ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
264
TIJORAT BANKLARI RESURSLARINI BOSHQARISHDA DEPOZIT SIYOSATI VA
UNI TAKOMILLASHTIRISH
Pardayev Jaloliddin Nodir o’g’li
O’zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi magistri.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13938005
Annotatsiya. Mazkur maqolada
bankning depozit siyosati, uning elementlari va mezonlari,
takomillashtirish jarayonlari yoritib berilgan. Shuningdek, maqola davomida aholiga bank
xizmatlari ko’rsatish tartibiga ham to’xtalib o’tilgan.
Kalit so’zlar: depozit siyosati, bank xizmatlari, iqtisodiy omillar, bank va mijoz, qiymat.
DEPOSIT POLICY AND ITS IMPROVEMENT IN RESOURCE MANAGEMENT OF
COMMERCIAL BANKS
Abstract. This article describes the bank's deposit policy, its elements and criteria,
improvement processes. Also, the procedure for providing banking services to the population was
touched upon in the article.
Key words: deposit policy, banking services, economic factors, bank and client, value.
ДЕПОЗИТНАЯ ПОЛИТИКА И ЕЕ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ В УПРАВЛЕНИИ
РЕСУРСАМИ КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ
Аннотация. В статье рассмотрена депозитная политика банка, ее элементы и
критерии, процессы совершенствования. Также в статье был затронут порядок
предоставления банковских услуг населению.
Ключевые слова: депозитная политика, банковские услуги, экономические
факторы, банк и клиент, стоимость.
KIRISH
“Depozit siyosati” so‘zining iqtisodiy mohiyatidan ko‘rinib turibdiki, saqlashga
topshirilgan” qiymat, buyum yoki boshqa predmetni “boshqarish” zarurligini angalatadi.
“Siyosat” tushunchasi – filosofiya ensiklopedik lug‘atida “Siyosat – ham amaliy
munosabatlar ham mafkura sifatida iqtisodiy jarayon harakati bilan umumlashtirilgan va
jamiyatning iqtisodiy bazisiga qurilma bo‘lib hisoblanadi. Iqtisodiy qiziqishlar oxir oqibatda
siyosiy harakatning sababi sifatida maydonga chiqadi”.
Vebstrning lug‘atida “siyosat” tushunchasi “ketma-ket bog‘langan harakatlarning
bajarilish usuli, bu erda tamoyillar uni amalga oshirishda tegishli usullar siyosatini aniqlashning
asosi sifatida tushuniladi”.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
265
“Siyosat”ni kelib chiqishini aniqlaydigan jamiyat munosabatlari sohasi siyosat ta’sirining
ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan birga, “siyosat”ni ham biron bir sohadagi faoliyat ham
mafkura sifatida tushunish mumkin.
Shunday qilib, “siyosat” ixtiyoriy sohada ma’lum bir uslublar to‘plami aniq vazifalarni
echishga qaratilgan tadbirlar majmui deb tuShunilsa, unda bankning resurs bazasini shakllantirish
bo‘yicha o‘tkazilayotgan operatsiyalar tavsifi bu siyosatni “depozit siyosati” deb atashga imkon
beradi.
Demak, bizning fikrimizcha, “depozit siyosati” so‘zini alohida olib qaraydigan bo‘lsak,
ushbu so‘z tijorat banklarining muddatli moliyaviy resurslarni boshqarish ma’nosini anglatmaydi.
“Depozit siyosati” so‘zini, albatta “tijorat banklari depozit siyosati” tarzida qo‘llansagina,
u tijorat banklarida jalb qilingan mablag‘lar doirasida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va
boshqarish ma’nosini anglatadi.
Depozitlar banklar tomonidan amalga oshiriladigan depozit siyosatining asosiy o‘zagini
tashkil etadi. Xorijiy va mahalliy iqtisodiy adabiyotlardan ma’lum bo‘lishicha iqtisodchi olimlar
bank depozitining iqtisodiy mohiyatiga turlicha yondashadilar.
Rossiyaning iqtisodiyot bilan bog‘liq adabiyotlarida depozitlarga bank mijozlarining
barcha pul mablag‘lari, ya’ni yuridik yoki jismoniy shaxslar nomiga ochilgan xisobvarag‘idagi,
joriy yoki boshqa hisobraqamlardagi pullar kiritiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Demak iqtisodchi olimlar depozitlarning iqtisodiy mazmuniga yondoshuvlari turlichadir.
Xususan, L. S. Padalkina “depozit-bu kredit muassasalardagi barcha muddatsiz
quyilmalardir
1
” deya ta’kidlaydi.
L.S.Padalkinaning depozitni kredit mussasalaridagi muddatsiz quyilmalar degan fikriga
qo‘shila olmaymiz, chunki muallif depozitni muddatsiz quyilmalar tarzida ta’riflashi natijasida
uning muddatli mablag‘lar sifatida namoyon bo‘lishini inkor etmoqda. Shu bilan birga, qiymat
yoki natura ko‘rinishida shakllanishi ham e’tibordan chetda qolgan.
Amerikalik iqtisodchi olim E. M. Rode “depozit – bank mijozlarining jamg‘armadan
tashqari barcha muddatli va muddatsiz quyilmalaridir” degan iqtisodiy talqinni ilgari suradi
2
.
E.M.Rodening depozitga bergan iqtisodiy ta’rifi L.S.Padalkinaning ta’rifiga nisbatan
aniqroq bo‘lishi bilan birga, muallif bank depozitining aynan qiymat ko‘rinishida namoyon
bo‘lishini e’tiborga olmagan.
1
Padalkina L.S. Sovremennaya denejno-kreditnaya sistema kapitalizma. –M.: VZFEI, 1982. –S.152.
2
Rode E.M.Banki, birji, valyuti sovremennogo kapitalizma. M.: «Delo LTD», 1995. -S. 148.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
266
Rossiyalik iqtisodchi M. N. Berezina “depozit – bu mijozga uning barcha turdagi pul
mablag‘larini saqlash uchun ochiladigan hisobvaraqdir” degan yanayam soddaroq, agar ta’bir joiz
bo‘lsa depozitning iqtisodiy ma’nosiga judayam yaqin bo‘lmagan fikrni ilgari suradi.
MUHOKAMA VA NATIJA
Yuqorida keltirilgan ta’riflar va manbalardan ko‘rinib turibdiki, bank amaliyotida
qo‘llanilayotgan depozitlar va umuman, depozitlar haqida iqtisodiy adabiyotlarda yagona
yondoShuv mavjud emas. Xalqaro bank amaliyotida depozitlar deyilganda moliya – kredit yoki
bank muassasalariga saqlash uchun berilgan qimmatli qog‘ozlar yoki pul mablag‘lari tushuniladi
3
.
Tadqiqotlar va amalga oshirilgan o‘rganishlar natijasida tijorat banklari depozit siyosati
ularning passiv operatsiyalari siyosatining asosiy tarkibini tashkil etishi ma’lum bo‘lmoqda. Shu
bois, banklarning depozit siyosati mohiyatini yoritishda ularning shakllanish xususiyatini tashkil
etadigan passiv operatsiyalarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq.
Xalqaro bank amaliyotida passiv operatsiyalar banklar foydasidan fondlarni shakllantirish
va ularni ko‘paytirishga ajratmalar, depozit operatsiyalari, yuridik shaxslardan olingan kredit
resurslar, muomalaga qimmatli qog‘ozlar, pul biletlar va tangalarni chiqarish tarzida to‘rtta
guruhga ajratiladi.
Tijorat banklari asosiy faoliyat turlaridan biri bu aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘lib,u jaxon
amaliyotida retail business (chakana xizmatlar biznesi) deb ataladi.
Shu bilan birga Yuqori daromad olib keladi.Aytib o‘tilganidek,jismoniy shaxslarga
banklarda chakana xizmatlar bo‘limida xizmat ko‘rsatiladi,unda jismoniy shaxslardan milliy va
xorijiy valyutada omonatlar qabul qilish, Pul o‘tkazmalarini qabul qilish va to‘lash,plastik
kartochkalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish,valyuta ayirboshlash,iste’mol va ipoteka kreditlari
xizmatlari ko‘rsatiladi.
Milliy iqtisodiyotning doimiy rivojlanish darajasini ta’minlash va iqtisodiyotga
yo‘naltirish mumkin bo‘lgan investitsiyalar ko‘lamini oshirishning eng samarali yo‘llaridan biri
aholi qo‘lidagi vaqtinchalik bo‘sh mablag‘larni investitsiyaga jalb qilishdan iboratdir. Zero,
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov “Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi: kelib chiqish sabablari va
oqibatlari” asarlarida mazkur inqirozning milliy iqtisodiyotga ta’siri darajalaridan biri
mamlakatning tashqi dunyoga moliyaviy jihatdan tobeligidir,deb ko‘rsatib o‘tgan.
Bundan tashqari shu yo‘l bilan bo‘sh pul mablag‘larini bank orqali yig‘ish va
iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirish,natijada pul aylanish tezligini o‘stirish evaziga milliy
valyuta qadrsizlanishining oldini olish va inflyasiyaning jilovlanishiga erishish mumkin.
3
Mitsek S.A. Ekonomika finansovix institutov. –Ekatrenburg: Delo,1996. -S.42.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
267
XULOSA
Banklardagi omonatlar hajmining oshishida aholi real daromadlarining o‘sishi hamda bank
tizimining barqarorligi asosiy omil bo‘lgani holda, banklardagi omonatlarning to‘liq qaytarilishi
davlat tomonidan kafolatlanganligi va ulardan olinadigan foiz daromadlari soliqdan ozod
etilganligi hamda
410
xildan ortiq omonat turlari taklif qilinayotganligi bank depozitlarini qulay,
xavf-xatarsiz va barqaror daromadli moliyaviy instrumentga aylantirdi.
2023
yilning 1-yanvar holatiga tijorat banklaridagi jismoniy shaxslar – rezidentlarning
so‘m va valyuta hisobvaraqlaridagi omonatlari hajmi 3276,6 mlrd.so‘mni tashkil qildi va 2022 yil
boshiga nisbatan 30,1 foizga (758,9 mlrd.so‘m) ko‘paydi.
2023 yilning 1-aprel holatiga tijorat banklaridagi jismoniy shaxslarning omonatlari
hajmi
mlrd.so‘m
umumiy hajmga nisbatan foiz
hisobida
jami
Shu
Jumladan
chet el
valyutasida
jami
Shu
jumladan
chet el
valyutasida
Jami
3276,6
567,3
100
100
Shundan:
Xalq banki
776,9
23,9
23,7
4,2
Agrobank
494,8
2,0
15,1
0,4
TIF Milliy banki
396,2
114,8
12,1
20,2
Asaka bank
264,3
91,5
8,1
16,1
O‘zsanoatqurilishbank
215,7
16,8
6,6
3,0
Qishlok qurilish bank
214,7
0,8
6,6
0,1
Ipoteka-bank
193,6
4,1
5,9
0,7
Kapitalbank
144,0
125,5
4,4
22,1
Hamkorbank
128,3
81,9
3,9
14,4
Ipak yo‘li bank
110,5
37,4
3,4
6,6
Aloqabank
72,7
2,4
2,2
0,4
Mikrokreditbank
59,7
6,5
1,8
1,1
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
268
Turonbank
57,7
22,6
1,8
4,0
Trastbank
24,3
2,3
0,7
0,4
Savdogarbank
22,9
1,0
0,7
0,2
Kredit-standart bank
19,1
1,7
0,6
0,3
Orient finance
13,3
11,7
0,4
2,1
O‘zKDB bank
12,9
11,4
0,4
2,0
Invest finans bank
10,4
2,4
0,3
0,4
Turkiston bank
7,5
0,0
0,2
-
RBS O`zbekiston MB
6,0
3,4
0,2
0,6
Ravnaq bank
5,7
0,0
0,2
-
Universal bank
5,7
0,4
0,2
0,1
Boshqalar
19,7
2,8
0,6
0,5
REFERENCES
1.
Финансы Подредакцией В.М. Родиновой. М.: Финансы и статистика, 1995.
2.
Д. Шим и Д. Сигел. Финансовый менеджмент. М.,1996.
3.
Д. Шим и Д. Сигел. Методы управления стоимостью и анализа затрат. М., 1995.
4.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Кичик ва ўрта тадбиркорликни
ривожлантиришни рағбатлантиришга оид қўшимча чора - тадбирлар тўғрисида"ги
Фармони, (1997. 31 январь). Солиқ ва божхона хабарлари, 1997 й. 6 - 12 январ. 7 -
сон.
