ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
268
AHOLINING IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ TOIFALARINI SAMARALI
BANDLIGINI TA’MINLASH
Ismailov Akmal Maxsudovich
TDIU Yashil iqtisodiyot kafedrasi professori, Dsc.
e-mail:
akmal-0278@mail.ru
Murodova Komila Madiyor qizi
TDIU magistratura talabasi.
+998 93 584 02 32.
e-mail:
kmurodova467@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.13921562
Annotatsiya.
Respublikamizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijasida
barcha sohalarda tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy himoyani mahalla darajasida
tashkil etish, ijtimoiy xizmat va yordamlarni kompleks yondashuv asosida ko‘rsatish, aholining
og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish, shuningdek, ijtimoiy himoyaning manzilliligi
va samaradorligini oshirish hamda aholining ko‘makka muhtoj qatlamni ijtimoiylashuvini
ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida fikr mulahazalar keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: ijtiomiy himoya, ishsizlik, kambag‘allikni qisqartirish, bandlik, aholi
turmush darajasi, erkin iqtisodiy zona.
ENSURING EFFECTIVE EMPLOYMENT OF CATEGORIES OF THE POPULATION
IN NEED OF SOCIAL PROTECTION
Abstract.
As a result of socio-economic reforms carried out in our republic, fundamental
changes are being implemented in all areas. Opinions were given about the work being carried
out to organize social protection at the neighborhood level, to provide social services and
assistance based on a comprehensive approach, to prevent the population from falling into a
severe social situation, as well as to increase the addressability and effectiveness of social
protection and to ensure the socialization of the population in need of assistance.
Key words: social protection, unemployment, poverty reduction, employment, standard of
living, free economic zone.
ОБЕСПЕЧЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОЙ ЗАНЯТОСТИ КАТЕГОРИЙ НАСЕЛЕНИЯ,
НУЖДАЮЩИХСЯ В СОЦИАЛЬНОЙ ЗАЩИТЕ.
Аннотaция. В результате социально-экономических реформ, проводимых в нашей
республике, реализуются коренные изменения во всех сферах. Были высказаны мнения о
проводимой работе по организatsiи социальной защиты на уровне микрорайона, оказанию
социальных услуг и помощи на основе комплексного подхода, недопущению попадания
населения в тяжелое социальное положение, а также повышению адресности и
эффективность социальной защиты и обеспечение социализatsiи населения,
нуждающегося в помощи.
Ключевые слова: социальная защита, безработица, сокращение бедности,
занятость, уровень жизни, свободная экономическая зона.
Kirish
Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayoti sifatini oshirishga,
jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun ularga shart-sharoitlar yaratishga hamda
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
269
ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga
qaratilgan choralarni ko‘radi. Davlat nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy, iqtisodiy va
madaniy sohalar ob’ektlari va xizmatlaridan to‘laqonli foydalanishi uchun shart-sharoitlar
yaratishi, ularning ishga joylashishiga, ta’lim olishiga ko‘maklashishi, ularga zarur bo‘lgan
axborotni to‘sqinliksiz olish imkoniyatini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 sentyabrdagi PQ-319-son qaroriga
muvofiq 28 ta tuman (shahar)da, ekspriment tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda- Agentlik) “inson” ijtimoiy
xizmatlar markazlari va ijtimoiy xodimlar ko‘rsatadigan ijtimoiy xizmatlar hamda yordamlarning
yangi tizimi yo‘lga qo‘yildi [1].
Mamlakatimizni barqaror rivojlantirish, xalqimiz farovonligini oshirish, fuqarolarimizning
o‘z hayotidan rozi bo‘lib, ertangi kunga qat’iy ishonch bilan munosib hayot kechirishini ta’minlash
bo‘yicha oldimizga qo‘ygan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirishda jamiyatning eng
muhim bo‘g‘ini hisoblangan mahalla institutining o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Mahalla jamiyatda tinchlik-totuvlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini
mustahkamlash, milliy urf-odat va qadriyatlarni asrab-avaylash, oilalar jipsliligini ta’minlash,
sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, aholining kundalik muammolarini hal etishda
xalqimizga eng yaqin ijtimoiy tuzilma hisoblanadi[2].
Qolaversa O‘zbekiston Respublkasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2024-yil 23-
sentabr’dagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi
chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida” gi PF-143 sonli farmonida ham
hududlarda aholi turmush shart-sharoitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni
qisqartirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash daturlarining natijadorligiga erishishda yangicha
yondashuv va to‘plagan milliy tajribani qallash chora-tadbirlarini yanada yuqori bosqichga olib
chiqish borasida qator vazifalar belgilab o‘tilgan[3].
Adabiyotlar sharhi
Ushbu maqolani yoritishda bir qator olimlarning ilmiy ishlari o‘rganib chiqildi. Jumladan;
Akademik Q.X.Abdurahmonov “Ish bilan bandlik – fuqarolarning qonun hujjatlariga zid
kelmaydigan o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi
va daromad keltiradigan faoliyatidir” degan ta’rifni beradi [4]. Iqtisodchi olimlarimizdan
A.O‘lmasov va A.Vahobovlar fikricha “Bandlik mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan va mehnat
qilishga ishtiyoqi bor kishilarni ishga joylashib, foydali mehnat bilan mashg‘ul bo‘lishlaridir” [5].
va natijada samarali bandlik bu ijtimoiy himoya borasidaga eng maqbul yechim hisoblanadi.
A.G.Gryaznov bandlikni ish joy bilan ta’minlash va xo‘jalik faoliyatida ishtiroki bilan bog‘liq
bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar to‘plami deb ataydi. Uning fikricha, bandlik moddiy omillar ishlab
chiqarishga taalluqli iqtisodiy faol aholini tasvirlaydi. Bandlikda jamiyatning asosiy ishlab
chiqaruvchi hamda iste’mol qiluvchi kuchlari o‘zi namoyon qiladi. Chunki, undagi ishlab
chiqarishning ob’ektiv sharoitiga munosabat, jami aholining takror ishlab chiqarish sharoiti
hisoblanuvchi mehnatkashlar yashashlari uchun mablag‘lar olish vositasi bo‘lib xizmat qiladi[6].
V.A. Pivlenkov ta’rifi bo‘yicha, aholi bandligi – bu qonunda belgilangan yoshga yetgan va
hozirgi paytda moddiy yoki pul shaklida daromadlar olib keladigan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi
fuqarolardir [7]. E.R.Saruxanov tomonidan boshqacha ta’rif berilgan. Bandlik - xodimlar ishtirok
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
270
etadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir, ya’ni ular moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va
takomillashtirishda insonlar faoliyatini amalga oshiradilar [8].
Tadqiqot metodologiyasi
Ilmiy tadqiqot jarayonida ilmiy mushohadalash, koorelyatsion-regression tahlil,
taqqoslash, statistik ma’lumotlarni guruhlash, dinamika qatorlari, istiqbol ko‘rsatkichlarini
hisoblashning iqtisodiy-matematik usullaridan foydalanildi.
Tahlil va natijalar
So‘nggi yillarda mamlakatimizda aholi farovonligi va turmush-tarzini yaxshilash hamda
aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat
ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan,
ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish xarajatlari YaIMga nisbatan 2 baravarga oshib, kam
ta’minlangan nafaqa oluvchi oilalar qamrovi 5 barobarga ko‘paydi hamda nogironligi bo‘lgan
shaxslar va nogironligi bo‘lgan bolalarning parvarishi bilan band bo‘lganlar uchun yangi nafaqa
turlari joriy etildi.
Qolaversa, O‘zbekiston Respublkasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2024-yil 23-
sentabr’dagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi
chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida” gi PF-143 sonli farmonida ham aholini
yuqori daromadli barqaror ish bilan ta’minlash, yoshlarning innovatsion va raqamli
texnologiyalarga asoslangan ta’lim olishi va kasb-hunar o‘rganishi, barcha qatlamlarning tibbiy va
ijtimoiy xizmatlardan to‘laqo‘nli foydalana olishlari uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan
vazifalar ham belgilab o‘tilgan.
1-rasm.
Aholining umumiy daromadlari.
2024-yilning yanvar-iyun oylari bo‘yicha dastlabki ma’lumot
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma’lumotlari
asosida tuzilgan.
Aholi umumiy daromadlarini hisoblash – Milliy hisoblar tizimining xalqaro statistika
standartlariga, Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalariga, O‘zbekiston Respublikasi qonun
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
271
hujjatlariga asoslangan Statistika agentligi tomonidan ishlab chiqilgan metodik qo‘llanma asosida
amalga oshiriladi.
Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, 2024-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, aholining
umumiy daromadlari 399,2 trln. so‘mni tashkil etdi. Aholi daromadlari bo‘yicha real o‘sish
sur’atlarini hisoblashda narx omillari ta’sirini chiqarib tashlash maqsadida, inflyatsiya
ko‘rsatkichlarining asosiy turlaridan biri – iste’mol narxlari indeksi (INI)dan foydalaniladi.
Iste’mol narxlarining o‘zgarishi sababli o‘tgan yilning mos davriga nisbatan aholi umumiy
daromadlarining real o‘sish sur’ati 108,6 % ni tashkil etdi.
2-rasm.
Hududlar bo‘yicha aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi.
(2024-yilning yanvar-iyun oylari bo‘yicha, ming so‘m)
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma’lumotlari
asosida tuzilgan.
2024-yilning yanvar-iyun oylarida, aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmining eng
quyi ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (7 258,2 ming so‘m), Namangan (7 451,7
ming so‘m) va Surxondaryo (8 080,8 ming so‘m) viloyatlarida qayd etildi. Eng yuqori
ko‘rsatkichlar esa Toshkent shahri (28 705,6 ming so‘m), Navoiy viloyati (16 612,2 ming so‘m),
Buxoro viloyatlariga to‘g‘ri kelganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.
Yuqoridagi ma’lumotlar orqali takidlashimiz mumkinki, aholi ijimoiy himoya qilish va
turmush-tarzini yaxshilash uchun eng yuqori samaradorlikka ega tadbirlardan biri bu aholini
bandligi ta’minlash hamda doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishlari uchun qulay shart-
sharoitlar yaratishdan iborat bo‘lib hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda
Respublikamiz aholisini daromadlari tarkibida yetakchi o‘rin tutayotgan sohalarni rivojlantirish,
ularni bugungi zamonaviy mehnat bozori talablariga to‘la javob bera oladigan texnika-
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
272
texnologiyalar bilan ta’minlash, qolaversa yashil iqtisodiyat talablariga javob beradigan kasblarga
tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish muhim o‘rin egallaydi.
3-rasm.
Hududlar bo‘yicha aholi umumiy daromadlari tarkibi.
(2024-yilning yanvar-iyun oylarida)
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma’lumotlari
asosida tuzilgan.
Aholining umumiy daromadlari hajmini sezilarli darajada o‘sishi asosan umumiy
daromadlar tarkibida 29,9 % ulushga ega bo‘lgan yollanma ishchilarning daromadlari va 30,7 %
ulushga ega mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar hamda 27,8 % ni tashkil
etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.
Hududlar bo‘yicha aholi umumiy daromadlari tarkibida mehnat faoliyatidan olingan
daromadlar (yollanib ishlovchilarning ish haqi va mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan
daromadlar)ning eng yuqori ulushi Navoiy (76,3 %), Toshkent (73,7 %), Jizzax (71,4 %) Sirdaryo
(66,6 %), Buxoro (66,0 %), Surxondaryo (63,5 %) va Qashqadaryo (62,4 %) viloyatlarida
kuzatildi. Aksincha, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida o‘rtacha respublika
darajasidan past ko‘rsatkichni tashkil etgan.
4-Jadval.
Aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi (hududlar kesimida).
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
273
Hududlar
2019
2020
2021
2022
2023
2023-yil 2019-
yilga nisbatan
o'zgarishi
(+ ; - )
( % )
O‘zbekiston
Respublikasi
10887,3 12122,2 14869,8
17772,8 20015,9
9128,6
183,8
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
8141,7
9436,6 11286,5
13266,1 14570,7
6429
179,0
Andijon viloyati
9935,5 10765,9 12946,1
15910,1
18257
8321,5
183,8
Buxoro viloyati
13075,6 14675,5 18133,4
21470,5 23480,3 10404,7
179,6
Jizzax viloyati
9701,1 10951,7
13244
15090,6 17326,2
7625,1
178,6
Qashqadaryo viloyati
9151,8
10199 12180,8
14610,8 16095,1
6943,3
175,9
Navoiy viloyati
16943,5 19922,5
24765
27129,1 31445,6 14502,1
185,6
Namangan viloyati
8297,3
9258,8 11353,5
13782,5 15070,6
6773,3
181,6
Samarqand viloyati
9437,9 10522,8
12919
15437,1 16886,8
7448,9
178,9
Surxondaryo viloyati
8900,4
9745 11824,1
14520,4 15811,6
6911,2
177,7
Sirdaryo viloyati
9999,7 10938,3 12794,6
14635,8 16808,3
6808,6
168,1
Toshkent viloyati
11290,4 13129,4
16260
18319,2 20730,2
9439,8
183,6
Farg‘ona viloyati
8112,7
8853,5 11276,9
13844,4 15716,5
7603,8
193,7
Xorazm viloyati
11220,8 12270,6 15756,4
19541,5 20076,6
8855,8
178,9
Toshkent shahri
23642,2 25543,6 30511,1
37079,7 44427,9 20785,7
187,9
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma’lumotlari
asosida tuzilgan.
Mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlarning asosiy ulushi Toshkent (11,1
%), Samarqand (10,5 %), Qashqadaryo (10,0 %) va Andijon (9,5 %) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri
keldi. Kamroq ulushga ega bo‘lgan hududlar Sirdaryo viloyati (2,3 %), Qoraqalpog‘iston
Respublikasi (3,2 %) va Jizzax viloyati (4,7 %) hisoblanadi. Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha,
2024-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, mol-mulkdan olingan daromadlar 14,3 trln. so‘mni
tashkil etdi. Aholining umumiy daromadlari tarkibida mol-mulkdan olingan daromadlar ulushi 3,6
% ni tashkil etdi. Joriy davrda mol-mulkdan olingan daromadlar aholi umumiy daromadlari
hajmining 1,3 % ga o‘sishini ta’minladi. Aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan
olingan daromadlar ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va
boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi. 2024-yilning yanvar-iyun oylari ma’lumotlariga ko‘ra,
transfertlardan olingan daromadlarning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan nominal o‘sish sur’ati
117,2 % ni tashkil etdi. Ushbu davrda aholining umumiy daromadlari hajmida transfertlarning
ulushi 27,8 % ni tashkil etdi.
Xulosa va natijalar
Barqaror mehnat bozorini ta’minlash, yangi ish joylarini tashkil etish, aholini yangi
kasblarga tayyorlash aholi farovonligi ijtimoiy himoyasi uchun tashlangan ilg‘or qadamlardan
sanaladi va bu borada quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz:
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
274
•
mintaqa mehnat bozorini tadqiq etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini doimiy ish
joylari va daromad bilan ta’minlanishini nazorat qilishda mahalla instituti o‘rnini yanada
mustahkamlash;
•
viloyatning chekka hududlarida yashil iqtisodiyot talablariga javob beradigan, zamonaviy
texnikalar bilan jixozlangan o‘quv markazlarini tashkil etish;
•
ishsiz xotin-qizlar hamda bola parvarishida bilan band bo‘lgan ayollarni doimiy daromad
manbaiga ega bo‘lishlari uchun masofaviy ishlash tizimini takomillashtirish;
•
viloyatlarda jahon standartlariga to‘la javob bera oladigan IT parklari sonini oshirish
hamda ularda taxsil olayotganlarni ish bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunning yoshlari har tomonlama yetuk va
barkamol bo‘lib yetishishlari uchun ularning ijtimoiy muamolarini bartaraf etish barcha uchun
zarurdir. Qaysi davlatda ta’lim kuchli bo‘lsa, yoshlarga ko‘proq e’tibor berilsa , o‘sha davlat
ravnaq topaveradi, chunki ta’lim-tarbiyasi bor yoshlarda innovatsion loyihalar va vatanga
muhabbat ruhida voyaga yetishish bugungi kun islohatlarimizning eng asosiy maqsadiga kiradi.
Sarmoyalarning eng yaxshisi bu ta’lim –tarbiyaga ajratilgan sarmoyadir, bu sohada
sarmoya kiritsak hech qachon ziyon ko‘rmaymiz, faqat yuksalaveramiz, shuningdek dunyo
hamjamiyatida ham yoshlarni ijtimoiy himoya qilish va ularning bir qator muamolarini yechishda
bir qator qarorlar, farmonlar ishlab chiqarilmoqda, Ushbu xalqaro qarorlar dunyo yoshlarini
ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy himoya qilish butun dunyo mamlakatlarining asosiy vazifasidir
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 sentyabrdagi PQ-319-son qaroriga
muvofiq 28 ta tuman (shahar)da, ekspriment tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda- Agentlik) “inson”
ijtimoiy xizmatlar markazlari va ijtimoiy xodimlar ko‘rsatadigan ijtimoiy xizmatlar hamda
yordamlarning yangi tizimi yo‘lga qo‘yildi.
2.
O‘zbekiston Respublkasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2024-yil 23-sentabr’dagi
“Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-
tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida” gi PF-143 sonli farmoni.
3.
Q.X.Abdurahmonov “Mehnat iqtisodiyoti” darslik 2022-yil. 204-bet.
4.
Olmasov A., Vahobov A. Iqtisodiyot nazariyasi.Darslik. – T.:Iqtisod-moliya, 2014.- 424 b.
5.
V.A. Pivlenkov “Рынок труда. Занятость. Безработица. М.: МГУ, 2004.- 584 с”.
6.
Саруханов Э.Р. Проблемы занятости в период перехода к рынку. СПб.: СПбУ. ЭФ,
2001.-254 с.
7.
O‘zbekiston Respublkasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2024-yil 23-sentabr’dagi
“Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-
tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida” gi PF-143 sonli farmoni.
8.
O‘zbekiston Respublkasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi
9.
Чэнь Вэй. Современный Китай: проблема занятости. // Вестник РУДН, серия
Международные отношения, 2009, № 3. стр.61-75.
10.
Шуваева Е. В. Занятость как важнейший элемент трудовых отношений // Актуальные
вопросы экономических наук: Материалы международ. науч. конф. — Уфа : Лето, 2011.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
275
11.
O‘zbekiston Respublkasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy sayti.
www//stat.uz.
12.
O‘zbekiston Respublkasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy sayti. www//mf.uz.
