Authors

  • Jahongir Sapayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.44230

Keywords:

Qiymat bilvosita soliqlar qo‘shilgan qiymat solig‘i iste’molchi hisob varaq-faktura hisobot davri qo‘shilgan qiymat solig‘i.

Abstract

Ushbu maqolada qo‘shilgan qiymat solig‘i, uning respublikamiz soliq tizimidagi o‘rni, rivojlanish bosqichlari keltirilgan. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini iqtisodiyotni raqobatbardoshligiga ta’siri, mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan zarurligi ilmiy-nazariy adabiyotlarni sharhlash va xalqaro tajribani tahlil qilish orqali yoritilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

343

QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I, UNING ZARURIYATI VA IJTIMOIY AHAMIYATI

Sapayev Jahongir Maxsudbekovich

Bank-moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13925119

Annotatsiya. Ushbu maqolada qo‘shilgan qiymat solig‘i, uning respublikamiz soliq

tizimidagi o‘rni, rivojlanish bosqichlari keltirilgan. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini iqtisodiyotni
raqobatbardoshligiga ta’siri, mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan zarurligi ilmiy-nazariy
adabiyotlarni sharhlash va xalqaro tajribani tahlil qilish orqali yoritilgan.

Kalit so‘zlar: Qiymat, bilvosita soliqlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i, iste’molchi, hisob

varaq-faktura, hisobot davri, qo‘shilgan qiymat solig‘i.

VALUE ADDED TAX, ITS NECESSITY AND SOCIAL IMPORTANCE

Abstract. This article presents the value added tax, its place in the tax system of our

republic, and the stages of its development. The influence of the value-added tax on the
competitiveness of the economy, its essence, socio-economic necessity is explained by interpreting
the scientific and theoretical literature and analyzing the international experience.

Key words: Value, indirect taxes, value added tax, consumer, invoice, reporting period,

value added tax.

НАЛОГ НА ДОБАВЛЕННУЮ СТОИМОСТЬ, ЕГО НЕОБХОДИМОСТЬ И

СОЦИАЛЬНАЯ ЗНАЧИМОСТЬ.

Аннотация. В статье представлен налог на добавленную стоимость, его место в

налоговой системе нашей республики, этапы его развития. На основе интерпретации
научно-теоретической литературы и анализа международного опыта объясняется
влияние налога на добавленную стоимость на конкурентоспособность экономики, его
сущность, социально-экономическая необходимость.

Ключевые слова: Стоимость, косвенные налоги, налог на добавленную стоимость,

потребитель, счет-фактура, отчетный период, налог на добавленную стоимость.


Hozirgi vaqtda O‘zbekiston va xalqaro soliq amaliyotida egri soliqlarning asosiy turlaridan

biri – qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanadi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

– har bir ishlab chiqarish bosqichida va realizatsiya jarayonida

undiriladigan ko‘p qirrali bilvosita soliqdir. Korxona kundalik xo‘jalik faoliyatida mahsulot
yetkazib beruvchilardan tovar va xom-ashyo sotib oladi va ulardan mahsulot yoki ish, xizmatlar
ishlab chiqaradi. Demak, qayta ishlab chiqarish, ishlab chiqarish va sotishda qo‘shilgan qiymat
yaratiladi.

Qo‘shilgan qiymat o‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra

,

sotilgan mahsulotlar, bajarilgan

ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati bilan ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan
tovarlar, xom-ashyolar va xizmatlarning qiymati o‘rtasidagi farqdan iboratdir. Tabiiyki, ishlab-
chiqarish jarayonida va keyinchalik mehnat taqsimoti natijasida ma‘lum bir tovar bozorga olib
chiqilgunga qadar ishlab chiqarish va muomala jarayonidagi bir nechta bosqichlardan o‘tadi, bu
bosqichlarning har birida qo‘shilgan qiymat yaratiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

344

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini davlat budjetining daromad qismiga jalb qilish g‘oyasi dastlab

XX asrning boshlarida yuzaga keldi. Bu taklifni birinchi marta Germaniya budjet amaliyotida joriy
etishni 1919 yilda Vilgelm fon Simens ilgari surdi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini amaliyotga joriy etish va undirish mexanizmi birinchi marta

fransuz moliyachisi M.Lore tomonidan ishlab chiqildi. Ammo qo‘shilgan qiymat solig‘i
M.Lorening taklifidan so‘ng o‘tgan 10 yildan ortiq vaqt mobaynida tajriba uchun taklif etilgan
shaklda qo‘llanildi. Fransiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i haqiqatda 1968 yildan boshlab joriy
etildi.

XX asrning 70-yillarida qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy YYevropaning qator

mamlakatlarining soliq amaliyotida joriy qilindi. Buning asosiy sababi va huquqiyasosi bo‘lib,
Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tomonidan hamjamiyatga a‘zo mamlakatlarda qo‘shilgan qiymat
solig‘ini undirishni tartibga solishning huquqiy me‘yorlarini umumlashtirish to‘g‘risidagi maxsus
Direktivaning qabul qilinishi hisoblanadi. Mazkur Direktiva 1977 yilda qabul qilindi va unda egri
soliqlarning asosiy turi sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i e’tirof etildi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘iga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri shundaki, soliqqa

tortishning ob‘ekti bo‘lib, nafaqat ichki bozordagi tovar oborot, balki mamlakat korxonalarining
tashqi bozorlaridagi Tovar oboroti ham hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetining daromad manbai sifatida qo‘shilgan qiymat

solig‘i hozirga qadar o‘zining muhim o‘rnini va amaliy ahamiyatini saqlab kelayapdi. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli “O‘zbekiston
Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti
parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra 2018 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat budjeti
daromadlari tarkibidagi salmog‘i 35,4 foizni, egri soliqlar tarkibida esa 65,9 foizni tashkil etishi
rejalashtirilgan. Ushbu ko‘rsatkichlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini budjet daromadlarining asosiy
manbai ekanligini bildiradi.

Soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq ob‘ekti va soliq stavkalari.

Qo‘shilgan qiymat

solig‘ining to‘lovchilari bo‘lib, amaldagi qonun xujjatlariga asosan ushbu soliqni budjet oldida
hisob-kitobini amalga oshiruvchi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar
tushuniladi. Jumladan:

1) soliq solinadigan oborotlarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar;
2) O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliq

solinadigan oborotlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lash bo‘yicha majburiyat yuklatiladigan
yuridik shaxslar;

3) tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qiluvchi yuridik va jismoniy

shaxslar (o‘z ehtiyojlari uchun bojsiz olib kirish normalari doirasida tovarlar olib kiruvchi jismoniy
shaxslar bundan mustasno);

4) oddiy shirkat soliq solinadigan oborotlarni amalga oshirayotganda zimmasiga uning

ishlarini yuritish yuklatilgan (ishonchli shaxs) oddiy shirkat shartnomasining sherigi
(ishtirokchisi).

Notijorat tashkilotlar (tadbirkorlik faoliyati doirasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni)

realizatsiya qilish oborotlari mustasno) hamda soliq solishning soddatlashtirilgan tartibi bo‘yicha
soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib hisoblanishmaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

345

Soliq qonunchiligida nazarda tutilgan holda yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lgan

yuridik shaxslar soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yilning
navbatdagi choragi boshlanguniga qadar bir oydan kechiktirmasdan, yangi tashkil etilayotgan
yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar esa faoliyat boshlanguniga qadar
taqdim etiladigan yozma bildirishga asosan ixtiyoriy asosda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashi
mumkin.

Amaldagi Soliq kodeksining 198-moddasiga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘ining ob‘ekti

bo‘lib, tovar (ish, xizmat)larni realizatsiya qilish oboroti hamda tovarlarning importi hisoblanadi.

Tovarlarni (ish va xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti deganda – yuklab jo‘natilgan

tovarlar (ish va xizmatlar) qiymati tushuniladi, ya‘ni yuklab jo‘natilgan tovarlar (ish va xizmatlar)
uchun mablag‘i kelib tushishi davridan qat’iy nazar korxona qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha
budjet oldida hisob-kitoblarni amalga oshirishi shart.

Soliq solinadigan import deganda esa – O‘zbekiston Respublikasining bojxona xududiga

olib kirilayotgan tovarlar hisoblanadi (qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan import
tovarlardan tashqari).

Tovarlar natural haq tarzida berilganda yoki kassa orqali o‘z xodimlariga tan narx

bahosidan past qilib sotilganda soliqqa tortiladigan oborot tovarlar (ish va xizmatlar)ni ishlab
chiqarishning haqiqiy xarajatidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) zamonaviy iqtisodiyotning ajralmas qismi bo‘lib, uning

zarurati bir qator iqtisodiy, ijtimoiy va davlat siyosati bilan bog‘liq omillarga asoslanadi. Ushbu
soliq turi davlat byudjetiga barqaror daromad keltiruvchi asosiy manbalardan biri hisoblanadi.

Shu sababli, ko‘pgina mamlakatlar QQSni soliqqa tortish tizimining markaziy elementi

sifatida qabul qilishadi.

QQSning asosiy zaruratlari va uning iqtisodiyotga ta'siri
1. Davlat daromadlarini shakllantirishda barqarorlik: QQS mamlakat iqtisodiyotidagi

barcha sohalardan daromad yig‘ish imkonini beradi. Bu davlat byudjeti uchun katta miqdordagi
mablag‘ ta’minlaydi va moliyaviy resurslarni strategik sohalarga yo‘naltirish imkonini oshiradi.

Soliqning ishlab chiqarish va iste’mol jarayonining har bir bosqichida olinishi tufayli soliq

yig‘imlari barqaror va ishonchli bo‘ladi.

2. Iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish: QQS iste’molga asoslangan soliq sifatida

iqtisodiyotda iste'mol va ishlab chiqarish jarayonlarida faollikni saqlab qoladi. Soliqning bu turi
raqobatbardoshlikni oshirish va yangi sarmoyalarni jalb qilishga yordam beradi. QQSning
mavjudligi orqali davlat xalqaro bozorda eksportchilarni qo‘llab-quvvatlaydi, eksport mahsulotlari
uchun nol stavkada QQS qo‘llash esa mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini
oshiradi.

3. Shaffof soliq tizimi va soliq yukining adolatli taqsimlanishi: QQS ishlab chiqarish va

savdo jarayonlarining har bir bosqichida aniq hisob-kitob qilinadi, bu esa tizimning shaffofligini
ta’minlaydi. Ushbu xususiyat soliq to‘lash jarayonida korrupsiya va soliqdan qochish kabi noxush
holatlarning oldini olishga yordam beradi. QQSning qadam-baqadam qo‘llanishi natijasida soliq
yukining teng taqsimlanishi va iqtisodiyotdagi barcha ishtirokchilarga adolatli yuklanishi
ta’minlanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

346

4. Ijtimoiy va iqtisodiy siyosat vositasi: QQSdan foydalanish orqali davlat ijtimoiy-

iqtisodiy maqsadlarni amalga oshiradi. Davlat kam ta’minlangan aholiga ko‘maklashish yoki
strategik tarmoqlarni rivojlantirish uchun QQS bo‘yicha imtiyozlar taqdim etadi. Masalan, ta’lim,
tibbiyot va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlar QQSdan ozod qilinishi yoki kamaytirilgan
stavkada soliq solinishi mumkin.

5. Xalqaro savdoni qo‘llab-quvvatlash va investitsiyalarni rag‘batlantirish: QQSning

eksportga nisbatan nol stavkada qo‘llanishi eksportni rag‘batlantiradi va mahalliy ishlab
chiqaruvchilarni xalqaro bozorda yanada raqobatbardosh qiladi. Bu soliq usuli orqali davlat
investitsion loyihalarga ko‘proq sarmoya jalb qilishga erishadi va zamonaviy texnologiyalarni
rivojlantirishga turtki beradi.

6. Soliq tizimining moslashuvchanligi va iqtisodiy boshqaruv imkoniyatlari: QQS davlatga

iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish va boshqarish imkoniyatini beradi. Davlat QQS stavkalarini
oshirish yoki kamaytirish orqali iqtisodiy faollikni nazorat qiladi, inflatsiya yoki deflyatsiyani
boshqarishda muhim rol o‘ynaydi.

Xulosa qilib aytganda, qo‘shilgan qiymat solig‘i zamonaviy iqtisodiy tizimning ajralmas

qismi bo‘lib, uning zarurati davlat daromadlarini shakllantirish, iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish,
xalqaro savdo va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, hamda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda
muhim rol o‘ynaydi. QQSning shaffof va samarali tizimi iqtisodiyotni rivojlantirish, soliq yukini
adolatli taqsimlash va korrupsiyadan holi bo‘lgan soliq yig‘imlarini ta’minlashga yordam beradi.

Ushbu soliq turining keng qamrovli va moslashuvchan bo‘lishi davlatga iqtisodiy siyosatni

moslashuvchan ravishda amalga oshirish va uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish
imkonini beradi.

QQS orqali davlat ijtimoiy va iqtisodiy maqsadlarini amalga oshirib, barqaror va

rivojlangan iqtisodiy tizimni yaratish, raqobatbardoshlikni oshirish va xalqaro bozorda o‘z o‘rnini
mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu sababli, Qo‘shilgan qiymat solig‘i nafaqat davlat
daromadlarini ta'minlashda, balki jamiyatning barqaror rivojlanishida ham asosiy omillardan biri
hisoblanadi.

REFERENCES

1.

Komilov M.M. (2020) Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligini takomillashtirish – byudjet
daromadlari barqarorligini ta’minlash omilidir. Iqtisodiyotda innovatsiyalar - Innovatsii v
ekonomike - Innovations in economy №5.

2.

Murojaatnoma (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 20 dekabr
2022 yildagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi.

3.

Niyazmetov I.M., Safarov U.A., Radjapov X.J. (2021) Qo‘shilgan qiymat solig‘i mexanizmini
takomillashtirish.Logistika va iqtisodiyot. 2-son.

4.

Пансков В.Г. (2015) Изменение порядка зачисления средств НДС: введение НДСсчетов
/ В.Г.Пансков // Вестник АКСОР. № 3 (35). – С. 17-18

5.

Tashmuradova B.E. (2021) Qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini aniqlash va hisoblash
xususiyatlari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-
iyun.

References

Komilov M.M. (2020) Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligini takomillashtirish – byudjet daromadlari barqarorligini ta’minlash omilidir. Iqtisodiyotda innovatsiyalar - Innovatsii v ekonomike - Innovations in economy №5.

Murojaatnoma (2022) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 20 dekabr 2022 yildagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi.

Niyazmetov I.M., Safarov U.A., Radjapov X.J. (2021) Qo‘shilgan qiymat solig‘i mexanizmini takomillashtirish.Logistika va iqtisodiyot. 2-son.

Пансков В.Г. (2015) Изменение порядка зачисления средств НДС: введение НДСсчетов / В.Г.Пансков // Вестник АКСОР. № 3 (35). – С. 17-18

Tashmuradova B.E. (2021) Qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini aniqlash va hisoblash xususiyatlari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun.