ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
249
O‘DK-64.631
TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA BIO
-
ORGANO
-
MINERAL O‘G‘ITLARDAN
FOYDALANISHNING TUPROQLAR UNUMDORLIGIGA TA’SIRI
Ataboyev Nosirjon Abdumutal o‘g‘li
Toshkent davlat agrar universiteti doktoranti.
ataboyev94@mail.rcom
Mirzaraimova Malohat Muratovna
O'simliklar karantini va himoyasi agentligi bo'limi davlat inspektori.
Muhammadsoliyev Shoxrux Dilshod oʻgʻli
Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13921427
Annotatsiya. Bugungi kunda jahonda soya ishlab chiqarishning o‘sishi ekin
maydonlarining ko‘payishi va hosildorlikning oshishi hisobiga taʼminlanib, so‘nggi o‘n yil ichida
ekilgan soya maydonining o‘rtacha yillik o‘sish surʼati 1,7 foizni tashkil qilmoqda.
“Shundan har gektardan olinadigan soya hosildorligi 1,0 foizga ko‘tarilib, o‘rtacha
hosildorlik gektaridan 28 sentnerni tashkil etgan” Shu bilan birga turli tuproq sharoitida soya
navlarini joylashtirish, hosildorligi hamda don sifatini jumladan oqsil miqdori, moylilik darajasini
oshirishda agrotexnologiya elementlarini ishlab chiqish va tuproq unumdorligini saqlash hamda
oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilmoqda.
Respublikaning unumdorligi past bo‘lgan och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida, soya ekinini
asosiy ekin sifatida yetishtirish, donning oqsil miqdorini, moylilik darajasini oshirishda bio-
organo-mineral o‘g‘itlarni qo‘llash, tuproqlarni agroekalogik holatlarini yaxshilash hamda
agrotexnologiyalarini ishlab chiqqan holda ishlab chiqarish sanoatida keng joriy etish bugungi
kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Kalit so’zlar: Tuproq unumdorligi, donli ekinlar, mineral o’g’tlar me’yori va muddatlari,
samaradorlik.
THE EFFECT OF THE USE OF BIO-ORGANO-MINERAL FERTILIZERS ON SOIL
FERTILITY IN THE CONDITIONS OF TYPICAL GRAY SOILS"
Abstract. Today, the growth of soybean production in the world is ensured by the increase
of cultivated areas and the increase in productivity, and the average annual growth rate of the
planted soybean area in the last ten years is 1.7 percent. "Therefore, the soybean yield per hectare
increased by 1.0%, and the average yield was 28 centners per hectare." At the same time, the
development of agrotechnological elements for placing soybean varieties in different soil
conditions, increasing the yield and grain quality, including protein content and oil content. and
scientific-research works on maintaining and increasing soil fertility are being carried out.
In the conditions of light gray soils with low productivity of the republic, the cultivation of
soybean as the main crop, the use of bio-organo-mineral fertilizers to increase the protein content
and fat content of grain, the improvement of the agro-ecological conditions of the soil, and the
development of agro-technologies wide implementation in the production industry is one of the
urgent tasks of today.
Keywords: Soil fertility, rates and periods of mineral fertilizers for grain crops,
effectiveness.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
250
ВЛИЯНИЕ ПРИМЕНЕНИЯ БИООРГАНО-МИНЕРАЛЬНЫХ УДОБРЕНИЙ НА
ПЛОДОРОДИЕ ПОЧВ В УСЛОВИЯХ ТИПИЧНЫХ СЕРОЗЕМОВ»
Аннотация. Сегодня рост производства сои в мире обеспечивается за счет
увеличения посевных площадей и роста урожайности, а среднегодовой темп прироста
посевных площадей сои за последние десять лет составляет 1,7 процента. «Таким
образом, урожайность сои с гектара увеличилась на 1,0%, а средняя урожайность
составила 28 ц/га. Одновременно ведется разработка агротехнологических элементов
размещения сортов сои в различных почвенных условиях, повышающих урожайность и
качество зерна». в том числе по содержанию протеина и масличности, проводятся
научно-исследовательские работы по сохранению и повышению плодородия почв.
В условиях легких сероземов с низкой продуктивностью республики выращивание
сои как основной культуры, применение биооргано-минеральных удобрений для повышения
белковости и жирности зерна, улучшение агроэкологических условий. состояние почвы, а
разработка агротехнологий и широкое внедрение их в производственную отрасль является
одной из актуальных задач современности.
Ключевые слова: Плодородие почвы, нормы и сроки внесения минеральных
удобрений под зерновые культуры, эффективность.
Dunyo miqyosida soya (
Glycine max
) muhim oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning
yildan-yilga ortib borishi, qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlarining yanada kengaytirish va yuqori
sifatli mahsulotlar bilan uzluksiz taʼminlashni taqozo etmoqda. “Dunyo bo‘yicha bugungi kunda
122 mln gektar maydonda soya parvarishlanib, yiliga 362 million tonnadan ziyod soya doni
olinmoqda, jumladan Braziliya 37 mln, АQSh 31 mln, Аrgentina 18 mln, Hindiston 11 mln, Xitoy
9 mln, O‘zbekistonda 31.0 ming gektar ochiq maydonda soya ekilib 32,4 ming tonna soya doni
yetishtiriladi”. Аmmo, aholini kundan kun soya oqsiliga va moyiga bo‘lgan talabi ortib borishi
natijasida yanada oqsil va moy miqdori yuqori bo‘lgan soya navlariga extiyoj ortib bormoqda.
Bugungi kunda jahonda soya ishlab chiqarishning o‘sishi ekin maydonlarining ko‘payishi
va hosildorlikning oshishi hisobiga taʼminlanib, so‘nggi o‘n yil ichida ekilgan soya maydonining
o‘rtacha yillik o‘sish surʼati 1,7 foizni tashkil qilmoqda. “Shundan har gektardan olinadigan soya
hosildorligi 1,0 foizga ko‘tarilib, o‘rtacha hosildorlik gektaridan 28 sentnerni tashkil etgan” Shu
bilan birga turli tuproq sharoitida soya navlarini joylashtirish, hosildorligi hamda don sifatini
jumladan oqsil miqdori, moylilik darajasini oshirishda agrotexnologiya elementlarini ishlab
chiqish va tuproq unumdorligini saqlash hamda oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib
borilmoqda.
Bugungi kunda dunyo miqyosida soya o‘simligi oziq-ovqat sanoatini rivojlanishi va
chorvachilik mahsulotlarini ko‘payishida hamda kimyoviy tarkibiga ko‘ra madaniy o‘simliklar
orasida oqsilga boy, yuqori kaloriyaga ega bo‘lib, tuproq unumdorligini oshirishda o‘ziga xos
ahamiyatga egadir.
Soya doni tarkibida 40-55% oqsil, 17-28 % o‘simlik moyi va inson organizmi uchun zarur
bo‘lgan almashinmaydigan aminokislotalar va 12 xil vitaminlar mavjud.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
251
G.Tangirovani olib borilgan tadqiqotlarida ekish meʼyori 70 kg/ga, nitraginsiz variantda
o‘rtapishar soya navi donning tarkibida oqsil miqdori 38,2% , moy miqdori 22,3% ni tashkil yetib,
andoza Do‘stlik naviga yaqin (tegishlicha 39,4%; 22,4%) bo‘lgan natija kuzatilgan [62; B. 36.].
А.Iminov D.Xoldarovalarni maʼlumotlardan ko‘rinib turibdiki, qisqa navbatli almashlab
ekishning 1:1, kuzgi bug‘doy takroriy ekin soya:g‘o‘za tizimida kuzgi bug‘doydan so‘ng takroriy
ekin sifatida yetishtiriladigan soya ekini urug‘larini ekish oldidan nitragin bilan ishlov berib
ekilishi natijasida soyani parvarishlashda qo‘llaniladigan maʼdan o‘g‘itlar meʼyorlari sarfini 20-
25% ga kamaytirishga hizmat qilib, nitragin qo‘lanilmagan variantlarga nisbatan 0,7-4,2 s/ga
qo‘shimcha don hosili olishni taʼminlaydi [35; B. 53-54.].
R.Siddiqov. А.Mo‘minov, U.Ergashev, maʼlumotlariga ko‘ra, soya navlariga maʼdan
o‘g‘itlar meʼyori gektariga sof holdagi fosfor 90 kg/, kaliy 60 kg fonida “To‘maris Man-60” naviga
120 kg/ga azotli o‘g‘it berilganda 35,8 s/ga, “Oijamol” naviga 120 kg/ga azotli o‘g‘it berilganda
28,7 s/ga, “Selekta-201” naviga 90 kg/ga azotli o‘g‘it berilganda 21,6 s/ga “Аmigo” naviga 90
kg/ga azotli o‘g‘it berganda 18,4 s/ga don hosil olinishini iqtisodiy jihatdan eng samarali deb
hisoblash mumkin [59; B. 38-39.].
B.X.Quldoshov, N.Xalilov, А.X.Hamzaevlarni taʼkidlashcha soya o‘simligi ildiz tizimida
Nitroforte –J, Nitroforte-P qo‘llanilgan variantlarda bitta o‘simlikdagi tuganaklar soni muvofiq
holda 102 va 87 dona, tuganak bakteriyalar mavjud tuproq bilan soya urug‘lari ishlangan o‘simlik
ildizida 43 dona tuganak hosil bo‘lishi Nafis navi bo‘yicha aniqlangan [92; B. 63-64.].
Natijalari.
Tajriba stansiyasida erta bahor oylaridan boshlab tabiiy holda efimer va
efimeroidlar o‘sadi. Jumladan piyozli qo‘ng‘irbosh (Poa bulbosal), chim bo‘lib qoplangan ajriq
o‘t, g‘umay, bug‘doyiq, salomalaykum, quytikan va hokazolar. Bulardan tashqari may oylarida bir
yillik efimerlardan lolaqizg‘aldoq va boshqa efimerlarning o‘zaklari uchraydi. Haydaladigan
еrlarda madaniy o‘simliklar almashlab ekiladi. Bu еrlarda g‘o‘za, makkajuxori, bug‘doy, maxsar,
kungaboqar, sabzavotlar, soya, no‘xat va boshqalar еtishtiriladi. Yo‘l yoqalari va ariqlar bo‘ylarida
tut, tol daraxtlari va boshqa yovvoyi o‘simliklar o‘sadi. Stansiya o‘simlik qoplami singari
hayvonot olamiga ham juda boy. Bu еrlarda kemiruvchilardan sichqon, yumronqoziq, sudralib
yuruvchilardan ilon va kaltakesaklar, umurtqasizlardan yomg‘ir chuvalchangi, eshakqurt, chumoli
va go‘ng qo‘ng‘izlari uchraydi. Umurtqasizlardan yomg‘ir chuvalchangi yordamida tuproqning
madaniylashgani kuzatilgan. Buning natijasida tuproqning strukturaviy va fizikaviy xususiyati,
jumladan suv o‘tkazuvchanligi va aeratsiyasi yaxshilanganligi kuzatildi.
Xulosa
Toshkent viloyati Piskent tumani tipik bo‘z tuproqlari sharoitida soya ekinini oziq
muhitidagi elementlar nisbatini hisobga olish o‘simlikni mineral oziqlanishini boshqarishda
muhim ahamiyatga ega. Ekinlar rivojlanishining turli davrlarida turli nisbatdagi oziq elementlarni
talab qiladi.
O‘simlik tanasi faoliyatining me’yorida bo‘lishi bevosita tashqi muhitga, organik va
mineral o‘g‘itlar miqdoriga bog‘liq.
Takroriiy ekinlinlar asosan tuproq unumdorligi saqlanib, strukturasi yaxshilanib, ekin
hosili yuqori va sifatli shakllanishiga, eng muhimi o‘g‘it to‘g‘ri qo‘llash hisobiga atrof-muhitni
ortiqcha o‘g‘itdan ifloslanishini oldi olinadi, jamiyat uchun ekologik sof muhit hosil bo‘ladi, bu
esa inson salomatligi uchun xam juda kata ahamiyat kasb etadi.
Takroriy ekin sifatida ekilgan
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
252
(yeryong‘oq, soya va mosh) ekinlar, albatta ularning ko‘chat qalinligi bilan bevosita bog‘liq holda
tuproq unumdorligiga turlicha ta’sir qiladi. Bunda tuproq unumdorligini oshirishda o‘rganilgan
ekinlarning samarasi bo‘yicha quyidagi ketma - ketlikda joylashtirish mumkin: takroriy mosh,
soya va yeryong‘oq. Bu ekinlarni almashlab ekishni joriy etish va agrotexnika usullarini
takomillashtirib borish tuproq unumdorligi pasayishini oldini oladi va u bilan bog‘liq bo‘lgan
salbiy ta’sirlarni bartaraf etadi va tuproq unumdorligini saqlash bugungi kunda dolzarb
hisoblanadi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va
suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-son Farmoni.
2.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2019-yil
23-oktyabrdagi
“O‘zbekiston
Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030-yillarga mo‘ljallangan
strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmoni.
3.
Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385 Volume 3 | Issue 9 | 2022
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
4.
Методы агрохимических анализов почв и растений Средней Азии. –Ташкент:, 1977.
– С. 187.
5.
Доспехов Б.А. Методика полевого опыта.-М., Агропроиздат, 1985. – С. 317
