Authors

  • Feruza Mirjavharova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.45189

Keywords:

Ushbu maqolada huquqbuzarlikka murosasiz yoshlarni tarbiyalashda nimalarga e‘tabor qaratish kerakligi haqida ma‘lumot berilgan.

Abstract

Ushbu maqolada huquqbuzarlikka murosasiz yoshlarni tarbiyalashda nimalarga e‘tabor qaratish kerakligi haqida ma‘lumot berilgan.

background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


530

HUQUQBUZARLIKKA MUROSASIZ YOSHLARNI TARBIYALASH-DAVR TALABI

Mirjavharova Feruza Usmonjonovna

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi 3-darajali yurist.

Tel: 94 399 30 01

. E_Pochta.

Mirjavharovaferuzaxon@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14009570

Annotatsiya. Ushbu maqolada huquqbuzarlikka murosasiz yoshlarni tarbiyalashda

nimalarga e‘tabor qaratish kerakligi haqida ma‘lumot berilgan.

Kalit so‘zlar: Qonun ustuvorligi, Yuvenal yustitsiya, huquqiy ong, huquqiy madaniyat,

halollik vaktsinasi.

EDUCATION OF YOUNG PEOPLE WITHOUT TOLERANCE TO CRIME-THE

REQUIREMENT OF THE AGE

Abstract. This article provides information on what to pay attention to when raising young

people who do not tolerate crime.

Key words: Rule of law, Juvenile justice, legal consciousness, legal culture, honesty

vaccine.

ВОСПИТАНИЕ МОЛОДЕЖИ БЕЗ ТЕРПИМОСТИ К ПРЕСТУПНОСТИ -

ТРЕБОВАНИЕ ВОЗРАСТА

Аннотация. В данной статье представлена информация о том, на что следует

обращать внимание при воспитании молодежи, нетерпимой к преступности.

Ключевые слова: Верховенство права, ювенальная юстиция, правосознание,

правовая культура, вакцина честности.

Mamlakatimizda yoshlarni huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish bugungi

kunning dolzarb masalasidir. Chunki yoshlarning huquqiy savodxonligi, qonunlarga amal qilishi

va ulardan o‘z manfaatlarini himoya qilishda foydalana olishi mamlakat taraqqiyotiga bevosita

ta’sir etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan

tasdiqlangan “

2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

strategiyasi

”ning

“Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada

rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish to‘g‘risida”

gi 1-ustavor yo‘nalishining

Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda inson qadrini ushbu

jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash maqsadida yuvenal adliya tizimini shakllantirish

belgilangan.


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


531

“Yuvenal yustitsiya” deganda voyaga yetmaganlarning huquqlarini ximoya qilish bo‘yicha

maxsus (alohida) sud-huquq tizimi tushuniladi.

Shu bois yurtimizda voyaga yemaganlarning huquqbuzarliklarini barvaqt oldini olishni

taʼminlash, jamiyatda ularni huquqiy madaniyatini va huquqiy bilimlarini yuksaltirish, yoshlarda

faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat va qonun buzilishining har

qanday ko‘rinishiga murosasizlik munosabatini singdirish davlat siyosatining asosiy

yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish

“Shaxs-oila-mahalla - ta’lim muassasasi-tashkilot-jamiyat” prinsipi bo‘yicha tizimli va uzviy

tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

“Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy

madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”

gi 09.01.2019 yildagi

PF-5618-sonli farmonida belgilab berilgan.

Mazkur prinsip asosida 5 yildan ortiq muddat voyaga yemagan shaxslar bilan ishlab

kelingan va ushbu prinsip asosidagi islohotlar davom ettirilmoqda.

Yoshlarimizda huquqbuzarliklarga murosasizlik madaniyatini shakllantish huquqiy

nigilizmga barham berish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga

xizmat qiladi.

“Shaxs - oila - mahalla - ta’lim muassasasi - tashkilot - jamiyat” prinsipida markaziy o‘rinni

ta’lim muassasi egallaydi.

Shu sababli ham xurmatli yurtboshimiz har bir murojaat va chiqishlarida peddagoglarga

alohida e’tibor berib keladilar.

Ta’lim muassasasi, shu jumladan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida voyaga yetmagan

shaxslar shaxs sifatida shakllanadi va aynan shu ta’lim dargohida ular asosiy bilim va

ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Amaldagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida huquq ta’lim olishda mavjud bo‘lgan

bo‘shliq Prezidentimizning 24.05.2024 yildagi PF-80-sonli Farmoni bilan to‘ldirilgan.

Xozirda umumiy o‘rta ta’limdagi xolat yoshlarni kerakli huquqiy bilimlarni egallashiga

yetarli bo‘lmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son “Ma’muriy

islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda

ixcham boshqaruv tizimini shakillantirish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi o‘quvchi

yoshlarni huquqiy bilimlarni mukammallashtirishga ko‘mak berishi shubhasizdir.

Mazkur farmonga muvofiq maktablarda “Huquq olamiga sayohat” o‘quv dasturlari joriy

etilishi, “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasini tashkil e‘tilishi, yoshlarning huquqiy bilimlarini

yuksaltirishga qaratilgan online huquqiy savodxonlik maktabi tashkillanishi, qolaversa 2 080 ta


background image

ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8

ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2


532

maktabda “Huquq sinfi” va huquq fani chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishini tashkil etish orqali

yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet”

tizimi joriy etilishi yoshlarimizda qonunlarga hurmat, mamlakatga daxldorlik hamda

vatanparvarlik hissini kuchaytiradi hamda huquqiy savodxonlikni oshishiga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, mazkur jarayonlarning samarali amalga oshirilishi, birinchi navbatda

barcha yoshlarni davlat kelajagiga befarq bo‘lmasligiga undaydi. Zero ma’nan yetuk, barkamol,

huquqbuzarlikka murosasiz yoshlarni tarbiyalash-davr talabi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 20.01.2020 yildagi Oliy

Majlisga Murojaatnomasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng

yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a’zolari, ta’bir joiz bo‘lsa,

“halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha

olmaymiz. Biz korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashishdan uning barvaqt oldini olishga

o‘tishimiz kerak” deb o‘tishgan.

Xulosa. “Xalollik vaktsinasi” nafaqat oilada va tarbiyada, balki voyaga yetmagan

shaxslarni o‘z huquq bilimlarga ega bo‘lishida, huquqni o‘rganishida shakllanadi. Bu esa, o‘z

navbatida voyaga yetmaganlarning huquqbuzarligini oldini olishga va ularni barkamol avlod

bo‘lib yetishlariga asos bo‘ladi.

REFERENCES

1.

“Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan

takomillashtirish to‘g‘risida”gi 09.01.2019 yildagi PF-5618-son Farmoni

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 20.01.2020 yildagi Oliy

Majlisga Murojaatnomasi

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son “Ma’muriy

islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish

hamda ixcham boshqaruv tizimini shakillantirish to‘g‘risida”gi Farmoni

4.

“2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”

28.01.2022 yildagi PF-60-son Farmoni

References

“Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 09.01.2019 yildagi PF-5618-son Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 20.01.2020 yildagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakillantirish to‘g‘risida”gi Farmoni

“2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” 28.01.2022 yildagi PF-60-son Farmoni