Authors

  • Sabrinabonu Toyirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.44363

Keywords:

Qodirko‘l oqsoqol Yo‘ldosh amin To‘raboy

Abstract

XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida Buxoro , Karmana va Qorako`l vohalarini o`z ichiga olgan Quyi Zarafshon vohasida dehqonchilik madaniyatining o`ziga xos an`analari yuzaga kelgan . Bu an`analar avvalambor dehqonchilik texnikasi va mehnat qurollari bilan bog`liq bo`lgan. Buxoro vohasi aholisi er – suvdan jamoa bo‘lib foydalanishgan. Shu bilan birga barcha sug‘orish ariqlarini ham har yili kuz fasli va erta bahorda birgalikda tozalashgan. Katta ariqlarni qazish va to‘g‘on va dambalar qurish ishlari esa ommaviy ravishda, hashar yo`li orqali jamoa bo‘lib bajarilgan. Albatta, bu ishlarni amalga oshirishda yuzlab – minglab jamoa a’zolari qo`l kuchidan foydalanilgan.

background image

BUXORO QISHLOQ XO’JALIGI MADANIYATI TARIXIDAN

(XIX asr oxiri-XX asr boshlari)

Toyirova Sabrinabonu

UrDU Tarix yo’nalishi talabasi.

XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida Buxoro, Karmana va Qorako`l
vohalarini o`z ichiga olgan Quyi Zarafshon vohasida dehqonchilik madaniyatining
o`ziga xos an`analari yuzaga kelgan . Bu an`analar avvalambor dehqonchilik
texnikasi va mehnat qurollari bilan bog`liq bo`lgan. Buxoro vohasi aholisi er –
suvdan jamoa bo‘lib foydalanishgan. Shu bilan birga barcha sug‘orish ariqlarini
ham har yili kuz fasli va erta bahorda birgalikda tozalashgan. Katta ariqlarni qazish
va to‘g‘on va dambalar qurish ishlari esa ommaviy ravishda, hashar yo`li orqali
jamoa bo‘lib bajarilgan. Albatta, bu ishlarni amalga oshirishda yuzlab – minglab
jamoa a’zolari qo`l kuchidan foydalanilgan.

Vohada XX asrning boshlariga kelib, sinfiy jamiyat talablari asosida erlar

tobora yakka shaxslarning, ya’ni yirik er egalarining qo‘liga o‘tib, ularning xususiy
mulkiga aylana boshlashi bilan jamoaviy munosabatlar ham asta-sekin emirila
boshlangan. Shunga qaramasdan Buxoro amirligining bekliklarida hamda tog` va
tog‘ oldi hududlarda jamoaviy munosabatlar saqlanib qolishi geohududiy omil bilan
bo`liq. Shu sababli anhor va ariqlarni tozalashga jamoa a’zolari va boylardan, ya’ni,
katta er egalaridan alohida-alohida hasharchilar olingan. G‘uzor bekligiga qarashli
Qorako‘l qishlog‘ilik Mulla Davlat, Qodirko‘l oqsoqol, Yo‘ldosh amin, To‘raboy,
Suvonboylarning ancha eri bo‘lgan. Ular suv yo‘llarini tozalash uchun ko‘proq
mardikor yollashgan. Vohaga yaqin yoki undan sug`oriladigan qishloqlar aholisi
alohida bir jamoani tashkil etgan. Tabiiyki, bu qishloq jamoalari yana kichik ekin
maydonlari ham tuzgan. Ularni vohaning bir qancha tumanlarida “paykal” deb
ataganlar [6].

An’anaga ko‘ra, erta ko‘klamda dala ishlari boshlanishidan oldin xar yili voha

qishloq aholisi o‘zlarining jamoa erlariga to`planib, oralaridan yoshi ulug‘, obro‘li
va tajribali bir kishini oqsoqol qilib saylashgan. Ushbu yig‘inda mirob, dorug‘a,
hatto sartarosh xam saylangan. Faqat oilali kishilar hisobga olinib, paykallarga
bo‘lingan. Har bir Paykalga 8 kishi (“tan”) kirgan.[9] Demak, shu 8 kishi paykalga
taalluqli barcha engil va mashaqqatli ishlarni amalga oshirgan. Ariq va anhorning
uzun-qisqaligiga qarab paykallardan hasharchilar olingan. Paykal a’zolari qat`iy
tartib intizom asosida navbati bilan suv yo‘llarini tozalashda qatnashishgan.

Paykalga kirmagan, suv chiqishi qiyin bo‘lgan partov erlar, ya’ni bo‘sh erlar

«posira»

, unda ishlovchilar “posirakorlar” deb atalgan. Posira erlarda hosil

etishtirish juda mushkul bo‘lgan. Dastlab bu erlarga lalmikor ekinlar ekilib, qor va
yomg‘ir suvi bilan sug‘orilgan. Kamdan-kam hollarda dehqonlar o`zlariga tegishli
yerlarnioqar suv bilan bir - ikki bor sug‘orishgan, ya’ni bunday erlarga ekilgan
ekinlar zahmat chekish bilan sug‘orilgan. Shu sababdan bo‘lsa kerak suv
inshootlarini tartibga keltirishda posirachilar kamdan – kam hollardagina ishtirok
etishgan.

Vohadagi barcha bekliklarga qarashli qishloq aholisiniig jamoa eri va posira

erlaridan tashqari o‘z tomorqasi ham bo‘lgan. Bu erlar qishloqlarda 5 paxsa devor
yoki chimdevor bilan o‘rab olingan. Qarako`l, Olot va boshqa tumanlarning dasht


background image

hududlarida devor bilan o‘rashga ehtiyoj sezilmaganligi bois ma’lum bir belgilar
qo‘yilgan va bunday erlar odatda “hayat” deb atalgan[2].

O‘rta Osiyoning boshqa xududlarida bo‘lgani singari Buxoro vohasida ham

suv tanqislisligi yuz berib turgan. Shu bois mahalliy xalq sug`orish
shohobchalaridan foydalanishning tartib – qoidalari va usullarini yaxshi
bilishgan[2]. Dehqonlar suv tanqis bo‘lgan hududlarda suvdan navbat bilan
foydalanishga qat’iy rioya etishgan. Suv miqdori muayyan tartibda o‘lchangan.
Masalan, “bir suv-ariqdan bir kecha-kunduzda oqib o‘tgan suv: “bir tegirmon” yoki
“tosh” - bir pud donni tegirmonda tortguncha ketadigan suv “bir qo‘sh” - bir qo‘sh
ho‘kiz bilan haydalgan erni sug‘orish uchun etadigan suv” kabi suv o‘lchovlari
keng qo‘llanilgan. Buxoroning suvga tanqis tumanlarida jamoa foydalanadigan
paykallarda bir qo‘sh erga beriladigan suv “mo‘ndi” bilan o‘lchangan. Mo‘ndi -
tubi teshilgan, taxminan o‘n litr suv sig‘adigan oddiy sopol ko‘zacha bo‘lib, undagi
suv oqib bo‘lishiga qarab suv miqdorini o‘lchaganlar. Shuni ta’kidlash kerakki,
paykal va hayat erlarini sug‘orishning u yoki bu usullari suvning oz - ko‘pligiga
qarab tanlangan. Vohaning o‘rta qismida dehqonlar sug‘orishning “bir quloq”
usulidan ko‘proq foydalanishgan. Bunda vaqt hisobi quyosh harakatiga karab
belgiangan. Miroblar paykal a’zolarining eri qanchaligini juda yaxshi bilishgan va
shunga qarab vaqt ajratishgan. XX asrning boshlariga kelib boy-badavlat kishilar
o‘z mavqelaridan foydalanib, ayrim hollarda belgilangan tartiblarni ham
buzishgan.[2]

Romitan tumanidaga Qo`rg`on qishlog‘ida 50 ta paykal bo‘lib, bir kecha -

kunduzda uchtadan paykal sug`orilishi kerak bo‘lgan. Ikkita paykal kunduzi, bittasi
esa kechasi sug‘orilgan. Har paykalga 16-17 kunda bir bor navbat kelgan. Qo‘shni
qishloq Romishda esa 37 taga yaqin paykal bo‘lgan. Qishloq oqsoqoli
boshchiligida chokboshlar (bu qishloqda paykalboshi yig‘ilishib, suv navbatini
belgilashgan. O‘rta kattaliklagi bir chelak suv keladigan sopol ko‘zaning tagini
teshib suv oqizishgan. Aynan shu holni boshqa qishloqlarda ham ko‘rish mumkin
edi.
Insoniyat hayoti, xo`jalik faoliyati ko`p jihatdan dehqonchilik ishlab
chiqarishiga bog`liq bo`lib , mehnat qurollari uzoq o`tmishdan qolgan shakllarda
edi. Yerni haydab shudgor qilish , yoki ekinlarga ishlov berish qo`sh-ho`kizlar
yordamida amalga oshirilar , shuning uchun ishchi hayvonlarning buxoroliklar
hayotidagi ahamiyati nihoyatda baland bo`lgan. Ishchi hayvonlarni yaxshi
oziqlantirish, ularni asrab avaylash hayotiy zaruriyatga aylangan edi. Kuzgi
shudgor paytida ham asosiy ishchi kuchi qo`sh-ho`kizlar bo`lib , ular qo`shilgan
omochlarda yer haydalar , shudgor qilinar edi. Erta bahorda esa yerni ekishga
tayyolash , six mola qilishda ham asosiy ishchi hayvon ho`kizlar, ba`zan otlardan
foydalanilar edi. Bahorgi yumushlar qizigan mart – aprel oylarida kunlar uzayib ,
havo harorati ham ko`tarilib borar , bunday sharoitda ayniqsa qishdan “eti yupun
bo`lib, yoki yo`g`on cho`zildi – ingichka uzildi”[3] bo`lib chiqqan jonivorlarning
xizmatidan foydalanish barobarida ularni asrab – avaylash ham zarur bo`lgan .

Qadimgi buxoroliklar ishchi hayvonlarni yaxshi oziqlantirish bilan birga ularni

salqin vaqtda, ko`proq tunda va erta saharda ishga solganlar. Bahorgi yumushlar
qizigan pallada ishga solingan ho`kizlarga nisbattan “gava pushtash oftoba


background image

nabinad”-Ho’kizning tanasi quyosh ko’rmasin iborasi shundan shundan kelib
chiqqan bo`lib, ho`kizlarni, umuman ishchi jonivorlarni quyosh tig`ida
ishlatmasdan, ularni asrab – avaylash , ishni salqin vaqtda amalga oshirish lozimligi
nazarda tutilgan [4] .

Buxoroning issiq va quruq havo sharoiti , suv tanqisligi davrida balandligi bir

metrcha keladigan oq jo`xorining har bir tubiga alohida – alohida ishlov berilib,osti
yumshatilib,yumshoq tuproqdan kunda ostiga tortilib, to`pcha qilingan . Buning
natiasida nam uzoq saqlangan va butaning mustahkamligi, shamol va tabiiy
ofatlarga bardoshligi oshgan . Oq joxori 2 - 2,5 metr balandlikkacha o`sib , har bir
tubi 3 - 4 tagacha bosh bog`lagan yoki har bir tubdan kamida bir kilogacha hosil
olingan. Qishloq joylarida yashovchi buxoroliklarning ayvonida uzun qator qilib
osib qo`yilgan oq jo`xori boshlarini kech kuzgacha uchratish mumkin edi. Yozning
issig`ida obdon qurigan oq jo`xori boshlari yanchilib , doni sovurilib olingan ,
yaxshilab tozalanib, alohida quruq joyda saqlangan.Kuz va qish mavsumlarida
uning donidan go’ja taomi pushirilib iltemol qilingan
Buxoro an`anaviy dehqonchiligining yana bir usuli poliz mahsulotlaridan
qovun va tarvuz etishtirishda qo`llangan “Varqoni” usulidir. Bu usul haqidagi
ma`lumotlarni tarixiy yozma manbalarda uchratmadik. Axborotchilarning
xotiralariga suyanib fikr yuritdik.

Buxoro vohasida qadimdan ishlatilib kelayotgan er yumshatgich vositasi

belkurakdir. Bu asbob temirdan yasalgan bo‘lib, ishlatuvchining xohishiga qarab,
maxsus quloq yasatilgan. Quloq belkurakning o‘ng yoki chap tomonida bo‘lgan.
Ba’zi xonadonlarda ikki tepki quloq ishlangan belkurak bo‘lgan. Belkurak erni
kovlash, aravaga go‘ng yoki tuproq ortish, ariq qazish va paxsa devor qurishda
qo‘llanilgan. Belkurakning uzunligi 25-27 sm, eni 20-23 sm atrofida bo‘lgan.
Dastasining uzunligi 1,3-1,5 metrni tashkil etgan. Loy ishlarida belkurakdan
farqliroq, loyni kesishga qulay va engil bo‘lgan kapcha ishlatilgan.

Qadimda dehqonchilikda keng ishlatiladigan mehnat quroli ketmon bo‘lib.

Buxoro vohasi ziroatchilari uchun ham bu qurolning xizmati katta bo‘lgan.
Bog‘dorchilik, polizchilik, sabzavotchilik va g‘allachilikda, umuman, er ishlarida
ketmon ishlatilgan. Ketmonlar ham shakli va hajmiga qarab bir-biridan farqlangan.
Eni 30-32 sm, uzunligi 25-27 sm bo‘lgan ketmonlar tuproq yuklarida, ayniqsa,
jo‘yak olish, uvat ko‘tarish, egat olish vaer tekislashda ko‘proq ishlatilgan. Hajmi
kichik ketmonlar esa o‘simliklarning tagini yumshatish va chopiq qilishda
qo‘llanilgan. Ketmon dastasi asosan tol daraxtidan tayyorlangan. Voha dehqonlari
erdan ko‘proq hosil olish uchun unga sifatli ishlov berishgan. Tadbirkor boylar
kuzda erni bir-ikki marta ko‘sh bilan haydashgan. Mola bosish, dalalrga suv
tarqatish va mahalliy o‘g`itlarni berish ishlari ham tajribali dehqonlar maslahati
bilan amalga oshirilgan. Almashlab ekish ham dehqonchilikda asosiy o‘rinda
turgan. O‘simliklarning mavsumiy xususiyatlaridan kelib chiqib, birining o‘rniga
ikkinchisini ekishgan. Albatta, bu jarayonda ob – havoning qanday kelishi va
tuproqning o`ziga xos xususiyatlari ham hisobga olingan.

O‘rta Osiyodagi barcha xalqlar singari Buxoro vohasi dehqonlari ham XX

asrning boshlarida donli ekinlarni ko‘proq ekishgan. Kuzda haydalgan erlarga
bug‘doy, arpa ekilgan. Urug‘ qo‘l bilan sepilgan va ustidan mola tortilgan. Don


background image

ekilgan to‘qay erlar asosan. maysa unib chiqqach, boshoq olish oldidan va don
xamirga aylanganidan so‘ng 2-3 marta sug‘orilgan.[6]

XIX asrning oxirlarida Turkiston o‘lkasida sug‘oriladigan barcha maydonning

70 foiziga g‘o‘za ekilgan, xolos. Paxta maydonlari Buxoro amirligida 62 foiz,
birgina Qashqadaryo vohasida esa 2 ming gektarni tashkil etgan.[8] XX asrning
boshlarida Buxoro amirligi Angliyaga va boshqa chet mamlakatlarga turli xil
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotgan. Mahsulotlar ichida paxta ko‘p bo‘lgan. Bu
esa o‘z navbatida Buxoro vohasining Qorako`l, Olot, Romitan kabi tumanlarida
paxtaning ko‘p ekilishiga sabab bo‘lgan. Vohada «Mavri g‘o‘za», «Malla paxta»
navlari ekilgan. Chorikorlar etishtirgan paxta hosili katta er egalari tomonidan
sotilgan. Boylar korxonalar (paxtani qayta ishlaydigan kichik korxona) qurib,
paxtani chigitdan ajratishgan va olingan toladan ip yigirishgan. Iplardan shoyi
matolar to‘qishgan. O‘rta Osiyo xonliklari bilan savdo-sotiqni rivojlantirish
masalasini

o‘rganish

uchun

yuborilgan

polkovnik

Strukovning

yozishicha,«Osiyoliklar keltirayotgan turli xil to‘qima matolarni oddiy xalq juda
xush ko‘rib ishlatadi, chunki ular yumshoq va chidamli bo‘lgani uchun davlatdagi
armiya uchun juda zarur bo‘lgan kanop mato o‘rnini bosa oladi»[10].Rus
zobitining bu fikrlarini axborotchtarimizdan olingan ma’lumotlar ham tasdiqlaydi.

Yashash sharoiti qanchalik og‘ir bo‘lmasin, voha ziroatchilari hamisha bir-

biriga yordam qo‘lini cho‘zib kelgan. Ariq ochish, tozalash ishlari kuzning oxiri va
qish davri hamda erta bahorda hashar yo‘li bilan amalga oshirilgan bo‘lsa,
xirmondagi donni ajratish, g‘o‘zani chopiq qilish, ko‘sak chuvish, tok, anor,
anjirlarni ko‘mish va ochish, daraxtlarga ishlov va shakl berish kabi ishlarni ham
dehqonlar hamjihat bo‘lib bajarishgan.

Birinchi jahon urushi arafasida Rossiyaning Turkistonda olib borgan

mustamlakachilik siyosati boshqa soha vakillari kabi dehqonlarning ham ahvolini
og‘irlashtirgan. Soliqlarning haddan ortiq ko‘payganligi ekin maydonlarining
qisqarishiga olib keladi. Xalq bir amallab tirikchilik o‘tkazish uchun ishchi ho`kiz
o`rnida hattoki o‘zlarini omochga qo‘shib er haydaganliklari, ketmon bilan ertayu –
kech er chopganliklari haqidagi ma’lumotlar axborotchilarimiz xotiralarida
saqlangan.

Almashlab ekish an’anasiga rioya etilmaganligi natijasida g‘o‘zaning yomon

parvarish qilinishi dalalarning quvvatsizlanishiga, paxta hosilining pasayishi va
majud navlarning buzilishiga, shuningdek, boshqa sifat ko‘rsatkichlarining
yomonlashuviga olib keldi. 1916 yildagi ob-havo sharoiti (ko‘klamning kech va
sovuq kelishi, yozdagi qurg‘oqchilik, chigirtka bosishi) iqtisodiyotning va
paxtachilik agrotexnikasining ahvolini yanada og‘irlashtirdi.

Butun Turkiston o‘lkasi uchun berilgan bu tavsif Buxoro vohasidagi ahvolni

ham ifodalagan, desak xato bo‘lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Темиров, Ф., & Халикова, Н. (2021). Бухоро амирлигида ташқи сиёсат ва

дипломатиянинг ривожланиши тарихидан.

Scientific progress

,

2

(1), 1276-1282.

2.

Темиров, Ф., & Умаров, Б. (2021). Бухоро амирликда оила, никоҳ ва мерос ҳуқуқининг

амалда қўлланиши.

Scientific progress

,

2

(1), 1201-1207.


background image

3.

Temirov,

F.

(2023).

SADRIDDIN

AYNIY

IJODIDA

TURKISTON

TARIXI

MASALALARI.

Farg'ona davlat universiteti

, (1), 70-70.

4.

Temirov, F. Of the journalistie work of Sadriddin Ayni Concerning Issues of Bukhara

history.

Irish Interdisciplinary of Science & Research (IIJSR) Vol

,

6

, 12-17.

5.

Темиров, Ф. У. (2023). Жизнь И Научно-Творческая Деятельность Садриддина Айни В

Трудах Его Современников.

Central Asian Journal of Social Sciences and History

,

4

(2), 128-

134.

6.

Темиров, Ф. У. (2022). Мустақил ўзбекистонда инсон ҳуқуқлари ва қадрини улуғлаш–

энг олий немат.

Academic research in educational sciences

, (1), 184-188.

7.

Umarov B.B. & Temirov, F. (2023). Sources of information on the socio-economic life of the

Somanian dynasty.

International Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

3

(3), 35-41.

8.

Темиров, Ф., & Исломов, Д. (2021). САДРИДДИН АЙНИЙ–ЗАМОНДОШИ ФИТРАТ

ҲАҚИДА.

Scientific progress

,

2

(1), 1349-1354.

9.

RAJABOV, O. (2022). " TARIKHI MULLOZODA" IS AN IMPORTANT SOURCE ON

THE HISTORY OF THE SACRED PLACES AND SHRINES OF BUKHARA.

International

Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

2

(2), 89-93.

10.

Rajabov, O. (2021). “Тарихи Муллозода” асари–Бухоро муқаддас қадамжолари ва

зиёратгоҳлари тарихи бўйича муҳим манба.

Центр научных публикаций (buxdu. uz)

,

8

(8).

11.

Rajabov, O. (2021). Chor Bakr tarixiy me’moriy majmuasi xususida.

Центр научных

публикаций (buxdu. uz)

,

8

(8).

12.

Rajabov, O. I. (2022). History of fortress of Makhmud Torobi.

International Journal of

Intellectual Cultural Heritage

,

2

(6), 50-54.

13.

Temirov, F., & Umarov, B. (2021). Practical application of family, marriage and

inheritance rights in bukhara emirates.

Scientific progress

,

2

(1), 1201-1207.

14.

Rajabov, O. I. (2021). Buxorodagi ayrim muqaddas qadamjo-qal’alar xususida.

Scientific

progress

,

1

(6), 1162-1168.

15.

Iskandarovich, R. O. (2022). Historical Architectural Complex of the Chor (Pers. Four)

Bakr Ensemble.

Telematique

, 6886-6890.

16.

Rajabov, O. I. (2022). History of fortress of Makhmud Torobi.

International Journal of

Intellectual Cultural Heritage

,

2

(6), 50-54.

17.

Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро шаҳри 11 дарвозасининг тарихи ва тақдири

(ўлкашунос ТФ Гелах тадқиқотларида). Тюркоязычные страны. Республиканский научно-
методический и познавательный журнал.

Алмати

,

2

, 6-8.

18.

Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро ўлкашунослиги тарихини ўрганишда СН Юренев

ёзишмаларининг ўрни.

Тошкент: Ўзбекистон Миллий университети хабарлари

, (1), 5-9.

19.

BAXTISHOD, U., & ULUG‘BEK, Q. Y. (2022). MS ANDREEV-THE GREAT

EASTERN SCIENTIST.

International Journal of Philosophical Studies and Social

Sciences

,

2

(3), 120-123.

20.

Болтаев, А. Х. (2019). Исследование С. Юренева в мечети Калян.

Вестник

археологии, антропологии и этнографии

, (1 (44)), 45-53.

21.

Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро ўлкашунослиги тарихини ўрганишда СН Юренев

ёзишмаларининг ўрни.

Тошкент: Ўзбекистон Миллий университети хабарлари

, (1), 5-9.

22.

Болтаев, А. Х. (2019). Бухарские коллекционеры. In

Россия-Узбекистан.

Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы
развития

(pp. 142-143).

23.

Болтаев, А. (2020). Бухородаги биринчи музей.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz)

,

1

(1).


background image

24.

Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). MARRIAGE CEREMONY OF TAJIKS IN THE

WORK

OF

MIKHAIL

STEPANOVICH

ANDREYEV

“TADJIKI

DOLINI

KHUF”.

International Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

3

(1), 12-16.

25.

Umarov, B. (2021). OLIY TA’LIMDA TALABALAR O ‘QUV-BILUV

FAOLIYATINING PSIXODIDAKTIK ASOSLARI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz)

,

8

(8).

26.

Umarov, B. B. (2021). FAMILY AND MARRIAGE RELATIONS IN NA

KISLYAKOV'S RESEARCH.

Journal of Central Asian Social Studies

,

2

(02), 127-135.

27.

Naimov, I. N. (2021). A coverage of the activities of the Mangitic Emirs in the works of

Ahmad Donish.

International Journal on Integrated Education

,

4

(5), 36-45.

28.

Naimov, I. (2023). AHMAD DONISH ILMIY MEROSIDA ISLOM HUQUQI

MASALALARI.

Scientific journal of the Fergana State University

, (1), 71-71.

29.

Ismat, N. (2021). “MEYORU-Т-TADOYYUN” AS RELIGIOUS AND MORAL

SOURCE.

The Light of Islam

,

2021

(2), 46-54.

30.

Klichev, O. (2020). Scholarships of Emirs of Bukhara.

Oriente moderno

,

100

(1), 57-74.

31.

Кличев, О. А. (2020). Особенности приема посольств Российской Империи в

Бухарском Эмирате во второй половине XIX в.

Россия и мусульманский мир

, (1 (315)), 99-

113.

32.

Klichev, O. A. (2016). Discourse to the history of political аgency in the emirate of

Bukhara.

Europaische Fachhochschule

, (8), 14-15.

33.

Umarov, B. (2020). БУЮК ОЛИМ НА КИСЛЯКОВНИНГ ПЕДАГОГЛИК

ФАОЛИЯТИГА НАЗАР.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).

34.

Abdurasulovich, K. O. (2023). ACTIVITY OF EDITORS OF" BUKHORONOMA"

NEWSPAPER.

Open Access Repository

,

4

(3), 1385-1388.

35.

Кличев, О. (2020). БУХОРО АМИРЛИГИ ВА РОССИЯ ИМПЕРИЯСИ

ЎРТАСИДАГИ

ДИПЛОМАТИК

МУНОСАБАТЛАРДА

СОВҒА

АЛМАШИНУВ

ТАРТИБЛАРИ.

Farg'ona davlat universiteti

, (4), 71-74.

36.

Beshimov, M. (2022). Abdulvahid Munzim-enlightened poet, state and public

figure.

International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences

,

2

(6), 52-56.

37.

BESHIMOV,

M.

(2022).

Amir

Said

Alimkhan

and

Young

Bukhara

residents.

International Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

2

(2), 78-83.

38.

Beshimov, M. (2023). ISSUES OF AGGRESSION OF THE RUSSIAN EMPIRE IN THE

WORKS OF MIRZO SOMI.

Modern Science and Research

,

2

(7), 316-321.

39.

Beshimov, M. (2021). Mang'itlar davrida Buxoroda madaniy hayot.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

7

(7).

40.

UMAROV, B. (2022). ARCHITECTURE OF BUKHARA IN THE ASHTARKHANID

PERIOD.

International Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

2

(2), 94-100.

41.

Beshimov, M. (2023). THE HISTORY OF BUKHARA OF THE DOCUMENTS OF THE

QUSHBEGI ARCHIVE IMPORTANCE IN LEARNING.

Modern Science and Research

,

2

(7),

305-309.

42.

SHAROPOV, D. (2022). ПРАВИТЕЛЬ МАНГЫТОВ ЭМИР ХАЙДАР.

International

Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

2

(2), 101-104.

43.

Ravshanovich, S. D. (2022). CURRENTLY, THE PLACE OF AFGHANISTAN IN THE

COMMUNICATION OF CENTRAL AND SOUTH ASIA.

International Journal of Intellectual

Cultural Heritage

,

2

(6), 55-59.

44.

Sharopov, D. (2021). ABDURAZZOQ SAMARQANDIYNING “MATLAI SA'DAYN

VA MAJMAI BAHRAYN” ASARINING O'RGANILISH TARIXI.

Scientific progress

,

2

(1),

358-361.


background image

45.

Nosirov, S. (2022). Sadriddin Ayniy asarlari buxoro inqilobini tarixini o ‘rganuvchi

manba sifatida.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

26

(26).

46.

Sherzod, N. (2023). HISTORIAN SCIENTIST POLAT SOLIYEV IS A RESEARCHER

OF THE HISTORY OF BUKHARA.

International Journal of Philosophical Studies and Social

Sciences

,

3

(3), 32-38.

47.

Bakhtishod, U. (2024). CONSTRUCTIVE ACTIVITIES TO THE SAMANID

RULERS.

Western European Journal of Historical Events and Social Science

,

2

(5), 169-172.

48.

Sherzod O‘ktam o‘g, N., & Komilovich, B. M. (2023). Illumination of socio-economic

issues in Turkestan in the works of Professor Polat Soliyev.

Telematique

,

22

(01), 1278-1282.

49.

Nosirov, S. (2023). TARIXCHI OLIM PO ‘LAT SOLIEV IJODIDA TURKISTON

TARIXI MASALALARINING YORITILISHI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.

uz)

,

29

(29).

50.

Umarov, B. (2023). ARAB MANBALARIDA BUXORO SHAHRI TAVSIFI (“KITOB

AL-MASOLIK VAL MAMALIK” MISOLIDA).

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.

uz)

,

38

(38).

51.

Umarov B. NA KISLYAKOV TADQIQOTLARIDA BUXORO AMIRLIGIDAGI

FEODAL VA QISHLOQ XO‘JALIGI MUNOSABATLARINING YORITILIShI //ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2021. – Т. 6. – №. 6.

References

Темиров, Ф., & Халикова, Н. (2021). Бухоро амирлигида ташқи сиёсат ва дипломатиянинг ривожланиши тарихидан. Scientific progress, 2(1), 1276-1282.

Темиров, Ф., & Умаров, Б. (2021). Бухоро амирликда оила, никоҳ ва мерос ҳуқуқининг амалда қўлланиши. Scientific progress, 2(1), 1201-1207.

Temirov, F. (2023). SADRIDDIN AYNIY IJODIDA TURKISTON TARIXI MASALALARI. Farg'ona davlat universiteti, (1), 70-70.

Temirov, F. Of the journalistie work of Sadriddin Ayni Concerning Issues of Bukhara history. Irish Interdisciplinary of Science & Research (IIJSR) Vol, 6, 12-17.

Темиров, Ф. У. (2023). Жизнь И Научно-Творческая Деятельность Садриддина Айни В Трудах Его Современников. Central Asian Journal of Social Sciences and History, 4(2), 128-134.

Темиров, Ф. У. (2022). Мустақил ўзбекистонда инсон ҳуқуқлари ва қадрини улуғлаш–энг олий немат. Academic research in educational sciences, (1), 184-188.

Umarov B.B. & Temirov, F. (2023). Sources of information on the socio-economic life of the Somanian dynasty. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 3(3), 35-41.

Темиров, Ф., & Исломов, Д. (2021). САДРИДДИН АЙНИЙ–ЗАМОНДОШИ ФИТРАТ ҲАҚИДА. Scientific progress, 2(1), 1349-1354.

RAJABOV, O. (2022). " TARIKHI MULLOZODA" IS AN IMPORTANT SOURCE ON THE HISTORY OF THE SACRED PLACES AND SHRINES OF BUKHARA. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 89-93.

Rajabov, O. (2021). “Тарихи Муллозода” асари–Бухоро муқаддас қадамжолари ва зиёратгоҳлари тарихи бўйича муҳим манба. Центр научных публикаций (buxdu. uz), 8(8).

Rajabov, O. (2021). Chor Bakr tarixiy me’moriy majmuasi xususida. Центр научных публикаций (buxdu. uz), 8(8).

Rajabov, O. I. (2022). History of fortress of Makhmud Torobi. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(6), 50-54.

Temirov, F., & Umarov, B. (2021). Practical application of family, marriage and inheritance rights in bukhara emirates. Scientific progress, 2(1), 1201-1207.

Rajabov, O. I. (2021). Buxorodagi ayrim muqaddas qadamjo-qal’alar xususida. Scientific progress, 1(6), 1162-1168.

Iskandarovich, R. O. (2022). Historical Architectural Complex of the Chor (Pers. Four) Bakr Ensemble. Telematique, 6886-6890.

Rajabov, O. I. (2022). History of fortress of Makhmud Torobi. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(6), 50-54.

Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро шаҳри 11 дарвозасининг тарихи ва тақдири (ўлкашунос ТФ Гелах тадқиқотларида). Тюркоязычные страны. Республиканский научно-методический и познавательный журнал. Алмати, 2, 6-8.

Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро ўлкашунослиги тарихини ўрганишда СН Юренев ёзишмаларининг ўрни. Тошкент: Ўзбекистон Миллий университети хабарлари, (1), 5-9.

BAXTISHOD, U., & ULUG‘BEK, Q. Y. (2022). MS ANDREEV-THE GREAT EASTERN SCIENTIST. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(3), 120-123.

Болтаев, А. Х. (2019). Исследование С. Юренева в мечети Калян. Вестник археологии, антропологии и этнографии, (1 (44)), 45-53.

Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро ўлкашунослиги тарихини ўрганишда СН Юренев ёзишмаларининг ўрни. Тошкент: Ўзбекистон Миллий университети хабарлари, (1), 5-9.

Болтаев, А. Х. (2019). Бухарские коллекционеры. In Россия-Узбекистан. Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития (pp. 142-143).

Болтаев, А. (2020). Бухородаги биринчи музей. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). MARRIAGE CEREMONY OF TAJIKS IN THE WORK OF MIKHAIL STEPANOVICH ANDREYEV “TADJIKI DOLINI KHUF”. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 3(1), 12-16.

Umarov, B. (2021). OLIY TA’LIMDA TALABALAR O ‘QUV-BILUV FAOLIYATINING PSIXODIDAKTIK ASOSLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 8(8).

Umarov, B. B. (2021). FAMILY AND MARRIAGE RELATIONS IN NA KISLYAKOV'S RESEARCH. Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 127-135.

Naimov, I. N. (2021). A coverage of the activities of the Mangitic Emirs in the works of Ahmad Donish. International Journal on Integrated Education, 4(5), 36-45.

Naimov, I. (2023). AHMAD DONISH ILMIY MEROSIDA ISLOM HUQUQI MASALALARI. Scientific journal of the Fergana State University, (1), 71-71.

Ismat, N. (2021). “MEYORU-Т-TADOYYUN” AS RELIGIOUS AND MORAL SOURCE. The Light of Islam, 2021(2), 46-54.

Klichev, O. (2020). Scholarships of Emirs of Bukhara. Oriente moderno, 100(1), 57-74.

Кличев, О. А. (2020). Особенности приема посольств Российской Империи в Бухарском Эмирате во второй половине XIX в. Россия и мусульманский мир, (1 (315)), 99-113.

Klichev, O. A. (2016). Discourse to the history of political аgency in the emirate of Bukhara. Europaische Fachhochschule, (8), 14-15.

Umarov, B. (2020). БУЮК ОЛИМ НА КИСЛЯКОВНИНГ ПЕДАГОГЛИК ФАОЛИЯТИГА НАЗАР. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Abdurasulovich, K. O. (2023). ACTIVITY OF EDITORS OF" BUKHORONOMA" NEWSPAPER. Open Access Repository, 4(3), 1385-1388.

Кличев, О. (2020). БУХОРО АМИРЛИГИ ВА РОССИЯ ИМПЕРИЯСИ ЎРТАСИДАГИ ДИПЛОМАТИК МУНОСАБАТЛАРДА СОВҒА АЛМАШИНУВ ТАРТИБЛАРИ. Farg'ona davlat universiteti, (4), 71-74.

Beshimov, M. (2022). Abdulvahid Munzim-enlightened poet, state and public figure. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(6), 52-56.

BESHIMOV, M. (2022). Amir Said Alimkhan and Young Bukhara residents. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 78-83.

Beshimov, M. (2023). ISSUES OF AGGRESSION OF THE RUSSIAN EMPIRE IN THE WORKS OF MIRZO SOMI. Modern Science and Research, 2(7), 316-321.

Beshimov, M. (2021). Mang'itlar davrida Buxoroda madaniy hayot. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 7(7).

UMAROV, B. (2022). ARCHITECTURE OF BUKHARA IN THE ASHTARKHANID PERIOD. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 94-100.

Beshimov, M. (2023). THE HISTORY OF BUKHARA OF THE DOCUMENTS OF THE QUSHBEGI ARCHIVE IMPORTANCE IN LEARNING. Modern Science and Research, 2(7), 305-309.

SHAROPOV, D. (2022). ПРАВИТЕЛЬ МАНГЫТОВ ЭМИР ХАЙДАР. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 101-104.

Ravshanovich, S. D. (2022). CURRENTLY, THE PLACE OF AFGHANISTAN IN THE COMMUNICATION OF CENTRAL AND SOUTH ASIA. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(6), 55-59.

Sharopov, D. (2021). ABDURAZZOQ SAMARQANDIYNING “MATLAI SA'DAYN VA MAJMAI BAHRAYN” ASARINING O'RGANILISH TARIXI. Scientific progress, 2(1), 358-361.

Nosirov, S. (2022). Sadriddin Ayniy asarlari buxoro inqilobini tarixini o ‘rganuvchi manba sifatida. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 26(26).

Sherzod, N. (2023). HISTORIAN SCIENTIST POLAT SOLIYEV IS A RESEARCHER OF THE HISTORY OF BUKHARA. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 3(3), 32-38.

Bakhtishod, U. (2024). CONSTRUCTIVE ACTIVITIES TO THE SAMANID RULERS. Western European Journal of Historical Events and Social Science, 2(5), 169-172.

Sherzod O‘ktam o‘g, N., & Komilovich, B. M. (2023). Illumination of socio-economic issues in Turkestan in the works of Professor Polat Soliyev. Telematique, 22(01), 1278-1282.

Nosirov, S. (2023). TARIXCHI OLIM PO ‘LAT SOLIEV IJODIDA TURKISTON TARIXI MASALALARINING YORITILISHI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 29(29).

Umarov, B. (2023). ARAB MANBALARIDA BUXORO SHAHRI TAVSIFI (“KITOB AL-MASOLIK VAL MAMALIK” MISOLIDA). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 38(38).

Umarov B. NA KISLYAKOV TADQIQOTLARIDA BUXORO AMIRLIGIDAGI FEODAL VA QISHLOQ XO‘JALIGI MUNOSABATLARINING YORITILIShI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2021. – Т. 6. – №. 6.