BUXORO AMIRLIGI TARIXIGA BAG‘ISHLANGAN TARIXIY
MANBALAR VA HARBIY SOHA
Tojiboyev Muhriddin Shokirjon o‘g‘li
Quvasoy shahar 5- maktabi tarix fani o‘qituvchisi.
Ma’lum bir davr tarixini yoritib berishda, albatta, qo‘lyozma asarlarga
tayanilgan xolda fikr bildiriladi. Buxoro xonligi tarixi, davlat boshqaruvi va harbiy
sohasi haqida ma’lumotlarni Buxoro tarixiga bag‘ishlab yozilgan asarlardan
topishimiz mumkin. Ushbu manbalarda Buxoro xonligida XVIII asr o‘rtalarida yuz
bergan siyosiy voqealarda mang‘it urug‘i vakillarini Buxoro xonligi taxtiga olib
chiqdi. Davlat hukmdorlari «amir» unvoni bilan yuritiladigan bo‘ldi va davlat ham
Buxoro amirligi degan nom oldi. Buxoro amirligi tarixiga oid yozma manbalar
ichida “Qushbegi arxivi” hujjatlari, “Tarixi salotini mang‘itiya”, “Tuhfai shohiy”,
“Dostoni amironi mang‘it”, “Tarixi amiri Haydar”, “Gulshan al-muluk”, “Risolai
muxtasari az tarixi salotini xonadoni mang‘itiya” kabi mahalliy tillarda yozilgan
asarlar bilan bir qatorda rus tarixchilaridan E.K.Meyndorf tomonidan 1820-yilda
yozilgan “Orenburgdan Buxoroga sayohat”, 1833-yilda tatar mullosi Mirzo Ja'far
nomi bilan 4 oy Buxoroda yashagan P.I.Demezonning “Buxoro xonligi haqida
qaydlar”, 1841 yilda Butenov elchiligi tarkibida Buxoroga tashrif buyurgan
I.Xanikovning “Buxoro xonligi ta'rifi” kabi asarlarini keltirib o'tish mumkin.
Shuningdek, ingliz josuslik hizmati vakillari Mir Izatullo va A.Berns tomonidan
hamda A.Vamberi tomonidan yozilgan asarlar ham Buxoro amirligining XIX asr
birinchi yarmi tarixiga oid muhim manbalar qatoridan o'rin olgan. Buxoro
hukumdori Amir Shohmurod (1785-1800) hukumronligi davridagi, moliyaviy
boshqaruv va soliqlar tartibini o‘rganishda Mirzo Badi-devonning “Majmai al-
arkam”asari muhim, rol o‘ynaydi. O‘rta Osiyo tarixchiligida Buxoroning yangi
zamon davri tarixiga bag‘ishlangan asarlar bilan XIX asr ikkinchi yarmida tanilgan
donishmand shoir yozuvchi va olim Ahmad Donish katta o‘rin egallaydi. Ular
orasida “Amir Doniyoldan amir Abdulahad zamonasigacha shavkatli Buxoro
amirligining hayoti tasviri” tarixiy risolasi, “Kamdan-kam xodisa”asari muhim
manba sifatida xizmat qila oladi.
Buxoro amirligi tarixiga oid muhim manbalardan saroy tarixchilari va
zamondoshlari tomonidan ham yozilgan. Jumladan tarixchi olimlardan Muhammad
Vafoiy Karminagiyning “Tuhfat ul-xoniy” yoki “Tarixi Rahimxoniy” asari bo‘lib, u
Buxoro amirligining 1722-1782 yillar oralig‘idagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘z
ichiga oladi. Muhammad Ya’qubning “Gulshan-ul mulk” asari ham mang‘itlar
sulolasining dastlabki davri bo‘yicha muhim manbadir. Asarda asosiy e’tibor
mang‘itlar davrini yoritishga bag‘ishlangan. Buxoro amirligi haqidagi navbatdagi
asar “Tarixi Amir Haydar” bo‘lib u XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning
birinchi yarmida o‘tgan buxorolik olimlar asaridir. Muhammad Mir Olim
Buxoriyning “Fatxnomayi sultoniy”asari ham mang‘itlar tarixi bo‘yicha muhim
asarlardan biridir. Ushbu asarda amir Shohmurod (1785-1800) davridan to Nasrullo
hukumronligining dastlabki yillarigacha Buxoro amirligida bo‘lib o‘tgan voqealarni
o‘z ichiga oladi.
Yana bir buxorolik tarixchi Mirzo Shams Buxoriy bo‘lib, u ajdodlari izidan
borib saroyda munshiylik qilgan. U fors-tojik tilida “Bayoni ba’zi havosidoti
Buxoro, Qo‘qon,Qoshg‘ar” asarini yozgan. Albatta, har qanday davlatning kuchi
uning lashkari bilan belgilanadi. Bu borada Buxoro amirligi qo‘shin salohiyati ham
Xiva va Qo‘qon xonligi kabi o‘ziga xos tarzda shakillangan edi.
Amir Haydar davriga (1800-1826) kеlib dastlabki tub oʻzgarishlar roʻy
bеrib, yaʻni maʻlum maʻnoda muntazam armiya tashkil etildi, dеyishga asos bor.
Buxoro
tarixiga
oid
qo‘lyozma
asarlar
sovet
davrida
L.M.Yepifanova,A.V.Vilidanova,A.R.Muhammadjonov, O.A.Suxareva tomonidan,
mustaqillik yillarida esa, Sh.X.Vohidov, D.Sh.Atadjanova, R.E.Xoliqova,
L.P.Muhammadjonova kabi olimlar tomonidan tegishli mavzu doirasida tadqiq
etilib ilmiy muoamalaga kiritilgan. Buxoro amirligi hukumdorlari ham xonlik
tarixni, ayniqsa, o‘zlarining hukumronlik davri tarixini yozib qoldirishga befarq
emas edilar. Garchi bu masala Xiva xonligidek izchillikda amalga oshirilmasada,
deyarli xar bir hukumdor davrida uning topshirig‘i bilan yoki unga xushomad
tariqasida yoki mutloqo ixtiyoriy, shaxsiy tashabbus asosida ko‘plab tarixiy asarlar
yaratilgan. Ularning mualliflari orasida sadoqatli amaldorlar, voqeanavislar, amir
xonadoniga mansub vakillar, ularning farzandlari ham bor edi.
Sarhadlarni mustahkamlash va faol tashqi siyosatni amalga oshirish,
qolaversa, davlat yaxlitligini saqlab turishda Buxoro amirligida harbiy ishga alohida
ahamiyat berilgan. Amirlik tashkil topgan vaqtda oʻzining muntazam qoʻshiniga ega
emas edi. Amirlikda mavjud boʻlgan oz sonli harbiylarning asosiy vazifasi amir va
uning a’yonlarini qoʻriqlash hamda shahar osoyishtaligini taʻminlash ishlari bilan
xaraktеrlanar edi. Urush vaqtlarida amir buyrugʻi bilan xalq lashkarlari toʻplanib,
harbiy harakatlariga jalb etilar edi. Amir Shohmurod hukmronligi davrida qoʻshin
ikki qanotdan iborat boʻlgan. Soʻl qanotda: mangʻit, kеnеgas, kеroit, doʻrmon,
qoʻnigʻirot, qiyot, qirgʻiz, xitoy, qipchoq, turkman, arlot, qalmoq, uygʻur
oʻgʻlonlardan tuzilgan dastalar tashkil etgan. Chap qanotda: qatagʻon, saroy, yabgʻu,
baxrin, jaloir,yuz, ming, naymon, qarluq, bеrkut, fulodchi, qirq, olchin, mojar,
chinboy, bеdoyil, bogʻlon, iloji, tugut va shogirdpеsha guruhlari joylashgan
Taʻkidlash joizki, sarbozlikka qabul qilinayotgan yuqorida aytib oʻtilgan urugʻ-
aymoqlardan qaysi biriga tеgishliligiga qarab mazkur guruhgagina qabul qilinib,
ular aralashtirib yuborilmagan. Mangʻitlar sulolasi hukmronligida amir Haydar
hukmronligi davriga (1800-1826) kеlib dastlabki tub oʻzgarishlar roʻy bеrib, yaʻni
maʻlum maʻnoda muntazam armiya tashkil etildi, dеyishga asos bor davriga (1800-
1826) kеlib dastlabki tub oʻzgarishlar roʻy bеrib, yaʻni maʻlum maʻnoda muntazam
armiya tashkil etildi, dеyishga asos bor.
Buning asosiy sabablaridan biri Buxoro amirligining sharqiy hududlarida
ayirmachilik harakatlarining kuchayishi edi. Bu harakatlarni bostirishda, albatta,
diplomatiya va kuchli qo‘shinning bo‘lishini sharoit taqazo qilmoqda edi. Uning
davrida harbiy qismlar ikki qismga: muntazam qo‘shin –navkar, muntazam
bo‘lmagan qo‘shin qoracherikka bo‘lingan.
1833-1834-yillarda Orenburg harbiy gubernatori topshirig‘i bilan Buxoroda
bo‘lgan P.I.Demezonning ma’lumotlariga ko‘ra, amirning 19000 muntazam qo‘shini
bo‘lgan. Qo‘shinga Buxoro viloyatidan 12000, Samarqand viloyatidan 2500,
Qarshidan 2500, Maymanada 1000, Qorako‘ldan 1000 askar yetkazib berilgan.
Buxoro viloyati qo‘shinlarining doimiy joylashgan lagerlari Jizzax, Boloqo‘rg‘on,
Nurota va boshqa hududlarda joylashgan. Buxoro amirligida harbiy amaldorlar
egallagan mansabiga qarab, oliy, o‘rta, quyi, guruhga bo‘lingan.
Amir Shohmurod islohotlari harbiylarga ham ta’sir ko‘rsatdi. U armiyada
qattiq intizom o‘rnatdi. Har bir bo‘linmaga mullani tayinladi. Buxoro qo‘shinlari
sonini 10 mingdan, 60 mingacha yetkazdi. Harbiy qo‘shinlar uchun oylik maosh
ham muntazam to‘lab borildi. Yefremov ma’lumotlariga ko‘ra, yillik ish haqi 2
chervon ( 6 rubl) hamda har bir askar uchun 4 botmon bug‘doy, jo‘xori ham
berilgan. Harbiy mukofot pullari ham berib borilgan. Buxoro armiyasida rus
asirlari,qolaversa, qochqinlar va turli muhojirlar ham muhim rol o‘ynagan.
Amirlik artillеriyasi Eronda ishlab chiqarilgan bir nеcha toʻplardan tashkil
etilgan boʻlib, ularning uch-toʻrttasi lafеt (tеmir suyanchiq)ga ega edi. Buxoro
amirligi qoʻshinidagi dastalarda askarlar soni bir xilda boʻlmagan. Harqaysi urugʻ va
hudud mavjud imkoniyatlardan kеlib chiqib yoki amirlikdagi nufuziga qarab qoʻshin
soni belgilangan. Amir Haydarning muntazam qoʻshin tuzish borasidagi
harakatlarini Buxoro amiri Nasrulloh (1827-1860) davom ettirdi.
Amir Nasrulloh maʻmuriy va siyosiy sohalarda islohotlar oʻtkazishdan
tashqari harbiy islohotlar qilishga ham katta eʻtibor qaratdi. Jumladan, Amir aholi,
qo‘shin va ulamolarning axvolidan yaxshi xabardor edi. Xar bir kishini munosib
himoya qilardi. Xalqning ulug‘larini sababsiz obro‘sizlantirmas edi. Uning
zamonida hamma fuqoro: raiyat va qo‘shin tinch, osuda, farog‘atda, arzonchilik,
obodonchilikda yashadi.
Bu hukmdorning saʻyharakatlari bilan piyoda askarlardan iborat sarbozlar va
toʻpchilarning muntazam qoʻshini tuzildi. 2000 kishiga yaqin boʻlgan otryad kalta
qizil kiygan va nayzali miltiq, qilich, toʻpponcha bilan qurollangan. Sarbozlarni
dehqonlar, hunarmandlar va asirlar orasidan tanlab olishgan. Ularga har kuni harbiy
bilim berilgan. Sarbozlar shahar chetidagi maxsus joylarda oʻz oilalari bilan
yashaganlar va xizmatdan boʻsh vaqtlarida xoʻjalik ishlari bilan shugʻullanganlar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Темиров, Ф., & Халикова, Н. (2021). Бухоро амирлигида ташқи сиёсат ва
дипломатиянинг ривожланиши тарихидан.
Scientific progress
,
2
(1), 1276-1282.
2.
Темиров, Ф., & Умаров, Б. (2021). Бухоро амирликда оила, никоҳ ва мерос ҳуқуқининг
амалда қўлланиши.
Scientific progress
,
2
(1), 1201-1207.
3.
Temirov,
F.
(2023).
SADRIDDIN
AYNIY
IJODIDA
TURKISTON
TARIXI
MASALALARI.
Farg'ona davlat universiteti
, (1), 70-70.
4.
Temirov, F. Of the journalistie work of Sadriddin Ayni Concerning Issues of Bukhara
history.
Irish Interdisciplinary of Science & Research (IIJSR) Vol
,
6
, 12-17.
5.
Темиров, Ф. У. (2023). Жизнь И Научно-Творческая Деятельность Садриддина Айни В
Трудах Его Современников.
Central Asian Journal of Social Sciences and History
,
4
(2), 128-
134.
6.
Темиров, Ф. У. (2022). Мустақил ўзбекистонда инсон ҳуқуқлари ва қадрини улуғлаш–энг
олий немат.
Academic research in educational sciences
, (1), 184-188.
7.
Umarov B.B. & Temirov, F. (2023). Sources of information on the socio-economic life of the
Somanian dynasty.
International Journal of Intellectual Cultural Heritage
,
3
(3), 35-41.
8.
Темиров, Ф., & Исломов, Д. (2021). САДРИДДИН АЙНИЙ–ЗАМОНДОШИ ФИТРАТ
ҲАҚИДА.
Scientific progress
,
2
(1), 1349-1354.
9.
RAJABOV, O. (2022). " TARIKHI MULLOZODA" IS AN IMPORTANT SOURCE ON THE
HISTORY OF THE SACRED PLACES AND SHRINES OF BUKHARA.
International Journal
of Intellectual Cultural Heritage
,
2
(2), 89-93.
10.
Rajabov, O. (2021). “Тарихи Муллозода” асари–Бухоро муқаддас қадамжолари ва
зиёратгоҳлари тарихи бўйича муҳим манба.
Центр научных публикаций (buxdu. uz)
,
8
(8).
11.
Rajabov, O. (2021). Chor Bakr tarixiy me’moriy majmuasi xususida.
Центр научных
публикаций (buxdu. uz)
,
8
(8).
12.
Rajabov, O. I. (2022). History of fortress of Makhmud Torobi.
International Journal of
Intellectual Cultural Heritage
,
2
(6), 50-54.
13.
Temirov, F., & Umarov, B. (2021). Practical application of family, marriage and
inheritance rights in bukhara emirates.
Scientific progress
,
2
(1), 1201-1207.
14.
Rajabov, O. I. (2021). Buxorodagi ayrim muqaddas qadamjo-qal’alar xususida.
Scientific
progress
,
1
(6), 1162-1168.
15.
Iskandarovich, R. O. (2022). Historical Architectural Complex of the Chor (Pers. Four)
Bakr Ensemble.
Telematique
, 6886-6890.
16.
Rajabov, O. I. (2022). History of fortress of Makhmud Torobi.
International Journal of
Intellectual Cultural Heritage
,
2
(6), 50-54.
17.
Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро шаҳри 11 дарвозасининг тарихи ва тақдири
(ўлкашунос ТФ Гелах тадқиқотларида). Тюркоязычные страны. Республиканский научно-
методический и познавательный журнал.
Алмати
,
2
, 6-8.
18.
Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро ўлкашунослиги тарихини ўрганишда СН Юренев
ёзишмаларининг ўрни.
Тошкент: Ўзбекистон Миллий университети хабарлари
, (1), 5-9.
19.
BAXTISHOD, U., & ULUG‘BEK, Q. Y. (2022). MS ANDREEV-THE GREAT
EASTERN SCIENTIST.
International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences
,
2
(3),
120-123.
20.
Болтаев, А. Х. (2019). Исследование С. Юренева в мечети Калян.
Вестник
археологии, антропологии и этнографии
, (1 (44)), 45-53.
21.
Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро ўлкашунослиги тарихини ўрганишда СН Юренев
ёзишмаларининг ўрни.
Тошкент: Ўзбекистон Миллий университети хабарлари
, (1), 5-9.
22.
Болтаев, А. Х. (2019). Бухарские коллекционеры. In
Россия-Узбекистан.
Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы
развития
(pp. 142-143).
23.
Болтаев, А. (2020). Бухородаги биринчи музей.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
1
(1).
24.
Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). MARRIAGE CEREMONY OF TAJIKS IN THE
WORK OF MIKHAIL STEPANOVICH ANDREYEV “TADJIKI DOLINI KHUF”.
International
Journal of Intellectual Cultural Heritage
,
3
(1), 12-16.
25.
Umarov, B. (2021). OLIY TA’LIMDA TALABALAR O ‘QUV-BILUV
FAOLIYATINING PSIXODIDAKTIK ASOSLARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
8
(8).
26.
Umarov, B. B. (2021). FAMILY AND MARRIAGE RELATIONS IN NA
KISLYAKOV'S RESEARCH.
Journal of Central Asian Social Studies
,
2
(02), 127-135.
27.
Naimov, I. N. (2021). A coverage of the activities of the Mangitic Emirs in the works of
Ahmad Donish.
International Journal on Integrated Education
,
4
(5), 36-45.
28.
Naimov, I. (2023). AHMAD DONISH ILMIY MEROSIDA ISLOM HUQUQI
MASALALARI.
Scientific journal of the Fergana State University
, (1), 71-71.
29.
Ismat, N. (2021). “MEYORU-Т-TADOYYUN” AS RELIGIOUS AND MORAL
SOURCE.
The Light of Islam
,
2021
(2), 46-54.
30.
Klichev, O. (2020). Scholarships of Emirs of Bukhara.
Oriente moderno
,
100
(1), 57-74.
31.
Кличев, О. А. (2020). Особенности приема посольств Российской Империи в
Бухарском Эмирате во второй половине XIX в.
Россия и мусульманский мир
, (1 (315)), 99-
113.
32.
Klichev, O. A. (2016). Discourse to the history of political аgency in the emirate of
Bukhara.
Europaische Fachhochschule
, (8), 14-15.
33.
Umarov, B. (2020). БУЮК ОЛИМ НА КИСЛЯКОВНИНГ ПЕДАГОГЛИК
ФАОЛИЯТИГА НАЗАР.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
34.
Abdurasulovich, K. O. (2023). ACTIVITY OF EDITORS OF" BUKHORONOMA"
NEWSPAPER.
Open Access Repository
,
4
(3), 1385-1388.
35.
Кличев, О. (2020). БУХОРО АМИРЛИГИ ВА РОССИЯ ИМПЕРИЯСИ
ЎРТАСИДАГИ
ДИПЛОМАТИК
МУНОСАБАТЛАРДА
СОВҒА
АЛМАШИНУВ
ТАРТИБЛАРИ.
Farg'ona davlat universiteti
, (4), 71-74.
36.
Beshimov, M. (2022). Abdulvahid Munzim-enlightened poet, state and public
figure.
International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences
,
2
(6), 52-56.
37.
BESHIMOV, M. (2022). Amir Said Alimkhan and Young Bukhara residents.
International
Journal of Intellectual Cultural Heritage
,
2
(2), 78-83.
38.
Beshimov, M. (2023). ISSUES OF AGGRESSION OF THE RUSSIAN EMPIRE IN THE
WORKS OF MIRZO SOMI.
Modern Science and Research
,
2
(7), 316-321.
39.
Beshimov, M. (2021). Mang'itlar davrida Buxoroda madaniy hayot.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
7
(7).
40.
UMAROV, B. (2022). ARCHITECTURE OF BUKHARA IN THE ASHTARKHANID
PERIOD.
International Journal of Intellectual Cultural Heritage
,
2
(2), 94-100.
41.
Beshimov, M. (2023). THE HISTORY OF BUKHARA OF THE DOCUMENTS OF THE
QUSHBEGI ARCHIVE IMPORTANCE IN LEARNING.
Modern Science and Research
,
2
(7),
305-309.
42.
SHAROPOV, D. (2022). ПРАВИТЕЛЬ МАНГЫТОВ ЭМИР ХАЙДАР.
International
Journal of Intellectual Cultural Heritage
,
2
(2), 101-104.
43.
Ravshanovich, S. D. (2022). CURRENTLY, THE PLACE OF AFGHANISTAN IN THE
COMMUNICATION OF CENTRAL AND SOUTH ASIA.
International Journal of Intellectual
Cultural Heritage
,
2
(6), 55-59.
44.
Sharopov, D. (2021). ABDURAZZOQ SAMARQANDIYNING “MATLAI SA'DAYN
VA MAJMAI BAHRAYN” ASARINING O'RGANILISH TARIXI.
Scientific progress
,
2
(1),
358-361.
45.
Nosirov, S. (2022). Sadriddin Ayniy asarlari buxoro inqilobini tarixini o ‘rganuvchi manba
sifatida.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
26
(26).
46.
Sherzod, N. (2023). HISTORIAN SCIENTIST POLAT SOLIYEV IS A RESEARCHER
OF THE HISTORY OF BUKHARA.
International Journal of Philosophical Studies and Social
Sciences
,
3
(3), 32-38.
47.
Bakhtishod, U. (2024). CONSTRUCTIVE ACTIVITIES TO THE SAMANID
RULERS.
Western European Journal of Historical Events and Social Science
,
2
(5), 169-172.
48.
Sherzod O‘ktam o‘g, N., & Komilovich, B. M. (2023). Illumination of socio-economic
issues in Turkestan in the works of Professor Polat Soliyev.
Telematique
,
22
(01), 1278-1282.
49.
Nosirov, S. (2023). TARIXCHI OLIM PO ‘LAT SOLIEV IJODIDA TURKISTON
TARIXI MASALALARINING YORITILISHI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
29
(29).
50.
Umarov, B. (2023). ARAB MANBALARIDA BUXORO SHAHRI TAVSIFI (“KITOB
AL-MASOLIK VAL MAMALIK” MISOLIDA).
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
38
(38).
51.
Umarov B. NA KISLYAKOV TADQIQOTLARIDA BUXORO AMIRLIGIDAGI
FEODAL VA QISHLOQ XO‘JALIGI MUNOSABATLARINING YORITILIShI //ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2021. – Т. 6. – №. 6.
