2024
OCTOBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 8
132
AVTOTRANSPORT VOSITALARIDA MUQOBIL YONILG’IDAN
FOYDALANISHNING ZARURATI
Xudoyberdiyev Toʻrabek Ulugʻbek oʻgʻli
Jizzax politexnika instituti, “Transport
vositalari muhandisligi” kafedrasi assistenti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13926614
Jahonda avtomobil ishlab chiqarish sanoatida ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan
avtomobillarda alternativ yonilgʻilarni qoʻllash etakchi oʻrinlardan birini egallamoqda. Dunyo
miqyosida 3 mlrdga yaqin avtomobillar mavjud boʻlib, deyarli barchasi ichki yonuv dvigateli bilan
jihozlangan. Avtomobillashtirish darajasi har 1000 kishiga toʻgʻri keladigan avtomobillar soni
bilan hisoblaganda: Italiyada 646 ta, Kanadada 630 ta, Finlandiyada 629 ta, AQShda 343 ta,
Qozogʻistonda 209 ta, Azarbayjonda 118 tani tashkil qiladi. Ichki yonuv dvigatellari bilan
jihozlangan avtomobillar sonining yildan-yilga ortib borishi alternativ yonilgʻi mahsulotlarini
amaliyotga joriy etishni taqozo etadi. Shu jihatdan biogazdan yonilgʻi sifatida foydalanishni
amaliyotga joriy va undan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyotining eng muhim muammolaridan biri energiya iste’molining koʻpayishi,
an’anaviy energiya resurslarining kamayishi va ularning narhining oshishi bilan bogʻliq global
ekologik va energetika inqirozining oldini olishdir.
Dunyo aholisining deyarli uchdan bir qismi (taxminan 2 milliard kishi) hali ham asosiy
yonilgʻi manbai sifatida biomassadan yogʻoch shaklida foydalanadi. Biomassa-bu bizning
sayyoramizdagi tirik va jonsiz, oʻsimlik va hayvonot chiqindilarining yigʻindisini ifodalash uchun
ishlatiladigan atama. Bu kontseptsiyaga shuningdek, organik chiqindilar, goʻng, goʻsht va sut
kombinatlari chiqindilari, oʻsimliklarning chiqindilari, chirigan sabzavotlar, dalalardagi ekinlar
qoldiqlari, sanoat va maishiy chiqindilar, oʻrmon xoʻjaligi chiqindilari, pivo zavodlari, donni qayta
ishlash, toʻqimachilik, qogʻoz fabrikalari va boshqalar kiradi.
Biogaz-bu biomassaning vodorod yoki metan fermentatsiyasi natijasida hosil boʻlgan gaz.
Biogaz texnologiyalarini rivojlantirish dolzarb vazifa boʻlib, energiya, ekologik va ijtimoiy
sohalarni, shuningdek, er unumdorligini tiklash orqali qishloq xoʻjaligi samaradorligini xam
oshiradi. Organik chiqindilarni qayta ishlash jarayonida texnologik tsikl natijasida biogaz va
biologik oʻgʻitlar hosil boʻladi.
O’zining gʻayrioddiy xususiyati, qisqa vaqtda oʻzini oqlash muddati va atrof-muhitga
boʻlgan foydalari tufayli, biomassa koʻpchilik mamlakatlarda boshqa qayta tiklanadigan energiya
manbalari orasida etakchi manbalardan biri boʻlib qolmoqda.
2024
OCTOBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 8
133
XX asr oxirida. jahon birlamchi energiya resurslarining umumiy hajmi qariyb 8,5 milliard
tonnani tashkil etdi, shundan taxminan 7 milliard tonnasi qazib olinadigan yoqilgʻi hisoblanadi.
Koʻrib turganingizdek, biomassa resurslari samarali qayta tiklanadigan energiya manbai
boʻlib, uning har xil turlari dunyoning deyarli barcha mintaqalarida mavjud. Hozirgi darajada
biomassadan foydalangan holda sanoati rivojlangan mamlakatlarning energiyaga boʻlgan umumiy
ehtiyojini 6-10% qoplash mumkin. Biomassa, asosan, yogʻoch yoqilgʻisi shaklida, taxminan 2
milliard odam uchun asosiy energiya manbai hisoblanadi. Qishloq joylaridagi koʻpchilik odamlar
uchun u yagona energiya manbai boʻlib qolmoqda.
Hayvonot va qisman oʻsimlik biomassasidan energiya olish usullaridan biri uning anaerob
(kislorodsiz) fermentatsiyasidir. Buning uchun biomassa ma’lum vaqt kislorodsiz, 37-55
o
S
haroratda saqlanadi. Bunday sharoitda bakteriyalar ta’sirida organik moddalarning bir qismi
parchalanadi va natijada metan va karbonat angidrid hosil boʻladi, ularning aralashmasi biogazdir.
Bunday gazning yoqimsiz hidi yoʻq, uning kalorifik qiymati 25 MJG’m
3
ga etadi, bu esa
0,6 litr benzin, 0,85 litr spirt yoki 1,7 kg oʻtinning kaloriya qiymatiga teng.
Energiya manbai sifatida foydalanish mumkin boʻlgan biomassa resurslari 100 milliard
tonna yoqilgʻi ekvivalentiga etadi. Hozirgi vaqtda jahon energetika balansida oʻsimlik biomassasi
(asosan oʻtin) 1 milliard tonna yoqilgʻi ekvivalentidan oshmaydi.
Shunday qilib, bioenergiya-bu har xil turdagi qattiq, gazsimon va turli suyuq
bioyoqilgʻilardan energiya ishlab chiqarishdir. Bioenergiyaning bitmas-tuganmas energiya
manbalari sifatida qishloq xoʻjaligi hamda hayvonlarning chiqindilari nazarda tutiladi.
Bioenergiya innovatsion rivojlanish omilidir. Biologik energiya manbalarini joriy etish
respublikamiz iqtisodiyotini innovatsion, ekologik toza texnologiyalarga oʻtkazish yoʻlidagi eng
muhim ustuvor yoʻnalishlardan biridir. Bu yoʻnalishning dolzarbligi Birinchi Prezidentimiz Islom
Karimovning 2013-yil 1-martdagi “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4512 Farmoni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoevning qarorlarida yana bir bor ta’kidlandi. Shavkat Mirziyoev 2017-yil 25-maydagi
“2017-2021-yillarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot
tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi
toʻgʻrisida”gi PQ-3012 sonli Qarori, 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, energiya
tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish
toʻgʻrisida”gi PQ-2244-sonli Qarori, 4 oktyabr 2019 yildagi “2019-2030-yillarda O’zbekiston
Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha Harakatlar strategiyasini tasdiqlash
toʻgʻrisida”gi PQ-4477-son Qarori, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
2024
OCTOBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 8
134
Mahkamasining 25 noyabr 2015 yildagi “Respublika chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarida
biogaz qurilmalari qurilishini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 343-son qarorlari
bilan 2017 yil 13 noyabrda tasdiqlangan “Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab
chiqarish uchun qurilmalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tashkilot sifatida aniqlash
mexanizmi toʻgʻrisidagi Nizom” [1].
Hozirgi vaqtda qazib olinadigan yoqilgʻilar-koʻmir, neft, tabiiy gaz va uran-jahon
energetika kompleksining asosini tashkil etadi, ammo ularning zahiralari yil sayin kamayib
bormoqda. Soʻnggi 40 yil ichida dunyoda qazib olinadigan yoqilgʻi miqdori insoniyatning butun
oldingi tarixidagi ishlab chiqarishdan oshib ketdi. Dunyoda uglevodorod zaxiralarining tugashi
sharoitida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish tobora muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Bioenergetika jahonda muqobil energiya turlaridan biri sifatida
innovatsion rivojlanishning soʻzsiz omiliga aylanib bormoqda, xususan, elektr va issiqlik
energiyasini ishlab chiqarishning yangi texnologik bazasini shakllantirishga, yangi ish oʻrinlarini
yaratishga, ishlab chiqarish sifatini oshirishga olib keladi.
O’zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalari boʻyicha katta zahira mavjud boʻlib,
ekspertlarning fikriga koʻra, qazib olinadigan yoqilgʻi manbalaridan koʻra koʻproqdir.
O’zbekistonda aholining 60 foizdan ortigʻi qishloqlarda istiqomat qiladi. Bu ishonchli
energiya manbalari bilan ta’minlanmagan tarqoq energiya iste’molchilarining koʻpligini bildiradi.
Shu sababli, chekka qishloqlar aholisi uchun oʻtin hali ham yagona yoqilgʻi hisoblanadi.
Ba’zan yirik shahar va shaharchalarda oshxonada foydalanish uchun (tandirda yoki
qozonda), koʻpincha oʻtin yoki dumaloq goʻng ishlatiladi. Togʻli hududlarda bahorgi va yozgi suv
toshqinlarida daraxtlar yuvilgan yonbagʻirlardan qulab tushadi, aholi esa daryodan olib kelingan
oʻtinlarni zahiraga oladi.
Biomassadan foydalanish, biogaz ishlab chiqarish va undan foydalanish bioenergetikaning
istiqbolli yoʻnalishi hisoblanadi. Toʻgʻri, biomassadan olinadigan energiya O’zbekistonning
energiyaga boʻlgan ehtiyojini atigi 15-19 foizga qondira oladi. Ammo bu ham muhim, chunki
energiya ishlab chiqarish uchun biomassadan foydalanish atrof-muhitni muhofaza qilish
muammosini ham ma’lum darajada hal qiladi va qishloq xoʻjaligini yuqori sifatli oʻgʻitlar bilan
ta’minlaydi.
Biomassaning oʻziga xos xususiyati shundaki, u neft, tabiiy gaz va koʻmirdan farqli
oʻlaroq, doimo qayta tiklanadigan energiya manbai hisoblanadi. Biomassa manbalari qattiq
maishiy, sanoat chiqindilari, hayvonot chiqindilari, oʻsimlik qoldiqlari, oʻrmon mahsulotlari,
xususan, yogʻoch kesish va tashish chiqindilari, yogʻoch, qogʻoz ishlab chiqarish chiqindilari va
2024
OCTOBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 8
135
boshqalar.
Mutaxassislarning ma’lumotlariga koʻra, respublika hududida yiliga 100 million tonnaga
yaqin sanoat chiqindilari va 30 million m
3
maishiy chiqindilar hosil boʻladi. Chiqindilarning
morfologik xususiyatlarini oʻrganish natijasida ma’lum boʻldiki, chiqindilar tarkibida 5-10%
yogʻoch; 20-45% oziq-ovqat chiqindilari; 3% metall; 5-10% toʻqimachilik; 2% charm va kauchuk,
4% shisha, shuningdek, plastmassa buyumlar chiqindilarga tashlanadi [2].
Energiya olish nuqtai-nazaridan katta fermalarda hayvonlarning chiqindilari katta qiziqish
uygʻotadi. Energiyani biomassadan olish mumkin: toʻgʻridan-toʻgʻri yonish, termal parchalanish
va shlaklanish, bosqichma-bosqich bugʻlanish bilan toʻkish jarayoni, biomassaning yonishi,
yoqilgʻining gazlanishi, anaerob fermentatsiyasi va boshqalar. Hayvonot chiqindilaridan energiya
olishning eng samarali usuli anaerob fermentatsiya hisoblanadi. Natijada, nafaqat hosil boʻlgan
metan, balki organik oʻgʻitlar yoki chorva uchun ozuqa sifatida ishlatiladigan parchalanish
qoldiqlari ham ishlatiladi.
Respublikada mavjud energiya iste’moli, jadal sanoatlashtirish va aholi sonining oʻsishi
sharoitida iqtisodiyotning energiya resurslariga boʻlgan talabining sezilarli darajada oshishi va
iqtisodiyot tarmoqlarining energiyaga bogʻliqligining oshishi kutilmoqda. Hisob-kitoblarga koʻra,
agar mavjud tendentsiyalar va zaxiralarni iste’mol qilish hajmlari davom etsa, 2030 yilga borib
energiya resurslari taqchilligi umumiy talabning 65,4 foizini tashkil qilishi mumkin.
O’zbekistonda qishloq xoʻjaligi aholi turmush tarzining ijtimoiy-iqtisodiy asosidir.
Respublikada 10 mingga yaqin chorvachilik xoʻjaliklari (qoramol, qoʻy, choʻchqa va parranda
boqiladigan), shuningdek, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklarida chorva va parranda
boquvchi 5 millionga yaqin fuqaro roʻyxatga olingan.
Ayni paytda mamlakatimizda qoramollarning umumiy soni 13,1 million boshga, qoʻy va
echkilar 20,7 million boshga, parrandalar 79,8 million boshga etdi. Katta hajmdagi organik
chiqindilarni ishlab chiqaradigan chorvachilik tarmogʻi yiliga 6,4 milliard m
3
tabiiy gaz oʻrnini
bosadigan biogaz resurslariga ega (nazariy texnik salohiyat). Faqat hayvonot chiqindilaridan
olinadigan barcha biogaz qurilmalarida qayta ishlansa, bu yiliga 25,8 milliard kVtG’soatdan ortiq
elektr energiyasi ishlab chiqarish, shu bilan birga 51,9 million tonna biologik oʻgʻit olish imkonini
beradi. Respublika hududida chiqarilayotgan chiqindilar qishloq infratuzilmasini elektr energiyasi
bilan oʻzini-oʻzi ta’minlash, issiqlik energiyasi va yonilgʻi ishlab chiqarish, shuningdek, oʻzining
yuqori sifatli organik oʻgʻitlarini ishlab chiqarish uchun etarli, tuproqning tabiiy unumdorligini
tiklash orqali yuqori hosil olinadi.
O’zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining muhim turlaridan biri boʻlgan
2024
OCTOBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 8
136
bioenergetikani rivojlantirishga davlat tomonidan etarlicha yordam koʻrsatilmagan. Bioenergiya
tarkibiga kiruvchi barcha mavjud yoqilgʻi turlarini chuqur oʻrganish va ulardan mamlakatimiz
qishloq xoʻjaligida foydalanish yoʻllarini izlash zarur.
Hukumat tomonidan O’zbekistonda 2025-yilgacha bioenergetikani rivojlantirish
konseptsiyasini amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi, bunda
bioenergetika ham muhim oʻrin tutadi. 2025 yilgacha kutilayotgan quvvatlar ishlab chiqarish
tizimida qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushi 12,7 foizdan 19,7 foizgacha boʻladi [2].
Dvigatel yonilgʻisi sifatida foydalanish uchun biogaz CO
2
va boshqa aralashmalardan
tozalanadi, shundan soʻng hosil boʻlgan gaz 90-94% gacha CN
4
ni oʻz ichiga olgan gaz ishlab
chiqariladi. Bu tabiiy gaz bilan deyarli bir hil tarkibga ega. CO
2
dan tozalangan biogaz koʻp
jihatdan tabiiy gazga, birinchi navbatda, metan ulushi boʻyicha mos keladi. Dvigatel yoqilgʻisi
sifatida biogaz yuqori kaloriyali qiymati 50-55 MJG’kg va oktan soni 110 ni tashkil qiladi, bu
benzinning oʻxshash xususiyatlaridan oshib ketadi, mos ravishda 44 MJG’kg va 72-85 [3] .
Neft yonilgʻili dvigatellar bilan solishtirganda, tozalangan biogaz yuqori detonatsion
xususiyatga ega, bu ichki yonuv dvigatellarida chiqindi gazlardagi zararli moddalar
kontsentratsiyasini kamaytiradi. Suyuq fazaning yoʻqligi tufayli dvigatel tsilindrlaridan moy
qatlami yuvilmaydi, tsilindr-porshen guruhi qismlarining eyilishi ikki baravar kamayadi va shunga
mos ravishda dvigatelning ishonchliligi va chidamliligi ortadi. O’tkazilgan tadqiqotlarda transport
vositalarining toksikligini oʻrganish natijalari tahlili shuni koʻrsatadiki, benzinni biogaz bilan
almashtirishda shahar atmosferasiga zaharli tarkibiy qismlarning chiqarilishi (gG’km) kamaydi:
uglerod oksidi uchun 5-10 marta, uglevodorodlar uchun 3 marta, azot oksidi uchun 1,5-2,5 marta,
tutun-avtomobil turiga qarab 8-10 marta. [4]
Avtomobillarga yonilgʻi sifatida ishlatish uchun toʻliq tozalangan biogaz avtomobillar,
traktorlar va boshqa mobil qurilmalarning ballonlariga quyish uchun tabiiy gaz kompressorlaridan
foydalaniladi. Biogazda ishlaydigan avtomobilning gaz-balon uskunasi tabiiy gazda ishlaydigan
avtomobil jihozlariga toʻliq mos keladi. Bu holat, agar kerak boʻlsa, ularni teng ravishda
almashtirishga imkon beradi. Gazlashtirilmagan hududlar biogaz reaktorlari va tabiiy gaz dvigatel
yonilgʻisini ishlab chiqarish uchun echimlarning asosiy bozori hisoblanadi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak O’zbekiston Respublikasida bioenergetikani rivojlantirish
uchun respublikaning barcha chorvachilik va dehqon xoʻjaliklari uchun biogaz texnologiyalarini
keng joriy etish boʻyicha mos ravishda 2025, 2030 va 2050 yillarga qadar qisqa muddatli, oʻrta
muddatli va uzoq muddatli harakatlar dasturlarini ishlab chiqish lozim. Shuningdek biogaz
majmualarini qurish, amalga oshirish va ulardan foydalanish loyihalarini amalga oshirishda
2024
OCTOBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 1
|
ISSUE 8
137
xususiy sektorning ishtiroki mexanizmlarini ishlab chiqish darkor.
REFERENCES
1.
O’zbekicton Pecpyblikaci Ppezidentining Fapmoyishi. “O’zbekicton Pecpyblikacini yanada
pivojlantipish boʻyicha hapakatlap ctpategiyaci toʻgʻpicida”. 07.02.2017 y., PF-49. G’G’
O’zbekicton Pecpyblikaci qonyn hyjjatlapi toʻplami, 2017 y., 6-con, 70-modda, 20-con, 354-
modda, 23-con, 448-modda.
2.
Allaev K.R.2000 Energetika mira i Uzbekistana. Analiticheskiy obzor. – Tashkent: Moliya,
2007. – 388 s.
3.
Bazarov B.I. Rabota porshnevoʻx dvigateley na alternativnoʻx vidax topliva. – Tashkent:
TADI, 2001. – 138 s.
4.
Fröhlich-Merz G. Einfach. Alternative zu Benzin und Diesel Gas geben G’G’ Autofachmann,
2006, №10. − S. 8-10
