Authors

  • Feruzabonu Ne'matova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.44291

Keywords:

O‘tkir Hoshimov asarlar “Ona” obrazi badiiy asar talqin “To‘maris” “Kuntug`mish” “Alpomish” “Rustamxon” kabi xalq og‘zaki ijodi.

Abstract

Ushbu maqolada O‘tkir Hoshimov asarlarida “Ona” obrazi talqini haqida fikr-mulohazalar bildirilgan.

background image


Oktabr, 2024-Yil

377

O‘TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA “ONA” OBRAZI TALQINI

Ne'matova Feruzabonu Bekmuhammadovna

Buxoro davlat pedagogika instituti

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13933098

Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘tkir Hoshimov asarlarida “Ona” obrazi talqini haqida

fikr-mulohazalar bildirilgan.

Kalit so‘zlar: O‘tkir Hoshimov, asarlar, “Ona” obrazi, badiiy asar, talqin, “To‘maris” ,

“Kuntug`mish”, “Alpomish”, “Rustamxon” kabi xalq og‘zaki ijodi.

INTERPRETATION OF THE IMAGE OF "MOTHER" IN THE WORKS OF OTKIR

HASHIMOV

Abstract. This article comments on the interpretation of the image of "Mother" in the works

of O‘tkir Hashimov.

Key words: Otkir Hashimov, works, image of "Mother", artistic work, interpretation, folk

oral works such as "Tomaris", "Kuntug‘mish", "Alpomish", "Rustamkhan".

ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРАЗА «МАТЕРИ» В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ ОТКИРА

ГАШИМОВА

Аннотация. В данной статье комментируется трактовка образа «Матери» в

творчестве Откира Гашимова.

Ключевые слова: Откир Гашимов, произведения, образ «Матери», художественное

произведение, интерпретация, народные устные произведения, такие как «Томарис»,

«Кунтугмыш», «Алпомиш», «Рустамхан».

Ona obrazining yaratilishi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Tarixga nazar solar ekanmiz,

jasoratli ona obrazining yaqqol timsoli sifatida “To`maris”, “Kuntug`mish”, “Alpomish”,

“Rustamxon” kabi xalq og`zaki ijodiga mansub dostonlarimizdagi ona obrazlarini misol qilib

olishimiz mumkin. Masalan: To`maris – masagget xalqining jasoratli onasi. U o`glining asir

tushib, o`z joniga qasd qilganiga ham qaramay ayol bo`la turib, xalqini dushmanlardan himoya

qiladi. O`g`lining va bir umr dushman tomidan ezilgan xalqining o`chini olish maqsadida jangga

otlanadi. Qonga to`ymagan dushman Kir II ning boshini qon to`ldirilgan mesh ichiga solib,

yovuzlik taqdiri naqadar ayanchli yakun topishini yana bir karra isbot qiladi. U har tamonlama

jasur va mard ayoldir. O`z o`g`lini yo`qotish qanchalik og`ir qismat ekanligini dushmanlariga

ko`rsatmaydi.


background image


Oktabr, 2024-Yil

378

Keyinchalik To`marisning qilgan ishlari to`g`risida xalq dostonlari, rivoyatlar to`qildi.

Hatto, o`zbek yozuvchisi Mirkarim Osim “To`maris” qissasida uni ulug`laydi. Ibroyim

Yusupov ham “To`maris” (1974) dostonini yozgan. Ikkala yozuvchi ham yaratgan asarlarida

To`marisning qanchalik buyuk va jonkuyar ona ekanligini ochib berishgan. “Kuntug`mish”

dostonida esa Xolbeka – ona obrazi talqinida gavdalanadi. U ikki o`g`li dorga osilish arafasida

turganda, ularning hayotlarini saqlab qolish uchun, hattoki og`ochga nola qilishdan ham toymaydi.

Bu esa o`zbek onalarining naqadar fidokor va jonkuyar ekanligidan dalolat beradi.

Nafaqat “Kuntug`mish” dostonidagi Xolbeka obrazi balki, yana bir xalq og`zaki ijodi

namunalarimizdan biri bo`lgan “Rustamxon” dostonidagi Huroyim ham muhim ahamiyat kasb

etadi. O`zbek onalarimiz uchun janglarda g`alaba qozonish, turli xil qahramonliklar ko`rsatishdan

tashqari, o`z farzandini el-yurtga nafi tegadigan, xalq dardi bilan yashashga o`rgatish ham ulkan

jasoratlar sirasiga kiradi. Onalarga xos bo`lgan bu ajoyib hislat bir erkakning jangda qozongan

g`alabasidan buyukroqdir. Yuqoridagi so`zlarimizning isbotini Huroyim obrazida ko`rishimiz

mumkin. Obraz yaratalish jarayonida badiiy to`qima muhim ahamiyat kasb etadi. U asarni

ta`sirchangligini oshirib, badiiy – estetik bo`yoqdorligini oshiradi. “Zotan, butun adabiyot badiiy

to`qimalardan iborat, chunki turmush hodisalarini zamon va makon ichida sochilib yotadi”. Bu

fikrlarga misol qilib O`tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asaridan quyidagi parchani

keltirishimiz mumkin. “Oyi men keldim… eshityapsizmi oyi, men yana keldim. Qabringizni silab

qo`ysam orom olasizmi?... Mana oyijon, mana Yo`q, yo`q,yig`laganim yo`q. Hozir, hozir o`tib

ketadi…”. Balki bu parchani alohida o`qigan kitobxon unchalik hayajonga tushmas.

Biroq, “Dunyoning ishlari”ni bir boshdan o`qib, onani qattiq sevib qolgan kitobxon bu

satrlarni o`qiganda larzaga tushmay qolmaydi.

“Ona” siymosi dunyoning jamiki xalqlarida mo‘tabar zot sifatida e'zozlanib, xalqning

adabiy merosida alohida gʻoya va obraz boʻlib shakllangan. Inson tugʻilibdiki oʻz onasidan ta'lim

va tarbiyani oladi. Burgut o‘z polaponini qanotlari ostidan hech qoʻymaganidek o‘z onamiz ham

bizni bagʻrida asrab avaylaydi. Zulmatli kunlar qora qargʻa kabi boshing ustida charx ursa xuddiki

sham kabi o‘z shu'lasi bilan sening hayotingni yorituvchi, seni yorug‘ kunlar tomon olib chiquvchi

zot! Mehr-muhabbatini qalbini o‘z dunyosini qurbon qilib, farzandi uchun jonini beminnat bera

oluvchi mehri daryo zot! Ochlikdan sillasi qurib, o‘lim arafasiga kelib qolsa ham, o‘z zurriyodi

uchun bir burda nonini ham ayamaydigan, so‘ngi nasibasini bolasiga bera oladigan zot!

Barmog‘ingga nogahon zirapcha kirsa azobingni o‘zida his qiluvchi. Oyoqlari ostida

jannatni bosib turuvchi buyuk zot! Ma’naviy poklikni o‘zida mujassamlashtirgan timsol, o‘z

manfaatini ko‘zlamaydigan, samimiy, ko‘ ngli ochiq, odam qalbida qanday oliyjanob tuyg‘ular va


background image


Oktabr, 2024-Yil

379

yuksak fazilatlar mavjud bo‘lsa, bularning barchasi avvalo ona siymosidadir. Hozirgi o‘zbek

adabiyotida “Ona” obrazini yuqori darajaga ko‘tarib, bu muqaddas timsolni yaqqol, go‘zal va

betakror siymo sifatida yarata olgan usta ijodkor, yozuvchi, “Hayot qozonida qaynagan adib”

O‘tkir Hoshimovdir. Yozuvchi o‘z asarlarida o‘tmish mafkurasini tasvirlash bilan cheklanib

qolmaydi. Aksincha, adib o‘z onasi timsolida butun sharq ayollarining sadoqati, sabr-u matonati,

farzandiga bo‘lgan mehr muhabbati va insoniylik fazilatlarini tasvirlaydi. Misol tariqasida,

“Dunyoning ishlari” asarida “Gilam paypoq” novellasida ona obrazini yozuvchi “Ideal ona”

sifatida shunday mohirona tasvirlaydiki, u orqali barcha sharq onalarining o‘z farzandiga mehr-

muhabbat bobida bur xil, yakdil ekanliklari o‘z farzandiga bo‘lgan o‘z farzandi uchun

salomatligini qurbon qilgan ona timsolini ko‘rish mumkin.Har yili dam olishga borganimda

onamga gilam paypoq olib kelaman. Kavkaz tomonda koʻp boʻladi “Juba” deyishadi “jurabi”

deyishadi. Oyim xuddi noyob narsaga ega bo‘lgandek uzundan uzoq duo qiladi. Shundoq

mehribon oʻgʻli borligini aytib qo‘shnilarga maqtanadi. Uning oyogʻi kasal, salqin tushishi bilan

shishib ketadi, ogʻriydi. Qoʻni-qushnilar ahvol so‘rasa, ularniyam, oʻziniyam yupatadi. Onamning

oyoq og‘rigʻi faqat keksalikdan emas. Buni boshqalar bilmasa ham, men bilaman, yaxshi bilaman.

Bolaligimda koʻp kasal bo‘lardim. Ayniqsa tomoq ogʻrigʻi yomon qiynaydi. Bir kuni

akalarim bilan yaxmalak o‘ynab tirlab ketdim. Tirlab turib muz yedim. Kechqurun isitma

ko‘tarildi. Tomogʻim boʻg‘ilib qoldi. Ogʻrigʻini sezmaymanu nafas olishga qiynalaman. Qulog‘im

tagida onamning chirqilab yig‘lagani, hadeb bir gapni qaytarayotgani eshitiladi. - Voy endi nima

qilaman. Voy bolam oʻlib qoladi!

Bir mahal onamning qoʻlida ketayotganim esimda bor. Guppillatib qor yog‘ayotganini his

etib turadimi, biroq yuzimga qor tushmas edi. Hoji buvi allaqanday taxir suyuqlik ichirdi. Keyin

oyimga qaradiyu birdan xitob qildi.-Voy poshsha-a tamom bo‘libsizku, oyogʻingizdan ayrilibsizku

shu ahvolda qandoq keldingiz. Kavshandozda turgan oyimning kalishini endi ko‘rdim. Kalishning

ichi qorga to‘la edi. - Qarg‘aning miyasini chaqib surtmasangiz choʻloq boʻlib qolasiz. Oyim

tanchadan oyog‘ini chiqardi. Ikkala oyog‘i qib-qizil go‘sht bo‘lib ketgan edi. Ertasiga u yotib

qoldi. Uzoq yotdi. Dadam bir joydan qargʻa otib keldi. Hoji buvi dori-darmon qildi... Keyin oyim

tuzaldi. Biroq salqin tushishi bilan oyoqlari shishib, azob beradigan bo‘lib qoldi.(O‘tkir Hoshimov

"Dunyoning ishlari" 17-19-betlar) O‘z bolasiga shunchalar sadoqatlik, odamning beixtiyor ko‘ngli

erib ketadi. Farzandining yodi-hayoli, sham shu'lasining sharpasidek, uni biron zum, hatto

uyqusida ham tark etmaydi. Va shunda men onaningaslidagidan ko‘ra kuchli, irodali ekanini

anglayman. Axir sham shu'lasini ehtiyot qilishi kerak quturgan shamol uni uchirib ketishi mumkin.


background image


Oktabr, 2024-Yil

380

Onalar farzandlarini ahil va hamisha birga bo‘lishini istaydilar. Qismat esa, ularni qanot

chiqarishi bilan har yoqqa uchirib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat

qilmaydi. Adib "Ikki eshik orasi" asaridagi "Urush" hikoyasida haqiqiy o‘zbek ayolining sabr-u

matonati yuksak cho‘qqiga ko‘tariladi. Xususan ona bolasini urushga kuzatarkan bir tomchi

ko‘zyosh to‘kmasdan, yig‘lamasdan entikib nafas olgancha o‘z dilbandini qattiq quchoqlar, entikib

nafas olgancha xudoga nola qilardi: "Jon bolam - jonim bolam, Olloga topshirdim sani, Ohimga

Ollo yetmadi, Tuproqqa topshirdim sani.""Bu qanchalar ayanchli manzara bo‘lmasin. Nachora,

avvalo hayot - nuqul bayramdan iborat emas. Urush esa o‘yin emas.

- Bolam, jon bolam o‘zingni ehtiyot qil... Ho‘pmi, jon bolam. Tushundinga! Olloga

topshirdim...

- Xavotir olmang oyi! - dedi u shosha pisha. - Narisi bilan 3 oyda kelaman. Mana ko‘rasiz.

Girmonni boshini yanchib kelamiz!

- Issiqroq kiyinib yur, bolam! Oy borib omon kel, o‘g‘lim! Musiqa yangradi, poyezd

vagonlari shiddatli taraqladi.

- O‘g‘li-mm! - dedi ojiz ingrab.

Ko‘zlaridan ikki tomchi zahardek achchiq yosh suzib chiqdi-da, ko‘karib ketgan yuzidan

oqib, labining chetida turib qoldi. Kechadan buyon butun bardoshini to‘plab, Kimsan akamning

yonida yig‘lamagani haqqi ichida ummon bo‘lib yotgan alam endi shu ikki tomchiga aylanib

toshib chiqqanini his etdim-u yuragim sanchib ketdi." (95-97-betlar). Yozuvchi O‘tkir Hoshimov

asarlarida ona qiyofasi o‘zining son-sanoqsiz jilolari bilan namoyon bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, har

bir novellada muallif ona haqida oldingi hislatlarni takror qilmaydigan qandaydir yangi qirralarini

topib aks ettiradi." (Akademik Matyoqub Qo‘shjonov 1985-yil)

Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” asarida romanning bosh qahramoni Nayman

ona siymosini shunday tasvirlaydiki, onaning farzandiga bo`lgan mehr – muhabbatini hech narsa

bilan taqqoslab bo`lmasligini isbotlab beradi. U farzandining vafotiga ishonmay, uning kelishini

bir umr kutadi. Bir necha vaqtdan so`ng esa, o`g`li Jo`lomonning tirikligi, uni manqurtga aylanib

qolganini eshitadi va o`z bolasini ko`rgani yoniga boradi. U o`glining hayot ekanligini bilib, shu

darajada quvonib, lekin uning tanimaganidan alam va daxshatdan lablari dirrilab, shuncha urinsa

ham o`zini qo`lga ololmaydi. Ona bo`zlab yig`lab, farzandining osha tanish nigohlariga boqib,

balki meni tanib qolar degan umid bilan ko`zini uzmay turadi. Qayta – qayta ozini tanishtiradi.

Vaholanki, Jo`lamon hattoki o`z ismini ham unitgan edi. Unga uning ismi Jo`lamon

otasining ismi Do`nanboy ekanligini Nayman ona uqtirishga harakat qiladi. Farzandining

boshidagi tuyaning terisidan yasalgan qalpoq o`zligini hatto o`z tuqqan onasini ham unittirishga


background image


Oktabr, 2024-Yil

381

sabab bo`ladi. Va u shu tariqa manqurtga aylanib qoladi. Shu manqurtligi tufayli o`z onasining

qotiliga aylanishdan ham hayiqmaydi. Chingiz Aytmatovning ushbu asarida farzandi o`z

onasining umriga zomin bo`lishini ajoyib chizgilar orqali yoritib beradiki, buni o`qigan har bir

insonning qalbi jumbushga keladi. Bu esa, inson sifatida o`z – o`zini anglash g`oyat murakkab

jarayon ekanini va insoniyat ming yillardan beri ma`naviy ulg`aydimi yoki yo`qmi, degan

muammo to`g`risida mushohada yuritishga undaydi. Zero, onaizor qalbi xoh ming yil oldin

bo`lsin, xoh hozirgi adabiy jarayon bo`lsin hech qachon o`zgarmaydi. Bu xislat onalarimizga Alloh

taollo tomonidan berilgan buyuk fazilatdir.

REFERENCES

1.

Камилова, Г. А., Курбанова, Г. Р., & Джаббарова, С. З. (2020). Особенности

формирования педагогических навыков у воспитателей дошкольно-образовательных

учреждений.

Academy

, (5 (56)), 25-27.

2.

Камилова, Г. А., & Тураева, О. С. К. (2021). ФОРМИРОВАНИЕ

ДИАГНОСТИЧЕСКИХ

НАВЫКОВ

У

СТУДЕНТОВ

ДОШКОЛЬНОГО

ОБРАЗОВАНИЯ.

Проблемы науки

, (4 (63)), 50-52.

3.

Камилова, Г. А., & Курбонова, Г. Р. (2020). Эффективность экологического

образования:

образование

дошкольников

с

помощью

педагогических

технологий.

Academy

, (12 (63)), 60-62.

4.

Kamilova,

G.

A.

(2021).

MAKTABGACHA

TA’LIM

TASHKILOTlARIGA

RAHBARLIK

VA

BOSHQARISHDA

ZAMONAVIY

YONDASHUV.

Scientific

progress

,

2

(7), 1149-1153.

5.

Камилова, Г. А. (2021). Развитие системы дошкольного образования.

Вестник науки

и образования

, (16-2 (119)), 86-88.

6.

Alimovna, K. G. (2022). Laws of Ecological Education.

EUROPEAN JOURNAL OF

INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION

,

2

(2), 241-244.

7.

KAMILOVA, G. (2024). EKOLOGIK TARBIYADA PAREMIOLOGIYA VA UNING

XUSUSIYATLARI.

News of UzMU journal

,

1

(1.1), 83-86.

8.

Камилова, Г. А. (2023). Мактабгача Таълим Ташкилотларида Экологик Тарбия.

Miasto

Przyszłości

,

42

, 330-333.

9.

Камилова, Г. А. (2022). ЭКОЛОГИК ТАРБИЯ ҚОНУНИЯТЛАРИ.

BOSHQARUV VA

ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI

,

2

(2), 6-10.


background image


Oktabr, 2024-Yil

382

10.

Kamilova, G. (2020). Maktabgacha talim muassasalarida ekologik tarbiyani tashkil etishda

integrativ yondashuv.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).

11.

Kamilova, G. A. (2024). PARAMERIK JANRLAR VOSITASIDA EKOLOGIK

MADANIYATNI

SHAKLLANTIRISHDA

PSIXOLOGIK

YONDASHUV.

Inter

education & global study

, (5), 565-5574.

12.

Kamilova, G. A., & Rozieva, Z. E. (2022). Botirova.

Nю A. Maktabgacha talim

tashkilotlarida bolalarni ekologik-gigienik tarbiyalash imkoniyatlari. Maktabgacha talim-

Maktab-Oliy talim konsepsiyasi muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmly-amaliy

anjuman materiallarl. Buxoro

, 46-48.

13.

Baxshilloyevna S. M. et al. MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY

DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI //BOSHQARUV VA

ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 146-152.

14.

Шарипова М.Б., Хусаинова З.Х. ВОСПЕВАНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ДУХОВНЫХ

ЦЕННОСТЕЙ В ГЕРОИЧЕСКОМ ЭПОСЕ // Вестник науки и образования. 2021.

№16-2 (119). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/vospevanie-natsionalnyh-duhovnyh-

tsennostey-v-geroicheskom-epose (дата обращения: 07.10.2022).

15.

Sharipova M. YOSH AVLOD RUHIY VA MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA

QAHRAMONLIK EPOSINING O’RNI: DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046

Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU, Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi

//Научно-практическая конференция. – 2021. – С. 116-117.

16.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ O

‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz)

,

35

(35).

17.

Baxshilloyevna, S. M., & Mirzoyevna, I. M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM

TIZIMIDA

ETNIK

MADANIY

TA’LIM

VA

UNING

TARIXIY

ILDIZLARI.

PEDAGOGS jurnali

,

1

(1), 163-163.

18.

Sharipova, M. B., & Salimova, K. R. Q. (2021). “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR

O’LDI” MAROSIMI TASVIRI.

Scientific progress

,

2

(7), 1109-1113.

19.

Шарипова, М. Б., & Неьматова, Ш. Н. (2020). Формирование эстетической культуры

воспитанников

дошкольных

образовательных

учреждений.

Вестник

магистратуры,(3-3 (102))

, 113-114.

20.

Sharipova, M. (2020). Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi ("

Alpomish" dostoni misolida).

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).


background image


Oktabr, 2024-Yil

383

21.

Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ

«АЛПОМИШ».

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).

22.

Sharipova, M. (2024). Historical-Vital Bases of Epos And Ritual Expression (In The

Example of the Epic “Alpomish”).

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.

uz)

,

46

(46).

23.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIMDA INNOVATSION FAOLIYATNI

TASHKIL ETISH FUNKSIYALARI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.

uz)

,

44

(44).

24.

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI

VA AN’ANAVIYLIGI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

46

(46).

25.

Sharipova, M. B., & G’afurova, A. A. (2024). METHODOLOGY OF STAGING IN THE

DEVELOPMENT OF CHILDREN'S SPEECH IN THE PRESCHOOL EDUCATION

SYSTEM.

THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN

WORLD

,

3

(1), 21-29.

26.

Sharipova, M. (2023). O ‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGIDA ALPOMISHSHUNOSLIK

TA’LIMOTI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

27.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TALIM YOSHDAGI BOLALARNING IJODIY

QOBILIYATLARI VA UNI SAMARALI RIVOJLANTIRISH OMILLARI.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

28.

Sharipova,

M.

(2023).

MAKTABGACHA

TA’LIM

TASHKILOTIDA

SAHNALASHTIRISH, OʻYIN FAOLIYATINI TASHKIL ETISH YOʻLLARI.

ЦЕНТР

НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

44

(44).

29.

MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046

Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU.

Maktabgacha ta’lim

.

30.

SHARIPOVA, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O’ZBEK VARIANTLARI

ORASIDAGI MAROSIMLARNING BADIIY TALQINI.

Journal of Research and

Innovation

,

1

(10), 45-52.

References

Камилова, Г. А., Курбанова, Г. Р., & Джаббарова, С. З. (2020). Особенности формирования педагогических навыков у воспитателей дошкольно-образовательных учреждений. Academy, (5 (56)), 25-27.

Камилова, Г. А., & Тураева, О. С. К. (2021). ФОРМИРОВАНИЕ ДИАГНОСТИЧЕСКИХ НАВЫКОВ У СТУДЕНТОВ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ. Проблемы науки, (4 (63)), 50-52.

Камилова, Г. А., & Курбонова, Г. Р. (2020). Эффективность экологического образования: образование дошкольников с помощью педагогических технологий. Academy, (12 (63)), 60-62.

Kamilova, G. A. (2021). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTlARIGA RAHBARLIK VA BOSHQARISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV. Scientific progress, 2(7), 1149-1153.

Камилова, Г. А. (2021). Развитие системы дошкольного образования. Вестник науки и образования, (16-2 (119)), 86-88.

Alimovna, K. G. (2022). Laws of Ecological Education. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(2), 241-244.

KAMILOVA, G. (2024). EKOLOGIK TARBIYADA PAREMIOLOGIYA VA UNING XUSUSIYATLARI. News of UzMU journal, 1(1.1), 83-86.

Камилова, Г. А. (2023). Мактабгача Таълим Ташкилотларида Экологик Тарбия. Miasto Przyszłości, 42, 330-333.

Камилова, Г. А. (2022). ЭКОЛОГИК ТАРБИЯ ҚОНУНИЯТЛАРИ. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(2), 6-10.

Kamilova, G. (2020). Maktabgacha talim muassasalarida ekologik tarbiyani tashkil etishda integrativ yondashuv. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Kamilova, G. A. (2024). PARAMERIK JANRLAR VOSITASIDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK YONDASHUV. Inter education & global study, (5), 565-5574.

Kamilova, G. A., & Rozieva, Z. E. (2022). Botirova. Nю A. Maktabgacha talim tashkilotlarida bolalarni ekologik-gigienik tarbiyalash imkoniyatlari. Maktabgacha talim-Maktab-Oliy talim konsepsiyasi muammo, yechimlar va istiqbollar xalqaro ilmly-amaliy anjuman materiallarl. Buxoro, 46-48.

Baxshilloyevna S. M. et al. MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2022. – Т. 2. – №. 2. – С. 146-152.

Шарипова М.Б., Хусаинова З.Х. ВОСПЕВАНИЕ НАЦИОНАЛЬНЫХ ДУХОВНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В ГЕРОИЧЕСКОМ ЭПОСЕ // Вестник науки и образования. 2021. №16-2 (119). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/vospevanie-natsionalnyh-duhovnyh-tsennostey-v-geroicheskom-epose (дата обращения: 07.10.2022).

Sharipova M. YOSH AVLOD RUHIY VA MA’NAVIY DUNYOSINI BOYITISHDA QAHRAMONLIK EPOSINING O’RNI: DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU, Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchisi //Научно-практическая конференция. – 2021. – С. 116-117.

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ O ‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 35(35).

Baxshilloyevna, S. M., & Mirzoyevna, I. M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA ETNIK MADANIY TA’LIM VA UNING TARIXIY ILDIZLARI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 163-163.

Sharipova, M. B., & Salimova, K. R. Q. (2021). “ALPOMISH” DOSTONIDA “KAMPIR O’LDI” MAROSIMI TASVIRI. Scientific progress, 2(7), 1109-1113.

Шарипова, М. Б., & Неьматова, Ш. Н. (2020). Формирование эстетической культуры воспитанников дошкольных образовательных учреждений. Вестник магистратуры,(3-3 (102)), 113-114.

Sharipova, M. (2020). Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish" dostoni misolida). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ». ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Sharipova, M. (2024). Historical-Vital Bases of Epos And Ritual Expression (In The Example of the Epic “Alpomish”). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIMDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISH FUNKSIYALARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2024). EPOS HAMDA MAROSIM MUNOSABATINING QADIMIYLIGI VA AN’ANAVIYLIGI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 46(46).

Sharipova, M. B., & G’afurova, A. A. (2024). METHODOLOGY OF STAGING IN THE DEVELOPMENT OF CHILDREN'S SPEECH IN THE PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM. THE ROLE OF SCIENCE AND INNOVATION IN THE MODERN WORLD, 3(1), 21-29.

Sharipova, M. (2023). O ‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGIDA ALPOMISHSHUNOSLIK TA’LIMOTI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TALIM YOSHDAGI BOLALARNING IJODIY QOBILIYATLARI VA UNI SAMARALI RIVOJLANTIRISH OMILLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

Sharipova, M. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA SAHNALASHTIRISH, OʻYIN FAOLIYATINI TASHKIL ETISH YOʻLLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 44(44).

MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU. Maktabgacha ta’lim.

SHARIPOVA, M. (2023). “ALPOMISH” DOSTONINI O’ZBEK VARIANTLARI ORASIDAGI MAROSIMLARNING BADIIY TALQINI. Journal of Research and Innovation, 1(10), 45-52.