Authors

  • Musharraf Hakimova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.45143

Abstract

Ushbu maqolada hozirgi globallashuv zamonida pedagoglar oldida turgan muhim masalalardan biri bo`lmish, jamiyatimizning yetuk, barkamol va o`z ishining mutaxassisi bo`lgan kadrlarni yetishib chiqishida pedagogik mahoratning roli, ahamiyati va o`rni talqin qilinadi.

background image


Oktabr, 2024-Yil

466

O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK MAHORATNING O`RNI VA AHAMIYATI

Hakimova Musharraf Fozilovna

Osiyo Xalqaro Universiteti Pedagogika yo`nalishi 1-kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13988186

Annotatsiya.

Ushbu maqolada hozirgi globallashuv zamonida pedagoglar oldida turgan

muhim masalalardan biri bo`lmish, jamiyatimizning yetuk, barkamol va o`z ishining mutaxassisi

bo`lgan kadrlarni yetishib chiqishida pedagogik mahoratning roli, ahamiyati va o`rni talqin

qilinadi.

Kalit so`zlar:

pedagog, pedagogik mahorat, qobiliyat, yetuk shaxs, barkamol avlod, yetuk

kadr, ta`lim tarbiya jarayoni, faoliyat, texnika.

THE PLACE AND IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL SKILLS IN TEACHER'S

ACTIVITY

Abstract.

In this article, one of the important issues facing pedagogues in the current era

of globalization, the role, importance and place of pedagogical skills in the development of mature,

competent and expert personnel of our society is interpreted.

Key words:

pedagogue, pedagogical skill, ability, mature person, mature generation,

mature staff, educational process, activity, technique.

МЕСТО И ЗНАЧЕНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ НАВЫКОВ В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

УЧИТЕЛЯ

Аннотация.

В данной статье трактуется один из важных вопросов, стоящих

перед педагогами в современную эпоху глобализации, роль, значение и место

педагогического мастерства в развитии зрелых, компетентных и экспертных кадров

нашего общества.

Ключевые слова:

педагог, педагогическое мастерство, способности, зрелая

личность, зрелое поколение, зрелый коллектив, образовательный процесс, деятельность,

методика.

Oliy ta’lim tizimida pedagogik mahorat sirlari maxsus dastur asosida o‘rgatiladi. Oliy

ta’lim tizimida pedagogik mahorat sirlari quyidagi yo‘nalishlarda o‘rgatib boriladi:

1. pedagogika va psixologiya mashg‘ulotlarida;

2. pedagogik mahorat kursini o‘tish jarayonida;

3. o‘z ixtisosligini egallash jarayonida (pedagogik amaliyot davrida);


background image


Oktabr, 2024-Yil

467

4. mustaqil tayyorgarlik davrida. Oliy ta’limdan keyingi davrda pedagogik mahorat sirlari

tayanch doktorant, doktorant hamda mustaqil ilmiy tadqiqotchilar tomonidan o‘z tanlagan

mavzularini ta’limning u yoki bu turida ommalashtirish jarayonida egallanib boriladi, bunda

ularning rahbar va maslahatchilari yetakchi rolni o‘ynaydi. Malaka oshirish va qayta tayyorlash

tizimining bu sohadagi ustunligi shunday iboratki, ta’lim tizimining mazkur turi bevosita

pedagogik mahorat sirlarini o‘rganish, targ‘ib qilish va ommalashtirish bilan shug‘ullanadi.

Pedagogik mahoratni oilada ommalashtirish nihoyatda mushkul vazifa bo‘lib, buning

sababi ota-onalarning yosh, tarbiyaviy tajriba, kasb-hunarlari orasida tafovut mavjudligi,

dunyoqarashlarining rangbarangligi bilan izohlanadi. Masalan, savdo xodimining bolani

tarbiyalashga bo‘lgan munosabati, ziyoli oilasining bolani tarbiyalashga bo‘lgan qarashidan

mutlaqo farq qiladi. Vrach, injener, mexanizator, agronom, suvchining munosabatlari ham bu

sohada har xil. Shuning uchun ham pedagogik mahoratni ota-onalar orasida ommalashtirish,

mahalla faollari ishtirokida va bevosita yordamida o‘tkazilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning

uchun mahalla faollarida kattagina imkoniyatlar mavjud.

Bular quyidagilar:

1.Mahalla oilaning barcha to‘y, janoza kabi marosimlarning tashkilotchisi;

2.Mahalla ommaviy tarbiyachi;

3.Mahalla kam ta’minlangan oilaning himoyachisi;

4.Mahalla oila va hokimiyatni bog‘lab turuvchi mexanizmlar.

Uning ana shu funksiyalari ta’lim – tarbiyaning og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy metodlari

bilan birgalikda oilada pedagogik mahorat sirlarini ommalashtirish imkonini berishi tabiiydir.

Pedagogik mahorat sirlarini jamoatchilik orasida yoyishning eng ta’sirchan vositasi bu

ommaviy axborot vositalaridan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishdir. Pedagogik mahoratga

bag‘ishlangan ommabop 8 maqola, o‘quv-uslubiy tavsiyalarni vaqtli matbuot sahifalarida chop

etish, turli-tuman mavzularda pedagogik mahorat sirlarini omma orasiga yoyish, vaqtli

matbuotning kundalik rejasiga kiritilishi lozim va bu katta samara beradi. Pedagogik mahoratning

asosiy poydevorini kasbga doir bilimlar tashkil etadi. Bunday bilimlar mazmuni esa, o‘qitilayotgan

fan mazmuni metodikasi, pedagogikasi va psixologiyasiga doir bilimlarni o‘z ichiga oladi.

Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida (44-

modda): “Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi, boy va axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan

shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega”, deb ta’kidlangan. “Ta’lim

to‘g‘risida”gi Qonun talablarini bajarish pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishdir. Demak,

bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mahoratni shakllantirishni zamon talab etadi. O‘qituvchilik


background image


Oktabr, 2024-Yil

468

kasbi sharafli va o‘ziga xos murakkab bo‘lib, pedagogik mahoratni chuqur egallamasdan yaxshi

pedagog bo‘lish qiyin. Pedagogik mahorat fanini esa ilg‘or o‘qituvchilar va olimlarning amaliy va

nazariy bilimlarining yig‘indisi desak adashmaymiz. Sharq pedagogikasi va pedagogik mahorati

ming yillik tarixga ega bo‘lib, nazm mulkining sultoni A. Navoiy, A. Jomiy va boshqalarning

asarlarida nutq, notiqlik san’ati, madaniyati haqida, so‘z va uning inson ruhiyatiga ta’siri haqida

juda ko‘p qimmatli durdona fikrlari mavjud.

XV asrda Hirotda yashagan atoqli yozuvchi Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai

sultoniy” nomli risolasida va’z (ma’ruza) o‘qiladigan joyni “maraka joyi” deb nomlaydi va

“marakaning asosi nima?” – degan savolga “fayz berish va fayz olish” deb javob beradi. “Marakani

o‘tkazuvchi qanday xislatlarga ega bo‘lishi kerak?”- degan savolga: “Birinchidan, ochiq yuzli

bo‘lsin, tabassum qilib tursin, ikkinchidan, harakatlari yengil, yoqimli bo‘lsin, uchinchidan,

kinoyali, e’tirozli gaplar gapirmasin, hammaga dilu-jonidan duo aytib, hunarini ko‘rsatsin”

deganlar. Yana bir mashhur mutafakkirlardan biri Jaloliddin Rumiy bo‘lib, u kishining asli kelib

chiqishlari Xorazmlikdir. U kishining o‘qigan va’zlarini faqat madrasa o‘quvchilari emas, balki

podshohu-xonlar, boshqa davlatlardan olimlar kelib tinglaganlar. Aytishlaricha, “uning go‘zal

ovozi olamni tutgan, ruhlarga hayot baxsh etgan”- deb zamondoshlari shoirning notiqlik

qobiliyatini yuqori ta’riflaganlar. So‘nggi yillardagi qilinayotgan ayrim tadqiqotlarning

ko‘rsatishicha, Rumiy yetuk, tengi yo‘q ruhiyat bilimdoni ham bo‘lgan ekan.

“Pedagogik mahorat – pedagogik vaziyatni, faoliyatini mohirlik bilan boshqarishdir”.

Nizoli vaziyatlarni oldini olish mumkinmi? O‘qituvchi guruhda keyingi vaqtlarda nimadir

yuz berayotganligini sezib, o‘quvchilarni diqqat bilan kuzata boshladi. Kelishmovchiliklarning

sababi, guruhdagi o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasidagi munosabatlarning ancha murakkablashuvi

bo‘lib, natijada qizlar va o‘g‘il bolalar alohida guruhlarga ajralib, bir-birlarini haqorat qilishgan.

Ammo, ochiq janjallarga yetib borishmagan edilar. Guruhda o‘tkazilgan suhbat, uchrashuv

va bir necha tadbirlardan so‘ng vaziyat yaxshilanadi. Bu vaziyatda “Pedagogik mahorat –

vaziyatni oldindan ko‘ra bilish va shu vaziyatni tinchlantirish uchun eng samarador choralarni

tanlay olishdir”. Shuningdek, o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini, yosh bosqichlarini, oilaviy

sharoitlarini, intellektual qobiliyatlarini hisobga olgan holda, ularni har tomonlama yetuk,

barkamol shaxs sifatida rivojlanishlari o‘qituvchining pedagogik mahoratining ajralmas

qismlaridan birini tashkil etadi. Demak, “Pedagogik mahorat” - o‘quvchilarning shaxsiy, ijobiy

faoliyatlarini har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltira olishdir. Pedagogik mahorat asosan,

o‘qituvchining faoliyatida namoyon bo‘ladi.


background image


Oktabr, 2024-Yil

469

O‘qituvchi o‘z faoliyatida pedagogik mahoratga erishish uchun maxsus umumlashtira olish

qobiliyati, o‘zining va o‘quvchilarning faoliyatini boshqarish qobiliyati, yuqori bilim, yetarli

malaka va ko‘nikmalar bo‘lishi talab qilinadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach uning oldida

juda qisqa muddatda yangicha fikrlovchi respublika ravnaqi taraqqiyoti uchun ongli ravishda

kurashuvchi yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash vazifasi ko‘ndalang turadi. Pedagogik mahorat

bu - fahm-farosat va bilimlarning chinakam ilmiy tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir

bo‘lgan obro‘li rahbarlikning o‘quvchilar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi

nozik va zaif bo‘lgan bola shaxsiga mohirona avaylab yondoshish donolik va ijodiy dalillik ilmiy

tahlil va fantaziyaga boy bo‘lgan qobiliyat majmuasidir.

Pedagogik mahoratning tuzilishi. Pedagogik mahorat quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z

ichiga oladi:

-o‘qituvchi faoliyatida insonparvarlikning ustunligi;

-pedagogik iste’dod va qobiliyat;

-pedagogik texnika(san’at);

-o‘qituvchining shaxsiy intilishi.

Pedagogik mahorat nazariyasi va metodikasining ishlab chiqilmaganligi shunga olib

keladiki, pedagoglarning har biri o‘zicha paypaslab ijodiy izlanish olib boradi: bolalar bilan

pedagogik jamoa bilan qanday qilib yaqindan til topish mumkin? Qanday qilib qisqa muddat

ichida bolalar o‘rtasidagi munosabatlarning haqqoniy manzarasiga erishmoq mumkin? degan

savollarga javob izlaydi. Bu savollarga beriladigan javoblar har bir mohir pedagogning ishida zarur

bo‘lgan umumiy pedagogik malakalarni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur muammoni hal

qilish pedagogdan odatdan tashqari kuchg‘ayratni, qat’iyatni, tirishqoqlikni, ijodiylikni, o‘z

faoliyatini to‘g‘ri baholay bilish, shuningdek, bolalar tarbiyalanuvchilarga nisbatan

insonparvarona munosabatda bo‘la olishni talab etadi. Ibn Sino “Tadbiri manzil” asarida bola

uchun o‘qituvchi tanlayotganda uning to‘g‘riso‘z, 11 halol, toza, ozoda va bolalarni sevuvchi kishi

bo‘lishiga e’tibor berishni ta’kidlaganida o‘qituvchining insonparvarlik sifatini nazarda tutgan.

Har bir insonda u yoki bu kasbga qobiliyat mavjud bo‘ladi.

Ba’zi taniqli ruhshunoslarning fikricha, (F.Gonobolin, N.Kuzmina) pedagoglik kasbi

uchun quyidagi 6 xil qobiliyatlar muhim hisoblanadi:

- o‘rtaga tusha bilish;

- tashkilotchilik;

- o‘zini idora eta bilish;

- mo‘ljal chamalay bilish;


background image


Oktabr, 2024-Yil

470

- kuchlilik, zehnlilik;

- faoliyatga ijodiy tomondan yondashish.

Bularning barchasi tarbiyaviy maqsad mavjud bo‘lgan insonparvarlik nuqtai nazardan turib

yondashilgan taqdirdagina pedagogik qobiliyat tarkibiga kirishi mumkin.

Pedagogik texnika – pedagogik mahoratning asosiy qismlaridan biri hisoblanib, u

o‘qituvchidan o‘quvchilar bilan muomala qilganda zarur so‘z, gap ohangi, qarash, imo-ishorani

tez va aniq topish, eng o‘tkir va kutilmagan pedagogik vaziyatlarga osoyishtalikni va aniq fikr

yuritish, tahlil qilish qobiliyatini saqlash imkonini beradi. Haqiqiy pedagogik ta’sir ko‘rsatishda

o‘qituvchining pedagogik texnika sohasidagi barcha malakalari bir paytda yaqqol ko‘rinadi. Nutq,

imo-ishora, mimika, harakat bilan birga bo‘ladi. Pedagogik texnika pedagogning individual

psixik-fiziologik xususiyatlari asosida tarkib topadi. Individual pedagogik texnika pedagogning

jinsi, yoshi, mijozi, fe’l-atvori, anatomik-psixologik xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi.

Pedagogik texnikada malakalarning shakllanish darajasi ma’lum darajada pedagogning umumiy

tayyorgarlik darajasini, ya’ni shaxsning pedagogik imkoniyatlarini aks ettiradi.

P e d a g o g ik m a ho ra t - bu o'qituvchi - tarbiyachining shunday shaxsiy (bolajonligi,

xayrihohligi, insonparvarligi, m ehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilim donligi, zukkoligi, fidoyiligi,

ijodkorligi, eruditsiyasi va h.k.) fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u o'z o'quv fanini chuqur

va alroflicha bilishida, pedagogik - psixologik va metodik tayyorgarligida, talaba - yoshlarni o

'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo'llarini izlab topib, amaliy faoliyatga qo'llashida

namoyon bo'ladi. SHunday qilib, pedagogik mahorat egasi bo'lish uchun o'qituvchi o'z o'quv

predmetini davr talablari asosida bilishi, pedagogika, psixologiya, metodika fanlarini mukammal

o'zlashtirishi hamda insoniylik, mehnatsevarlik va fidoyilik kabi m a’naviy - axloqiy fazilatlarni

o'zida tarkib toptirishi lozim. SHuni alohida qayd qilib o'tmoq zarurki, o'qituvchilik kasbi

murakkab va m a'suliyatli kasbdir. Ushbu kasbning sharafliligi va murakkabligi shu bilan

belgilanadiki, u doim ongning yagona sohibi bo'lgan inson bilan muloqotda bo'ladi. Ongli va tirik

jonzot esa, aqliy, ruqiy, ham da jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo'ladi. Shuning uchun,

o'quvch i bilan doimo muloqotda bo'lganda, unga ta 's ir ko'rsatish uchun m untazam ravishda

psixologiya, tarbiya nazariyasi kabi fanlarni m ukammal o'rganib, o 'z kasbiy mahorati ustida

muttasil ish olib borishi kerak. Bu o'qituvchidan pedagogik - psixologik va metodik tayyorgarlikni

talab etadi. Pedagogik mahorat - pedagogik jarayonda tarkib topadi. Pedagogik jarayon esa kasbiy

va shaxsiy tayyorgarlikni yo'lga qo'yib, bo’lajak mutaxassisni m ehnatga, hayotga tayyorlash

uchun davlat, jamiyat, millat va kelajak avlod oldida javb beradigan mutaxassislarni tayyorlashga

xizmat qiladi. Shuning uchun, pedagog shaxsiy va kasbiy fazilatlar egasi bo'lishi lozim.


background image


Oktabr, 2024-Yil

471

Pedagogning shaxsiy fazilatlari sirasiga iymon - e'tiqodi, dunyoqarashi, ijtimoiy ehtiyoj va

faolligi, odob - axloqi, fuqarolik burchlarini his qilishi, ma'naviyati, dilkashligi, talabchanligi,

qat'iyligi va maqsadga intilishi, insonparvarligi, huquqiy bilimdonligi va h.k.lar kiradi. Bular

o’qituvchiga kasbiy xususiyatlarni o'zida tarbiyalab borishga ko'maklashadi. Yuqorida qayd etib

o'tilgan va pedagogik mahoratga berilgan ta rif, hamda o'qituvchi-tarbiyachining xususiyatlari va

o'qituvchiga qo'yiladigan ijtim oiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy talablardan kelib chiqib pedagogika

nazariyasi pedagogik m ahoratni quyidagi aso siy komponent (tarkibiy qism )lardan iborat bo'lishi

lozimligini ifodalaydi.

Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari;

1.

Pedagogik texnika

2.

Pedagogik muomala

3.

Pedagogik ijodkorlik

4.

Pedagogik mahorat

5.

Pedagogik qobiliyat

6.

Pedagogik nazokat

Bularning barchasi xususiy mohiyat-mazmun kasb etsada, ular yaxlit holda o'qituvchi-

tarbiyachi(pedagog)ning kasbiy malakalarining mazmunini ifodalaydi. Zero, pedagogik texnika -

o'qitish, ta'sir ko'rsatish, ta’lim tarbiya oluvchilarga o 'z his-tuyg`ulari, bilimlari, axloqiy

fazilatlarini uzatish texnologiyasini ifodalasa, pedagogik muomala - o'qituvchi kasbiy faolligining

bir ko'rinisi bo’lib, ta`lim - tarbiyada shu jarayn ishtirokchilarining o'zaro ta'sir va hamkorligini

aks ettiradi. Pedagogik ijod - o'qituvchining mahorat pilapoyalaridan ko'tarilishida

yaratuvchanlikni, tashabbuskorlikni, pedagogik uddaburonlikni va tadbirkorlikka eltuvchi yo'lni,

bu yo'ldagi qiyinchiliklardan qo`rqmaslikni anglatadi. О`z navbatida bu sohada o'qituvchining

pedagogik qobiliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki u pedagogik jarayonda

o'qituvchining aqliy, emotsional - irodaviy jihatlarini, tashkilotchiligini, bilimidonligini va

ularning bir-biriga bog`liqligini hamda yaxlit bir butunlik kasb tilin i ifodalaydi. Pedagogik

madaniyat o 'qituvchi-tarbiyachilik burchi, mas'uliyati, qadr-qimmati, vijdoni, axloqiy e'tiqodini

nazarda tutib, o 'qituvchining talabchanligi, adolati, komilligi, rostgo`yligi, to`g`riligini anglatadi.

Pedagogik mahorat tizimida pedagogic nazokat (takt) - o'qituvchining pedagogik

maqsadga muvofiq, foydali, qimmatli harakatlarining o'lchovi, me'yori va ta'sir vositasining

chegarasi sifatida xarakterlanadi. Pedagogik mahoratning qayd qilingan tarkibiy qismlari

о`qituvchining kasbiy xususiyatlarini boyitadi va uni mohirlik sari yetaklaydi va o’qituvchi -

tarbiyachida pedagogik mahorat malakalarining tarkib topishiga yordam beradi. Ammo, o'z


background image


Oktabr, 2024-Yil

472

kasbining mohir ustosi bo'lish uchun faqatgina ularga tayanib, ish tutish kutilgan natijani

bermasligi mum kin. Buning uchun muntazam ravishda pedagogik fikrlash, pedagogik o'ylash,

pedagogik ish tutish lozim bo'ladi. Bu deganimiz, o 'z faoliyatini pedagogik qoidalari, vaziyatlarni

tahlil qilish, ularning har bir bog`lanish joylarini anglashga intilish, kunlik natijalari mustaqil

ravishda tahlil qilishi va yangi ta’lim -tarbiyaga doir qoidalarni avvalgilari bilan taqqoslay olishga

odatlanishi ham lozim bo'ladi. Asosiy pedagogik-psixologik muammolarni topa olish ularni hal

etishning eng qulay yo'llarini topish ustida o'ylash ham kerak. Pedagogik mahorat tizimida uning

asosiy komponentlaridan tashqari kasbiy xususiyatlar ham mavjud. Pedagogning kasbiy

xususiyatlariga: o 'z kasbini, talabalarni sevishi, ziyrakligi, hozirjavobligi, vazminligi, pedagogik

salohiyati, tasavvri, iqtidori, tashkilotchiligi, chuqur va keng ilmiy saviyasi, kasbiy layoqatliligi,

ma'naviy ehtiyoji va qiziqishi, intellekti, yangilikni anglay va qo'llay olishi, kasbiy ma'lumotni

muntazam oshirishga intilishi va boshqa fazilatlari kiradi. Yuqorida qayd etilgan fikrlarga

asoslanib, kasbiy pedagogik mahoratni muayyan tayyorgarlik jarayonlaridan iborat deb aytish

mumkin. Bu tayyorgarlikni shartli ravishda quyidagi yo'nalishlarga bo`lish mumkin:

1) pedagogning shaxsiy fazilatlar bo'yicha tayyorgarligi;

2) pedagogning ruhiy - pedagogik tayyorgarligi;

3) pedagogning ijtimoiy - pedagogik va ilmiy - nazariy tayyorgarligi;

4) pedagogning maxsus va ixtisosga oid uslubiy tayyorgarligi.

Ta'rifa qayd etilganidek pedagogik mahorat - o'qituvchi - tarbiyachining shaxsiy va kasbiy

sifatlari yiqindisi hisoblanib, u pedagogik - psixologik, metodik bilimlar majmuasidan iborat

bo'ladi. uning uchun, avval: a) ixtisoslik bo'yicha zamon, ilm - fan, texnika taraqqiyoti darajasida

mukammal ma'lumotga bo'lishi, o'z o'quv fanining kesishadigan o'quv fanlari bilan bog`liqligini

ta'minlash malakasiga ega bo'lishi; b) o'q u v - tarbiya jarayonini aniq tashkil qila olish va buning

uchun muayyan pedagogik - psixologik, metodik ma'lumotga ega bo'lishi; v) talabani, jamoani

"ko’ra bilish", ularning qiziqishi, intilishlarini tushuna olish va o'quvchilar faoliyatida uchraydigan

qiyinchiliklarni tushunish va ularni o 'z vaqtida anglay olish, zukkolik bilan har bir bolaning

xarakter xususiyati, qobiliyati, irodasini anglay bilish hamda ularga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishning

shakl, usul, vositalaridan xabardor bo'lish; g) o'z shaxsiy sifatlari (madaniyati, tashkilotchilik

qobiliyati, badiiy ehtiyoji, didi va h.k.) ni takomillashtirish malakasiga ega bo'lish kerak. Mustaqil

Respublikam izning o'qituvchisi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da qayd etilganidek yuksak

ma'naviy - axloqiy fazilat, xulq madaniyati va milliy istiqlol mafkurasini mukammal egallashi

kerak bo'ladi. Zero, o'qituvchi - tarbiyachi yuksak ma'naviyat, axloq - odob, xulq madaniyatiga

ega bo'lsadagina, talabalarga insoniy nuqtai - nazardan mehribon, saxovatli bo'la oladi, uni hamma


background image


Oktabr, 2024-Yil

473

hurmat qiladi. Buning uchun aql - zakovatli, saxiy, q at'iy, irodali, ko'ngli ochiq bo'lishi, o 'z ig a

va talabalarga nisbatan talabchan, m eqribon va xayrixoh, o'z shaxsiga tanqidiy nuqtai nazardan

yondasha oladigan bo'lishi talab etiladi.

Xulosa o`rnida shunin aytib o`tish joizki pedagogik mahorat o`qituvchi va tarbiyachi

kasbiy va shaxsiy fazilati to'g`risidagi fan sifatida ma 'lum metodologik asosga ega. O`qituvchi o'z

fanining bilimdoni bo'lishi bilan birga, insonparvar, adolatli bo'lishi, milliy tarbiya targ`ibotchisi

hamda komil inson sifatida o'zida shaxsiy - kasbiy sifatlarni tarkib toptirgan kasb egasi bo'lishi

lozim. Ijtiomiy qiymat va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan ijtimoiy psixologik hodisalar, milliy

va umuminsoniy qaridyatlari hozirgi davr bilan uyg`unlashitirish hamda ajdodlar bilan avlodlar

vorisligini o'rnatish faqagina shu kasb egalari yordamida amalga oshiriladi.

Binobarin buyuk nemis pedagogi Adol'f Disterverg o'qituvchining muntazam ravishda fan

bilan shug`ullanishi haqida gapirib, shunday yozgan edi: - "O'qituvchi muntazam ravishda fan

bilan shug`ullanmog`i lozim. Aks holda u qurigan daraxt va toshga o`xshab qoladi. Qurigan daraxt

va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bu o'qituvchidan hech natija kutib bo'lmaydi". Hozirgi

fan va texnika jadal ravishda rivojlanayotgan, axborotlar keskin oshib borayotgan bir davrda

o'qituvchi pedagogik mahoratini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Kishilarda, eng avval

yoshlarda, bilimga bo'lgan intilish beqiyos darajada o’sib borayotir. Shuning uchun hozir

o'qituvchi faqat o'z fani bo'yicha emas, balki o 'z faniga yaqin bo'lgan sohalardagi yangiliklarni

bilishi ham lozim bo'ladi. Buning uchun mahorat zarur. Shunday vaqtlarda o'qituvchi va yosh

o'qituvchilarga: "Izlaning, o'qing, iloji boricha yana ko'proq o'qing!", deging keladi. Fikrimizcha,

badiiy adabiyotni yetarli o`qimagan o'qituvchi tarixdan, fizikadan, matematikadan yaxshi dars

bera olmaydi.

Hozirgi rivojlanayotgan zamonda vatanimiz uchun munosib kadrlarni yetkazib berish

uchun asosiy vazifa pedagoglar zimmasida bo`lib , buning uchun ular avvalo yetarlicha nazariy

bilimlarga ega bo`lishi va eng asosiysi pedagogik mahoratga ega bo`lishi zarur.

REFERENCES

1.

I.A. Karimov "Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori" Toshkent, 1997 yil.

2.

l.A .Karimov "Istiqlol va ma'naviyat" Toshkent. "O 'zb ek isto n ", 1994 yil.

3.

I.A. Karimov I.A. O'zbekistonning siyosiy - ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy

tamoyillari. -T.:"0'zbekiston", 1995yil.

4.

A.SH. Abdullaeva. va boshq. "Pedagogika" - Toshkent., Fan nashriyoti. 2004 yil.

5.

M.G. Davletilin "O'quvchilarda qobiliyatni tarkib toptirish". Toshkent. "O'qituvchi". 1996 yil.


background image


Oktabr, 2024-Yil

474

6.

A. Zunnunov A- "Pedagogika nazariyasi". Oliy o'quv yurtlari uchun O 'quv qo'llanma. -

Toshkent, "Aloqachi", 2006 yil.

7.

U.Mahkamov va boshqalar. "Pedagogik mahorat". -Toshkent. 2003 yil.

References

I.A. Karimov "Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori" Toshkent, 1997 yil.

l.A .Karimov "Istiqlol va ma'naviyat" Toshkent. "O 'zb ek isto n ", 1994 yil.

I.A. Karimov I.A. O'zbekistonning siyosiy - ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. -T.:"0'zbekiston", 1995yil.

A.SH. Abdullaeva. va boshq. "Pedagogika" - Toshkent., Fan nashriyoti. 2004 yil.

M.G. Davletilin "O'quvchilarda qobiliyatni tarkib toptirish". Toshkent. "O'qituvchi". 1996 yil.

A. Zunnunov A- "Pedagogika nazariyasi". Oliy o'quv yurtlari uchun O 'quv qo'llanma. - Toshkent, "Aloqachi", 2006 yil.

U.Mahkamov va boshqalar. "Pedagogik mahorat". -Toshkent. 2003 yil.