Authors

  • Muxlisa Zubaydullaeva
  • Dilnoza Mirzajanova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.44428

Abstract

This article analyzes the principles of social protection and its historical development. Also, the characteristics of the emergence and development of state social protection are highlighted. The stages of formation of the state's social protection and issues of improvement of the state's social goals were discussed.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

483

IJTIMOIY HIMOYA TIZIMINING SAMARADORLIGI VA MAQSADLILIGINI

TA’MINLASH YO‘LLARI

Zubaydullaeva Muxlisa Rustamjon qizi

Mirzajanova Dilnoza Abdullajonovna

Bank moliya akademiyasi magistrantlari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13942121

Annotatsiya.

Mazkur maqolada ijtimoiy himoya va uning tarixiy rivojlanish tamoyillari

tahlil qilingan. Shuningdek, davlatning ijtimoiy himoyasi paydo bo‘lishi va rivojlanishiga xos
xususiyatlar yoritilgan. Davlatning ijtimoiy himoyasi shakllanish bosqichlari va davlat ijtimoiy
maqsadlarining takomillashishi masalalari haqida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

ijtimoiy himoya, ijtimoiy funksiya, davlatning ijtimoiy himoyasi, ijtimoiy

soha.

WAYS TO ENSURE THE EFFICIENCY AND OBJECTIVENESS OF THE SOCIAL

PROTECTION SYSTEM

Abstract.

This article analyzes the principles of social protection and its historical

development. Also, the characteristics of the emergence and development of state social protection
are highlighted. The stages of formation of the state's social protection and issues of improvement
of the state's social goals were discussed.

Key words:

social protection, social function, state social protection, social sphere.

ПУТИ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ И ОБЪЕКТИВНОСТИ СИСТЕМЫ

СОЦИАЛЬНОЙ ЗАЩИТЫ

Аннотация.

В статье анализируются принципы социальной защиты и ее

историческое развитие. Также выделены особенности возникновения и развития
государственной социальной защиты. Обсуждались этапы становления социальной
защиты государства и вопросы совершенствования социальных задач государства.

Ключевые слова:

социальная защита, социальная функция, государственная

социальная защита, социальная сфера.


KIRISH

Bugungi kunda davlatning ijtimoiy funksiyalari doimiy ravishda murakkablashib

bormoqda.

Endi ular ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta, sog‘liqni saqlash, oila, uy-joy, ta’lim

sohalariga keng tarqalib bormoqda. Ijtimoiy sohadagi masalalarga qarashlarimiz asta-sekinlik
bilan o‘zgarib, avvalgi tushunchalar va yondashuvlar yangicha mazmun-mohiyat kasb etmoqda.

Jumladan, “ijtimoiy siyosat”, “ijtimoiy himoya”, “ijtimoiy sheriklik” kabi tushunchalar

avvalgisidan farq qilib, hayotimizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni tobora ko‘proq o‘zida aks
ettirmoqda. Shu sababli, ijtimoiy siyosat fuqarolarning ayniqsa, yoshlarning faqat moddiy
muammolarinigina hal qilishga qaratilgan faoliyat bo‘lmay, balki davlat ichki siyosatining asosiy
qismini o‘zida ifoda etmoqda.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Davlatning rivojlanishi bilan uning ijtimoiy maqsadi, aholining turmush darajasi, ijtimoiy-

iqtisodiy huquqlari, shuningdek, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy sohaga aralashuvi chegaralari va


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

484

ayniqsa aholining ayrim guruhlari ijtimoiy-iqtisodiy holati haqidagi g‘oyalar ham o‘zgarib
bormoqda. Albatta ijtimoiy funksiyaning rivojlanishi davlatning ijtimoiy siyosatini qanday amalga
oshirishga bog‘liqdir.

Darhaqiqat, islohotlarning dastlabki bosqichida ijtimoiy himoya aholining barcha

qatlamlariga nisbatan amalga oshirildi. Bunda oylik ish haqlari, pensiya va stipendiyalar oshirilib,
aholiga turli xil imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berildi. Lekin ijtimoiy ximoyalashning mazkur
tizimini amalga oshirishda o‘ziga xos kamchiliklar ko‘zga tashlanib, uni takomillashtirish
maqsadida umumiy ijtimoiy himoyadan tabaqalangan holdagi manzilli ijtimoiy himoyaga o‘tish
chora-tadbirlari amalga oshirildi. Bunda oila aholini ijtimoiy ximoyalashning asosi sifatida
belgilanib, ijtimoiy yordamni amalga oshirishda mahalla fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining o‘rni va ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

Bugungi kunda ijtimoiy himoya davlatning asosiy funksiyalaridan biri sanalsa-da, bu hol

mazkur funksiyani amalga oshirishga ko‘maklashish maksadida boshka nodavlat, jamoat
tashkilotlarining faoliyat olib borishini inkor etmaydi. Zero, ijtimoiy masalalarni hal etishda
nodavlat yoki jamoat tashkilotlari ko‘magidan foydalanish tendensiyasi ko‘plab dunyo
mamlakatlari tajribasida keng rivojlanib bormoqda.

Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda davlat

asosiy funksiyalarini o‘zidan soqit kilmasdan, aksincha, ularni ruyobga chiqarishda turli korxona
va tashkilotlar, jamoat birlashmalari, xayriya fondlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari ko‘magidan foydalanadi.

Hozirgi kunda ijtimoiy himoya sohasidagi boshqaruv asosan nomarkazlashtirilgan tizimga

o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur tizim har bir fuqaroning o‘zi yashab turgan joyidagi yig‘inda olib
boriladigan ijtimoiy himoyaga erkin aralashuvini ta’minlaydigan tamoyil asosiga qurilgan.

Ayniqsa, bugungi kunda joylarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlatning

aholini ijtimoiy himoyalash borasidagi vazifalarni hal etishda faol ishtirok etib, aholiga turli xil
ijtimoiy yordam va xizmatlar ko‘rsatilishda, nafaqa va boshqa xil moddiy yordam turlarini
yetkazishda, ishsiz shaxslarni ish bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda. Qolaversa,
davlatning bu boradagi ayrim vakolatlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga
o‘tkazilishi birinchidan, mazkur tadbirlarning maqsadli va aniq yo‘naltirilgan tarzda olib
borilishiga, ikkinchidan, jamiyatda insonparvarlik va ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror
toptirishga yordam berib, bunda mahallalarning mavqei yanada oshishiga zamin bo‘ldi.

Ijtimoiy siyosat davlatning ichki siyosati asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, uning

ijtimoiy tizimi barqarorligini ta’minlash uchun yaratilgan hamda uning maqsadlari quyidagilardan
iborat:

mamlakat aholisining turmush darajasini oshirish;

ijtimoiy ziddiyatlarni yumshatish yoki bartaraf etish, jamiyatdagi ma’lum bir muvozanatga

erishish;

iqtisodiyot va madaniyatni yaxshilash.
Ijtimoiy masalalar va ularning hal etilishi davlatimiz o‘z oldiga qo‘ygan ustuvor vazifa

ekanligining mazmun-mohiyati ham aynan inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari
oliy qadriyat ekanligi tamoyili ro‘yobga chiqarilishiga qaratilganligida ko‘zga tashlanadi. Bunda
ayniqsa, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini kuchli ijtimoiy himoya qilish yuzasidan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

485

qilinayotgan ishlar, amalga oshirilib kelinayotgan keng qamrovli, yirik hajmdagi chora-tadbirlarni
o‘zida aks ettiruvchi davlat dasturlari diqqatga sazovordir.

Davlat rivojlanishining dastlabki bosqichlarida davlat faoliyatining umumiy tamoyillari

ko‘rinishida yoki iqtisodiy funksiyalar ko‘rinishida paydo bo‘ladigan har qanday davlatga xos
bo‘lgan ijtimoiy funksiyalardan farqli o‘laroq, ijtimoiy davlatning funksiyalari davlatning
evolyusion rivojlanishi davrida paydo bo‘ladi. Davlat ijtimoiy funksiyalarining paydo bo‘lishi va
rivojlanishi ikki tomonlama jarayon bilan tavsiflanadi. Bir tomondan, davlat rivojlanishining
yuqori darajalarda ijtimoiy funksiyalar sonining takomillashishi, ikkinchi tomondan, ijtimoiy
funksiyalarning huquqiy, siyosiy va iqtisodiy funksiyalar bilan bir qatorda murakkab funksional
tizimlarga qo‘shilishi, davlatning barcha funksiyalarini “ijtimoiylashtirish”ga olib keladi.

Shuning uchun hozirgi vaqtda davlat ta’lim, fan, madaniyat va fuqarolarning sog‘ligi

sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga katta e’tibor qaratmoqda. Mazkur sohalarda
ijtimoiy funksiya ta’lim, ilmiy muassasalar, shuningdek madaniy muassasalarni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash (moliyaviy, moddiy, dasturiy) shaklda amalga oshiriladi. Ularning ishini
boshqarish va tashkil etishga kelsak, ular mustaqildir va o‘z faoliyatlarida erkin hamda bunda
davlatning aralashuvi mumkin emas.

Davlatning ijtimoiy funksiyasi insonlar uchun birlashtiruvchi prinsipning o‘ziga xos

vazifasini bajaradi. Mazkur funksiya orqali har bir shaxsning jamoat ishlariga tegishliligi va
ishtiroki ta’kidlanadi. O‘z navbatida, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini qo‘llab-
quvvatlash muammosi davlatning mamlakat iqtisodiyotni boshqarishda ishtiroki bilan bevosita
bog‘liqdir.

Haqiqat shundaki, zamonaviy davlat bozor holatidir. Bozor iqtisodiyotining mohiyati

tovarlarining erkin almashuvi, xususiy mulkning daxlsizligi va mulkdorning qonuniy
manfaatlarini e’tirof etish, mehnat va xususiy tadbirkorlik erkinligidan iboratdir.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy munosabatlarining asosiy tartibga soluvchi bozor

qonunlari, asosiysi esa talab va taklif nisbati qonunidir. Ushbu qonunga muvofiq tovarlar va
xizmatlar narxlari shakllantiriladi va pirovardida mamlakat aholisining turmush darajasi
aniqlanadi.

Ayrim tovarlarga talabning pasayishi tadbirkorni mahsulot sifatini yaxshilashga, ularni

ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishga, yangi, zamonaviy, yuqori talabga ega mahsulotlar
yaratib, fan va texnika taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlashga majbur qiladi.

Shu o‘rinda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatni barpo etish jarayonida aholini ijtimoiy

himoya qilishdagi davlat, uning organlarining o‘rni, mavqei masalasi, fuqarolik jamiyatiga
o‘tilgani sari davlatning mazkur funksiyasi evolyusion tarzda, bosqichma-bosqich jamiyat
zimmasiga yuklana borishi, ijtimoiy himoyani amalga oshirish jarayonida bu sohadagi davlat
organlari faoliyatining takomillashtirilishi, jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro hamkorligi muammolarini hal etishni
talab qiladi.

Ijtimoiy funksiyani yanada samarali amalga oshirish uchun ijtimoiy siyosatning asosiy

ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratish lozim, xususan:

davlat o‘z fuqarolarining ijtimoiy holati uchun javobgarligini tan olish;

barcha fuqarolarga bepul ta’lim va tibbiy xizmatlarni kafolatlash;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

486

davlat sektori xodimlariga ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar o‘z vaqtida to‘lanishini

kafolatlash;

ommaviy ishsizlikning oldini olish, bo‘shatilgan ishchi kuchlarini qayta tayyorlash va

malakasini oshirish.

XULOSA VA MUNOZARA

Shunday qilib, davlat fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash uchun turli xil chora-

tadbirlarni amalga oshirmoqda, bu davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijtimoiy funksiyasi shaxsning
ijtimoiy xavfsizligini ta’minlashga, jamiyatning barcha a’zolari uchun, ularning mahsulot ishlab
chiqarishda bevosita ishtirok etishidan qat’iy nazar, normal yashash sharoitlarni ta’minlashga
qaratilgan.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. “O‘zbekiston” NMIU. 2021. 40 b.

2.

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 avgustdagi “Kam ta’minlangan
oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada
kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risid”gi PF-6277-sonli Farmoni.

4.

www.lex.uz

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. “O‘zbekiston” NMIU. 2021. 40 b.

O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 avgustdagi “Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risid”gi PF-6277-sonli Farmoni.

www.lex.uz