2024
OCTOBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 8
68
INKLYUZIV TAʼLIM ISTIQBOLI: MUAMMO VA YECHIMLAR
Shoymatova Gulnoza
Guliston davlat pedagogika instituti stajyor-o‘qituvchisi.
Cho`lliyeva Afzuna
Guliston davlat pedagogika instituti talabasi.
email:
https://doi.org/10.5281/zenodo.13921211
Annotatsiya. Ushbu maqolada inklyuziv taʼlim sifatini yaxshilash maqsadida Guliston
davlat pedagogika institutida o'tkaziladigan anjuman toʻgʻrisida bayon etiladi. Unda inklyuziv
taʼlim sifatiga urgʻu beriladi. Bugungi kundagi taʼlim sifatini oshirishga oid yechim va
muammolar ochib beriladi.
Kalit soʻzlar: inklyuziv taʼlim, oliy taʼlim muassasalari, innovatsiya, strategiya,
konvensiya.
PROSPECT OF INCLUSIVE EDUCATION: PROBLEMS AND SOLUTIONS.
Abstract. This article describes the conference held at Gulistan State Pedagogical Institute
to improve the quality of inclusive education. It emphasizes the quolity of inclusive education.
Solutions and problems related to improving the quality of education today were revedled.
Keywords: inclusive education, higher education institutions, innovatsion, strategy,
convention.
ПЕРСПЕКТИВЫ ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ: ПРОБЛЕМЫ И ПУТИ
РЕШЕНИЯ.
Аннотация. В данной статье описывается конференция, проведеная в
Гулистанском государственном педагогическом институте по повышению качества
инклюзивного образования. Он подчеркивает качество инклюзивного образования.
Выявлены пути решения и проблемы, связанные с повышением качества
образования сегодня.
Ключевые слова: инклюзивное образование, высшие учебные заведения, инновации,
стратегия, конвенция.
Kirish.
Rivojlanishning bugungi davrida butun dunyoda sogʻlom va nosogʻlom (sogʻligida
nuqsoni bor) insonlar auditoriyada birgalikda bilim olishlari uchun innovatsion taʼlim
platformalari asosida o'quv jarayonlari tashkil etilmoqda.
2024
OCTOBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 8
69
Jahonda bu taʼlim amaliyoti "inklyuziv taʼlim" deb yuritiladi. Bugungi kunda bu taʼlim
Oʻzbekistonga ham "inklyuziya" (birgalikda ishtirok etish) tushunchasi ostida kirib keldi. Bu
taʼlim mazmuni shundan iborat boʻlib, bolalarning qobiliyatlari va holatidan qatʼiy nazar, ularning
barchasiga sifatli taʼlim taqdim etishdir. UNICEF tashkiloti inklyuziv taʼlim dasturini Oʻzbekiston
taʼlim tizimiga kiritish boʻyicha shugʻullangan. Inklyuziv taʼlimning asosiy tamoyillari shundan
iboratki, bolaning qobiliyati va holatidan kelib chiqqan holda ularrning sifatli taʼlimini
kafolatlashdan iborat.
Sogʻligida nuqsoni bor bolalarni tarbiyalash, ularning bilim va koʻnikmalarini oshirish
asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Bugungi kunda respublikamizda 700 mingdan ortiq
nogironligi bor shaxslar mavjud. Ularning 100 mingdan ortigʻini esa 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar
va bolalar tashkil etadi. Soʻnggi yillarda ularning huquqlarini taʼminlash maqsadida bir necha
qaror va farmonlar ham ishlab chiqilgan. Ularan biri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 8-oktabrdagi "Oʻzbekiston respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida" gi PF 5847-sonli farmoni qabul qilindi. Bu farmonda
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, jumladan nogironlarning oliy taʼlim sifatini oshirish nazarda
tutilgan.
Asosiy qism
. Inklyuziv taʼlimga muhtoj bolalarni tarbiyalash bugungi kun mavzusi
hisoblanadi. Ular ham barcha tengqurlari qatorida bilim olishga, oliy taʼlimda tahsil olishga
munosibdir. Bugungi kunda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish uchun ham bir qator ishlar olib
borilmoqda. Bulardan biri Guliston davlat pedagogika institutida oʻtkazilayotgan anjumandir. Bu
anjuman Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 18-
yanvardagi 16-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi PQ-200 qarori
ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida" gi buyrugʻi ijrosini taʼminlash uchun boʻlib oʻtadi. Bu anjuman
oʻtkazilishidan bosh maqsad shuki, inklyuziv taʼlim tizimiga urgʻu bergan holda maktabgacha va
umumtaʼlim maktablari uchun malakali, yosh kadrlarni, pedagog mutaxasislarni tayyorlash
muammosi, umumtaʼlim maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan oʻzaro aloqalarni
mustahkamlash, ular bilan tajriba almashish koʻnikmalarini shakllantirishdir.
Anjuman jarayonida quyidagi ilmiy va ustuvor yoʻnalishlarga urgʻu beriladi va koʻrib
chiqiladi:
Birinchidan, inklyuziv taʼlim tizimini rivojlantirishning asosiy maqsadi va ustuvor
yoʻnalishlari toʻgʻrisida;
Ikkinchidan, inklyuziv taʼlim oluvchilarning taʼlim olish jarayonidagi oʻquv xonalari va
boshlangʻich sinflarda oʻquv jarayonini tashkil etishdagi muammolar toʻgʻrisida;
2024
OCTOBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 8
70
Uchinchidan,oliy taʼlim tizimida inklyuziv taʼlimni rivojlantirishning pedagogik
imkoniyatlari toʻgʻrisida;
Toʻrtinchidan, inklyuziv taʼlim tizimidan umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim tizimida
tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etish istiqbollari toʻgʻrisida;
Beshinchidan, inklyuziv taʼlimda pedagogik oʻqituvchi va professorlar, psixologlar va ota-
onalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida oʻtkaziladi.
Keyingi yillarda yurtimizda nogironlar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida bir qancha
qonunlar ishlab chiqildi. Bulardan biri 2020-yilda "Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari
toʻgʻrisida" gi qonundir. Ushbu qonunda nogironligi bor shaxslarning yashashi va turmush tarzida,
taʼlim olishida bir necha imtiyozlar va qulayliklarni yaratish, ularni axborot kommunikatsiyalari
bilan ta'minlash toʻgʻrisida bayon etilgan. Anjuman jarayonida ham mavzuga oid gʻoya va
takliflar, ilmiy va ustuvor yoʻnalishlar koʻrib chiqiladi.
Inklyuziv taʼlimning muammolari sifatida bir necha misollarni keltirishimiz mumkin.
Bular jumlasiga nogironligi bor, inklyuziv taʼlimga muhtoj shaxslarning nafaqalarini oʻz
vaqtida berilishini taʼminlash, ular uchun ajratilgan qoʻshimcha pullarning oʻz vaqtida
yetkazilmasligi, nogironligi bor shaxslarning, jumladan,bolalarning ota- onalari bilan bogʻliq
muammolar; ularning murojaatlarini oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlamaslik kabilar uchrab turadi.
Taʼlim muassasalarida ham, umumtaʼlim maktablarida ham ularning oʻquv jarayonlari uchun
kerakli shart-sharoitlar yaratilmaganligi, ularning oʻquv jarayonlari uchun yetuk mutaxassis
kadrlarning yetishmasligi muammolari bor.
Bu muammolarni bartaraf qilish uchun har bir nogironligi bor shaxsga alohida vakil
biriktirish, ularning nafaqa va qoʻshimcha pullarini vaqtida toʻlashni ta'minlash lozim. Ota-onalar
bilan turli muzokara va muhokamalarni, yigʻilishlarni oʻtkazish, ularning muammolarini oʻz
vaqtida, oʻz joyida hal qilish lozim. Taʼlim muassasalarida esa ular uchun oʻquv jarayonlarini
tashkil etishda yetuk mutaxasislar tomonidan dars oʻtilishini, darsga kelishga imkoni boʻlmaganlar
uchun oʻz uylarida oflayn taʼlimni tashkil etish lozim. Oliy taʼlim muassasalarida esa kelib
ketishga layoqati bor talabalarning dars jarayoniga qatnashishini taʼminlash lozim.
Inklyuziv taʼlim jarayoni yoʻlga qoʻyilar ekan, unda taʼlim oluvchi har bir shaxs oʻz qadr-
qimmati, oʻz qobiliyatini namoyon qilish, yutuqlarga erishish, dars jarayonida qatnashish,
yutuqlarga erishish, bir-biri bilan muloqotga kirishish, bir-birini toʻldirish imkoniga ega boʻladi.
Ilk marotaba nogironlarni umumtaʼlim maktablari va oʻquv tizimida oʻqitishga qaratilgan
islohotlarga e'tibor berish Respublikamizda 1996-yilda boshlangan. Bunga sabab esa Oʻzbekiston
Respublikasi Xalq Taʼlimi Vazirligi Respublika taʼlim markazi va YUNESCO tashkiloti bilan
2024
OCTOBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 8
71
birgalikda oʻtkazilgan respublika seminari bunga asos boʻlgan. Shundan boshlab yurtimizda bu
taʼlimni rivojlantirishga eʼtibor qaratilmoqda. Buning natijasida esa bir necha yutuq va
muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Bular har bir nogironligi bor insonlar ham sogʻlom insonlar
qatori ulardan kam boʻlmagan holda taʼlim olishlari taʼminlanmoqda. Tengqurlari singari oʻqish
va yozish koʻnikmalari ularda ham shakllantirilmoqda. Buning natijasida yurtimizda ularning
sogʻligʻi, jinsi, ehtiyojlariga nisbatan cheklovlar, kamsitishlarning oldi olinmoqda.
Xulosa qilib aytganda, har bir inson uning ijtimoiy holati, kelib chiqishidan qat'i nazar
bilim olishga haqli. Shunday ekan inklyuziv taʼlimning rivojlanishiga alohida eʼtibor berishimiz
lozim.
Undagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etgan holda barcha shaxslarning bilim olishini
taʼminlashimiz lozim. Inklyuziv taʼlim muammolarini bartaraf etgan holda yurtimizda nogironligi
bor shaxslar taʼlim olishiga moʻljallangan muassasa, maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlarini
koʻpaytirish, ularni tarbiyalovchi oʻqituvchi, tarbiyachi va yetuk pedagog mutaxasislarni
koʻpaytirish maqsadga muvofiq boʻladi.
REFERENCES
1.
Inklyuziv taʼlim. UNICEF har bir bola uchun.
2.
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni "Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari
toʻgʻrisida" 2020-yil 15-oktabr O'RQ- 641-son.
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida " 2019-yil 8-
oktabr , PF-5847
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-oktabrdagi "Alohida taʼlim ehtiyojlari
boʻlgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida" . PQ-4860-son qarori.
5.
Ganieva, M. (2023). EMPOWERING LOGICAL THINKING IN PRIMARY SCHOOL
STUDENTS THROUGH TIPS TECHNOLOGY. In Academic International Conference on
Multi-Disciplinary Studies and Education (Vol. 1, No. 12, pp. 62-63).
6.
Maftuna, G. (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF
METHODICAL TRAINING OF PRIMARY SCHOOL TEACHERS FOR LOGICAL
THINKING. Modern Science and Research, 2(10), 91-94.
