Authors

  • Jasmina Ikromova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.45118

Keywords:

Iqtisodiy mustaqillik ta'lim kasb - hunar gender tengligi ish joyi mehnat huquqlari innovatsiya sog'liqni saqlash qonunchilik xotin-qizlar liderligi.

Abstract

Ushbu maqolada O'zbekistonda xotin-qizlar bandligini ta'minlashning jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati muhokama qilinadi. Ayollarning iqtisodiy faolligi, ularning moliyaviy mustaqilligini oshirish bilan birga, ijtimoiy barqarorlik va farovonlikni ta'minlashga yordam beradi. Maqola, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan dasturlar, ayollarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ko'rib chiqadi. Shuningdek, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi roli, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalaridagi ishtiroklari ham ta'kidlanadi. Ushbu o'rganish, O'zbekistonda gender tenglikni ta'minlash va barqaror rivojlanishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan strategiyalarni aniqlashga yordam beradi.

background image

2024

OCTOBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 8

246

O'ZBEKISTONDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA'MINLASH JAMIYAT

RIVOJLANISHINING OMILI SIFATIDA.

Ikromova Jasmina Ilhomjon qizi

O'zbekiston Milliy Universiteti

Sotsiologiya yo'nalishi 2 - bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13986366

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekistonda xotin-qizlar bandligini ta'minlashning

jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati muhokama qilinadi. Ayollarning iqtisodiy faolligi, ularning

moliyaviy mustaqilligini oshirish bilan birga, ijtimoiy barqarorlik va farovonlikni ta'minlashga

yordam beradi. Maqola, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan dasturlar, ayollarni

tadbirkorlikka jalb etish va ularning kasbiy ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan

tashabbuslarni ko'rib chiqadi. Shuningdek, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi roli, ta'lim va

sog'liqni saqlash sohalaridagi ishtiroklari ham ta'kidlanadi. Ushbu o'rganish, O'zbekistonda

gender tenglikni ta'minlash va barqaror rivojlanishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan

strategiyalarni aniqlashga yordam beradi.

Kalit so`zlar: Iqtisodiy mustaqillik, ta'lim, kasb - hunar, gender tengligi, ish joyi, mehnat

huquqlari, innovatsiya, sog'liqni saqlash, qonunchilik, xotin-qizlar liderligi.

ENSURING WOMEN'S EMPLOYMENT IN UZBEKISTAN AS A FACTOR OF

SOCIETY'S DEVELOPMENT.

Abstract. This article discusses the importance of ensuring women's employment in the

development of society in Uzbekistan. Economic activity of women helps to ensure social stability

and prosperity, while increasing their financial independence. The article examines government

programs and initiatives aimed at engaging women in entrepreneurship and developing their

professional skills. It also emphasizes the role of women in social life, education and health. This

study will help identify strategies aimed at ensuring gender equality and supporting sustainable

development in Uzbekistan.

Key words: Economic independence, education, careers, gender equality, workplace,

labor rights, innovation, health, legislation, women's leadership.

ОБЕСПЕЧЕНИЕ ЗАНЯТОСТИ ЖЕНЩИН В УЗБЕКИСТАНЕ КАК ФАКТОР

РАЗВИТИЯ ОБЩЕСТВА.

Аннотация. В данной статье рассматривается значение обеспечения занятости

женщин в Узбекистане в развитии общества. Экономическая активность женщин

помогает обеспечить социальную стабильность и процветание, одновременно повышая их


background image

2024

OCTOBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 8

247

финансовую независимость. В статье рассматриваются государственные программы и

инициативы, направленные на вовлечение женщин в предпринимательство и развитие их

профессиональных навыков. В нем также подчеркивается роль женщин в общественной

жизни, образовании и здравоохранении. Данное исследование поможет определить

стратегии, направленные на обеспечение гендерного равенства и поддержку устойчивого

развития в Узбекистане.

Ключевые слова: экономическая независимость, образование, профессия, гендерное

равенство,

рабочее

место,

трудовые

права,

инновации,

здравоохранение,

законодательство, женское лидерство.

KIRISH.

Birinchi o'rinda biz bandlik haqida qisqacha ma'lumotga ega bo'lishimiz kerak.

Ho'sh bandlik nima?

Bandlik, insonning mehnat faoliyati bilan bog'liq holda, iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishi

va daromad olish imkoniyatini anglatadi. Bu, shuningdek, shaxsning ijtimoiy hayotda o'z o'rnini

topishi, jamiyatga qo'shgan hissasi va o'z imkoniyatlaridan foydalanishi demakdir.

Bandlik, nafaqat iqtisodiy mustaqillikni ta'minlaydi, balki shaxsiy rivojlanish va

farovonlikni oshiradi[1]. Xotin-qizlar bandligi esa jamiyatda gender tengligini ta'minlash va

iqtisodiy o'sishga hissa qo'shish nuqtai nazaridan alohida ahamiyatga ega.

Bandlik haqida o'rgangan, nazariya va tadqiqotlarni o'tkazgan bir nechta sotsiolog olimlar

mavjud. Ularni nazariyalari bilan tanishib chiqsak, bandlikni o'rganishda ijtimoiy va iqtisodiy

omillarni tadqiq qilgan olimlar, masalan, Emile Dyurkgeym. U jamiyatdagi mehnat taqsimoti va

ijtimoiy integratsiyaning ahamiyatini ta'kidlagan[2]. Judith Butler va boshqa feminst olimlar,

xotin-qizlar bandligini va gender tengligini o'rganish orqali jamiyatdagi gender rollarining

iqtisodiy ta'sirini tahlil qilgan.

Hozirda yurtimizda xotin-qizlar bandligini ta'minlash mamlakat rivojlanishining muhim

omillaridan biridir. Ayollar iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishi, nafaqat o'zlarining moliyaviy

mustaqilligini ta'minlaydi, balki oilalar va jamiyat uchun ijtimoiy barqarorlikni ham oshiradi.

Zamonaviy iqtisodiyotda xotin-qizlarning roli tobora ortib borayotganini inobatga olsak,

ularning imkoniyatlarini kengaytirish va faoliyatlarini rag'batlantirish jamiyatning barqaror

rivojlanishi uchun zarurdir.

O'zbekistonda ayollarning ishga jalb etilishiga qaratilgan ko'plab tashabbuslar va dasturlar

amalga oshirilmoqda. Bu dasturlar orqali ayollarga ta'lim olish, kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish

va tadbirkorlik bilan shug'ullanish imkoniyatlari yaratilmoqda. Natijada, xotin-qizlarning iqtisodiy


background image

2024

OCTOBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 8

248

va ijtimoiy hayotga jalb etilishi jamiyatning barcha qatlamlarida ijobiy o'zgarishlarga olib

kelmoqda.

Hozirda xotin- qizlar bandligini ta'minlash bo'yicha bir qator tashabbuslar va dasturlar

amalga oshirilmoqda. Ularga misol tariqasida davlat dasturlarini olsak bo'ladi. O'zbekiston

hukumati ayollarni ish bilan ta'minlash va ularning iqtisodiy faoliyatini oshirish maqsadida maxsus

dasturlar ishlab chiqmoqda. Bu dasturlar tadbirkorlikni rivojlantirish, ayollarga moliyaviy yordam

ko'rsatishni o'z ichiga oladi. Ta'lim va kasbiy o'qitish tizimi. Ayollar uchun kasbiy ta'lim va o'qitish

dasturlari yo'lga qo'yilgan. Bu ularning malakasini oshirish va ishga joylashish imkoniyatlarini

kengaytirishga yordam beradi. Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash:

Ayollarga kichik biznes ochish va tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun grantlar va

subsidiyalar taqdim etilmoqda. Ijtimoiy loyihalar: Turli nohukumat tashkilotlari va jamiyatlar

tomonidan ayollarni qo'llab-quvvatlovchi loyihalar amalga oshirilmoqda, masalan, psixologik va

huquqiy yordam ko'rsatish.

Jamiyatda gender tengligini ta'minlash maqsadida turli tadbirlar va konferensiyalar

o'tkazilmoqda, bu ayollarning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishini, o'zining haq-huquqlarini

himoya qila olishini ta' minlamoqda. Ushbu tashabbuslar ayollar bandligini oshirish va ularning

iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotda faol qatnashishini ta'minlashga qaratilgan.

Statistik ma'lumotlarga qaraganda ayollar o'rtasidagi ish bilan ta'minlash darajasi

erkaklarga nisbatan pastroq. 2022-yilda ayollar uchun ish bilan ta'minlash darajasi taxminan 47-

50% atrofida bo'lgan. Mehnat bozoridagi o'rni esa 2023-yilga kelib, taxminan 38-40% ni tashkil

etmoqda. Bu raqam, global o'rtacha ko'rsatkichdan (60% dan yuqori) past[3]. Ayollar ko'pincha

past maoshli sohalarda ishlaydi, masalan, xizmat ko'rsatish va tekstil sanoatida. Ular uchun mehnat

sharoitlari ko'pincha noqulay va huquqlari cheklangan.

2022-yil ma'lumotlariga ko'ra, O'zbekistondagi tadbirkorlarning 30% dan ortig'i ayollarni

tashkil etadi [4]. Bu ko'rsatkich har yili ortib bormoqda, chunki ko'plab ayollar o'z bizneslarini

ochishga intilmoqda.

O'zbekistonda ayollar o'rtasida ta'lim olish darajasi yuqori. 2022 yilda ayollarning oliy

ta'lim olish darajasi 40% dan ortiq bo'lgan. Sog'liqni saqlash va ta'lim sohalarida ayollar

ko'pchilikni tashkil qiladi. Misol uchun, ta'lim tizimida o'qituvchilarning 60% dan ortig'i

ayollardir.

Hozirda O'zbekistonda ayollar bandligi bilan bog'liq vaziyat bir qator ijobiy va salbiy

jihatlarni o'z ichiga oladi. Ijobiy jihatlar:

1.

Iqtisodiy faollik oshmoqda. Ayollarning mehnat bozoridagi ishtiroki ortmoqda.


background image

2024

OCTOBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 8

249

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, ayollar o'rtasida ish bilan ta'minlash darajasi oshmoqda, bu

esa ularning moliyaviy mustaqilligini kuchaytiradi.

2. Tadbirkorlik faoliyati kengaymoqda. O'zbekiston hukumati ayollarni tadbirkorlikka jalb

qilish uchun maxsus dasturlarni amalga oshirmoqda. Kichik va o'rta biznesni rivojlantirishda

ayollar faolligi ortib bormoqda. Hozirda ko'plab ayollar o'z bizneslarini ochmoqda, bu esa

iqtisodiyotga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

3. Ta'lim va kasbiy tayyorgarlik: Ayollar uchun ta'lim olish imkoniyatlari kengaygan.

Davlat va xususiy sektorda turli kasb-hunar o'quv dasturlari mavjud bo'lib, bu ayollarning

malakasini oshirishga yordam beradi.

4. Ijtimoiy dasturlar: Nohukumat tashkilotlari va davlat agentliklari tomonidan ayollarga

psixologik, huquqiy va moliyaviy yordam ko'rsatish uchun ijtimoiy loyihalar amalga

oshirilmoqda.

5. Gender tengligi: Gender tengligini ta'minlash bo'yicha davlat siyosati va qonunchilikni

rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar mavjud. Bu ayollarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy

hayotda faol ishtirok etishini qo'llab-quvvatlaydi [5].

Tanganing ikki tomoni bor deganlaridek, bir nechta muammoli va salbiy jihatlar tomonlari

bor. Masalan, Bir muncha ijtimoiy va madaniy to'siqlar mavjud. Oila va jamiyatda mavjud bo'lgan

gender stereotiplari va an'anaviy qarashlar ayollarning ishga joylashishiga to'sqinlik qilmoqda.

Ko'plab ayollar, oilaviy majburiyatlar tufayli, ishga chiqishga imkon topa olmayapti.

Ish joyidagi muammolar. Ba'zi sohalarda ayollar uchun ish joylaridagi sharoitlar, xususan,

mehnat haqi va ishlash sharoitlari, ko'pincha erkaklar bilan solishtirganda pastroq bo'ladi.

Ko'plab ayollar o'z ish faoliyatlarini rivojlantirishda oila ichidagi qarorlardan cheklangan.

Oilaviy majburiyatlar va an'anaviy rollar ularga professional rivojlanish imkoniyatlarini

cheklab qo'yishi mumkin. Eng katta muammolardan biri bu ishsizlik tufayli ayollarning chetga

chiqib ketishi masalasi murakkab va ko'p qirrali masalalardan biri bo'lib qoldi. Buning asosiy

sabablariga to'xtalsak, birinchi navbatda iqtisodiy sabab ya'ni moliyaviy qiyinchiliklar. Ishsiz

qolgan ayollar ko'pincha o'zlari va oilalari uchun moddiy ta'minotni topa olmaydilar. Chetga

chiqish orqali ular yaxshiroq ish imkoniyatlari, yuqori maoshlar va moliyaviy barqarorlikka

erishish umidida bo'lishadi. Afsuski, doim ham o'ylaganlariday bo'lmaydi yoki odam savdosiga

qo'shilib qolishadi, yoki ona yurtiga qayta olmay qiynalib yurishadi. Yana bir asosiy sabablaridan

biri bu ish o'rinlari tanqisligi. Ko'plab mamlakatlarda ish o'rinlari kam va raqobat yuqori.

Bu sharoitda ayollar, ko'pincha, o'z imkoniyatlarini kengaytirish uchun chetga ko'chishni

afzal ko'rishadi. Yana bir sababi chet mamlakatlarda ko'plab kasblar uchun o'qish va rivojlanish


background image

2024

OCTOBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 8

250

imkoniyatlari ko'proq. Bu, ayniqsa, o'qituvchilar, shifokorlar va muhandislar kabi professional

sohalarda. Gender tengsizlik mavjud. Ba'zi jamiyatlarda ayollar uchun ishga joylashish, lavozimda

ko'tarilish va yutuqlarga erishish imkoniyatlari cheklangan. Chetga chiqish orqali ular o'z

huquqlarini himoya qilish, ijtimoiy tenglik va erkinlikni qidirishadi. Ba'zi ayollar oilaviy qarorlar

asosida, masalan, erining ish joyi yoki oila a'zolari bilan bog'liq sabablarga ko'ra chetga ko'chishga

majbur bo'lishadi. Ba'zilari oilalar o'z farzandlari uchun yaxshiroq ta'lim va sharoitlarni qidirishi

natijasida ham ayollar chetga chiqishga qaror qilishadi.

Ho'sh, bu muammolarni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerak? Birinchi navbatda xotin-

qizlar o'z haq- huquqlarini anglab yetishi kerak. Prezidentimiz qanchadan qancha sharoitlar yaratib

bermoqda ulardan oqilona foydalana olishlari kerak. Ijtimoiy, moliyaviy jihatdan ham ayollar

uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu muammolarni bartaraf etish uchun kasb - hunar maktablarida

o'qib, ko'nikma hosil qilib, malakasini oshirib bir kasbni mutaxasisi bo'lib chiqsa hech gap emas.

Yoki hozir XXI asr internet asri. Internet orqali onlayn ta'lim olib, dasturlash, dizayn,

marketing sohalarini o'rganib ishlasalar bo'ladi. Eng ommalashayotgan kichik biznes ochish, qo'l

mehnati bilan shug'ullanib, oshpaslik, tikuvchilik bilan kichkina biznes ochib keyin uni ijtimoiy

tarmoqlar orqali ommalashtirishlari mumkin. Ayollar o'zini-o'zi band qilish uchun ko'plab

imkoniyatlarga ega. O'z ko'nikmalarini rivojlantirish, yangi kasblarni o'rganish, shuningdek,

kichik biznes ochish orqali moliyaviy mustaqillikka erishish mumkin. Bu yo'nalishlar orqali

ayollar o'z hayotlarini o'zgartirish va jamiyatda faol ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadilar.

Buning barchasi o'zlariga bog'liq.

Xulosa.

O'zbekistonda xotin-qizlar bandligini ta'minlash, jamiyat rivojlanishining ajralmas

omili hisoblanadi. Ayollarning iqtisodiy faoliyatga jalb etilishi, nafaqat ularning shaxsiy hayotini,

balki oila va jamiyatni ham yaxshilaydi. Bu jarayon, o'z navbatida, iqtisodiy o'sish, ijtimoiy

barqarorlik va gender tengligini ta'minlashga xizmat qiladi. Xotin-qizlar ta'lim va kasb-hunar

o'rganish orqali o'z malakalarini oshirib, zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh bo'lish

imkoniyatiga ega bo'lishlari zarur. Bu esa innovatsion g'oyalar va tadbirkorlikni rivojlantirishga

ko'maklashadi. Shuningdek, ayollarning faoliyatini qo'llab-quvvatlash jamiyatda ijtimoiy

muammolarni hal qilishda muhim rol o'ynaydi. Oila va jamiyatda ayollarning roli kuchayganda,

ijtimoiy barqarorlikni saqlash imkoniyatlari ham oshadi. Bularning barchasi, O'zbekistonda xotin-

qizlar bandligini oshirish uchun davlat va jamoatchilik tomonidan ko'rsatilayotgan e'tibor va sa'y-

harakatlarning muhimligini ko'rsatadi. O'z-o'zini band qilish imkoniyatlarini kengaytirish,

ayollarning iqtisodiy va ijtimoiy hayotda faolligini oshirish, mamlakatimizning rivojlanish

strategiyasining ajralmas qismi bo'lishi kerak.


background image

2024

OCTOBER

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 1

|

ISSUE 8

251

Shunday qilib, xotin-qizlar bandligini ta'minlash, nafaqat ularning, balki jamiyatning

barqaror rivojlanishiga hissa qo'shadi. Bu yo'nalishda amalga oshiriladigan harakatlar va dasturlar,

kelajakda O'zbekistonda kuchli va muvozanatli jamiyatni shakllantirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

Rahimova, Dilfuza (2000-2005). "Bandlik". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.

2.

Xolmo‘minov Sh. R. Qishloq mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishi hamda ularni

modellashtirish – T.: «Fan va texnologiya», 2014.

3.

Abdurahmonov Q.X., Mamarasulov F. Mehnat iqtisodiyoti:

4.

nazariya va amaliyot (darslik). –T.: «Fan», 2019.

5.

Karimova I.A. O‘zbekiston: bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli. –T.:

O‘zbekiston», 1993.

6.

O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash toʻg‘risida»gi Qonuni //

«Mehnat» gazetasi. —T., 1993-yil, 1-oktabr.

7.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Bandlik#cite_ref-O%CA%BBzME_1-2

References

Rahimova, Dilfuza (2000-2005). "Bandlik". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.

Xolmo‘minov Sh. R. Qishloq mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanishi hamda ularni modellashtirish – T.: «Fan va texnologiya», 2014.

Abdurahmonov Q.X., Mamarasulov F. Mehnat iqtisodiyoti:

nazariya va amaliyot (darslik). –T.: «Fan», 2019.

Karimova I.A. O‘zbekiston: bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli. –T.: O‘zbekiston», 1993.

O‘zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan ta’minlash toʻg‘risida»gi Qonuni // «Mehnat» gazetasi. —T., 1993-yil, 1-oktabr.