoniy va yuridik shaxslarning tuman, shahar saylov komissiyasiga kelib
tushgan murojaatlari Saylov kodeksi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
to‘g‘risida”gi Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Bunda, avvalo, kelib tushgan murojaatlar tuman, shahar saylov komissiyasi raisi
tomonidan komissiya aʼzolari o‘rtasida ko‘rib chiqish uchun taqsimlanadi, murojaatga javob xati
tuman, shahar saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari tomonidan imzolanadi. Basharti,
murojaatda bayon etilgan masalalarni hal qilish tuman, shahar saylov komissiyasi vakolatiga
kirmasa, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli organlarga yuboriladi.
Tuman, shahar saylov komissiyasi saylov kampaniyasini o‘tkazish davrida jismoniy va
yuridik shaxslarning Saylov kodeksi talablari buzilganligi yoki saylovni tashkil etishning boshqa
masalalari xususida o‘ziga kelib tushgan murojaatlarini o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqadi.
Zero, mazkur murojaatlar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilishi va uch kunlik muddatda ularga
yozma javoblar berilishi, saylovga olti kundan kam vaqt qolganida yoki ovoz berish kuni kelib
31-oktabr, 2024-Yil
290
tushgan murojaatlar esa darhol ko‘rib chiqilib, javob qaytarilishi shart. Bundan uchastka saylov
komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar mustasno.
Zarur hollarda tuman, shahar saylov komissiyasi murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun
tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda ishchi guruh tuzishi mumkin.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, barchamiz saylov qonunchiligi talablarini chuqurroq
bilishimiz hamda undan samarali foydalanishimiz o‘zimizning siyosiy-huquqiy ongimiz va
madaniyatimiz yuksaltirishimizaga bog‘liq.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi. https://lex.uz/acts/4386848.
3.
O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-son “O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada
takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi
Konstitutsiyaviy qonuni.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Tuman, shahar saylov
komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2024 yil 5 iyundagi 1335-son qaror.
https://lex.uz/docs/6995781.
5.
B. Turg‘unov Saylov komissiyalari tizimi qanday tuzilgan?
https://hudud24.uz/news/sailov-komissiialari-tizimi-kandai-tuzilgan
