Oktabr, 2024-Yil
365
MATBAA VA QADOQLASH JARAYONLARI HAQIDA
Zarifova Diyora Nodir qizi
“Akademnashr NMM” MChJ Verstalchi (tuzuvchi).
https://doi.org/10.5281/zenodo.13926638
Annotatsiya. Ushbu tezisda matbaa va qadoqlash jarayonlari haqida so’z yuritilgan, tahlil
qilingan.
Kalit so’zlar: matbaa, qadoqlash, mahsulot, bosma mahsulot.
ON PRINTING AND PACKAGING PROCESSES
Abstract. In this thesis, the processes of printing and packaging are discussed and analyzed.
Key words: printing, packaging, product, printed product.
О ПЕЧАТНЫХ И УПАКОВОЧНЫХ ПРОЦЕССАХ
Аннотация. В данной диссертации обсуждаются и анализируются процессы
печати и упаковки.
Ключевые слова: полиграфия, упаковка, изделие, печатная продукция.
Hozirgi kunda mahsulotlarni qadoqlash nafaqat mahsulotlarni saqlash, uni buzilishdan
himoya qilish, tashish uchun qulay, balki iste'molchilar e'tiborini jalb qilish va ushlab
turish
uchun ham xizmat qiladi. Zamonaviy dunyoda qadoqlash
yakuniy iste'molchining
mahsulotga bo'lgan afzal munosabatini shakllantirishning qo'shimcha vositasidir, chunki
u
marketingning
asosiy
vazifalaridan
biridir.
Ishlab
chiqarish jarayonining pirovard
mahsuli bo’lib tayyor mahsulotlar hisoblanadi.
Tayyor mahsulotlar – bu mazkur korxonada qaytadan ishlashni talab qilmaydigan,
standartlar va texnik shartlariga to’liq javob beradigan, texnik nazorat bo’limi yoki maxsus
komissiya tomonidan qabul qilingan va korxona omboriga topshirilgan yoki buyurtmachi
tomonidan qabul qilingan buyum va mahsulotlardir Bugungi kunda mahsulotni qadoqlashsiz
tasavvur qilib bo'lmaydi. Mahsulot uchun qadoqlash himoya, reklama, mahsulot sifatini saqlash
rolini o'ynaydi. Shuningdek, u mahsulotni iste'molchiga tegishli shaklda yetkazib berish uchun
zarur bo'lgan ishlab chiqarishning ajralmas qismidir.
Bosma mahsulot tayyorlashning butun majmuasi ketma-ket bajariladigan ikki bosqichdan
iborat bo'ladi. Oldin nashriyotda asl nusxa matni va rasmlari tahrir qilinganidan keyin matbaa
vositalari bilan ulardan nusxalar olishning texnologik jaraycni loyihalanadi. Tayyorlovchi
korxonada bajariladigan ikkinchi bosqich nashming kerakli miqdoridagi nusxasini olish ishlarini
bajarishdan iborat.
Oktabr, 2024-Yil
366
Birinchi guruh jarayonlarining vazifasiga biror usul bilan bosma qolip tayyorlash kiradi,
qolipning sirtida qog'oz yoki boshqa materialga o'tkaziladigan tasvirlar bo'ladi, qolipning tasvir
hosil qilingan va bo'yoq beriladigan qismlari bosiluvchi elementlar deb, tasvirsiz qismi esa oraliq
(probel) elementlari deb ataladi. Bitta bosma qolip tayyorlash uchun, odatda, juda ko'p turli ishlami
bajarishga to'g'ri keladi, bu ishlaming hammasi birgalikda qolip tayyorlash jarayonlari deb ataladi.
Bosma mahsulot - ommaga bilim berish, ilmiy bilimlarni tarqatish, madaniyatni
yuksaltirish, dunyoqarashni shakllantirishning qudratli quroli hisoblanadi. Hozirgi kunda turli
bosma mahsulotlar juda keng tarqalgan bo‘lib, jamiyat faoliyatining hamma jihatlarini qamrab
olgan. Bir odamning yoki butun-butun jamoaning hamma uchun oddiy, biroq shu bilan birga, zarur
bo’lgan kitob, gazeta va jurnallar, darslik va daftarlar, kubiklar, kalendarlar, geografiya xaritalari,
plakat va afishalar, transportda yurish uchun pattalar, yorliqlar, konfetlarning rangli o'rovi,
shuningdek, biz hayotga kelishimiz bilan har birimizni o‘rab turgan yana ko‘p narsalarsiz
yashashni tasavvur qilish qiyin. Konvertlar, pochta markalari, turli hujjatlarning qog'ozlari,
qolaversa, qogloz pullarni ham matbaachilar tayyorlashadi.
Matbaa jarayonlarini qoplash yo’li bilan texnik chizmalaming nusxalari, televizor va radio
priyomniklar uchun bosma platalar tayyorlanadi, mikro elektronika va robot texnikasi ehtiyojlari
uchun detallar ishlab chiqariladi, mebellaming sirti ko‘rkamlashtiriladi, turli-tuman materiallarga
gulqog‘ozlar bosiladi.
Xalq xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan aholi hamda san’at ehtiyojlari uchun
matbaa usullari va vositalaridan foydalanish yanada kengayadi.
Uning tarkibiga ishlab chiqarish bo’linmalari, boshqarish va material-texnika ta’minoti
bo'limlari, ilmiy muassasalar va nihoyat, kadrlar tayyorlanadigan o‘quv yurtlari kiradi.
Tashkilot va korxonalaming har biri muayyan aniq vazifalami bajaradi hamda ayni vaqtda
bir-biri bilan o‘zaro aloqada ishlaydi. Ishlab chiqarish bo’linmalari jumlasiga matbaa korxonalari
kiradi, ular nashriyotlar bilan uzviy aloqada ishlaydi.
Nashriyotlar mualliflardan olingan asl nusxalami matbaa vositalari bilan ko‘paytirish
uchun tayyorlash ishlarini olib boradi. Nashriyotlaming asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
tematik rejalar ishlab chiqish va ulaming o'z vaqtida bajarilishini ta’minlash, mualliflar bilan
ishlash, mualliflardan olingan qo’lyozmalami tahrir va taqriz qilish, adadlarini bosishga
buyurtmalar berilgan korxonalar bilan doimiy aloqada bo'lish, shuningdek, bu korxonalami ish
uchun zarur bo'lgan ashyolar - qog'oz, karton va matolar bilan ta'minlash. Bozor iqtisodiyoti
qonunlari shakllanishi munosabati bilan bu vazifalar doimo o'zgarib turadi.
Oktabr, 2024-Yil
367
Respublikamizda juda ko'p nashriyotlar faoliyat olib borayotgan bo'lib, ular o‘z vazifasiga
ko'ra markaziy va mahalliy, davlat, idora va boshqa jamoat tashkilotlarining nashriyotlariga
bo'linadi. Chop etiladigan mahsulotning turiga qarab gazeta, jumal, tasviriy va nota nashrlariga
bo'linadi. Biroq nashriyotlar ko'pincha aralash va turli-tuman mahsulotlar chop etadi.
Matbaa korxonalari nashriyotlar belgilagan miqdordagi bosma mahsulotlami bevosita chop
etish uchun xizmat qiladi. Bu bosma mahsulotlari quyidagi ko'rinishlarda bo'lishi mumkin.
1) bosma axborot vositalari: kitoblar, jumallar, gazetalar, broshyuralar va boshqa matbaa
mahsulotlari;
2) elektron axborot vositalari;
3) multimedia ko'rinishida bo'lishi mumkin.
Bugun jahonda bosma mahsulotlar bozori turli-tuman. Eng bozori chaqqon tijorat
mahsuloti va davriy nashrlardir. Ular chop etish davriyligi bilan bir-biridan farq qiladi, bu esa
matbaa korxonalarining ishlab chiqarish jarayonini belgilaydi. Bosmaxonalar bosma mahsulotlar
bozorining turli segmentlariga ixtisoslashgan.
Tijorat mahsuloti - bu nodavriy chiqadigan bosma mahsulot (masalan, kataloglar,
broshyuralar, axborot varaqlari. tashrifnomalar). Davriy nashrlar esa aksincha, bu muayyan vaqt
oralig'ida chiqadigan bosma nashrlar (masalan, gazetalar va jurnallar, shu jumladan, suratli
nashrlar). Matbaa sohasida davriy nashrlaming odatdagi buyurtmachilari - nashriyotlar va
tahririyatlar.
REFERENCES
1.
Shelkoplyasova Yu.V. Mahsulotni qadoqlash va uning marketingdagi roli // To'plamda:
Ta'lim. Fan. Xalqaro ishtirokdagi X Xalqaro yoshlar forumining ishlab chiqarish
materiallari. - 2018.
2.
Zyuzina N.N., Lelikova Yu.Yu. Bozorda tovarlarni ilgari surishda qadoqlashning roli //
Iqtisodiyot va jamiyat. - 2015.
3.
Gladkix Ya.N., Loxmatova V.A. Mahsulotni qadoqlash reklama vositasi sifatida // Tizim
boshqaruvi. - 2015.
4.
Minakova T.V., Boyko M.A., Muxametzyanova L.X. Logistikaning muhim elementi
sifatida tovarlarni qadoqlash xususiyatlari // Samara davlat iqtisodiyot universiteti yosh
olimlarining xabarnomasi. - 2017.
