Authors

  • Sherzod Ishmuratov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.45156

Keywords:

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi boshqaruv tizimi resurslar boshqaruvi moliyaviy oqimlar investitsiya loyihalari boshqaruv mexanizmlari barqaror rivojlanish.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini boshqarish tizimi, uning faoliyatini samarali tashkil etish usullari va strategiyalari tahlil qilinadi. Jamg‘armaning resurslarini boshqarish, moliyaviy oqimlarni nazorat qilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan boshqaruv mexanizmlari haqida ma'lumotlar keltiriladi. Shuningdek, jamg‘armaning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun zamonaviy boshqaruv usullarining ahamiyati muhokama qilinadi.

background image


Oktabr, 2024-Yil

498

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TIKLANISH VA TARAQQIYOT JAMG’ARMASINI

BOSHQARISH

Ishmuratov Sherzod

Bank-moliya akademiyasi magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13997414

Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot

jamg‘armasini boshqarish tizimi, uning faoliyatini samarali tashkil etish usullari va strategiyalari

tahlil qilinadi. Jamg‘armaning resurslarini boshqarish, moliyaviy oqimlarni nazorat qilish va

investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida foydalaniladigan boshqaruv mexanizmlari

haqida ma'lumotlar keltiriladi. Shuningdek, jamg‘armaning barqaror rivojlanishini ta’minlash

uchun zamonaviy boshqaruv usullarining ahamiyati muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar: Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, boshqaruv tizimi, resurslar

boshqaruvi, moliyaviy oqimlar, investitsiya loyihalari, boshqaruv mexanizmlari, barqaror

rivojlanish.

MANAGEMENT OF THE RECOVERY AND DEVELOPMENT FUND OF THE

REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Abstract. This article analyzes the management system of the Recovery and Development

Fund of the Republic of Uzbekistan, the methods and strategies of effective organization of its

activities. Information about management mechanisms used in the process of managing the fund's

resources, controlling financial flows and implementing investment projects is provided. Also, the

importance of modern management methods to ensure the sustainable development of the fund is

discussed.

Key words: Recovery and Development Fund, management system, resource management,

financial flows, investment projects, management mechanisms, sustainable development.

УПРАВЛЕНИЕ ФОНДА ВОССТАНОВЛЕНИЯ И РАЗВИТИЯ РЕСПУБЛИКИ

УЗБЕКИСТАН

Аннотация. В данной статье анализируется система управления Фонда

восстановления и развития Республики Узбекистан, методы и стратегии эффективной

организации его деятельности. Приведена информация о механизмах управления,

используемых в процессе управления ресурсами фонда, контроля финансовых потоков и

реализации инвестиционных проектов. Также обсуждается важность современных

методов управления для обеспечения устойчивого развития фонда.


background image


Oktabr, 2024-Yil

499

Ключевые слова: Фонд восстановления и развития, система управления, управление

ресурсами, финансовые потоки, инвестиционные проекты, механизмы управления,

устойчивое развитие.

Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash Jamg’armaning yuqori boshqaruv organi

hisoblanadi, uning tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Jamg’armani boshqarish bo’yicha engash:

Jamg’arma faoliyatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi;

Jamg’armaning e’lon qilingan ustav kapitalini qayta ko’rib chiqish to’g’risida qaror qabul

qiladi, biroq u O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining "O’zbekiston Respublikasining

Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini tashkil etish to’g’risida" 2006 yil 11 maydagi PF-

3751-son Farmonida belgilangan darajadan past bo’lmasligi kerak.

Jamg’armaga mablag’lar kelib tushishi va ulardan foydalanish prognozlarini ko’rib chiqadi

hamda ularni navbatdagi yilga mo’ljallangan makroiqtisodiy va pul-kredit ko’rsatkichlarining

asosiy parametrlari, Davlat budjeti hamda Davlat investitsiya dasturi bilan bog’liq holda

belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi;

qarz olgan korxonalarni qayta moliyalashtirish (qo’shma moliyalashtirish) uchun tijorat

banklariga Jamg’arma mablag’larini berish muddatlari va shartlari bo’yicha qarorlar qabul qiladi,

xalqaro sarmoya bozorlarida amal qilayotgan foiz stavkalaridan kelib chiqib Jamg’arma

tomonidan berilayotgan mablag’lar bo’yicha foiz stavkalarining aniq miqdorlarini tasdiqlaydi;

kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini

joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini

moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlarni berish muddatlari va shartlari bo’yicha qarorlar qabul

qiladi;

davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi

majburiyatlarni muddatidan oldin to’lash uchun O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga

mablag’lar ajratib berish to’g’risida qarorlar qabul qiladi;

yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida

xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo’lgan korxonalarning ustav kapitaliga

Jamg’arma mablag’laridan investitsiya kiritish bo’yicha qarorlar qabul qiladi;

ayrim loyihalarning dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun

grantlar va foizsiz kreditlarni ajratish to’g’risida qarorlar qabul qiladi;


background image


Oktabr, 2024-Yil

500

yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga

ega bo’lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun

Hukumat qarorlari bo’yicha imtiyozli kreditlar berish to’g’risida qaror qabul qiladi;

Jamg’armaning ijro etuvchi direktsiyasi faoliyati, ayniqsa Jamg’arma mablag’larining

maqsadli yo’naltirilganligi, tijorat banklariga moliyalashtirishni o’z vaqtida ochish hamda ularga

berilgan mablag’larning qaytarilishini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshiradi;

Jamg’arma mablag’larining ishlatilishi to’g’risida Jamg’arma ijro etuvchi direktorining

hamda qarz olgan korxonalar tomonidan Jamg’arma mablag’laridan samarali foydalanilishini

ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar

rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi;

Jamg’armaga aktivlarni boshqarish, ekspertiza qilish va investitsiya loyihalarini

moliyalashtirish sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarni jalb qiladi.

Ijro etuvchi direktsiya Jamg’armaning ijroiya organi hisoblanadi, uning tarkibi va soni

o’rnatilgan tartibda belgilanadi.

Jamg’armaning ijro etuvchi direktsiyasi faoliyati bilan bog’liq xarajatlar Jamg’armani

boshqarish bo’yicha Kengash tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida Jamg’arma

mablag’lari hisobidan qoplanadi.

Ijro etuvchi direktsiya:

Jamg’armaga mablag’larning kelib tushish va ulardan foydalanish prognozlarini ishlab

chiqadi;

qarz oluvchi korxonalarni qayta moliyalashtirish uchun muddatli, to’lovli va qaytarish

shartlari asosida tijorat banklariga moliyaviy mablag’larni taqdim etadi;

kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini

joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini

moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar berish to’g’risida shartnomalar tuzadi;

davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi

majburiyatlarni muddatidan oldin to’lash uchun Moliya vazirligiga mablag’lar ajratadi;

yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida

xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo’lgan korxonalarning ustav kapitaliga

Jamg’arma mablag’laridan investitsiya kiritadi;

ayrim investitsiya loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnikiqtisodiy asoslarini ishlab

chiqish uchun loyiha tashabbuskorlariga grantlar va foizsiz kreditlarni, ajratilgan kreditlar


background image


Oktabr, 2024-Yil

501

miqdorini keyinchalik loyihaning umumiy qiymatiga va loyiha Jamg’arma kreditini jalb qilish

yo’li bilan amalga oshirilgan taqdirda ajratilayotgan kreditning umumiy qiymatiga qo’shish sharti

bilan berish to’g’risida bitimlar tuzadi;

yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik ahamiyatga

ega bo’lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq Hukumat qarorlari

bo’yicha xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar beradi;

Jamg’arma mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishi, tijorat banklariga berilgan

mablag’larning o’z vaqtida qaytarilishi ustidan tizimli ravishda monitoring olib boradi;

tijorat banklarida ochilgan hisobvaraqlar holati va ular bo’yicha amalga oshirilayotgan

operatsiyalar to’g’risidagi har qanday ma’lumotni olish huquqiga ega bo’lgan holda, qarz oluvchi

korxonalar tomonidan Jamg’arma kreditlari bo’yicha majburiyatlarining bajarilishi masalalari

yuzasidan ular faoliyatining monitoringini olib boradi.

Jamg’arma daromadlari va xarajatlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotni ishlab chiqadi va

Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash tomonidan ma’qullangandan so’ng uni belgilangan

muddatlarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Hisob palatasiga

taqdim etadi.

Jamg’armaning ijro etuvchi direktori O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi, maqomi bo’yicha vazir

o’rinbosariga tenglashtiriladi.

Jamg’armaning ijro etuvchi direktori:

Jamg’armaga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarga binoan ijrochi direktsiyaning faoliyatini

tashkil etadi va shaxsan mas’ul bo’ladi, xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni

doirasida ijrochi direktsiyaning shtat jadvalini shakllantiradi, Jamg’arma nomidan kredit, xo’jalik

va mehnat shartnomalarini imzolaydi;

Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash bilan kelishgan holda Jamg’arma

mablag’laridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan belgilangan tartibda tekshiruvlar

tashkil qiladi, ularning natijalarini ko’rib chiqadi va ular bo’yicha qarorlar qabul qiladi hamda

aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralarni ko’radi;

qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Jamg’arma apparati tarkibida tegishli loyihalarni moliyalashtirish bo’yicha xulosa yoki

tavsiyalar berishga mas’ul bo’lgan yuqori malakali ekspertlar guruhi tashkil qilinadi.


background image


Oktabr, 2024-Yil

502

REFERENCES

1.

Malikov T., Xaydarov N. Budjet (tizimi, tuzilmasi, jarayoni). O'quv qo'llanma. T.: Iqtisod-

moliya, TMI-2008, 98b.

2.

Srojiddinova Z.X. O'zbekiston Respublikasi budjet tizimi. T.: «infoCOM.UZ».

2010. 500 b.

3.

Karimova Z.X., Djamalov X.N., Islamqulov A.X. Budjet tizimi. O'quv qo'llanma.

“VORIS-NASHRIYOT”. 2012. 208 b.

4.

O. G'aybullaev, U. O'roqov. O'zbekiston Respublikasida budjet tizimi va jarayoni: O'quv

qo'llanma. Toshkent: Baktria press, 2015, 168 b.

5.

Public budgeting systems / Robert Lee, Ronald Johnson, and Philip Joyce.9th ed. 2013.-

656 pages

References

Malikov T., Xaydarov N. Budjet (tizimi, tuzilmasi, jarayoni). O'quv qo'llanma. T.: Iqtisod-moliya, TMI-2008, 98b.

Srojiddinova Z.X. O'zbekiston Respublikasi budjet tizimi. T.: «infoCOM.UZ». 2010. 500 b.

Karimova Z.X., Djamalov X.N., Islamqulov A.X. Budjet tizimi. O'quv qo'llanma. “VORIS-NASHRIYOT”. 2012. 208 b.

O. G'aybullaev, U. O'roqov. O'zbekiston Respublikasida budjet tizimi va jarayoni: O'quv qo'llanma. Toshkent: Baktria press, 2015, 168 b.

Public budgeting systems / Robert Lee, Ronald Johnson, and Philip Joyce.9th ed. 2013.- 656 pages