Authors

  • S.Sh Tilabjonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.44381

Keywords:

Rossiya Hindiston Turkiya

Abstract

Vatanimiz o’tmishiga nazar solar ekanmiz, uning mashaqqatli va boy bo’lgan tarixi bizni befarq qoldirmaydi. Buxoro davlati qadim zamonlardan asosiy markazlardan biri bo’lib, kelgan. Buxoro tarixiga nazar solar ekanmiz, uning xonliklar davr tarixi o’ziga jalb qiladi. Shu xonliklar ichida ochmas iz qoldirgan mashhur sulolalardan biri Ashtarxoniylar (Joniylar)-1601-1756-yillarda Buxoro xonligini boshqargan sulola bo’lib, Jo‘jixon naslidan bo‘lgan ashtarxoniylar (joniylar) sulolasi asli Astraxan (Hojitarxon) yerlarida yashab hukmronlik qilganlar.

background image

BUXORO XONLIGI ASHTARXONIYLAR SULOLASI DAVRIDA:

ELCHILIK

MUNOSABATLARI

Tilabjonova. S.Sh

Chirchiq davlat pedagogika universiteti.

Vatanimiz o’tmishiga nazar solar ekanmiz, uning mashaqqatli va boy bo’lgan

tarixi bizni befarq qoldirmaydi. Buxoro davlati qadim zamonlardan asosiy

markazlardan biri bo’lib, kelgan. Buxoro tarixiga nazar solar ekanmiz, uning

xonliklar davr tarixi o’ziga jalb qiladi. Shu xonliklar ichida ochmas iz qoldirgan

mashhur sulolalardan biri Ashtarxoniylar (Joniylar)-1601-1756-yillarda Buxoro

xonligini boshqargan sulola bo’lib, Jo‘jixon naslidan bo‘lgan ashtarxoniylar

(joniylar) sulolasi asli Astraxan (Hojitarxon) yerlarida yashab hukmronlik qilganlar.

Tarixdan maʼlumki, barcha davlatlar savdo aloqalarini rivojlantirish, doʼstlik

munosabatlari oʼrnatish, xalqaro hamkorliklar qilish maqsadida qoʼshni va xorijiy

davlatlar bilan diplomatik aloqalar olib borganlar. Oʼzbek davlatchiligi tarixida

muhim oʼrin tutgan Buxoro xonligini idora qilgan Аshtarxoniylar sulolasi davrida

ham tashqi aloqalarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratganlar. Ular tashqi

siyosatda Rossiya, Hindiston Turkiya kabi davlatlar bilan savdo hamda diplomatik

munosabatlar oʼrnatishgan va davlatlar oʼrtasida doimiy elchilik almashinuvi boʼlib

turgan. Tashqi aloqalar to’g’risida, Muhammad Yusuf Munshiyning “ Tarzkirayi

Muqimxoniy” ( Tarixi Muqimxoniy) asarida muallif tomonidan 1702-1707-yillarda

Balxda hukmronlik qilgan, Ashtarxoniylar sulolasi vakili Muhammad Muqimxonga

bag’ishlab, yozilgan asarida Ashtarxoniy hukmdorlarning bir qator davlat bilan

siyosiy aloqalar to’g’risida qizqarli ma’lumotlar keltirgan bo’lib, Ashtarxoniylarning

Hindiston, Turkiya, Eron va boshqa davlatlar bilan elchilik munosabatlari olib

borganligi to’g’risida qimmatli ma’lumotlar ham mavjud.

Undan tashqari Ashtarxoniylar davrida olib borilgan tashqi aloqalar haqida

Meri Xoldsvortning “Turkestan in the ninetteenith. Centry. A brief histore of the

Khanates of Bukhara, Kokand and Khiva” asarida Buxoro amirligining tashqi

iqtisodiy ahvoli va Buxoro - Afg‘oniston, Buxoro - Eron o‘rtasidagi elchilik aloqalari,

tashqi savdo munosabatlariga doir ma’lumotlar keltirilgan. Ashtarxoniylar tashqi


background image

bozorga asosan turli qishloq xo’jalik mahsulotlarini chiqaradilar. Bu davrda paxta,

teri, jun, turli matolarning asosiy haridori sifatida

Rossiya katta ahamiyatga ega bo’la boshladi. Rossiyaga, shuningdek,

Hindistonda tayyorlanadigan mahsulotlarni olib borishda ham O’rta Osiyolik

savdogarlar muhim rol o’ynar edilar. Rossiyada O’rta Osiyodan olib kelinadigan

mahsulotlarga talab ancha kattaligi bois,

Buxorolik savdogarlar bu yerda ko’pgina imtiyozlarga ega edilar. Manbalarda

ta’kidlanishicha, Buxorolik savdogarlarning Sibir shaharlarida doimiy faoliyat

ko’rsatuvchi o’z savdo rastalari bo’lib, ular bu shaharlarda nafaqat savdogar, balki

bilimdon va o’qimishli kishilar sifatida ham katta mavqega ega bo’lishgan.

Manbalardagi ma’lumotlardan ko’rishimiz mumkinki, Ashtarxoniylar davrida

Buxoro xonligi ancha yuksalgan va boshqa davlatlarning iqtisodiyotida muhim

o’ringa ega bo’lganlar. Rossiya yuksalgan davlat bo’lishiga qaramasdan

Ashtarxoniylar bilan aloqalari juda mustahkam bo’lgan.

Ashtarxoniylarning yuqorida keltirib o’tilgan davlatlar bilan olib borgan

tashqi aloqalari haqida ma’lumot berar ekanmiz, ularning Usmoniylar ya’ni Turkiya

bilan olib borgan o’zaro aloqlari haqida to’xtalib o’tadigan bo’lsak. Аshtarxoniy

hukmdorlar, Turkiyani idora qilib turgan Usmoniylar bilan doʼstona aloqalarni

rivojlantirib, ularning harbiy madadiga tayanganlar. Shu sababdan ham ular bilan

munosabatlarini mustahkam qilishga harakat qilganlar. Masalan, 1688-yilda

Usmoniylar sultoni Sulaymon II (1687-1691) Buxoro hukmdoriga maktub yozadi va

unda forslarga qarshi birgalikda jangavor harakat boshlash zarurligini ta’kidlaydi.

Bunga javoban Subxonqulixon sultonga maktub yuborib, o’zining Xurosondagi

yurishlari haqida aytib o’tib, qalmoqlarning mag’lubiyati, birlashish va aloqalarni

mustahkamlash zarurligini bildiradi. Bu aloqalar faqat bu hukmdorlar davrida

rivojlanmagan bu aloqalar asrlar davomida va boshqa humdorlar davrlarida ham

davom etgan va to’xtab qolmagan. Aksincha yanada mustahkamlangan.

1691-yil Usmoniylar hukmdori Sulton Ahmad II (1691-1695) Subxonqulixon

huzuriga elchi Mustafoni yuboradi. Vengriyalik sharqshunos olim va sayyoh

A.Vamberining ma’lumot berishicha, Subhonqulixon tomonidan Turkiyaga turli xil


background image

sovg’a salomlar bilan elchilar yuborilgan. Sovg’a salomlarga javoban Usmoniylar

hukmdori Sulton Ahmad II (1691-1695) Mustafo Chovush nomli kishining

rahbarligida Turkiyadan Buxoroga o’z elchilarini yuboradi.

Turkiyadan kelgan elchilar o’zi bilan birga siyosiy bir maktub ham olib keladi.

Muhammad Yusuf Munshiy o’zining asarida elchilik haqida to’xtalib, xat bilan bir

qatorda Mustafo Chovush elchi sifatida turli xil qimmatbaho toshlar, arab otlari,

rangli matolar va boshqa sovg’alar bilan Buxoroga kelganligini qayd etadi.

Elchilikdan asosiy maqsad ashtarxoniy hukmdorini Eron shialariga qarshi birgalikda

kurashishga chorlash edi.

Ashtarxoniylar nafaqat Usmoniylar davlati bilan balki Eron va Hindiston bilan

ham munosabatlari ancha yaxshi bo’lgan. Xususan Eron bilan munosabatlarini

ko’radigan bo’lsak, 1647-yil dekabrda Rossiya elchisi bo’lgan Ansim Gribov

Isfahonda bo’lganida bergan ma’lumotlariga tayansak, shu yili Eronga Xasan

Qo’shbegi boshchiligida Buxoro elchilari kelgan edi. Uning yozishicha, elchilar Eron

shohiga Buxoro xonining sovg’asini, ya’ni oltin qulfli oltin sandiq olib kelishgan.

Sandiqchada qimmatbaho toshlar bo’lgan. A. Gribov Buxoro elchilarining qabul

marosimi jarayoni haqida quyidagicha yozadi: “ sandiqchadan so’ng xuroson terilari,

echki juni, salla, qimmatbaho kamarlar, bir o’rkachli 50ta tuya, 26ta yo’rg’a va

boshqa narsalar keltirgan edi… Eron shohi, Abdulazizxon elchilariga boshqa xonlar

bilan bir qatorda o’tirishga ijozat bergan edi ” degan ma’lumotlarni keltiradi.

Gribov Buxoro elchilarining kelish sababini so’rab bilgan. Ma’lumotlarga

ko’ra elchilar maxfiy topshiriq bilan kelishgan, ya’ni Buxoro xoni Abdulaziz Eron

shohi Abbosga Nodirmuhammadga yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirgan

va o’zining Eron bilan do’stlik munosabatlari o’rnatishga tayyor ekanligini va Eron

shohiga Qandaxorni egallashda yordam berajagini bildirgan.

Ko’p o’tmay Eron shohi Buxoroga chopar jo’natib, Buxoro bilan do’stlik

munosabatlarini o’rnatishga va Mo’g’ul imperiyasiga qarshi Abdulazizxon bilan

urushga borishga roziligini bildirgan. Eron bilan Buxoro munosabatlari hamma

davrda ham yaxshi bo’lmagan, ziddiyatli vaziyatlar ham bo’lgan. Shunga qaramay,

ular o’zaro aloqalarini yaxshilashga harakat qilganlar.


background image

Ashtarxoniylar Hindiston bilan ham tashqi aloqalari yaxshi bo’lgan.

Ashtarxoniylar sulolasi chegaralariga yaqin bo’lgan davlatlardan biri Hindiston

hisoblanadi. XVII asr boshlarida Hindiston Boburiylar sulolasi hukmronligi ostida

edi. 1614-yilda Ashtarxoniylar hukmdori Imomqulixon(1611-1642) o’z elchilarini

sulton Jahongir saroyiga yuboradi. Imomqulixon elchisi Abdurahimxo’ja turli

sovg’a-salomlar bilan birga Jahongirga bir yirik la’l “hadya” qiladi. Jahongir sulton

ham Abdurahimxo’jaga 40 ming rupiya pul va har biri 1500, 1000 va 500 misqol

og’irlikdagi uchta oltin “kavkabi tole” hadya etgan degan ma’lumotlar bor.

1626-yilda esa Imomqulixon sulton Jahongir huzuriga o’z elchisi

Abdurahmon Jo’yboriyni jo’natib, Xuroson uchun safaviylarga qarshi kurashda

yordam ko’rsatishini so’raydi, lekin muzokaralar Jahongir vafoti tufayli to’xtab

qoladi.

Hind tarixchisi Banarsi Prasad Saksenaning ma’lumot berishicha, Hindistonga

elchilik vazifasi bilan kelgan Xo’ja Abdurahim Buxoro xonligining Xurosonni

Hindiston va Buxoro o’rtasida bo’lib olish haqidagi taklifni ham bayon qilgan va

Jahongirshohning vafoti munosabati bilan taklif amalga oshmay qolgan. Ularning

munosabatlari Boburiylar sulolasi hukmdorlaridan biri bo’lgan, Avrangzeb zamonida

ham Buxoro hukmdorlari bilan do’stona aloqalar yo’lga qo’yilgan. Bu munosabatlar

Buxoro xoni Аbdulazizning Аvrangzeb podshohlik taxtiga oʼtirganligini qutlovchi

xati bilan boshlanib ketadi.

Abdulazizxon (1645-1681) Avrangzebning taxtga o’tirganligini qutlovchi

maktub yozib, maktubni elchi Xo’ja Ahmad al-Husayniy Naqshbandiy olib boradi.

Maktubda Avrangzeb shaxsiyatini uzoqdan-uzoq ta’riflash bilan boshlanib, so’ng

hamjihatlik odati do’stlik uchun bebaho gavhardir, deb uqtirilgach, birdamlikni

mustahkamlash lozimligi izhor etadi. 1665-yil iyul oyida Avrangzeb Buxoroga

Mustafoxon Xofi boshchiligidagi elchilarni yuboradi. Elchilar Abdulazizxon nomiga

yozilgan maktub va umumiy qiymati 150 ming rupiyalik sovg’alar keltiradilar.

Shu orqali Ashtarxoniylarning Hindistondagi Boburiylar sulolasi humdorlari

bilan ham munosabatlari yaxshilanadi. Ma’lumotlarni o’rganib xulosa qiladigan

bo’lsak Ashtarxoniylar sulolasi davrida Buxoro xonligining boshqa davlatlar bilan


background image

elchilik munosabatlari yaxshilanadi va ancha mustahkamlanadi. Ashtarxoniylar

sulolasi

Buxoro

xonligining

rivojlanishiga

katta

xissa

qo’shganlar.

Ashtarxoniylarning Turkiya, Eron, Hindiston bilan olib borilgan elchilik

munosabatlari xonlikni, sulolani mavqeini baland qildi. Tarixini esa o’chmas qildi.

Ashtarxoniylar sulolasi Buxoro xonligini ko’p asrlar davomida boshqarmagan

bo’lsalar-da, Buxoro tarixida o’zlarining ochmas izlarini qoldirganlar. Nafaqat

Buxoroning tarixida balki yuqorida keltirib o’tilgan davlatlarning tarixida ham o’z

nomlarini qoldirganlar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Темиров, Ф., & Халикова, Н. (2021). Бухоро амирлигида ташқи сиёсат ва дипломатиянинг

ривожланиши тарихидан.

Scientific progress

,

2

(1), 1276-1282.

2.

Темиров, Ф., & Умаров, Б. (2021). Бухоро амирликда оила, никоҳ ва мерос ҳуқуқининг

амалда қўлланиши.

Scientific progress

,

2

(1), 1201-1207.

3.

Temirov,

F.

(2023).

SADRIDDIN

AYNIY

IJODIDA

TURKISTON

TARIXI

MASALALARI.

Farg'ona davlat universiteti

, (1), 70-70.

4.

Temirov, F. Of the journalistie work of Sadriddin Ayni Concerning Issues of Bukhara

history.

Irish Interdisciplinary of Science & Research (IIJSR) Vol

,

6

, 12-17.

5.

Темиров, Ф. У. (2023). Жизнь И Научно-Творческая Деятельность Садриддина Айни В

Трудах Его Современников.

Central Asian Journal of Social Sciences and History

,

4

(2), 128-134.

6.

Темиров, Ф. У. (2022). Мустақил ўзбекистонда инсон ҳуқуқлари ва қадрини улуғлаш–энг

олий немат.

Academic research in educational sciences

, (1), 184-188.

7.

Umarov B.B. & Temirov, F. (2023). Sources of information on the socio-economic life of the

Somanian dynasty.

International Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

3

(3), 35-41.

8.

Темиров, Ф., & Исломов, Д. (2021). САДРИДДИН АЙНИЙ–ЗАМОНДОШИ ФИТРАТ

ҲАҚИДА.

Scientific progress

,

2

(1), 1349-1354.

9.

RAJABOV, O. (2022). " TARIKHI MULLOZODA" IS AN IMPORTANT SOURCE ON THE

HISTORY OF THE SACRED PLACES AND SHRINES OF BUKHARA.

International Journal

of Intellectual Cultural Heritage

,

2

(2), 89-93.

10.

Rajabov, O. (2021). “Тарихи Муллозода” асари–Бухоро муқаддас қадамжолари ва

зиёратгоҳлари тарихи бўйича муҳим манба.

Центр научных публикаций (buxdu. uz)

,

8

(8).

11.

Rajabov, O. (2021). Chor Bakr tarixiy me’moriy majmuasi xususida.

Центр научных

публикаций (buxdu. uz)

,

8

(8).

12.

Rajabov, O. I. (2022). History of fortress of Makhmud Torobi.

International Journal of

Intellectual Cultural Heritage

,

2

(6), 50-54.

13.

Temirov, F., & Umarov, B. (2021). Practical application of family, marriage and inheritance

rights in bukhara emirates.

Scientific progress

,

2

(1), 1201-1207.

14.

Rajabov, O. I. (2021). Buxorodagi ayrim muqaddas qadamjo-qal’alar xususida.

Scientific

progress

,

1

(6), 1162-1168.

15.

Iskandarovich, R. O. (2022). Historical Architectural Complex of the Chor (Pers. Four) Bakr

Ensemble.

Telematique

, 6886-6890.

16.

Rajabov, O. I. (2022). History of fortress of Makhmud Torobi.

International Journal of

Intellectual Cultural Heritage

,

2

(6), 50-54.


background image

17.

Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро шаҳри 11 дарвозасининг тарихи ва тақдири (ўлкашунос

ТФ Гелах тадқиқотларида). Тюркоязычные страны. Республиканский научно-методический
и познавательный журнал.

Алмати

,

2

, 6-8.

18.

Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро ўлкашунослиги тарихини ўрганишда СН Юренев

ёзишмаларининг ўрни.

Тошкент: Ўзбекистон Миллий университети хабарлари

, (1), 5-9.

19.

BAXTISHOD, U., & ULUG‘BEK, Q. Y. (2022). MS ANDREEV-THE GREAT EASTERN

SCIENTIST.

International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences

,

2

(3), 120-123.

20.

Болтаев, А. Х. (2019). Исследование С. Юренева в мечети Калян.

Вестник археологии,

антропологии и этнографии

, (1 (44)), 45-53.

21.

Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро ўлкашунослиги тарихини ўрганишда СН Юренев

ёзишмаларининг ўрни.

Тошкент: Ўзбекистон Миллий университети хабарлари

, (1), 5-9.

22.

Болтаев, А. Х. (2019). Бухарские коллекционеры. In

Россия-Узбекистан.

Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы
развития

(pp. 142-143).

23.

Болтаев, А. (2020). Бухородаги биринчи музей.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz)

,

1

(1).

24.

Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). MARRIAGE CEREMONY OF TAJIKS IN THE

WORK OF MIKHAIL STEPANOVICH ANDREYEV “TADJIKI DOLINI KHUF”.

International

Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

3

(1), 12-16.

25.

Umarov,

B.

(2021). OLIY TA’LIMDA TALABALAR O ‘QUV-BILUV

FAOLIYATINING PSIXODIDAKTIK ASOSLARI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz)

,

8

(8).

26.

Umarov, B. B. (2021). FAMILY AND MARRIAGE RELATIONS IN NA KISLYAKOV'S

RESEARCH.

Journal of Central Asian Social Studies

,

2

(02), 127-135.

27.

Naimov, I. N. (2021). A coverage of the activities of the Mangitic Emirs in the works of

Ahmad Donish.

International Journal on Integrated Education

,

4

(5), 36-45.

28.

Naimov, I. (2023). AHMAD DONISH ILMIY MEROSIDA ISLOM HUQUQI

MASALALARI.

Scientific journal of the Fergana State University

, (1), 71-71.

29.

Ismat, N. (2021). “MEYORU-Т-TADOYYUN” AS RELIGIOUS AND MORAL

SOURCE.

The Light of Islam

,

2021

(2), 46-54.

30.

Klichev, O. (2020). Scholarships of Emirs of Bukhara.

Oriente moderno

,

100

(1), 57-74.

31.

Кличев, О. А. (2020). Особенности приема посольств Российской Империи в

Бухарском Эмирате во второй половине XIX в.

Россия и мусульманский мир

, (1 (315)), 99-

113.

32.

Klichev, O. A. (2016). Discourse to the history of political аgency in the emirate of

Bukhara.

Europaische Fachhochschule

, (8), 14-15.

33.

Umarov, B. (2020). БУЮК ОЛИМ НА КИСЛЯКОВНИНГ ПЕДАГОГЛИК

ФАОЛИЯТИГА НАЗАР.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

1

(1).

34.

Abdurasulovich, K. O. (2023). ACTIVITY OF EDITORS OF" BUKHORONOMA"

NEWSPAPER.

Open Access Repository

,

4

(3), 1385-1388.

35.

Кличев, О. (2020). БУХОРО АМИРЛИГИ ВА РОССИЯ ИМПЕРИЯСИ

ЎРТАСИДАГИ

ДИПЛОМАТИК

МУНОСАБАТЛАРДА

СОВҒА

АЛМАШИНУВ

ТАРТИБЛАРИ.

Farg'ona davlat universiteti

, (4), 71-74.

36.

Beshimov, M. (2022). Abdulvahid Munzim-enlightened poet, state and public

figure.

International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences

,

2

(6), 52-56.

37.

BESHIMOV, M. (2022). Amir Said Alimkhan and Young Bukhara residents.

International

Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

2

(2), 78-83.


background image

38.

Beshimov, M. (2023). ISSUES OF AGGRESSION OF THE RUSSIAN EMPIRE IN THE

WORKS OF MIRZO SOMI.

Modern Science and Research

,

2

(7), 316-321.

39.

Beshimov, M. (2021). Mang'itlar davrida Buxoroda madaniy hayot.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

7

(7).

40.

UMAROV, B. (2022). ARCHITECTURE OF BUKHARA IN THE ASHTARKHANID

PERIOD.

International Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

2

(2), 94-100.

41.

Beshimov, M. (2023). THE HISTORY OF BUKHARA OF THE DOCUMENTS OF THE

QUSHBEGI ARCHIVE IMPORTANCE IN LEARNING.

Modern Science and Research

,

2

(7),

305-309.

42.

SHAROPOV, D. (2022). ПРАВИТЕЛЬ МАНГЫТОВ ЭМИР ХАЙДАР.

International

Journal of Intellectual Cultural Heritage

,

2

(2), 101-104.

43.

Ravshanovich, S. D. (2022). CURRENTLY, THE PLACE OF AFGHANISTAN IN THE

COMMUNICATION OF CENTRAL AND SOUTH ASIA.

International Journal of Intellectual

Cultural Heritage

,

2

(6), 55-59.

44.

Sharopov, D. (2021). ABDURAZZOQ SAMARQANDIYNING “MATLAI SA'DAYN VA

MAJMAI BAHRAYN” ASARINING O'RGANILISH TARIXI.

Scientific progress

,

2

(1), 358-361.

45.

Nosirov, S. (2022). Sadriddin Ayniy asarlari buxoro inqilobini tarixini o ‘rganuvchi manba

sifatida.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

26

(26).

46.

Sherzod, N. (2023). HISTORIAN SCIENTIST POLAT SOLIYEV IS A RESEARCHER

OF THE HISTORY OF BUKHARA.

International Journal of Philosophical Studies and Social

Sciences

,

3

(3), 32-38.

47.

Bakhtishod, U. (2024). CONSTRUCTIVE ACTIVITIES TO THE SAMANID

RULERS.

Western European Journal of Historical Events and Social Science

,

2

(5), 169-172.

48.

Sherzod O‘ktam o‘g, N., & Komilovich, B. M. (2023). Illumination of socio-economic

issues in Turkestan in the works of Professor Polat Soliyev.

Telematique

,

22

(01), 1278-1282.

49.

Nosirov, S. (2023). TARIXCHI OLIM PO ‘LAT SOLIEV IJODIDA TURKISTON TARIXI

MASALALARINING YORITILISHI.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)

,

29

(29).

50.

Umarov, B. (2023). ARAB MANBALARIDA BUXORO SHAHRI TAVSIFI (“KITOB AL-

MASOLIK VAL MAMALIK” MISOLIDA).

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.

uz)

,

38

(38).

51.

Umarov B. NA KISLYAKOV TADQIQOTLARIDA BUXORO AMIRLIGIDAGI

FEODAL VA QISHLOQ XO‘JALIGI MUNOSABATLARINING YORITILIShI //ЦЕНТР
НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2021. – Т. 6. – №. 6.

References

Темиров, Ф., & Халикова, Н. (2021). Бухоро амирлигида ташқи сиёсат ва дипломатиянинг ривожланиши тарихидан. Scientific progress, 2(1), 1276-1282.

Темиров, Ф., & Умаров, Б. (2021). Бухоро амирликда оила, никоҳ ва мерос ҳуқуқининг амалда қўлланиши. Scientific progress, 2(1), 1201-1207.

Temirov, F. (2023). SADRIDDIN AYNIY IJODIDA TURKISTON TARIXI MASALALARI. Farg'ona davlat universiteti, (1), 70-70.

Temirov, F. Of the journalistie work of Sadriddin Ayni Concerning Issues of Bukhara history. Irish Interdisciplinary of Science & Research (IIJSR) Vol, 6, 12-17.

Темиров, Ф. У. (2023). Жизнь И Научно-Творческая Деятельность Садриддина Айни В Трудах Его Современников. Central Asian Journal of Social Sciences and History, 4(2), 128-134.

Темиров, Ф. У. (2022). Мустақил ўзбекистонда инсон ҳуқуқлари ва қадрини улуғлаш–энг олий немат. Academic research in educational sciences, (1), 184-188.

Umarov B.B. & Temirov, F. (2023). Sources of information on the socio-economic life of the Somanian dynasty. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 3(3), 35-41.

Темиров, Ф., & Исломов, Д. (2021). САДРИДДИН АЙНИЙ–ЗАМОНДОШИ ФИТРАТ ҲАҚИДА. Scientific progress, 2(1), 1349-1354.

RAJABOV, O. (2022). " TARIKHI MULLOZODA" IS AN IMPORTANT SOURCE ON THE HISTORY OF THE SACRED PLACES AND SHRINES OF BUKHARA. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 89-93.

Rajabov, O. (2021). “Тарихи Муллозода” асари–Бухоро муқаддас қадамжолари ва зиёратгоҳлари тарихи бўйича муҳим манба. Центр научных публикаций (buxdu. uz), 8(8).

Rajabov, O. (2021). Chor Bakr tarixiy me’moriy majmuasi xususida. Центр научных публикаций (buxdu. uz), 8(8).

Rajabov, O. I. (2022). History of fortress of Makhmud Torobi. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(6), 50-54.

Temirov, F., & Umarov, B. (2021). Practical application of family, marriage and inheritance rights in bukhara emirates. Scientific progress, 2(1), 1201-1207.

Rajabov, O. I. (2021). Buxorodagi ayrim muqaddas qadamjo-qal’alar xususida. Scientific progress, 1(6), 1162-1168.

Iskandarovich, R. O. (2022). Historical Architectural Complex of the Chor (Pers. Four) Bakr Ensemble. Telematique, 6886-6890.

Rajabov, O. I. (2022). History of fortress of Makhmud Torobi. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(6), 50-54.

Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро шаҳри 11 дарвозасининг тарихи ва тақдири (ўлкашунос ТФ Гелах тадқиқотларида). Тюркоязычные страны. Республиканский научно-методический и познавательный журнал. Алмати, 2, 6-8.

Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро ўлкашунослиги тарихини ўрганишда СН Юренев ёзишмаларининг ўрни. Тошкент: Ўзбекистон Миллий университети хабарлари, (1), 5-9.

BAXTISHOD, U., & ULUG‘BEK, Q. Y. (2022). MS ANDREEV-THE GREAT EASTERN SCIENTIST. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(3), 120-123.

Болтаев, А. Х. (2019). Исследование С. Юренева в мечети Калян. Вестник археологии, антропологии и этнографии, (1 (44)), 45-53.

Болтаев, А. Ҳ. (2018). Бухоро ўлкашунослиги тарихини ўрганишда СН Юренев ёзишмаларининг ўрни. Тошкент: Ўзбекистон Миллий университети хабарлари, (1), 5-9.

Болтаев, А. Х. (2019). Бухарские коллекционеры. In Россия-Узбекистан. Международные образовательные и социально-культурные технологии: векторы развития (pp. 142-143).

Болтаев, А. (2020). Бухородаги биринчи музей. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Naimov, I., & Toshpo‘latova, S. (2023). MARRIAGE CEREMONY OF TAJIKS IN THE WORK OF MIKHAIL STEPANOVICH ANDREYEV “TADJIKI DOLINI KHUF”. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 3(1), 12-16.

Umarov, B. (2021). OLIY TA’LIMDA TALABALAR O ‘QUV-BILUV FAOLIYATINING PSIXODIDAKTIK ASOSLARI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 8(8).

Umarov, B. B. (2021). FAMILY AND MARRIAGE RELATIONS IN NA KISLYAKOV'S RESEARCH. Journal of Central Asian Social Studies, 2(02), 127-135.

Naimov, I. N. (2021). A coverage of the activities of the Mangitic Emirs in the works of Ahmad Donish. International Journal on Integrated Education, 4(5), 36-45.

Naimov, I. (2023). AHMAD DONISH ILMIY MEROSIDA ISLOM HUQUQI MASALALARI. Scientific journal of the Fergana State University, (1), 71-71.

Ismat, N. (2021). “MEYORU-Т-TADOYYUN” AS RELIGIOUS AND MORAL SOURCE. The Light of Islam, 2021(2), 46-54.

Klichev, O. (2020). Scholarships of Emirs of Bukhara. Oriente moderno, 100(1), 57-74.

Кличев, О. А. (2020). Особенности приема посольств Российской Империи в Бухарском Эмирате во второй половине XIX в. Россия и мусульманский мир, (1 (315)), 99-113.

Klichev, O. A. (2016). Discourse to the history of political аgency in the emirate of Bukhara. Europaische Fachhochschule, (8), 14-15.

Umarov, B. (2020). БУЮК ОЛИМ НА КИСЛЯКОВНИНГ ПЕДАГОГЛИК ФАОЛИЯТИГА НАЗАР. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 1(1).

Abdurasulovich, K. O. (2023). ACTIVITY OF EDITORS OF" BUKHORONOMA" NEWSPAPER. Open Access Repository, 4(3), 1385-1388.

Кличев, О. (2020). БУХОРО АМИРЛИГИ ВА РОССИЯ ИМПЕРИЯСИ ЎРТАСИДАГИ ДИПЛОМАТИК МУНОСАБАТЛАРДА СОВҒА АЛМАШИНУВ ТАРТИБЛАРИ. Farg'ona davlat universiteti, (4), 71-74.

Beshimov, M. (2022). Abdulvahid Munzim-enlightened poet, state and public figure. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 2(6), 52-56.

BESHIMOV, M. (2022). Amir Said Alimkhan and Young Bukhara residents. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 78-83.

Beshimov, M. (2023). ISSUES OF AGGRESSION OF THE RUSSIAN EMPIRE IN THE WORKS OF MIRZO SOMI. Modern Science and Research, 2(7), 316-321.

Beshimov, M. (2021). Mang'itlar davrida Buxoroda madaniy hayot. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 7(7).

UMAROV, B. (2022). ARCHITECTURE OF BUKHARA IN THE ASHTARKHANID PERIOD. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 94-100.

Beshimov, M. (2023). THE HISTORY OF BUKHARA OF THE DOCUMENTS OF THE QUSHBEGI ARCHIVE IMPORTANCE IN LEARNING. Modern Science and Research, 2(7), 305-309.

SHAROPOV, D. (2022). ПРАВИТЕЛЬ МАНГЫТОВ ЭМИР ХАЙДАР. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 101-104.

Ravshanovich, S. D. (2022). CURRENTLY, THE PLACE OF AFGHANISTAN IN THE COMMUNICATION OF CENTRAL AND SOUTH ASIA. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(6), 55-59.

Sharopov, D. (2021). ABDURAZZOQ SAMARQANDIYNING “MATLAI SA'DAYN VA MAJMAI BAHRAYN” ASARINING O'RGANILISH TARIXI. Scientific progress, 2(1), 358-361.

Nosirov, S. (2022). Sadriddin Ayniy asarlari buxoro inqilobini tarixini o ‘rganuvchi manba sifatida. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 26(26).

Sherzod, N. (2023). HISTORIAN SCIENTIST POLAT SOLIYEV IS A RESEARCHER OF THE HISTORY OF BUKHARA. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 3(3), 32-38.

Bakhtishod, U. (2024). CONSTRUCTIVE ACTIVITIES TO THE SAMANID RULERS. Western European Journal of Historical Events and Social Science, 2(5), 169-172.

Sherzod O‘ktam o‘g, N., & Komilovich, B. M. (2023). Illumination of socio-economic issues in Turkestan in the works of Professor Polat Soliyev. Telematique, 22(01), 1278-1282.

Nosirov, S. (2023). TARIXCHI OLIM PO ‘LAT SOLIEV IJODIDA TURKISTON TARIXI MASALALARINING YORITILISHI. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 29(29).

Umarov, B. (2023). ARAB MANBALARIDA BUXORO SHAHRI TAVSIFI (“KITOB AL-MASOLIK VAL MAMALIK” MISOLIDA). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 38(38).

Umarov B. NA KISLYAKOV TADQIQOTLARIDA BUXORO AMIRLIGIDAGI FEODAL VA QISHLOQ XO‘JALIGI MUNOSABATLARINING YORITILIShI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2021. – Т. 6. – №. 6.