Authors

  • Gulnoza Shoymatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.44208

Keywords:

nutq yozma nutq og’zaki nutq tovushlar nutq o’stirish nutqning mazmundorligi nutqning mantiqiyligi mustaqil fikrlash.

Abstract

Ushbu maqolada o’quvchilarda yozma nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etishda didaktik mashqlarning ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Va ularni savodini oshirishda qo’llaniladigan metod va usullardan to’g’ri hamda samarali foydalanish kerakligi haqida ma’lumotlar berilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

276

BOSHLANGICH SINF O’QUVCHILARNING YOZMA NUTQDAGI

KAMCHILIKLARNI KORREKSIYALASH USULLARI VA YO’LLARI

Shoymatova Gulnoza

Guliston davlat pedagogika instituti stajyor-o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13921580

Annotatsiya. Ushbu maqolada o’quvchilarda yozma nutqidagi kamchiliklarni bartaraf

etishda didaktik mashqlarning ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Va ularni savodini oshirishda
qo’llaniladigan metod va usullardan to’g’ri hamda samarali foydalanish kerakligi haqida
ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar: nutq, yozma nutq, og’zaki nutq, tovushlar, nutq o’stirish, nutqning

mazmundorligi, nutqning mantiqiyligi, mustaqil fikrlash.

METHODS AND WAYS OF CORRECTING DEFICIENCIES IN WRITTEN SPEECH

OF ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS

Abstract. This article discusses the importance of didactic exercises in eliminating the

shortcomings of students' written speech. And information is provided about the correct and
effective use of the methods and methods used in improving their literacy.

Key words: speech, written speech, oral speech, sounds, speech development,

meaningfulness of speech, logic of speech, independent thinking.

МЕТОДЫ И СПОСОБЫ ИСПРАВЛЕНИЯ НЕДОСТАТКОВ ПИСЬМЕННОЙ РЕЧИ

УЧАЩИХСЯ МЛАДШИХ КЛАССОВ

Аннотация. В данной статье рассматривается значение дидактических

упражнений в устранении недостатков письменной речи учащихся. А также
предоставляется информация о правильном и эффективном использовании методов и
методов, применяемых при повышении их грамотности.

Ключевые слова: речь, письменная речь, устная речь, звуки, речевое развитие,

осмысленность речи, логика речи, самостоятельное мышление.


Hozirga qadar yoshlarga ta’lim – tarbiya berishda amaliy yordam beruvchi, bilim berish

jarayonini soddalashtiruvchi bir qancha ilmiy ishlar, nomzodlik dissertatsiyalari, qo’llanma va
maqolalar yaratilganligi ma’lum. Biroq o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda ularni mustaqil
ravishda bilim olishga, mustaqil ishlashga qaratilgan ilmiy ishlar, ularning yozma nutqi
kamchiliklari xususida olib borilgan ilmiy ishlar hozirgi vaqtda dolzarb mavzulardan biri bo’lib
qolmoqda. O’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish, yozma nutqini rivojlantirish orqali ularni
mustaqil ishlashga, mustaqil fikrlashga, mustaqil tajriba o’tkazishga, mustaqil xulosa chiqarishga
undaydi hamda o’quvchilarni fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi, tafakkurini kengaytiradi, ilmiy
solohiyatlarini oshiradi. Shuning uchun ham boshlang’ich sinf o’quvchilarini mustaqil ishlashga,
savodli yozishga o’rgatishning ahamiyati juda ham kattadir.

Nutq – fikr bayon qilish vositasi bo’lib, og’zaki va yozma shaklda ifodalanadi. Tafakkur

nut yordamida ro’y berib, shu tufayli kishilar bir-birlari bilan aloqa bog’laydilar. Og’zaki nutq
pauza, urg’u, intonatsiya va tovushlar orqali tinglovchiga borib yetsa, yozma nutq harf va
so’zlarning ma’lum qonuniyat asosida o’zaro birikuvi, tinish belgilari, har xil ajratishlar, gaplarni


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

277

grammatik jihatdan aniq va tovushlarni bayon qilish orqali yetib boradi. Og’zaki nutqning yozma
nutqdan yana bir farqi shuki, og’zaki nutqni eshitamiz, yozma nutqni ko’ramiz va o’qiymiz.

Yozma nutq murakkab jarayon bo’lib, u ko’p vaqt mehnat talab qiladi. Sintaksis jihatdan

qaraganda yozma nutq eng to’liq va mukammal nutqdir. Bu nutq ixtiyoriy fikrimizni ifodalab
berishning eng yaxshi vositasidir. Yozma nutq og’zaki nutq asosida rivojlanadi. Og’zaki nutq
hayotda kishilar bilan munosabatda bo’lish, ularga taqlid qilish yo’li bilan rivojlanib, boladan
maxsus o’qish va o’rganishni talab etmaydi. Yozma nutq esa harfalar va belgilar yordami bilan
tovushlar, so’zlar, gaplarni ko’z bilan idrok qilishga, qo’l bilan yozishga mo’ljallangan nutqdir.

Nutq – kishi faoliyatining turi, til vositasi (so’z, so’z birikmasi, gap) asosida tafakkurni

ishga solishdir. Nutq o’zaro aloqa va xabar, o’z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga
ta’sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim
vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O’quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim
olish qurolidir. Nutq o’stirish nima? Agar o’quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko’zda tutilsa,
nutq o’stirish deganda tilni har tomonlama (talafuzi, lug’ati, sintaktik qurilishining, bog’lanishli
nutqni) faol amaliy o’zlashtirish tushuniladi. Agar o’qituvchi ko’zda tutilsa, nutq o’stirish
deganda, o’quvchilar tilning talafuzi, lug’ati, sintaktik qurilishi va bog’lanishli nutqni faol
egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qo’llash tushuniladi.

Shuning uchun ham grammatik va imlo dasturi tovushlar va harflar, so’z, gap, bog’lanishli

nutq kabi qismlarini o’z ichiga olgan. Ona tili dasturining bo’limlari: “Xat-savod o’rgatish va nutq
o’stirish”, “o’qish va nutq o’stirish”, “Grammatika, imlo va nutq o’stirish” deb nomlangan.

Nutq faoliyati uchun, shuningdek o’quvchilar nutqini o’stirish uchun bir necha shartga

rioya qilishi zarur:

1.Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo’lishi kerak. O’quchilar nutqini

o’stirishning metodik talabi o’quvchi o’z fikrini, nimanidir og’zaki yoki yozma bayon xohishini
va zaruriyatini yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.

2.Har qanday nutqning mazmuni, material bo’lishi lozim. Bu material qanchalik to’liq, boy

qimmatli bo’lsa uning bayoni shunchalik mazmunli bo’ladi. Shunday ekan, o’quvchilar nutqini
o’stirishning ikkinchi sharti nutqqa oid mashqlarning materiali haqida, bola nutqini mazmunli
bo’lishi uchun g’amxo’rlik qilish hisoblanadi.

3.Fikr tinglovchi tushunadigan so’z, so’z birikma, gap, nutq axborotlari yordamida

ifodalansagina tushunarli bo’ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqqiyatli o’stirishning uchinchi
sharti – nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi. Bolalarga til na’munalarini berish,
ular uchun yaxshi nutqiy sharoit yaratish zarur. Nutqni eshitish va undan o’z foydalanish natijasida
bolalarda ta’lim metodikasi asoslanadigan ongli ravishda ’’tilni sezish’’ shakllanadi.

Fikrni ifodalash usullariga ko’ra nutq og’zaki va yozma bo’ladi. O’g’zaki nutq yozma

nutqdan quyidagicha farqlanadi: og’zaki nutq tovush nutqi, yozma nutq esa grafik nutqdir.

Og’zaki nutqda eshitish sezgisi, yozma nutqda esa ko’rish va motor-harakat (qo’l harakati)

sezgisi asosiy o’rin tutadi. Og’zaki nutq ham, yozma nutq ham kishilarning o’zaro aloqa quroli
sifatida xizmat qiladi, ammo og’zaki nutq aniq hayotiy sharoitda, bevosita aloqa jarayonida yuzaga
keladi; yozma nutqda bevosita, aniq sharoitdan ajratilgan holda ham, kishi ishtirokisiz ham
foydalaniladi. Og’zaki nutq ko’pincha dialog tarzida, yozma nutq esa monolog tarzida bo’ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

278

Yozma nutq logik izchillikka rioya qilgan holda, ayrim til shakllarini tushirib qoldirmay,

ortiqcha takrorga yo’l qo’ymay bayon qilishni talab etadi, shuning uchun yozma nutq ancha
murakkab va mavhum hisoblanadi.

O’quvchilar nutqini o’stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi:
1. O’quvchilar nutqi mazmundor bo’lsin. Hikoya yoki insho o’quvchilar uchun yaxshi

ma’lum bo’lgan dalillar, ularning kuzatishlari, hayotiy tajribalari, kitobardan, rasmlardan,
radioeshttirish va teleko’rsatuvdan olgan ma’lumotlari asosida tuzilsagina mazmunli bo’ladi.

Bolalar bilmagan narsa, ko’rmagan voqea-hodisalar haqida yetarli tayyorgarliksiz

so’zlashga yo’l qo’yilsa, nutq kambag’al, mazmunsiz chiqadi. Nutq o’stirish metodikasi hikoya,
insho uchun materialni puxta tayyorlashni, ya’ni material yig’ish uni muhokama qilish, to’ldirish,
asosiy mazmunini ajratish, zaruriy izchillikda joylashtirishni talab qiladi. Albatta, bunda
o’quvchilarning yosh xususiyatlari va qiziqishlari ham hisobga olinadi.

2. Nutqda mantiqiylik bo’lsin. O’quvchilar nutqi mantiqan to’g’ri bo’lishi, fikr izchil,

asosli bayon etilishi, asosiy o’rinlar tushirib qoldirmasligi va o’rinsiz takrorga, mavzuga taaluqli
bo’lmagan ortiqchalikka yo’l qo’ymasligi talab etiladi. Nutqning mantiqiyligi narsa, voqea-
hodisalarni yaxshi bilish bilan belgilanadi, mantiqy xato esa material mazmunini aniq bilmaslik,
mavzuni o’ylamasdan noqulay tanlash natijasida kelib chiqadi. Bu ikki talab nutqning mazmuni
va qurilishiga taaluqlidir. Nutqni til jihatidan shakllantirishga oid talablar ham mavjud.

3. Nutq aniq bo’lsin. O’quvchi dalillar, kuzatishlar, taassurotlarni haqiqatga mos ravishda

oddiy bayon etibgina qolmay, shu maqsadning eng yaxshi til vositalaridan (so’z, so’z birikmasi,
gaplardan) foydalangan holda, maxsus tasvirlar bilan ifodalashga o’rgansin.

4. Nutq til vositalariga boy bo’lsin. Mazmunni aniq ifodalash uchun o’quvchi nutqi til

vositalariga boy bo’lishi, u har qanday vaziyatda ham kerakli sinonimlardan, xilma-xil tuzilgan
gaplardan mazmunga eng mosini tanlab foydalana olish ko’nikmasiga ega bo’ish zarur. Albatta,
boshlang’ich sinf o’quvchilariga til boyligi yuzasidan yuqori talab qo’yib bo’lmaydi, ammo
o’qituvchi o’quv ishlarida ularning so’z boyligini oshirib borishni har vaqt ko’zda tutishi kerak.

5. Nutq tushunarli bo’lsin. Og’zaki nutq esa eshituvchiga, yozma nutq esa uni o’quvchi

tushunarli bo’lishi zarur. So’zlovchi yoki yozuvchi nutqini eshituvchining yoki o’quvchining
imkoniyatini, qiziqishini hisobga olgan holda tuzsa, uni hamma birdek, hech qiyinchiliksiz
tushunadi.

6. Nutq ifodali bo’lsin. Agar nutq ifodali, ya’ni jonli, chiroyli, ishontiradigan bo’lsa,

eshituvchiga intonatsiya orqali ta’sir etsa, og’zaki nutq ham, yozma nutq ham tinglovchi va
o’quvchiga hikoyaning umumiy ruhi, dalillar, tanlangan so’zlar, ularning emotsionalligi, tuzilgan
jumla, iboralar yordamida ta’sir etadi. Nutqning tushunarli va ifodali bo’lishi har qanday shevaga
xos va ortiqcha so’zlardan sof bo’lishini taqozo etadi.

7. Nutq to’g’ri bo’lsin. Maktab uchun nutqning adabiy til normalariga mos-to’g’ri bo’lishi

alohida ahamiyatga ega. Yozma nutq grammatik, imlo va punktuatsiya jihatidan, og’zaki nutq esa
orfoepik jihatidan to’g’ri tuzilishi talab etiladi. Nutqning to’g’ri, bo’lishi uchun so’z tanlash va
nutq logikasi katta ahamiyatga ega. Yuqorida sanab o’tilgan talablar o’zaro bir-biri bilan uzviy
bog’liq bo’lib, maktab ishlari tizimida kompleks ravishda amalga oshiriladi. Nutq fikrni bayon
etish vositasi bo’libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosiy
vazifasini bajaradi, uni o’stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat tizimini


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

279

egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o’stirish mumkin. Shuning uchun o’quvchilar nutqini
o’stirishda materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga tegishlisini tanlash, joylashtirish va
mantiqiy operatsiyalarga katta ahamiyat beriladi. Tafakkur til materiali yordamida nutqiy
shakllantirilsa va bayon etilsagina muvaffaqiyatli o’sadi. Tushuncha so’zlar yoki so’z birikmalari
bilan ifodalanadi, shunday ekan, tushuncha til vositasi bo’lgan so’zda muhim aloqa materialiga
aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan so’z (so’z birikmasi)ni bilsagina, shu tushunchaga
asoslangan holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo’ladi.

Yozma nutqdagi nuqsonlar harflar shaklini noto‘g‘ri idrok etishga aloqador bo‘lishi ham

mumkin. Bunda bola yozilishi jihatidan o‘xshash harflarni, ularning elementlarini adashtirib
yuboradi. L.F.Spirova va A.V.Yastrebovalar boshlang‘ich maktab o‘quvchilari nutqida
kuzatiladigan yozma nutqdagi kamchiliklarni butun nutq sistema ustida uch bosqichda ish olib
borish orqali bartaraf etishni tavsiya etadilar.

Birinchi bosqichda fonetika – fonematik komponent ustida quyidagi ishlarni o‘tkazish

ko‘zda tutiladi:

1. So‘zning tovushlardan tuzilishi haqidagi tasavvurlarini shakllantirish;
2. Fonematik uquv hamda analiz-sintez malakalarini rivojlantirish;
3. Talaffuz kamchiliklarini bartaraf etish. Birinchi bosqichda bolalar diqqati, xotirasini

rivojlantirish, ularni o‘z-o‘zini boshqarish, tekshirib borishga o‘rgatish, savollarga aniq, to‘liq
javob berishga o‘rgatish talab etiladi.

Ikkinchi bosqichda leksiko-grammatik kamchiliklarni bartaraf etish, eshitish idrokini

rivojlantirish ishlari olib boriladi. Uchinchi bosqichda o‘rgatilgan tovushlarni mustaxkamlash,
ularni bola nutqiga kiritish, analiz qilish malakalarini rivojlantirish ishlari amalga oshiriladi.

Shunday qilib, yozma nutkdagi kamchiliklar nihoyatda murakkab nutq nuqsonlaridan biri

bo‘lib hisoblanadi. Ushbu kamchiliklarni olidini olish ishlari maktabgacha yoshdagi bolalar bilan
olib borilishi darkor. Bundan bolaning og‘zaki nutqini o‘stirish fazoviy idrokini, hotirasi, diqqati,
analiz va sintez qilish faoliyati, nutqini tahlil qilish, lug‘at ustida ishlash, grammatik komponentini
rivojlantirish, og‘zaki nutqdagi kamchiliklarni bartaraf etish, nozik qo‘l harakatlarini rivojlantirish
ayniqsa muhimdir.

REFERENCES

1.

D.R.Babayeva. Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi. Toshkent 2018 yil

2.

Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. 2010 yil

3.

Q. Shodiyeva. Nutq o’stirish , O’qituvchi: 2008y

4.

Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G’ulomova, Sharofat Yo’ldosheva, Sharofat
Sariyev. Ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent 2022 yil

5.

Ganieva, M. (2023). EMPOWERING LOGICAL THINKING IN PRIMARY SCHOOL
STUDENTS THROUGH TIPS TECHNOLOGY. In Academic International Conference on
Multi-Disciplinary Studies and Education (Vol. 1, No. 12, pp. 62-63).

6.

Maftuna, G. (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF
METHODICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL
THINKING. Modern Science and Research, 2(10), 91-94.

References

D.R.Babayeva. Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi. Toshkent 2018 yil

Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. 2010 yil

Q. Shodiyeva. Nutq o’stirish , O’qituvchi: 2008y

Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G’ulomova, Sharofat Yo’ldosheva, Sharofat Sariyev. Ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent 2022 yil

Ganieva, M. (2023). EMPOWERING LOGICAL THINKING IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH TIPS TECHNOLOGY. In Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education (Vol. 1, No. 12, pp. 62-63).

Maftuna, G. (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF METHODICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL THINKING. Modern Science and Research, 2(10), 91-94.