ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
584
XORIJIY INVESTITSIYALAR TASNIFI VA TURLARI
Xayitboyev Behzod Xamidulla o’g’li
Bank-moliya akademiyasi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13997924
Annotatsiya. Ushbu maqolada xorijiy investitsiyaning tasnifi va turlari xorijiy va mahalliy
adabiyotlardan foydalangan holda keng yoritilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy
investitsiyalarga ta’sir qiladigan omillar keltirib o‘tilgan.
Kalit so’zlar: Investitsiya, xorijiy investitsiya, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya, portfel
investitsiya, aksiyalar nazorat paketi.
CLASSIFICATION AND TYPES OF FOREIGN INVESTMENTS
Abstract. This article covers the classification and types of foreign investment using foreign
and local literature. The article also mentions the factors affecting foreign investments.
Key Words: Investment, foreign investment, direct foreign investment, portfolio investment,
control package of shares.
КЛАССИФИКАЦИЯ И ВИДЫ ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТИЦИЙ
Аннотация. В данной статье рассмотрена классификация и виды иностранных
инвестиций с использованием зарубежной и отечественной литературы. В статье также
упоминаются факторы, влияющие на иностранные инвестиции.
Ключевые слова: инвестиции, иностранные инвестиции, прямые иностранные
инвестиции, портфельные инвестиции, контрольный пакет акций.
Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy o’sish va iqtisodiyotni rivojlantirishni ta’minlashning
asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Har bir davlatning asosiy maqsadlaridan biri bo’lib xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Barqaror iqtisodiy o’sishga
erishishda, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishda, aholi turmush darajasini
yaxshilashda xorijiy investitsiyalarning roli kattadir.
1998 yil 30 aprelda qabul qilingan “Chet el investitsiyalar to’g’risida”gi O’zbekiston
Respublikasi Qonunining 3-moddasida “Chet el investorlari asosan daromad (foyda) olish
maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat
ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga doir
huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har
qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi”.
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
585
Xorijiy investitsiyalarning umumiy ta’rifi F. Xeniusning 1947-yil AQShda chop etilgan
tashqi savdo lug’atining 2-nashrida quyidagicha berilgan: “Xorijiy investitsiyalar – bu bir
mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport qilingan investitsiyalar”.
Sh.Q. Fozilchayev va N.G’. Xidirovlarning “Investitsiya va lizing asoslari” kitobida xorijiy
investitsiyaga quyidagicha ta’rif keltirilgan: “Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari
tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat
iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy,
intellektual boyliklaridir”.
“Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi qonunga ko’ra O’zbekiston Respublikasida chet ellik
investorlar quyidagilar bo’lishi mumkin:
•
Chet el davlatlari, chet el davlatlarining ma’muriy yoki hududiy organlari;
•
Davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro
ommaviy huquq sub’ektlari bo’lgan xalqaro tashkilotlar;
•
Chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko’rsatib
kelayotgan yuridik shaxslar boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyishmalar;
•
Chet el davlati fuqarolari bo’lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va chet
ellarda doimiy yashaydigan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari.
Xorijiy investitsiyalarga asosan ikki guruh omillar ta’sir ko’rsatadi:
1) Iqtisodiy omillar:
•
ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o’sish sur’atlarining bir maromda ushlab
turilishi;
•
jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotida chuqur tarkibiy siljishlarning amalga
oshirilishi (ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va jahon xizmatlar bozori taraqqiyoti ta’siri
ostida olib borilishi);
•
ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi;
•
jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o’sib borishi;
•
ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining chuqurlashib
borishi;
•
xalqaro iqtisodiy munosabatlarning faol rivojlanishi va boshqalar.
2) Siyosiy omillar:
•
kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (erkin iqtisodiy hududlar, offshor hududlari va
boshq.);
•
rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish;
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
586
•
iqtisodiy islohotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy sektorni
va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash);
•
bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar.
Xorijiy investitsiyalar 2 turga, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar va portfel
investitsiyalarga bo’ladi.
To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar
- bu kapitalni to’g’ridan-to’g’ri eksporti bo’lib,
investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda korxona asosiy
kompaniyaning xorijdagi shahobchasiga aylanadi. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar asosan
xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo’ladi.
Xalqaro Valyuta Fondi ta’rifi bo’yicha, agar xorijiy mulkdor aksioner jamiyatini ustav
kapitalini kamida 25 % ega bo’lsa unda bu to’g’ridan-to’g’ri investitsiya hisoblanadi. Ya’ni,
xorijiy investorlar tomonidan nazorat qilish huquqini belgilovchi ko’rsatkich sifatida ular ega
bo’lgan aktsionerlik kapitalining hissasi ko’rsatkichidan foydalaniladi. AQSh qoununchiligi
bo’yicha – kamida 10 foiz, Yevropa hamjamiyatida – 20 – 25 foiz, Kanada, Avstraliya va Yangi
Zelandiyada – 50 foizlarni tashkil etadi. O’zbekiston qonunchiligida bu raqam 30 foiz deb belgilab
berilgan.
To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar ikki maqsadga yo’naltiriladi:
•
Yangi kompaniyani tashkil qilish;
•
Mavjud kompaniyalarni sotib olish yoki yutib yuborish.
Shuningdek, korxonaning boshqaruvida to’g’ridan-to’g’ri amalga oshirilayotgan
investitsiyalarning uzoq muddatli ekanligi ham uning muhim belgilaridan biridir. Xorijiy
investitsiyaning bu ko’rinishi tavakkalchilikni, investitsiyalardan foydalanish samaradorligi uchun
ma’suliyatni davlat va aholi zimmasiga yuklamasdan, balki ularni tadbirkorlik tizimlari o’rtasida
taqsimlashning eng yaxshi va sinalgan usuli hisoblanadi.
Portfel investitsiyalar
- shunday investitsiyalarki, bunda kapitalni daromad olish
maqsadida korxonalarning aksiyalari, obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlarini sotib olish
uchun sarflanadi. Boshqcha qilib aytadigan bo’lsak, portfel investitsiyalar – bu kapitalni xorijiy
korxonalar qimmatli qog’ozlariga (korxona ustav kapitalining 10 foizdan kam qismini) kiritish
shaklida olib chiqib ketish bo’lib, investorlarga ular faoliyatini bevosita nazorat qilish imkonini
bermaydi, chunki investorlarning huquqi faqat dividend olish bilan chegaralanadi.
Portfel investitsiyalar barcha xalqaro operatsiyalarni amalga oshirishda firmalar uchun
muhim ahamiyatga ega. Bu turdagi investitsiyalarga asosan moliyaviy muammolarni yechish
uchun murojaat qilinadi. Korporatsiyalarning moliyaviy bo’limlari mablag’larning bir
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
587
mamlakatdan boshqa mamlakatga qisqa muddatli investitsiyalardan yuqori foyda olish uchun
o’tkazadilar. Bunday investitsiyalar ko’pincha xususiy tadbirkorlar kapitaliga asoslangan, ba’zida
esa o’z qimmatbaho qog’ozlarini chiqaradi va xorijiy qimmatbaho qog’ozlarini sotib oladi.
Portfel investitsiyalarning to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalardan afzallik tomoni shundaki,
ularni tugatilish vaqtida qimmatbaho qog’ozlar tezda naqd valyutaga almashtirib olinishi mumkin.
Portfel investitsiyalarning amalga oshirilishining asosiy sababi – tavakkalchilik darajasini
hisobga olgan holda xorijiy investor o’z mablag’larini xorijda maksimal foyda keltiruvchi
qimmatbaho qog’ozlarga joylashtirishi mumkin. Ma’lum bir ma’noda portfel investitsiyasi pulni
inflyatsiya va spekulyatsiya yo’li bilan foyda ko’rishdan saqlash vositasi sifatida qaraladi. Bunda
investitsiya qilinayotgan soha ham, qimmatbaho qog’oz turi ham hech qanday ahamiyatga ega
emas, u ustama kurs o’sishiga qarab istalgan foydani bersa va dividendlar to’lansa bo’ldi.
To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar va portfel investitsiyalar o’rtasidagi o’zaro
farqlarni quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin:
1-jadval
Belgilar
To'g'ridan-to'g'ri xorijiy
investitsiyalar
Portfel investitsiyalar
Kapital
chiqarishdan asosiy
maqsad
Xorijiy firma ustidan nazorat
o’rnatish
Yuqori foyda olish
Maqsadga erishish
yo’llari
Xorijda ishlab chiqarishni tashkil
qilish va yuritish
Xorijiy qimmatbaho
qog’ozlarini sotib olish
Maqsadga erishish
usullari
a) xorijiy firmaga to’liq egalik
qilish
b) aksiyalar nazorat paketini sotib
olish (XVF ustaviga kompaniya
aksiyadorlik kapitalining 25
foizidan kam bo’lmasligi kerak)
Xorijiy firma aksiyadorlik
kapitalining kamida 25 foizni
sotib olish
Daromad shakllari
Tadbirkorlik foydasi, dividendlar
Dividendlar, foizlar
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishi,
barqaror iqtisodiy o’sishga erishishi, aholi daromadlarining oshishi, turmush sharoitining
yaxshilanishi aksariyat holatlarda milliy iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlariga jalb etilayotgan
investitsiya mablag’larining hajmi va tarkibiga bog’liq. Shunday ekan, har bir mamlakat ijtimoiy-
ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8
ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2
588
iqtisodiy rivojlanish strategiyasining ustuvor yo’nalishi milliy iqtisodiyotga investitsiya
mablag’larini jalb etishning jozibador muhitini shakllantirishga qaratilishi muqarrardir.
REFERENCES
1.
“Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni. 1998 yil 30
aprel. 3-modda.
2.
Dictionary of International Trade. Global Marketing Strategies, 2015, p.82.
3.
Fozilchayev Sh.Q., Xidirov N.G’. Investitsiya va lizing asoslari. O’quv qo’llanma. – T .:
Moliya, 2017 yil, 22 bet.
4.
Fozilchayev Sh.Q., Xidirov N.G’. Investitsiya va lizing asoslari. O’quv qo’llanma. – T .:
Moliya, 2017 yil, 26 bet.
