PROFESSOR PO‘LAT SOLIYEV IJODIDA MANG‘ITLAR DAVRI TARIXI
MASALALARI
Nosirov Sherzod O‘ktam o‘g‘li
Buxoro davlat universiteti, o‘qituvchi.
Bugungi kunga kelib tarix fanida Vatan tarixining dolzarb muammolarini
tadqiq etishga tamomila yangicha uslublar bilan yondashish davri boshlandi. Bu
davrning asosiy xususiyati ilgari tadqiq etilgan tarixiy voqealar mohiyatini mutlaqo
yangicha mushohada qilish bilan ta’riflanadi. Zero zamonamiz tarixchi olimlariga
o‘tmish haqidagi haqiqatni aniqlashdek mas’uliyatli va muhim vazifani tazyiq va
nazoratlarsiz, xolisona, ”mumkin” yoxud “mumkin emas” degan cheklashlarsiz
bajarish imkoni yaratildi.
Po‘lat Soliyev o‘tgan asrda O‘zbekistonda tarix fani sohasida birinchi bo‘lib
professor unvoniga sazovor bo‘lgan, O‘zbekiston va O‘rta Osiyo xalqlarining tarixini
ilmiy asosda o‘rganish maktabini yaratgan fidokor insondir.
Ibrohim Mo‘minov, Yahyo Gʻulomov, Rashid Nabiyev kabi mashhur tarixchi
olimlar shu maktabda voyaga yetgan. Atoqli o‘zbek shoiri Hamid Olimjon shu
olimdan Samarqand Davlat Universitetida saboq olgan. Professor Po‘lat Soliyev XX
asrning dastlabki o‘ttiz yilligi mobaynida Fayzulla Xo‘jayev, Abdurauf Fitrat,
Sadriddin Ayniy, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Xodi Fayziy kabi yirik davlat va
jamoat arboblari, fan va majaniyat namoyandalari bilan hamfikr, hammaslak bo‘lgan.
Ular Po‘lat Soliyevga yangi milliy tarixnavisligimizning qaldirg‘och, fundamental
asarlarini yaratgan olim sifatida katta hurmat-ehtirom bilan qaraganlar.
Tarixshunos olim Po‘lat Soliyev O‘zbekiston va O‘rta Osiyo xalqlari tarixiga
doir qimmatli manbalarni ham to‘plagan. Ularning asosiy qismi hozirgi kunda Abu
Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar zaxirasida va
kutubxonasida saqlanmoqda.
Zamondoshlari uning o‘ta bosiq, kamgap, chuqur ichki madaniyatli, kamtar,
ilmiy bahslarda boshqalarning nuqtai nazari va fikrini diqqat bilan o‘rganib,
munozarali jihatlarini chuqur asosli dalillar bilan isbotlab beradigan inson va olim
ekanligini o‘z xotiralarida yozib qoldirganlar.
1927–1930 yillarda O‘zbek Davlat Pedagogika akademiyasi ijtimoiy va
iqtisodiy bo‘limi talabasi bo‘lgan akademik Yahyo Gʻulomov ustozi professor Po‘lat
Soliyevni xotirlar ekan, uni arab, fors, rus va turkiy tillarni mukammal biladigan,
Sharq huquqi, falsafasi, axloqi, tarixi, ayniqsa, Turkiston xalqlari tarixining chuqur
bilimdoni sifatida ta’riflaydi.
Yahyo Gʻulomovning xotirlashicha, Po‘lat Soliyev “Turkiston tarixi bo‘yicha
o‘qigan ma’ruzalari xotimasida kishini avvalo o‘z mamlakati, shahri va tug‘ilib
o‘sgan qishlog‘ining tarixini yaxshi bilishga da’vat etardi”.
Buxoro tarixi O‘zbekiston tarixining tarkibiy qismi sifatida O‘zbekiston
Mustaqilligi yillarida, ayniqsa keyingi uch yilda madaniy-ma’rifiy jabhalarda olib
borilayotgan keng islohotlar natijasida fan darajasiga ko‘tarildi. Buxoro tarixiga
qiziqish va uni jamiyatning ziyoli tabaqalari o‘rtasida targ‘ib qilish uzoq o‘rta
asrlardan boshlangan. Bu holatni o‘sha davrning ma’rifiy ehtiyoji deb qarash kerak.
Bunga misol qilib Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarini ko‘rsatish
mumkin. Undagi ma’lumotlar ayrim hollarda rivoyatlar bilan omuxta holda taqdim
qilinishini o‘sha davrning uslubi va tarix yozish tartibi deb hisoblash o‘rinli. Shunga
qaramay, asar faktik ma’lumotlarga boyligi bilan ilk mahalliy tarixnavislikning
diqqatga sazovor namunasidir.
XX asrning 20-30-yillarida sermahsul ijod qilgan atoqli muarrix Po‘lat Solievning
ilmiy merosi, uning ijodi to‘g‘risidagi ayrim biografik va publitsistik maqola va
risolalarni istisno qilganda, hali etarli bahosini olmagan.
Po‘lat Solievning “Mang‘itlar saltanati davrida Buxoro o‘lkasi” nomli asari
mang‘itlar davri tarixini o‘rganish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni olish imkonini
beradi. Ushbu tadqiqotda muallif o‘zidan oldingi tarixchilarning asarlaridan manba
sifatida foydalangan bo‘lsa-da, Ahmad Donish, Mirzo Somiy nuqtai nazarini to‘liq
qabul qilmagan va o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan.
Buxoro o‘lkasining tanazzulga yuz tutish sabablarini Po‘lat Soliev mang‘itlar
hukmronligi bilan bog‘laydi. IX-XV asrlarni Buxoro tarixidagi porloq davrlar deb
hisoblaydi. Negadir mo‘g‘ullar istilosi davridagi vayronagarliklar, iqtisodiy va
siyosiy tanazzul muallif tomonidan chetlab o‘tilgan. Buning o‘rniga mang‘it
qabilalarining aynan mo‘g‘ullar istilosi davrida Chingizxon qo‘shinlari tarkibida
g‘arbga tomon siljiganligi va Amudaryoning quyi oqimiga kelib o‘rnashib olganligi
va keyingi asrlarda, xususan Shayboniyxon hukmronlik yillarida uning qo‘shini
tarkibida Xuroson yurishlarida ishtirok etishi, keyinchalik Qarshi atroflarida
joylashib olishi kabi ma’lumotlar tavsiya etiladi.
Ahmad Donish va Sadriddin Ayniydan farqli o‘laroq, Po‘lat Soliev mang‘itlar
davri tarixini qisqa xronologiyada beradi. Asosan Amir Shohmurod, ya’ni Amir
Ma’sumdan Amir Muzaffargacha bo‘lgan davr qamrab olingan. Mang‘itlarning
tashqi siyosatiga tanqidiy munosabat bildiradi. Evropaning qudratli davlatlari tashqi
siyosatida ustuvor bo‘lgan “Sharq masalasi”ning musulmon mamlakatlari uchun qay
darajada xavfli ekanligidan Buxoro hukmdorlari bexabarligini afsus bilan yozadi.
Po‘lat Soliev fikricha, mang‘itlar hukmronligi Amir Ma’sumdan, ya’ni Amir
Shohmuroddan boshlangan. Muhammad Rahimxonni umuman tilga olmaydi. Lekin
Amir
Doniyolning Ashtarxoniylar davridagi obro‘-e’tiborini adolat yuzasidan e’tirof etadi.
Buxoroning so‘nggi o‘rta asrlar tarixnavisligida Amir Shohmurod shaxsi ijobiy
bo‘yoqlarda tasvirlanadi. Ayniqsa, Ahmad Donish Amir Shohmurodni
ummaviylarning sakkizinchi xalifasi Umar bin Abdulazizga qiyoslab, uning
darvishona turmush tarzini maqtovlar silsilasida bayon etadi. Po‘lat Soliev ushbu
an’anadan chekingan holda Amir Shohmurod shaxsiga o‘ta tanqidiy munosabatda
bo‘lgan va uning islohotchilik faoliyatiga panja ortidan qaragan. Amir Shohmurod
davrida dinning maydalashib ketganini qoralaydi. Mazkur masalada Po‘lat Soliev va
Fitrat fikrlari mushtarak.
Po‘lat Solievning “Mang‘itlar saltanati davrida Buxoro o‘lkasi” nomli
risolasini tadqiq etish natijasida quyidagi xulosalarni ilgari
-
risola murakkab tarixiy davrda yozilgani bois, unda davr ilmiy tafakkuri
aks etishi muqarrar edi;
-
muallif masalani hukmron mafkura talablari doirasida bayon etish uchun
o‘zini mas’ul deb hisoblagan;
-
muallif Buxoro amirligining Rossiyaning yarim mustamlakasiga
aylanishini Buxoroning o‘z mustaqilligidan to‘la mahrum bo‘lishi deb hisoblab,
so‘nggi Buxoro amirlari – Amir Abdulahad va Amir Olimxon siyosiy faoliyatini
izohlashni lozim topmagan;
Buxoro xonligi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim rol o‘ynagan Jo‘ybor
xo‘jalari xonadoni tarixi bo‘yicha o‘tgan asrning 50-yillarida P.P.Ivanov tomonidan
fundamental tadqiqot amalga oshirildi. Olimning qiziqish doirasi Jo‘ybor xo‘jalari
xo‘jaligining tashkil topishi va rivojlanishi masalalarini qamrab oladi. U Xo‘ja
Islomning Buxoro xoni Abdullaxonga bo‘lgan ta’sirining moddiy va ma’naviy
sabablarini ochib berish jarayonida xonadonga tegishli erlarning miqdori to‘g‘risida
ma’lumot beradi Umuman, Xo‘ja Islom tomonidan xonadon iqtisodiy poydevorining
yaratilishi va mustahkamlanishini misollar bilan ko‘rsatib o‘tadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Темиров, Ф., & Халикова, Н. (2021). Бухоро амирлигида ташқи сиёсат ва дипломатиянинг
ривожланиши тарихидан.
Scientific progress
,
2
(1), 1276-1282.
2.
Темиров, Ф., & Умаров, Б. (2021). Бухоро амирликда оила, никоҳ ва мерос ҳуқуқининг
амалда қўлланиши.
Scientific progress
,
2
(1), 1201-1207.
3.
Temirov,
F.
(2023).
SADRIDDIN
AYNIY
IJODIDA
TURKISTON
TARIXI
MASALALARI.
Farg'ona davlat universiteti
, (1), 70-70.
4.
Temirov, F. Of the journalistie work of Sadriddin Ayni Concerning Issues of Bukhara
history.
Irish Interdisciplinary of Science & Research (IIJSR) Vol
,
6
, 12-17.
5.
Темиров, Ф. У. (2023). Жизнь И Научно-Творческая Деятельность Садриддина Айни В
Трудах Его Современников.
Central Asian Journal of Social Sciences and History
,
4
(2), 128-134.
6.
Темиров, Ф. У. (2022). Мустақил ўзбекистонда инсон ҳуқуқлари ва қадрини улуғлаш–энг
олий немат.
Academic research in educational sciences
, (1), 184-188.
7.
Umarov B.B. & Temirov, F. (2023). Sources of information on the socio-economic life of the
Somanian dynasty.
International Journal of Intellectual Cultural Heritage
,
3
(3), 35-41.
8.
Темиров, Ф., & Исломов, Д. (2021). САДРИДДИН АЙНИЙ–ЗАМОНДОШИ ФИТРАТ
ҲАҚИДА.
Scientific progress
,
2
(1), 1349-1354.
9.
RAJABOV, O. (2022). " TARIKHI MULLOZODA" IS AN IMPORTANT SOURCE ON THE
HISTORY OF THE SACRED PLACES AND SHRINES OF BUKHARA.
International Journal
of Intellectual Cultural Heritage
,
2
(2), 89-93.
10.
Rajabov, O. (2021). “Тарихи Муллозода” асари–Бухоро муқаддас қадамжолари ва
зиёратгоҳлари тарихи бўйича муҳим манба.
Центр научных публикаций (buxdu. uz)
,
8
(8).
11.
Rajabov, O. (2021). Chor Bakr tarixiy me’moriy majmuasi xususida.
Центр научных
публикаций (buxdu. uz)
,
8
(8).
12.
Rajabov, O. I. (2022). History of fortress of Makhmud Torobi.
International Journal of
Intellectual Cultural Heritage
,
2
(6), 50-54.
13.
Temirov, F., & Umarov, B. (2021). Practical application of family, marriage and inheritance
rights in bukhara emirates.
Scientific progress
,
2
(1), 1201-1207.
14.
Rajabov, O. I. (2021). Buxorodagi ayrim muqaddas qadamjo-qal’alar xususida.
Scientific
progress
,
1
(6), 1162-1168.
15.
Iskandarovich, R. O. (2022). Historical Architectural Complex of the Chor (Pers. Four) Bakr
Ensemble.
Telematique
, 6886-6890.
16.
Rajabov, O. I. (2022). History of fortress of Makhmud Torobi.
International Journal of
Intellectual Cultural Heritage
,
2
(6), 50-54.
17.
Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро шаҳри 11 дарвозасининг тарихи ва тақдири (ўлкашунос
ТФ Гелах тадқиқотларида). Тюркоязычные страны. Республиканский научно-методический
и познавательный журнал.
Алмати
,
2
, 6-8.
18.
Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро ўлкашунослиги тарихини ўрганишда СН Юренев
ёзишмаларининг ўрни.
Тошкент: Ўзбекистон Миллий университети хабарлари
, (1), 5-9.
19.
BAXTISHOD, U., & ULUG‘BEK, Q. Y. (2022). MS ANDREEV-THE GREAT EASTERN
SCIENTIST.
International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences
,
2
(3), 120-123.
20.
Болтаев, А. Х. (2019). Исследование С. Юренева в мечети Калян.
Вестник археологии,
антропологии и этнографии
, (1 (44)), 45-53.
21.
Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро ўлкашунослиги тарихини ўрганишда СН Юренев
ёзишмаларининг ўрни.
Тошкент: Ўзбекистон Миллий университети хабарлари
, (1), 5-9.
22.
Болтаев, А. Х. (2019). Бухарские коллекционеры. In
Россия-Узбекистан.
Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы
развития
(pp. 142-143).
23.
Болтаев, А. (2020). Бухородаги биринчи музей.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
1
(1).
24.
Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). MARRIAGE CEREMONY OF TAJIKS IN THE
WORK OF MIKHAIL STEPANOVICH ANDREYEV “TADJIKI DOLINI KHUF”.
International
Journal of Intellectual Cultural Heritage
,
3
(1), 12-16.
25.
Umarov,
B.
(2021). OLIY TA’LIMDA TALABALAR O ‘QUV-BILUV
FAOLIYATINING PSIXODIDAKTIK ASOSLARI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
(buxdu. uz)
,
8
(8).
26.
Umarov, B. B. (2021). FAMILY AND MARRIAGE RELATIONS IN NA KISLYAKOV'S
RESEARCH.
Journal of Central Asian Social Studies
,
2
(02), 127-135.
27.
Naimov, I. N. (2021). A coverage of the activities of the Mangitic Emirs in the works of
Ahmad Donish.
International Journal on Integrated Education
,
4
(5), 36-45.
28.
Naimov, I. (2023). AHMAD DONISH ILMIY MEROSIDA ISLOM HUQUQI
MASALALARI.
Scientific journal of the Fergana State University
, (1), 71-71.
29.
Ismat, N. (2021). “MEYORU-Т-TADOYYUN” AS RELIGIOUS AND MORAL
SOURCE.
The Light of Islam
,
2021
(2), 46-54.
30.
Klichev, O. (2020). Scholarships of Emirs of Bukhara.
Oriente moderno
,
100
(1), 57-74.
31.
Кличев, О. А. (2020). Особенности приема посольств Российской Империи в
Бухарском Эмирате во второй половине XIX в.
Россия и мусульманский мир
, (1 (315)), 99-
113.
32.
Klichev, O. A. (2016). Discourse to the history of political аgency in the emirate of
Bukhara.
Europaische Fachhochschule
, (8), 14-15.
33.
Umarov, B. (2020). БУЮК ОЛИМ НА КИСЛЯКОВНИНГ ПЕДАГОГЛИК
ФАОЛИЯТИГА НАЗАР.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
34.
Abdurasulovich, K. O. (2023). ACTIVITY OF EDITORS OF" BUKHORONOMA"
NEWSPAPER.
Open Access Repository
,
4
(3), 1385-1388.
35.
Кличев, О. (2020). БУХОРО АМИРЛИГИ ВА РОССИЯ ИМПЕРИЯСИ
ЎРТАСИДАГИ
ДИПЛОМАТИК
МУНОСАБАТЛАРДА
СОВҒА
АЛМАШИНУВ
ТАРТИБЛАРИ.
Farg'ona davlat universiteti
, (4), 71-74.
36.
Beshimov, M. (2022). Abdulvahid Munzim-enlightened poet, state and public
figure.
International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences
,
2
(6), 52-56.
37.
BESHIMOV, M. (2022). Amir Said Alimkhan and Young Bukhara residents.
International
Journal of Intellectual Cultural Heritage
,
2
(2), 78-83.
38.
Beshimov, M. (2023). ISSUES OF AGGRESSION OF THE RUSSIAN EMPIRE IN THE
WORKS OF MIRZO SOMI.
Modern Science and Research
,
2
(7), 316-321.
39.
Beshimov, M. (2021). Mang'itlar davrida Buxoroda madaniy hayot.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
7
(7).
40.
UMAROV, B. (2022). ARCHITECTURE OF BUKHARA IN THE ASHTARKHANID
PERIOD.
International Journal of Intellectual Cultural Heritage
,
2
(2), 94-100.
41.
Beshimov, M. (2023). THE HISTORY OF BUKHARA OF THE DOCUMENTS OF THE
QUSHBEGI ARCHIVE IMPORTANCE IN LEARNING.
Modern Science and Research
,
2
(7),
305-309.
42.
SHAROPOV, D. (2022). ПРАВИТЕЛЬ МАНГЫТОВ ЭМИР ХАЙДАР.
International
Journal of Intellectual Cultural Heritage
,
2
(2), 101-104.
43.
Ravshanovich, S. D. (2022). CURRENTLY, THE PLACE OF AFGHANISTAN IN THE
COMMUNICATION OF CENTRAL AND SOUTH ASIA.
International Journal of Intellectual
Cultural Heritage
,
2
(6), 55-59.
44.
Sharopov, D. (2021). ABDURAZZOQ SAMARQANDIYNING “MATLAI SA'DAYN VA
MAJMAI BAHRAYN” ASARINING O'RGANILISH TARIXI.
Scientific progress
,
2
(1), 358-361.
45.
Nosirov, S. (2022). Sadriddin Ayniy asarlari buxoro inqilobini tarixini o ‘rganuvchi manba
sifatida.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
26
(26).
46.
Sherzod, N. (2023). HISTORIAN SCIENTIST POLAT SOLIYEV IS A RESEARCHER
OF THE HISTORY OF BUKHARA.
International Journal of Philosophical Studies and Social
Sciences
,
3
(3), 32-38.
47.
Bakhtishod, U. (2024). CONSTRUCTIVE ACTIVITIES TO THE SAMANID
RULERS.
Western European Journal of Historical Events and Social Science
,
2
(5), 169-172.
48.
Sherzod O‘ktam o‘g, N., & Komilovich, B. M. (2023). Illumination of socio-economic
issues in Turkestan in the works of Professor Polat Soliyev.
Telematique
,
22
(01), 1278-1282.
49.
Nosirov, S. (2023). TARIXCHI OLIM PO ‘LAT SOLIEV IJODIDA TURKISTON TARIXI
MASALALARINING YORITILISHI.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
29
(29).
50.
Umarov, B. (2023). ARAB MANBALARIDA BUXORO SHAHRI TAVSIFI (“KITOB AL-
MASOLIK VAL MAMALIK” MISOLIDA).
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.
uz)
,
38
(38).
51.
Umarov B. NA KISLYAKOV TADQIQOTLARIDA BUXORO AMIRLIGIDAGI
FEODAL VA QISHLOQ XO‘JALIGI MUNOSABATLARINING YORITILIShI //ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2021. – Т. 6. – №. 6.
